-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Oliy matematika masalalar to`plami, nazorat topshiriqlari
Qo`lanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig‘iga oid misol va masala namuna sifatida yechib ko‘rsatilgan.
-
O'zbekiston geosiyosati
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Afg'oniston yo'nalishidagi geosiyosatiga bag'ishlangan. Unda geosiyosatning klassik va zamonaviy paradigmalari, O'zbekiston geosiyosatining nazariy asoslari, Markaziy Osiyo mintaqasida yirik va mintaqaviy kuchlarning geosiyosiy raqobati hamda mintaqadagi O'zbekiston geosiyosati, shuningdek, afg'on muammosini hal etish jarayonlarida O'zbekiston geosiyosiy yondashuvlari masalalari o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma jahon siyosati va halqaro munosabatlar yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, namunaviy dastur asosida tuzilgan.
-
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi o'z ichiga birinchi marotaba o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlarni oladi. Mazkur asarlar koreys mualliflari tomonidan XIX asrning oxiri-XX asrning 50-yillariga qadar yaratilgan.To'plam Koreya tarixi, tili va adabiyotini o'rganiyotgan hamda badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullanayotgan, Koreya madaniyati va san'atiga qiziquvchi talabalarga mo'ljallangan.
-
Суицидология асослари
Қўлланмада ўз жонига қасд қилиш ва унга алоқадор ҳодисаларни таҳлил қилишда фойдаланилаётган асосий тушунчалар келтирилган. Аутоагрессия ҳатти-ҳаракатларнинг айрим кўринишларини аниқлайдиган шахсларга индивидуал ёндошиш принципи тасдиқланган. Асосий эьтибор ўз жонига қасд қилишга уринган ва ўзларига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар туфайли омон қолган шахсларни таҳлил қилишга қаратилади. Суицидологик таҳлил жараёнида ўз жонига қасд қилишга уринишнинг барча босқичлари, шу жумладан ўз жонига қасд қилишгача бўлган даврдаги ҳиссий тажрибаларнинг хусусиятлари кўриб чиқилади. Руҳий касалликларга чалинган ёки руҳан соғлом одамларнинг ўз жонига қасд қилишга урунишларини баҳолашда норма ва нозоцентрик ёндашувларнинг етарли нисбати зарурлиги таькидланган.
-
Chizmachilik
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Chizmachilik” fanining “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda vint chiziqlar, rezbalar va ularning turlari, biriktirish detallar, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarning chizmalarini bajarish bosqichlari haqida ma’íumotlar keltirilgan. Undan tashqari grafík ishlari (hisob chizma ishi)ni bajarish uchun na’munalar, topshiriqlar ishlanmalari va test savollari berilgan.
-
Yordamchi tarixiy fanlar
Tarix fanining yuzaga kelishida ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ning o‗rni beqiyos darajada muhim. ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ deganda, paleografiya, epigrafika, numizmatika, tarixiy toponimika, sfragistika, geraldika, tarixiy toponimika, tarixiy atamashunoslik kabi bir qator ilmiy yo‗nalishlar tushuniladi. Bu sohalarning beradigan ma‘lumotlari tarix tadqiqotlarining asosiy material zamini hisoblanadi. Bugungi kunda ―Yordamchi tarix fanlari‖ ko‗lami kengayib, kodikologiya, berestologiya, bonistika, faleristika, veksillologiya, emblematika, filokartiya, filumeniya, uniformologiya, arxontologiya, nekropolistika, stavrografiya, medalerika, kliometrika, prosopografiya, psixoistoriya, tarixiy imformatika kabi fan tarmoqlari tarix fanining sohasi sifatida Yevropa mamlakatlari oliy ta‘lim tizimida mutaxassis tayyorlash jarayonida o‗qitilmoqda. Ushbu tajribadan kelib chiqib tayyorlangan o‗quv qo‗llanma oliy ta‘lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar, xususan tarix yo‗nalishlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo‗ljallangan.
-
DELPHI tilida dasturlash asoslari
O'quv qo'llanmada bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Paskal, Ci kabi tillarda yozish mumkin.
-
Psixiatriya asoslari
Psixiatriya - tibbiyotning bir bo`limi bo`lib, u ruhiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularning davolash hamda yordam ko`rsatishni tashkillashtirishni o`rgatadi. Zamonaviy psixiatriya bir necha yo`nalishlardan tashkil topgan: bolalar, o`smirlar, sud va mehnat ekspertizasi, seksopatologiya, chegaraviy psixiatriya, psixoterapiya va boshqalar. Qo`llanmaning asosiy maqsadi tibbiyot institutlarning talabalariga ruhiy kasallliklar etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularni davolash hamda yordam ko`rsatishni usullarini o`rgatishdan iborat. Qo`llanma psixiatriya yo`nalishi bo`yicha magistr rezidentlari va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.
-
Чилангарлик ишлари
Ушбу амалий ишлар қўлланмасида 30 та ўқув-ишлаб чиқариш машғулоти берилган бўлиб уларда асосий умумчилангарлик амалларининг усулларини бажариш тартиби ва ўқув-ишлаб чиқариш курсатмалари шунингдек амалларнинг бажарилиш сифатини текшириш.ишлаб чиқаришда оид масалалар.машқлар ҳамда уларга жавоблар ва изоҳлар.ҳисоблаш техникаси усуллари тўғрисидаги маьлумотлар келтирилган
-
Kurashchilarni tayyorlash texnologiyasi
Ushbu o ‘quv qo‘llanma sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo ‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O'quv qo‘llanmada sportning kurash turi bo‘yicha sportchilarni tayyorlash jarayonini uslubiy va amaliy asoslari negizida tushunchalar berilgan.
-
Графика композицияси
Қўлланмада графика техникалари, китоб графикаси, дастгоҳли графика, композиция асосларига таъриф бериб ўтилган. Ўқув қўлланмадан олий ўқув юртлари рассомлик факультетлари, рассомлик, коллежи талабалари ва ўқитувчилари фойдаланишлари мумкин.
-
Texnik xizmat ko`rsatish texnologiyasi kurs loyihasi
O‘quv qo‘llanma 60712500 - Transport vositaiarining muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Умумий физика курси
Муаллифлар қўлланманинг мазмунини яхшилашга қаратилган ҳамма физика кафедраларининг ва хусусий шахсларнинг фикр-мулоҳазаларини чуқур миннатдорчилик билан қабул қиладилар.
-
Организация работы сортировочной станции
В пособии рассмотрены вопросы организации работы сортировочной станции; технико-эксплуатационная характеристика станции, специализация парков и путей, технология обработки поездов на станции. Дана методика расчета расформирования-формирования поездов на вытяжном пути, сортировочной горке, продолжительности окончания формирования составов. Предназначены для студентов очного и заочного обучения специальности "Организация перевозок на железнодорожном транспорте".
-
Матншунослик сабоқлари
ушбу қўлланмада қўлёзма манбаларни тавсиф ва тасниф қилиш, улар билан ишлашда матншунослик тамойилдан келиб чиқиб ёндашиш ва матн тузишнинг асосий принсиплари ҳақида маълумотлар жамланган.
-
Халқ саҳна рақсини ўқитиш услубиёти
Ушбу қўлланма бакалавриатнинг Хореография бўлими учун тайёрланган. Ўқув қўлланма халқ саҳна рақси назарий ва амалий асосларини, анъанавий ва замонавий ўқитиш услубиёти ҳамда ўзига хос хусусиятларни ўз ичига олади. Ўқув қўлланма академия талабалари, хореография коллежлари ва мусиқа мактаблари, хореография жамоа раҳбарлари фаолияти учун мўлжалланган.