-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Axborot xavfsizligi asoslari
Ushbu darslik 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta'lim yo'nalishiga mo'Ijallangan bo'lib, unda Axborot xavfsizligi asoslari fanining predmeti, maqsad va vazifalari, davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uning axborot infratuzilmasini tahlil qilish va kompyuter tizimlarining axborot xavfsizligini ta'minlash muammolarini hal qilish, axborot himoyasi tizimlarini yaratish asoslarini о'rgatish, xavfsizlik siyosati dasturini yaratish asoslarini о'rgatish, kompyuter tizimlarini xavfsizligini baholash asoslarini, xavfsizlikni ta ’minlash usul va vositalarini о'rgatishga asoslangan mavzular to’liq yoritilgan.
-
Pedagogika (I-qism)
Darslik pedagog kadr tayyorlashga qarutilgan ta‘lim yo‘nalishlariga mo'Ijallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad. vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning o'ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari) xususida so'z yuritiladi.
-
Astronomiya o'qitishda axborot texnologiyalari
Ushbu darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalari 60110700 - “Fizika va astronomiya” ta’lim yo‘nalishi, shuningdek universitetlarning 60530900 - “Fizika” yo’nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Darslik namunaviy fan dasturida ko'rsatilgan barcha mavzulami qamrab olgan. Darslikda 15 ta ma’ruza mashg'uloti mavzulari keng tarzda va qat’iy ketma-ketlikda yoritilgan bo‘lib, talabalaming mustaqil ishlashlari uchun mavzular yuzasidan savollar, testlar, glossariy, astronomiyaga oid bajarilgan elcktron qo‘llanma!ar hamda ilovalar berilgan.
-
Информационные технологии в сфере обучения иностранному языку
В учебнике описаны возможности, которые сегодня предос тавляют новые информационные технологии в области обучения иностранным языкам. Умелое использование современных ИКТ в сфере образования помогает решать следующие проблемы: совершенствование процессов обучения, повышение образовательных результатов и мотивации, общение в сети и выполнение совместных проектов, совершенствование организации и управления образо вательным процессом.
-
Bolalarda biliar trakt kasalliklari
Hozirda bolalarda biliar tizimi kasalliklari ovqat hazm qilish tizimining juda keng tarqalgan patologiyasidir. Oshqozon-ichak trakti kasalliklarida safro yo'llarining disfunksiyali kasalliklarining chastotasi 55-95% ni tashkil qiladi. O't yo'Ilarining disfunksional kasalliklari o'tpufagi va Oddi sfinkteridagi organik o'zgarishlarga hamroh bo'ladi. Ko'pincha bolalarda parazitlar safro yo'llarining yetishmovchiligining sababi hisoblanadi. Darslikka o't yo'IIarining anatomik va fiziologik xususiyatlari, ularning vazifalari to'g'risidagi ma'lumotlar kiritilgan bo'Iib, bu talabalarga avvalgi kurslarda olgan bilimlarini mustahkamlash va o'rganilayotgan patologiyaning klinik belgilarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
-
Komparativistik pedagogika
Mazkur darslik mazmunida komparativistik pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari, qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari va taraqqiyot bosqichlari, pedagogik tizimlarni taqqoslash texnologiyasi va tadqiqot qilish bosqichlari hamda qiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tipologiyasi, oliy ta’lim variativligining qiyosiy asoslari o‘z aksini topgan. Shuningdek, O’zbekiston, Osiyo va Yevropa davlatlari ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, qiyosiy tahlili va qiziqarli faktlari keltirib o‘tilgan.
-
CHIZMATASVIR
Mazkur darslik bugungi kun talablarini hisobga olingan holda xorij adabiyotlari asosida yozildi. Darslik talabalarini “Chizmatasvir” fanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan chuqur tanishtiradi. Unda olib boriladigan mashg‘ulotlarning mavzusi va mazmuni to‘liq qamrab olingan. Darslikda chizmatasvir tarixi, fanga kirish hamda oddiy qog’ozni planshetga tortish, karkas tayyorlash, tasvirlash ashyolari haqida keng ma’lumotlar berilgan. Dastur asosida rejalashtirilgan dars soatlari bo‘yicha amaliy ishlar vazifalarni oddiydan murakkabga qarab tamoyili tarzida ishlanmasi tayyorlangan hamda foydalanish uchun mahalliy va xorij adabiyotlari berilgan.
-
Yong'in xavfsizligi
Mazkur darslik oliy oq'uv yurtlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bakalavriat ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
TERMODINAMIKA 1,2
Mazkur darslik 60713500 – Mexanika muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikning birinchi qismiga termodinamika qonunlari, gaz qonunlari va siklari hamda gazlarda sodir bo‘ladigan issiqlik hodisalari kiritilgan. Ikkinchi qismida issiqlikni uzatish asoslari, issiqlik almashuv apparatlari va nurlanishning zamonaviy manbalari bayon etilgan. Darslikning issiqlik energetik qurilmalari deb nomlangan uchinchi qismida yoqilg‘ining yonish jarayonlari, qozon agregatlari va ularning qurilmalari, bug‘ va gaz turbinali qurilmalar, sovitish mashinalari va ichki yonuv dvigatellari o‘rganilgan. Har bir bobda nazorat uchun savollar va masala echish namunalari berilgan. Darslikdan texnikaviy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan magistrantlar, talabalar hamda texnika yuo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Sun’iy intellekt (Hisoblash agentlarining asoslari) II jild
Darslik bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun moljallangan boiib , zamonaviy sun'iy intellekt va uning ijtimoiy ta'sirini tushuntiradi hamda nazariya va amaliyotni birlashtiradi. Ushbu kengaytirilgan yangi nashr chuqur o‘rganish bo‘yicha boiimlarni, shu jumladan generativ sun'iy intellekt, sun'iy intellektning ijtimoiy ta'sirlari va sababini o‘z ichiga oladi. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o ‘quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moijallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Sun’iy intellekt (Hisoblash agentlarining asoslari) I jild
Darslik zamonaviy sun’iy intellekt va uning ijtimoiy ta’sirini tushuntiradi hamda nazariya va amaliyotni birlashtiradi. Ushbu kengaytirilgan yangi nashr chuqur o ‘rganish bo‘yicha boiimlarni, shu jumladan generativ sun’iy intellekt, sun'iy intellektning ijtimoiy ta ’sirlari va sababini o ‘z ichiga oladi. Mazkur xorijiy o ‘quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o ‘quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi
-
Bolalar kasalliklari propedevtikasi
Bolalar salomatligini saqlash, ular orasida ko'p uchraydigan kasalliklarning oidini olish, bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan tizimlarni takomillashtirish tibbiyot muassasalarida uzluksiz tibbiy yordamni ta'minlashga asoslanadi. Bolalar kasallanishidabirinchi yordam ko'rsatish, ularni tekshirish, kasallikni aniqlash va to'g'ri tashxis qo'yish birlamchi tibbiy sanitariyayordam muassasalaridafaoliyatyuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining bilimi, malaka va ko'nikmasiga bog'liqdir. Respublikamizda barcha tibbiyot muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlanadi. Respublikamiz aholisining 33,3 % ini bolalar tashkil etayotganligini inobatga olib, UASH tayyorlashda bolalarni tekshirish, anamnez yig'ish, tizimlar jarohatlanishi semiotikasiga urg'u berish muhimdir. Shu sababli, Toshkent Tibbiyot akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ushbu darslik yozildi.
-
Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi
Darslikda bolalar tayanch-harakat a'zolarining nisbatan ko'p uchraydigan turli shikastlanishlari, orttirilgan va tug'ma kasalliklarining sabablari, mexanizmi, klinik manzarasi, tashxislash, konservativ va xirurgik davolash usullari hamda profilaktik chora-tadbirlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan organizm suyaklarining anatomik tuzilishi va o'sish zonalarining paydo bo'lish xususiyatlariga alohida e'tibor berilgan. Dunyoning ilg'or rivojlangan mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida yoritilgan davolash - profilaktik tadbirlarning bemorlar uchun xavfsiz va kaminvaziv usullari, Yevropa Osteosintez Assotsiatsiyasi prinsiplari hamda davolash usullari darslikka asos qilib olindi.
-
Differensial psixologiya
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasasining Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Differensial psixologiya”ning umumiy asoslari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
-
Tarixiy rekonstruksiya masalalari
Darslikda tarixiy rekonstruksiyaning nazariy masalalari – fanning maqsad va vazifalari, arxeologik materiallar – tarixiy manba sifatida, ularni tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish ahamiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rekonstruksiyasi, etnomadaniy jarayonlarni tiklash, arxeologiyada tarixiy rekonstruksiyaga doir ilmiy qarashlar va yondoshuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
-
Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari
Darslik eritib payvandlashning rivojlanish tarixi va zamonaviy jarayonlari nazariyasining asosiy ma`lumotlari keltirilgan. Eritib payvandlashda qo`llaniladigan turli xil payvandlash usullari va jihozlari yoritilgan. Darslik 5314800-Payvandlash texnologiyasi va jihozlari ta`lim yo`nalishi uchun mo`ljallangan.