-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
-
TADBIRKORLIK ASOSLARI 11
Ushbu darslik o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tadbirkorlikning mazmuni, ahamiyati, uning asosiy jihatlari, jumladan tashabbuskorlik, tavakkalchilik, mas’uliyat va yangilikka intilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari, tadbirkorning jamiyat va davlat rivojidagi o‘rni hamda tadbirkor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar va talablar batafsil bayon etilgan.
-
Tabiatshunoslik
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tabiat hodisalari, fasllar almashinuvi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi, O‘zbekiston tabiati, uning go‘zalligi hamda qishloq xo‘jaligi mehnatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kitob o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga va atrof-muhitdagi jarayonlarni kuzatishga o‘rgatadi.
-
Startpunt Deel 1: Basisleergang NT2
Startpunt is een methode Nederlands als tweede taal, bestemd voor de Basiseducatie. Het is een communicatieve methode, waarin taal in taalgebruikssituaties centraal staat. Startpunt richt zich op gealfabetiseerde volwassenen die geen voorkennis van het Nederlands hebben. De methode bestaat uit twee delen: deel 1 richt zich op Cito-niveau 1, deel 2 op Cito-niveau 2.
-
Ritorika
Ushbu darslikda ritorikaning vujudga kelishi va rivojlanishi, notiqlik san’atining nazariy va amaliy asoslari, nutq madaniyati, muomala odobi, taqdimot texnologiyalari hamda notiq imiji bilan bog‘liq zamonaviy masalalar ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
-
Pedagogika nazariyasi
Mazkur darslik Pedagogika oliygohlari bakalavr yo‘nalishining barcha sohalari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim davlat standartlari talablari asosida tuzilgan. Unda Pedagogika nazariyasi va tarixi kursi bo‘yicha o‘quv rejada ko‘rsatilgan Pedagogikaning umumiy asoslari, Tarbiya nazariyasi, Ta’lim nazariyasi (Didaktika) bo‘limlariga monand mavzular kiritilgan. Har bir mavzu matnlaridan so‘ng takrorlash va munozara uchun savollar, topshiriqlar berilgan. Bu alfozda tuzilgan matnlar o‘quv mashg‘uloti davomida talabaning olgan bilimlarini reproduksiyalashga zamin yaratadi, mustaqil, erkin fikrlashiga, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqotni jonlantirishga, tahsil oluvchining faolligini oshirishga yordam beradi va muammoli o‘qitish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
-
Iowa Research Online Business Law,Ethics, and Sustainability
Hosmanek, A. J., Smith, B., & Dayton, M. J. (2023). Business Law, Ethics, and Sustainability (, Illus.). University of Iowa. https://doi.org/10.25820/work.006233
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Mazkur darslik Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining Umumiy pedagogika, Didaktika, Tarbiya nazariyasi va Maktabshunoslik bo limlarini o z ichiga olgan bo lib, unda pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalari yoritilgan hamda mustaqillik mafkurasi g oyalariga asoslangan holda yozilgan.
-
O‘zbekiston tarixi (Mustaqillik davri)
Ushbu darslik O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlar, ma’naviy-ruhiy poklanish hamda mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni kabi muhim tarixiy jarayonlarni yoritib beradi. Darslik 1991–2016 va 2017-yildan keyingi bosqichlarni o‘z ichiga olib, o‘quvchilar uchun tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilishga yordam beradi.
-
O‘zbekiston tarixi (1917 – 1991-yillar)
Mazkur darslik 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 1917 – 1991-yillardagi murakkab va ziddiyatli sovet davri tarixi yoritiladi. Kitobda Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, jadidchilik harakati, milliy ozodlik kurashi, O‘zbekiston SSRning tashkil topishi hamda xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi qahramonona kurashlari, yutuq va yo‘qotishlari tarixiy manbalar asosida tizimli bayon etilgan. Darslik o‘quvchilarni o‘z o‘tmishini chuqur o‘rganishga, tarix saboqlaridan xulosa chiqarishga va Vatan kelajagi uchun mas’uliyatni his etishga chorlaydi.
-
O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)
Ushbu darslik 7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda IV–XV asrlar davomida O‘zbekiston hududida kechgan tarixiy voqealar, davlatlar rivoji, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot hamda buyuk mutafakkirlar merosi yoritilgan. Darslik o‘quvchilarga Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi.
-
O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar)
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston tarixining 1917-yildan 1991-yilgacha bo‘lgan murakkab va ziddiyatli sovet davrini yoritishga bag‘ishlangan. Kitobda mustabid sovet tuzumining o‘rnatilishi, xalqimizning milliy ozodlik uchun kurashi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, shuningdek, davrning ijobiy va salbiy jihatlari tarixiy voqealar asosida tahlil qilinadi.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan joriy etilgan “O‘zbek tili” fani dasturi asosida yaratilgan. Unda rus guruhlari talabalarining umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘zbek tilidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun fan bo‘yicha egallangan bilim hamda ko‘nikmalarini muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
-
Жалпы физика (Механика)
Біздің мемлекетіміз кӛп ҧлтты болғандығы ҥшін қазақ мектептеріде бар. Осы мектептерді бітірген оқушылардың кеңінен пайдаланулары ҥшін әдебиеттер ӛте аздығын есепке алған кҥйде бҧл оқулық жаратылды. Оқулықта оқу материалының тізбектілігі, кӛлемі, баяндалуы, теориялық жағынан тереңдігі ең алғашқы тҥсініктерді ҥйреніп бастаған талапкерлер ҥшін ӛте тҥсінікті етіп кӛрсетілген
-
O‘zbek tili
Darslik ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan o‘rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tili fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish hamda o‘zbek tilining orfoepik va orfografik me'yorlarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
-
O'zbek tili
Mazkur darslik Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan oliy ta'lim muassasalarining rus guruhlari talabalari uchun tavsiya qilingan va 2006-yilda chop etilgan “O'zbek tili” darsligining takomillashtirilgan 2-nashridir. Darslikning ushbu nashri OTM o'quv rejasida fani uchun ajratilgan soat hajmiga moslashtirilgan. Unda rus guruhlari talabalarining umumiy o'rta ta'lim tizimida o'zbek tilidan olgan bilim va malakalarini mustahkamlash, ularning o'zbek tilidagi og'zaki va yozma bog'lanishli nutqini va turli nutq uslublarida matn tuza olish malakalarini takomillashtirish nazarda tutilgan. Darslik har biri bir qancha mavzularni qamrab olgan 8 bo'limga: 1. O'tilganlarni takrorlash. 2. Subyektni ifodalash. 3. Predikatni ifodalash. 4. Obyektni ifodalash. 5. Belgini ifodalash. 6. Holatni ifodalash. 7. Fikrni bog'lanishli ifodalash. 8. Fikrni turli nutq uslubida ifodalash bo'limlariga bo'lib berilgan. Darslikka, shuningdek, bog'lanishli nutq, matn turlari, nutq uslublari va ularning lisoniy xususiyatlari bo'yicha nazariy ma'lumotlar va shular yuzasidan maxsus mashqlar ham kiritildi.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tilini o‘rganish, vatanni sevish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va ona tilimizning boyligini anglash maqsadida yaratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.