-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
Chiziqli algebra va analitik geometriyadan masalalar yechish
Har bir paragraf boshida zarur bo‘lgan qisqacha nazariy tushunchalar, keltirilgan misol-masalalar yetarlicha sharhlar bilan yechib ko'rsatilgan. Paragraf oxirida talabalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun misol-masalalar berilgan. Ularning javoblari har bir bobning oxirida keltirilgan.
-
Олий математикадан масалалр тўплами
Бу «Тўпламда» техника олий ўқув юртлари олий математика курси программасини тўла ўз ичига олувчи аналитик геометрия ва математик анализдан масалалар ва мисоллар берилган ва улар методик жихатдан тақсимланган. Ҳар бир параграфнинг бошида шу параграфдаги масалаларни ечиш учун зарур бўлган формула, таъриф ва бошқа қисқача назарий маълумотлар келтирилган.
-
Оилада психологик хизмат кўрсатиш
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5210204- Psixologiya (oila psixologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish” nomli fan dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, oilaga kompleks ijtimoiy psixologik yordam, oilaga psixologik yordam ko’rsatishning ilmiy-metodologik jabhalari, oilada individual psixologik konsultatsiya ko’rsatish asoslari, oilada individual psixokorreksion ish tushunchasi va turlari, oilani psixologik nazorat qilishning ilmiy metodologik jabhalari to‘g‘risidagi materiallarni o‘zida mujassamlashtirgan
-
Xalqaro turizm bozori
O`quv qo`llanma xalqaro turizm bozorining mazmun mohiyati, tiristik mahsulotlarning turlari turizm rivojlanishidagi ta`sir qiluvchi omillar, xalqaro turizm va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta`siri, jahon turizm bozori, O`zbekiston turizmining rivojlanishi va bugungi kunda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni ochib beradi.
-
Lok bo’yoq materiallar texnologiyasi
"Mazkur o’quv qo’llanma 5 bobdan iborat bo’lib Lok va bo'yoq materiallarining tasnifi va belgilanishi, asosiy tarkibiy qismlari, qotirish mexanizmi, unga qo'yiladigan talablar, kompozitsiyalarini belgilash, pigmentlar, polimerizatsiya qatronlari asosidagi bo'yoqlar va loklar, lok va bo'yoq qoplamalarining fizik - mexanik xususiyatlarini aniqlash, yo’l qoplamalari uchun bo’yoqlar kabi masalalar yoritilgan O‘quv qo‘llanma Jizzax politexnika instituti tomonidan tasdiqlangan 5341800-“Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi”, bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun” yo‘nalishlarii uchun “Lok bo’yoq materiallar texnologiyasi” fanidan fan dasturi va mazkur yo‘nalish Davlat ta'lim standarti talablari asosida ishlab chiqildi."
-
Ғалла, пахта, сабзовот, полиз, боғ экинлари зараркунандалари ва касалликка қарши кураш усуллари
Қўлланмада мамлакат иқтисодиётида экспортнинг аҳамияти ва уни амалга ошириш босқичлари, мева-сабзовот маҳсулотларини сақлаш ва қайта ишлашнинг хозирги ҳолати, шунингдек сақлаш ва қайта ишлаш усуллари техника ва технологиялар уларнинг афзалликлари келтирилган.
-
Turizm marketingi
O`quv qo`llanmada turimda marketingning o`ziga xos tomonlari ko`rsatilgan. Qo`llanma talabalarga turizm marketingining nazariy jixatlarini chuqurroq anglash imkonini beradi. Tadqiqotchilarga turizm sohasida marketing izlanishlarini amalga oshirish uchun ba`zi bir yo`nalishlar berilgan
-
Ko‘tarish-tashish, yo‘l qurilish mashinalari muhandisligi
"Ushbu oʻquv qoʻllanma Jizzax politexnika instituti, Kengashi tomonidan 60730800-“Yo‘l muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya qilingan. Oʻquv qoʻllanmada avtomobil yoʻllarini, koʻtarish-tashish yoʻl qurilish mashinalaridan foydalanib qurishda, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari, mexanizmlari va texnikalari va ularni qoʻllash toʻliq yoritilgan. Oʻquv qoʻllanma 60730800- “Yo‘l muhandisligi”ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavr talabalar, shuningdek yoʻl xoʻjaligi mutaxassislari va shu sohaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan."
-
Ўзбекистон Республикасининг сайлов тўғрисидаги қонунлари
Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрдаги "Сайлов тўғрисидаги қонун хужжатлари такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун хужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида" ги Қонуни асосида Ўзбекистон Республиксининг Конституцияси ва 12 қонунига киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар сайлов қонунчилигининг янада такомиллашаётганидан далолат беради.
-
Art terapiya
Mazkur o`quv qo`llanma «Art terapiya» fani bo`yicha tayyorlangan. O`quv qo`llanmada art terapiya, uning qo`llanilishi, foydalaniladigan metodlar, muzey va galereyalarda art terapiyadan foydalanish uslublar haqida batafsil to`xtalib otilgan. Bundan tashqari ertakterapiya turlari, rangtasvir va amaliy san’at turlari yordamida amalga oshiriluvchi art terapiya metodlari, raqs terapiyadan muzey pedagogikasi va andragogikasida foydalana olish, fototerapiya dasturlarini shakllantira olish, neyrografika mashg`ulotlarini amalga oshirish kabi mavzular qamrab olingan.
-
Botanika (Tuban o'simliklarning sistematik nomenklaturasi)
Ushbu qo 'llanmada Botanika fanidan tuban о'simliklarning sistematik nomenklaturasi bo'yicha o'quv mashg' ulotlarni auditoriyada o'tkazishda zarur bo'lgan mаlumotlar keltirilgan.
-
Molekulyar fizikadan masalalar to'plami
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi oliy o‘quv yurtlarida o‘tiladigan fizika fanining “Molekulyar fizika” bo‘limiga bag‘ishlangan bo‘lib, quyidagi mavzularni qamrab olgan: moddalarning molekulyar tuzilishi, temperaturaning turli shkalalari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi, ideal gaz holat tenglamasi, ideal gaz qonunlari, gaz molekulalarining tezliklar bo‘yicha taqsimot funksiyasi, barometrik formula, termodinamikaning birinchi qonuni, issiqlik miqdori, termodinamik ish, ichki energiya, gaz molekulalarining issiqlik sig‘imlari, sistemalardagi izojarayonlarga termodinamikaning 1-qonunining tadbig‘i, adiabatik jarayon, politropik jarayon, termodinamikaning ikkinchi qonuni, siklik jarayonlar, Karno sikli va uning FIKi, termodinamik sistema entropiyasining o‘zgarishi, termodinamikaning asosiy tenglamasi, real gazlarning holat tenglamasi, real gazlarning kritik holati, kritik holatlar: real gazlarning keltrilgan ko‘rinishdagi tenglamalari, suyuqliklarda sirt hodisalari, sirt tarangligi, kapillyar hodisalar, qattiq jismlarning issiqlik xossalari, gaz molekulalarining kinematik xarakteristikalari, gazlarda ko‘chish hodisalari, diffuziya, ichki ishqalanish va issiqlik o‘tkazuvchanlik. Har bir mavzuda shu mavzuga tegishli bo‘lgan asosiy fizikaviy formulalar keltirilgan.
-
Komunal maishiy xizmat koʻrsatish va servis asoslari
Mazkur “Komunal maishiy xizmat koʻrsatish va servis asoslari” nomli oʻquv qoʻllanma Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlanib, unda Oʻzbekiston Respublikasida Muhandislik tarmoqlari va uskunalarini tarixi va rivojlanish tendensiyalari; Binoning isitish tizimlari va ularga servis xizmat koʻrsatish; Isitish tizimi klassifikatsiyasi; Isitish asboblarining klassifikatsiyasi. Isitish tizimlarini tanlash, joylashtirish va oʻrnatish; Sovitish, shamollatish tizimlari va uskunalari; Shamollatish tizimlari va uskunalariga servis xizmat koʻrsatish; Binolarni gaz bilan ta’minlash tarmoqlari va jihozlariga servis xizmat koʻrsatish; Binolarni suv bilan ta’minlash tarmoqlari va jihozlariga servis xizmat koʻrsatish xizmatlari kabi ma’lumotlar bugungi kunda Respublikamizda yangi qurilayotgan bino-inshootlar misolida jadval, rasm va sxemalar bilan toʻliq yoritilgan.
-
Цветной атлас по кольпоскопии
Внедрение высоких технологий в медицинскую практику - один из самых эффективных способов повышения качества медицинской помощи, а значит, и сохранения здоровья населения. Данное издание посвящено современному методу исследования женских органов путем их осмотра с помощью кольпоскопа. Сегодня за рубежом кольпоскопия наряду с цитологическим исследованием относится к программе обязательного профилактического обследования женщин. Текст сопровождается большим количеством цветных иллюстраций, что позволяет отнести данное издание к иллюстрированному атласу - руководству для практикующих врачей-гинекологов.
-
Bezopasnosti informasionnix sistem
Navernoe, eto budet samaya trudnaya i slojnaya chasti knigi. Xochetsya skazati stoliko vsego, poblagodariti stolikix lyudey! Samoe starshnoe- kogo-to zabiti. Vedi vse okrujayushie nas lyudi, napryamuyu ili net, no vse je vliyayut na nashi postupki. Blagodarya imenno etim lyudyam, a takje cherede neobichnix sobitiy i poyavilasi eta kniga.
-
Задачник по теории групп
Книга содержит большое число задач по различным разделам теории групп с изложением (без доказательств) основных результатов. Преимущественное внимание уделено теории конечных групп. Автор надеется, что решение предлагаемых задач будет способствовать более глубокому проникновению в теорию.