-
Mamlakatlar va hududlarni kompleks o‘rganish
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Praktische Phonetik der deutschen Sprache
Данное учебное пособие представляет собой курс практической фонетики немецкого языка и предназначается для студентов факультетов иностранных языков педагогических институтов и университетов. Пособие содержит сведения по общей и немецкой фонетике, упражнения для постановки дыхания и артикуляционные упражнения, а также фоностилистические материалы для обучения немецкому произношению. Включает тридцать разделов, состоящих из теоретических тем и фонетических упражнений, направленных на овладение нормативным произношением на уровне звука, слова, словосочетания, предложения и связного текста. Особое внимание уделяется коррекции типичных ошибок, обусловленных интерференцией родного языка, и развитию навыков фонетического и фоностилистического анализа.
-
Practical Course in Translation (Amaliy tarjima) Volume II
The present manual is designed to the fourth-year students of the universities of the Republic of Uzbekistan whose profession is translation. It includes texts, exercises and other assignments to develop the students’ translation skills from English into Uzbek and Russian and from them into English. The manual develops students’ translation experience and enriches their English vocabulary.
-
PANORAMA of Great Britain
This textbook provides a comprehensive overview of Great Britain, covering its history, physical and economic geography, state system, and socio-political structure. It also explores British culture, educational system, national economy, and the unique aspects of the British character, including leisure and sports. Each chapter is equipped with questions and tasks for independent student work, complemented by a chronological table and an index of geographical names and persons. Designed for students of institutes and faculties of foreign languages, this work serves as an essential resource for those seeking a deep understanding of contemporary Britain.
-
O‘ZBEKISTON MADANIYATI
O‘quv qo‘llanmada o‘zbek madaniyatining nazariy asoslari, tarixi va Mustaqillik davridagi yutuqlari o‘z ifodasini topgan. Unda madaniyat tushunchasi va uning mohiyati, turlari, funksiyalari, ma’naviy meros, sivilizatsiya masalalari, tariximizning turli davrlarida yaratilgan madaniy boyliklar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tajribalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan. Ayniqsa, Mustaqillik davri madaniyatiga, jumladan, madaniy islohotlar, milliy g‘oya, an’anaviy madaniyatning tiklanishi, O‘zbekiston badiiy madaniyati yutuqlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. Kitob o‘quv yurtlari talabalari, soha mutaxassislari va o‘zbek madaniyati bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.
-
O'zbek xalq og'zaki ijodi
Ushbu o'quv qo'llanma universitetlarning filologiya va jurnalistika hamda pedagogika institutlarining til va adabiyot fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'zbek xalq og'zaki ijodining janrlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, xalqimiz ma'naviy merosidagi o'rni va bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy asosda yoritadi. Muallif o'zbek xalq og'zaki ijodini yangicha talqin qilishga, zamon ruhi bilan boyitishga intilgan va folklor asarlarini milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi sifatida tahlil qilgan.
-
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi
“O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi xrestomatiyasi” oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi” fani bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarning olgan nazariy bilimlarini kuchaytirish va amaliy mustahkamlash uchun mo‘ljallab tuzilgan. Uning yordamida talabalarga o‘zbek xalqi an’analarining o‘ziga xosligi, betakrorligi, milliy marosimlarimiz bilan bog‘liq xalq og‘zaki ijodi namunalarining janr tarkibi, qo‘shiqchilik va baxshichilik san’ati, ertakchilik, askiyabozlik, og‘zaki drama, lofbozlik, latifago‘ylik, paremik janrlarga xos xususiyatlar, asotirlar, afsona va rivoyatlar, naqllar, bolalar folklori janrlari namunalaridan misol keltirilishi bilan ular haqida ma’lumotlar beriladi hamda talabalarda o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining naqadar boy va qadimiy ekanligi haqida tasavvur-tushuncha uyg‘otiladi.
-
O'zbek tolerantligining o'ziga xos xususiyatlari
Ushbu o'quv qo'llanmada tolerantlikning falsafiy mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlashdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Muallif o'zbek xalqi uchun xos bo'lgan bag'rikenglik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, ota-onani e'zozlash kabi milliy fazilatlarning yoshlar tarbiyasidagi o'rni hamda ularni zamonaviy jamiyatga tatbiq etish masalalarini tahlil qiladi. Qo'llanma sosiologiya, psixologiya, ma'naviyat asoslari va pedagogika fanlarini o'zlashtirishda, shuningdek, uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
O‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha mashqlar to‘plami
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining rus tilida ta’lim oluvchi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda, kundalik turmushda, ta’lim olishda va boshqa hollarda duch keladigan ish qog‘ozlarini yozish ko‘nikmasi va malakasini hosil qiluvchi ijodiy mashqlar va topshiriqlar jamlangan. Qo‘llanma tinglovchilarga turli rasmiy hujjatlarni lotin alifbosida to‘g‘ri tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
-
O‘zbek tili
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5141600 - Boshlang‘ich ta’lim usuliyoti, sport va tarbiyaviy ish hamda 5220100 - Filologiya ixtisosliklari bakalavr yo‘nalishidagi 1-kurs tojik guruhi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tili fanining fonetika, leksikologiya, lug‘atshunoslik, morfologiya va sintaksis bo‘limlarini qamrab oladi. Darslikda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda imlo qoidalari, matnni o‘qish, mazmunini hikoya qilish, amaliy mashqlar, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantiruvchi topshiriqlar, testlar, krossvordlar va lug‘atlar keltirilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
-
O‘zbek tili (Fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya)
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilining fonetikasini chuqurroq o‘rgatish orqali talaffuzni ongli ravishda o‘zlashtirish malakasini hosil qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek guruhlarida o‘qiydigan talabalarga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada o‘zbek tili nutq tovushlari, fonetik hodisalar, orfoepiya va imlo qoidalari tizimli ravishda bayon etilgan. Shuningdek, kirill alifbosidan lotin grafikasiga o‘tish munosabati bilan yuzaga kelgan yangi imlo qoidalari ham batafsil yoritilgan.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yaratilgan bo'lib, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ona tili ta'limi konsepsiyasi" hamda "Ona tilidan davlat ta'lim standarti" talablariga muvofiq, o'quvchilarda ona tili bo'yicha kommunikativ savodxonlikni oshirish, til darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, hamda dars jarayonini zamon talablari darajasiga olib chiqish usullari va vositalari haqida ma'lumot beradi. Kitob pedagogika institutlari va universitetlarining filologiya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi fakultetlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda eng qadimgi davrlardan XVI asr oxirigacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Kitobda mumtoz adabiyot vakillari, ularning ijodi, adabiy yodgorliklar hamda mustaqillik davri adabiyotshunosligi yutuqlari asosida adabiy merosni tadqiq etish masalalari o‘z ifodasini topgan.
-
O‘zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanma atoqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovning boy ilmiy-metodik merosi asosida tayyorlangan. Kitobda o‘zbek adabiyoti tarixi va adabiy aloqalar masalalari yoritilgan bo‘lib, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Muallifning millat, milliy uyg‘onish va adabiyot borasidagi qarashlari jamlangan ushbu asar yosh avlodda vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
O‘zbek adabiyoti tarixi (XVII-XIX (I yarmi) asrlar)
Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zbek filologiyasi fakultetlari bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda XVII-XVIII asrlar o‘zbek adabiyoti tarixi yoritiladi. Qo‘llanmada davrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy hayoti tahlil qilinib, Boborahim Mashrab, Turdi Farog‘iy, So‘fi Olloyor, Abulg‘oziy, Munis Xorazmiy, Nodira, Ogahiy kabi shoir va adiblarning adabiy portretlari keltirilgan. Asar yangicha ilmiy yondashuv asosida tuzilgan bo‘lib, adabiy merosni xolisona baholashga xizmat qiladi.
-
O‘zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV asrlar)
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda til taraqqiyotining V-XIV asrlar davri, turkiy-o‘zbek xalqlarining qadimgi davrlari, etnik qatlamlar, til shakllanishi, yozma manbalar hamda adabiy tilning rivojlanish bosqichlari atroflicha tahlil etilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma ona tili ta'limi maqsadlarining tarixiy taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni va ahamiyatini ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Kitobda milliy istiqlol davrida ta'lim maqsadlarini belgilash, o'quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, ona tili o'qitish mazmuni va usullarini zamonaviy talablar asosida yangilash masalalari yoritilgan. Qo'llanma oliygoh talabalari, bo'lajak o'qituvchilar va tilshunos mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.