-
-
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
SIYOSIY TIZIM (xalq)
O‘zbekiston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari Baxtiyor Omonov va Gulbahor Isanova tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanma 2021–2022 o‘quv yilidan kiritilgan yangi fanning namunaviy va ishchi fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Unda “Siyosiy tizim” fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari, siyosiy tizim modellari, siyosiy tizimning “kirish”, “chiqish”, ijtimoiy muhitga ta’sir qiluvchi omillari, demokratik tranzit muammolari, prezidentlik instituti, parlament, ijro hokimiyati, siyosiy partiyalar, saylov tizimi, shuningdek, AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya, Singapur kabi taraqqiy qilgan davlatlarning siyosiy tizimi, davlat tuzilishi hamda O‘zbekiston siyosiy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari evolyusion va qiyosiy tarzda o‘rganilgan. Jami 30 ta mavzuni qamrab olgan kitobdan o‘ndan ziyod jadvallar va atamalar lug‘ati ham o‘rin olgan.
-
Toponimika
Mazkur uslubiy qo'llanma 60530400-Geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Toponimika fanidan o'quv rejada mo'ljallagan amaliy mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan. Uslubiy qoʻllanmada toponimik atamalar jadvalini tuzish, O'zR Vazirlar Mahkamasining geografik nomlar haqidagi qarorlari va Respublika toponimiya komissiyasining ish faoliyatini o'rganish, turli olimlarning geografik nomlar bo'yicha tasniflarni oʻrganish, toponimlarning paydo boʻlishiga va mazmuniga koʻra turlari jadvalini tuzish, turli tillardagi shahar termini yordamida tuzilgan toponimlar jadvalini tuzish, o'z o'lkasi geografik joy nomlari va ularning ma'nosi, O'zbekiston toponimlarining turlari jadvalini ishlash, O'rta Osiyo toponimlari jadvalini ishlash, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya va Antarktida toponimlari jadvalini ishlash haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Donli ekinlar seleksiyasidagi yutuqlar
Donli ekinlar seleksiyasidagi yutuqlarga bag‘ishlangan ushbu maxsus kitob keng ko‘lamli mavzulami qamrab oluvchi 10 ta maqoladan iborat bo‘lib, u sholi misolida sho‘rlanish stressiga moslashish bilan bog‘liq gen ekspressiyasi darajalari va ulaming proteomik profil bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishdan tortib, istiqbolli makkajo‘xori duragaylarida umumiy va xususiy kombinatsiyalanish qobiliyatini baholashgacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
-
Шахс психодиагностикасининг проектив методикалари
Қўлланмада шахснинг ички дунёсидаги ўзи англамаган,онг остида ётган ҳолатларни диагностика қиладиган методикалар тўпланган. Йиғилган тестлардан катталар ва болаларни диагностика қилишда фойдаланиш мумкин.Ҳамда ушбу тестлар шахсни ўз-ўзини билишига ва ўзини англашига ёрдам беради.
-
Ixtisoslashgan davlat umumta‘lim maktablarida ekstremal masalarni o'qitish usullari
Ushbu o‘quv-uslubiy matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktabi va umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo'ljallangan.
-
O'quvchilarda umummantiqiy faoliyat usullarini shakllantirish metodikasi
Ushbu o'quv-uslubiy umumta'lim maktabi o'qituvchi va yuqori sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda o'quvchilarda umummantiqiy faoliyat usullarini maqsadli shakllantirish metodarlari va shakllantirishni algebra va analiz asoslari fanini o„qitish vositasi sifatida akademik litsey, umumta'lim maktablarining “Ratsional tenglamalar va tengsizliklar. Irratsional tenglamalar”, “Ko'rsatkichli va logarifmik funksiyalar” mavzulari orqali bayon etilgan.
-
Tarjima fani boʻyicha oʻquv- uslubiy qoʻllanma
Zamonaviy dunyoda chet tilini o'rganish va tarjima ko'nikmalarini rivojlantirish globallashuv, xalqaro aloqalar kengayishi va madaniyatlararo muloqotga boʻlgan ehtiyojning ortishi bilan bog'liq holda alohida dolzarblikka ega bo'lmoqda. Tarjima endi shunchaki bir tildagi so'zlarni ikkinchi tilga mexanik ravishda o'girish emas, balki tobora murakkab kognitiv jarayon sifatida qabul qilinmoqda, bu tarjimondan nafaqat chuqur lingvistik bilimlarni, balki rivojlangan fikrlash, tahlil qilish, sintez qilish va noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish qobiliyatini talab etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda doimiy oʻzgaruvchan kommunikativ muhit sharoitida tarjimonning kasbiy faoliyati eng talabchan va intellektual jihatdan boy faoliyat turlaridan biriga aylanmoqda. Oʻzbekiston jahon tillari universitetida “Filologiya va tillarni oʻqitish (ispan tili)" yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tarjimani kognitiv faoliyat sifatida tushunish yuqori malakali mutaxassisni shakllantirishning kalitidir. Tarjimani o'qitishga an'anaviy yondashuvlar koʻpincha lingvistik transformatsiyalarga urg'u qaratadi, tarjimonlik qarorlarini qabul qilishning asosini tashkil etuvchi ichki mental jarayonlarni chetlab o'tadi yoki ularni yetarlicha yoritmaydi. Mazkur qoʻllanmaning dolzarbligi aynan shu boʻshliqni to'ldirishda, ya'ni tarjima jarayonida ishtirok etadigan kognitiv mexanizmlarga tizimli nuqtai nazarni taklif qilishdadir. Bu talabalarga nafaqat amaliy ko'nikmalarni egallashga, balki o'z kasbiy faoliyatiga ongli ravishda yondashishga, tanqidiy fikrlash hamda tarjima jarayonini mustaqil tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi.
-
Qualification practice handbook for university supervisors
This handbook, "Qualification Practice Handbook for University Supervisors," is a methodological guide for supervising third-year students of the English Philology Faculty during their qualification practice in Uzbekistan. It supports supervisors in fostering analytical depth, moving beyond observational reporting to diagnostic mentorship. The handbook emphasizes the Action–Logic-Impact (ALI) framework for critically examining instructional decisions and their impact on learner development, aligning with international competency-based standards. It provides a flexible framework for professional judgment and creative mentoring, responsive to individual intern needs, while maintaining institutional standards for quality and academic integrity. Its primary audience is University Teachers new to their roles as Practice Supervisors.
-
Pragmalinguistic and pedagogical approach to proverbs
This methodological manual is intended for undergraduate students of the programs 60111800 – Foreign Language and Literature (English) and 60230100 – Philology and Language Teaching (English). Developed on the basis of the model and working curricula of the discipline “Linguopragmatics and Discourse Analysis," it presents key theoretical and practical issues of linguopragmatics and discourse analysis, including speech acts, implicature, context, and communicative strategies. The methodological manual also contains practical tasks, materials for independent study, control questions, tests, and a list of recommended literature. It is recommended for use in the educational process of higher education institutions.
-
Oʻlkashunoslik va turizm fani boʻyicha uslubiy qoʻllanma
Ushbu uslubiy qoʻllanma 60230100 – filologiya va tillarni oʻqitish (ispan tili) bakalavriat ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun "Oʻlkashunoslik va turizm” fani boʻyicha mo'ljallangan. Unda 150 soatlik kurs dasturi, jumladan 60 soat amaliy mashg'ulotlar koʻzda tutilgan. Oʻlkashunoslik hududning tabiiy, iqtisodiy, tarixiy-madaniy va etnografik xususiyatlarini ilmiy oʻrganishga qaratilgan kompleks fan boʻlib, turizm sohasining rivojlanishi uchun nazariy va amaliy poydevor yaratadi. Turizm esa iqtisodiy daromad, madaniy aloqalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblanadi. Ushbu ikki sohaning uzviy bog'liqligi hududning resurslarini turizm maqsadlarida samarali foydalanish imkonini beradi. Qoʻllanma fanning mazmuni, maqsad va vazifalarini, metodik yondashuvlarni, amaliy mashg'ulotlar va baholash mezonlarini o'z ichiga oladi, turizm va gid sohasidagi mutaxassislar uchun ham foydali.
-
MEKTEPKE SHEKEMGI JASTAǴI BALALARDIŃ GIGIYENALIQ TÁLIM TARBIYASI
Bul metodikaliq qollanba mektepke shekemgi jastaǵi balalardiń ósip rawajlaniwin, organizmde bolatuǵin ózgerisler, mektepke shekemgi jastaǵi balalar arasinda ushirasatuǵin juqpali kesellikler, olardin aldini aliw haqqinda maǵliwmat beriwge xizmet qiladi. Metodikaliq qollanba joqari hám orta arnawli oqiw orinlari talabalari, mektepke shekemgi tálim mekemeleri tarbiyashilari, orta bilim beriw mektepleriniń joqari klass oqiwshilari hám keń jámaat ushin usinis etiledi.
-
Sabzavotchilikdan amaliy mashg'ulotlar
Mazkur uslubiy qo’llanma 5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha), 5410300 – O’simliklar himoyasi va karantini, 5410400 – Qishloq xo’jalik ekinlar urug’chiligi va selektsiyasi, 5410500 – Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, 5111000 – Kasb ta`limi (5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha), 5420100 – Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish ta`lim yo’nalishlarida o’qiyotgan talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta`lim standarti talablari asosida tuzilgan namunaviy o’quv reja va fan dasturi asosida tayyorlangan.
-
Фopмиpoвaние пoзнaвaтельныx унивеpсaльныx учебныx дейст вий учащихся нaчaльныx клaссoв посредством фoнетическиx игp
Методическое пoсoбие «Фopмиpoвaние пoзнaвaтельныx унивеpсaльныx учебныx действий учащихся нaчaльныx клaссoв посредством фoнетическиx игp» пpеднaзнaченo для студентoв бaкaлaвpиaтa нaпpaвления «Нaчaльнoе oбpaзoвaние» и учителей начальных классов. Пoсoбие oxвaтывaет чaстичнo темы пpедметa «Рoднoй язык в нaчaльныx клaссax», a именнo фoнетику, и нaпpaвленo нa фopмиpoвaние пpoфессиoнaльныx кoмпетенций будущиx учителей нaчaльныx клaссoв. Metodik qo‘llanma "Fonetik o‘yinlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kognitiv universal ta’lim faoliyatlarini shakllantirish" bakalavriat bosqichining "Boshlang‘ich ta’lim" yo‘nalishi talabalari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma boshlang’ich sinflar dasturi "Ona tili" fanining ayrim mavzulari, xususan fonetikani qamrab oladi va kelajakdagi boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
Tabiiy fanlar ni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Mazkur uslubiy qo’llanmada Tabiiy fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodlarning qo’llanilishi, afzaliklari, metodlar asosida mavzular kesimida namunalar yoritilgan. Aksariyat metodlarni qo’llash asosida dars jarayoni amalga oshiriladi. Qo’llanmadan darsda, darsdan tashqari paytlarda o’tilgan va yangi mavzularni mustahkamlash, viloyat va tuman seminarlari, tadbirlar, konferensiyalarni o’tkazishda foydalanish mumkin. Uslubiy qo’llanma boshlang’ich sinflarda hamda yuqori sinf tabiiy fan o’qituvchilariga va ko’p sonli kitobxonlarga mo’ljallangan.
-
O‘zbek adabiyoti
Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘zbek adabiyotini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun ishlab chiqildi.Unda XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa jadidlar ijodini o‘qitishga oid tavsiyalar berildi. Uslubiy qo‘llanmada jadid ijodkorlari hayoti va ijodini o‘qitilishiga doir ma’lumotlar manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, jadidlar ilgari surgan g‘oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli yetkazish maqsadida jadid adabiy muhitining asosiy xususiyatlariga murojaat qilindi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi. Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining professoro‘qituvchilari va adabiyot fani bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
-
Pantomimo (Asosiy elementlar)
Ushbu uslubiy qo`llanmada pantomimaning ifoda mexanizmi harakat, ritm, ichki impuls va tasavvur orqali shakllanishi asoslab berilgan.