-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Elektronika. Radiotexnika
-
-
Гидрогазодинамика
В учебнике рассмотрены законы основных разделов гидрогазодинамики и изложен современный методический материал с приведенными примерами расчетов, направленных на приобретение студентами теоретических знаний и практических навыков по применению основных процессов, -протекающих в жидких и газообразных средах для расчета оборудования различного назначения.
-
Statistika
O'quv qo'llanma 610000 "Xizmat koʻrsatish sohasi" yoʻnalishilari namunaviy dasturi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, ikki bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda statistikaning predmeti, statistik kuzatish, jamlash va guruhlash, mutloq, nisbiy va o'rtacha miqdorlar, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar kabi nazariy mavzular yoritilgan. Qo'llanmaning ikkinchi bo'limida aholi va mehnat resurslari, milliy boylik, milliy hisoblar tizimi, moliya-kredit tizimi, aholi turmush darajasi kabi statistikaning ijtimoiy-iqtisodiy mavzulariga bag'ishlangan. Qo'llanma sodda va tushunarli tarzda, misollar va savollar bilan to'ldirilgan xolda yoritilgan.
-
Сизнинг хукукингиз
"Укитувчи ва мураббийлар хар бир фукаронинг хаётига бевосита таъсир килувчи, шу билан бирга, хаётни ижобий томонга узгартириб юборувчи инсонлар хисобланади. Хозирги кунда уларнинг хукуклари таъминланиши хар качонгидан хам мухим хисобланади. Чунки хозирда дунё хамжамиятида ривожланиш жараёни усиб бориши натижасида билимли кадрларга жамиятимиз жуда хам мухтождир. Билимли, етук кадрларни эса, шубхасиз, педагоглар тайёрлаб беришади. Педагоглар уз хукукларини билиш оркали уз касбига булган хурмати ва фаолиятига булган мехри ошишига эришиш мумкин. Уз урнида педагогларимиз хукуклари билан уз мажбуриятларини хам эсдан чикармаслиги лозимдир. Мажбурият барчамизда мавжуд, аммо у педагог учун бурч вазифасини бажариши ва уз лавозимига масъулият билан ёндашиши керак."
-
English for construction
Qo’llanma bakalavriatning binolar va inshootlar qurilishi (turlari bo’yicha); arxitektura (turlari bo’yicha); qurilish buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi yo’nalishlari bo’yicha nofilologik oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanma talabalarga mutaxassislik yuzasidan matnlarni ingliz tilida o’qish, tinglab tushunish, yozish ko`nikmalarini shakllantirish bilan birga, dasturga asosan og’zaki nutq malakasini rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
-
Болалар адабиёти
Ижтимоий онг шакллари, мафкуравий ишнинг барча сохалари каби, болалар адабиёти хам вок,елик билан, хаётдаги турли ижтимоий ходисалар хамда инсоният турмуши билан узвий боғлик, бўлиб, уларни ўзига хос воситаларда бадиий акс эттиради. Болалар адабиётида акс эттириладиган вок,елик хаётий, хаққоний тасвирланиши хамда уларнинг рухиятига, онгига мос, тушунарли ва қизиқарли бўлиши керак. Бундай асарлар ёш китобхон қалбида муайян уй-фикр уйготиши, унинг нафосатини устириши ва энг мухими вок,еликка нисбатан маълум муносабат уйготиши лозим. Хаққонийлик ва бадиийликнинг мукаммал бирлиги болалар адабиётининг хам зарур шартидир.
-
Шарқ иқтисодий таълимотлар тарихи
Ушбу ўқув қўлланмада Ўзбекистон Республикаси Президенти И. А. Каримовнинг ижтимоий-иқтисодий тариққиёт концепцияси ўз ифодасини топган. Шарқ иқтисодий таълимотлари ва қадриятлари, уйғониш даври Ўрта Осиё алломаларининг иқтисодий қарашлари, Амир Темур ва темурийлар даври, XIV асрдан эътиборан ХХ аср миллий-маърифий оқим вакилларининг иқтисодий таълимотлари ҳамда янги XХI аср арафаси ва ўтиш даври ўзбек миллий иқтисодий таълимоти акс эттирилган.
-
Одам савдосига қарши курашиш бўйича халқаро шартномалар ва Ўзбекистон миллий қонунчилиги
Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий маркази томонидан тайёрланган мазкур тўплам глобал, минтақавий ва миллий миқёсда тобора долзарб масала бўлиб бораётган одам савдосига қарши курашиш масалаларига оид миллий ва халқаро хужжатларга бағишланган.
-
Musiqa o'qitish metodikasi
O'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada umumta'lim maktablarining 1-7 sinflarida olib boriladigan musiqa madaniyati darsida o'quvchilarning ma'naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, musiqa savodxonligi, musiqa tinglash hamda vokal-xor malakalarini rivojlantirishga o'rgatish yo'llari ko'rsatib o'tilgan.
-
Avtomobil yo`llari uchun Ingliz tili
Qo`llanmada mamlakatshunoslik hamda avtomobil sohasiga oid matn va mashqlar o`rin olgan. Qo'llanmada keltirilgan kommunikativ va leksik vazifalar umumiy so'z boyligini rivojlantirish, o'qishni tushunishni nazorat qilish, suhbatlashish ko'nikmalarini rivojlantirish va shaxslararo vaziyatlarda lug'atni faol ishlatishga qaratilgan. Ushbu qo‘llanma ingliz tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi.Bu kunduzgi va sirtqi oliy ta'limda ingliz tilini o'rganayotgan uchinchi kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Narkologiya asoslari
Narkologiya-alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniya kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tarqalishi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullarini, ijtimoiy aspektlarini yani reabilitatsiya masalalarini o`rganuvchi tibbiy fandir. Alkogolizm ijtimoiy ma`noda jamiyat farovonligiga va insonlarning sog`lig`iga, turmushiga, mehnatiga putur yetkazuvchi nome`yoriy spirtli ichimliklarni ichish tushuniladi. Tibbiy ma`noda alkogolizm-bu organizmning ichki organlarida va tizimlaridagi o`zgarishlar, aniq ruhiy buzilishlar bilan boradigan, spirtli ichimliklarga qaramlikning rivojlanishi bilan o`tadigan, doimiy alkogol iste`mol qilish natijasida yuzaga keluvchi surunkali kasallik hisoblanadi
-
Analitik, fizikaviy kolloid kimyo (Analitik kimyo. Optik analiz usullari)
O`quv qo`llanma analitik kimyo, fizik -kimyoviy tahlil usullarini qisqacha nazariy asoslari, zamonaviy asboblar yordamida tekshirish usullarining tarkibi va tuzilishi to`g`risida to`liq xulosa qilishga imkon beradi. Shuningdek, moddalarni qo`shimcha tahlil qilishda gaz va yuqori samarali suyuqlik xromotografik usullari keng yoritilgan.
-
Iqtisodiy geografiya
Iqtisodiy geografiya fani 40 soat ma'ruza, 40 soat seminar va 40 soat mustaqil ta'limga mo`ljallangan bo'lib, o`quv qo`llanma 2 bo`lim,15 bob va 47 ta ilovadan iborat. Mazkur fanni talaba va tinglovchilar o`zlashtirishlari qulay bo`lishi uchun o`quv qo`llanmaning asosiy matni va ilovalardagi asosiy ko`rsatkichlar jadval shaklida berilgan. Ushbu o`quv qo`llanma Oliy ta`limning - «Bojxona ishi» va «Bojxona huquqi» ta'lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalar,tinglovchilar, shuningdek, bojxona organlari xodimlari hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mo`ljallangan.
-
English for accounting and audit
Mazkur o’quv qo’llanma ingliz tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan ingliz tili dasturi asosida tuzilgan bo’lib, talabalarni mutaxasislik doirasida bo’lgan ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, amaliy ingliz tili fanidan o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi.
-
Расчет железнодорожного пути на прочность и устойчивость
В пособии приведены расчеты пути на прочность и устойчивость , позволяющие выбрать конструкцию пути для эксплуатационных условий для определения температурного интервала,
-
Energetik qurilmalar
O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi yoqilg‘i energetika majmuasi sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va yo‘llarini qidirishdan iborat, hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan holda, rivojlangan Evropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga etishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, aholi va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan ta`minlashni texnik amalga oshirishdan iborat. Yoqilg‘i energetika majmuasi (YoEM) aholi hayot darajasini ko‘tarish va iqtisodiyot ishlashini ta`minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi halq xo‘jaligining eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YoEM o‘z ichiga energiya tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika halq xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi.
-
Perspektiva
Mazkur o`quv qo`llanmani o`rganishda o`quv rejada ko`rsatilgan fanlarga tayanib o`rganilayotgan mashg`ulotlarni chuqur va atroflicha o`zlashtirishga xizmat qiladi. O`quv qo`llanma tevarak atrofimizdagi hamda tasavvurimizdagi narsalarni inson ko`zi bilan qanday ko`rsa, xuddi shunday qilib tekislik ustida tasvirlash usullarini o`rganadi. O`quv qo`llanmaning asosiy maqsad va vazifasiga quyidagilar kiradi: perspektiva fanining kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish; vertikal va og`ma tekisliklarda, egri sirtlarda perspektiv tasvirlar yasash yo`llarini o`rgatishdan iboratdir.