-
Karantin begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari
O'quv qo'llanmada Respublikada karantin begona o'tlarning nazoratni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, o'tkazish muddatlari, turlarining botanik tasnifi, tarqalishi va ularga qo'llaniladigan karantin tadbirlarini amalga oshirish, ekin dalalarini fitosanitar nazoratlardan o'tkazish va rasmiylashtirish tartibiga oid uslubiy tavsiyalar berilgan.
-
Ekinlar zararli organizmlari rivojlanishi va tarqalishining bashorati
Қo'llanmada qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalari, kasallik qo'zg'atuvchilari va begona o'tlarning tarqalishi, rivojlanishi hamda zararlilik darajasini bashorat qilish, kuzatish ishlarini o'tkazish usullari bayon etilgan. Shuningdek, bashorat punktlarining zarur hujjatlari va faoliyati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари
Мазкур ўқув қўлланма мулоқот тизимини система сифатида таҳлил этишнинг баъзи тамойил ва усулларини ёритишга бағишланган бўлиб, нисбатан янги ҳисобланган ўзбек прагматикаси соҳаси билан қизиқувчи лингвист мутахассисларга мўлжалланган.
-
Tilshunoslik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada oliy ta'lim Davlat ta'lim standartlari talabiga binoan 5120100 – Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi bo'yicha sirtqi ta'lim bakalavriaturada tahsil oladigan talabalarga o'qitilayotgan «Tilshunoslik nazariyasi» fanini o'zlashtirishning zamonaviy va qulay usullari ko'rsatilgan bo'lib, talabalarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Mazkur o'quv qo'llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, elektroenergetika fanining deyarli barcha bo'limlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada o'quv materiali "Tajriba — nazariya—amaliyot" uslubida bayon qilingan bo'lib, talabalarning mustaqil fikr yuritish faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan.
-
Комплекс анализ (Маърузалар)
Mazkur o'quv qo'llanma matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash o'quv rejasining asosiy fanlaridan biri — kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasiga bag'ishlangan. Unda kompleks sonlar, kompleks o'zgaruvchili funksiyalar limiti, uzluksizligi, golomorf funksiyalar, elementar funksiyalar va integrallar bayon etilgan.
-
История религии
Учебное пособие посвящено истории религии, раскрывает исторические закономерности развития религиозных верований от древнейших форм до мировых и национальных религий. Издание предназначено для студентов вузов, аспирантов, преподавателей и всех интересующихся религиоведением.
-
МЕТОДИКА НАЛАДКИ И ПРОГРАММИРОВАНИЯ ТОКАРНОГО СТАНКА С ЧПУ, ОСНАЩЕННОГО СИСТЕМОЙ FANUC
В учебном пособии рассмотрена методика разработки управляющих программ и наладки токарного оборудования с ЧПУ, оснащенного системой Fanuc, с использованием лабораторного токарного станка с ЧПУ и интерактивного учебного класса. Пособие предназначено для бакалавров, обучающихся по направлениям подготовки 12.03.01 «Приборостроение» и 15.03.04 «Автоматизация технологических процессов и производств».
-
Tuproq biologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning tuproq biologiyasi fanidan olgan nazariy bilimlarini laboratoriyada mustahkamlashga bag‘ishlangan. Unda laboratoriyada ishlash qoidalari, har bir laboratoriya ishi uchun tartib va nazorat savollari keltirilgan.
-
Qishloq xo‘jalik entomologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Ushbu o‘quv qo‘llanmasida qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalarini qisqacha ta‘rifi, bioekologiyasi, tuzilishi va zarari haqidagi amaliy ma‘lumotlar keltirilgan. Har bir laboratoriya mavzusiga oid topshiriqlar, preparatlar, zarur jihozlar va topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan. Qo‘llanma qishloq xo‘jalik entomologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan.
-
O'simliklarni biologik himoya qilish
O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi ekinlarini zararli organizmlardan biologic himoya qilish usullari, mikroorganizmlar, entomofaglar va akarifaglar, ularni laboratoriya sharoitida ko'paytirish texnologiyalari yoritilgan. Oliy o'quv yurtlari talabalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va qishloq xo'jaligi xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Қишлоқ хўжалик экинларининг зараркунандалари, касалликлари ва уларни ҳисоблаш ҳамда тарқалишини башорат қилиш
Ушбу ўқуv қўлланма қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртлари талабаларига, илмий тадқиқот институтлари олимлари, республика, вилоят ва туман ўсимликларни ҳимоя қилиш марказлари ҳамда фермер хўжалиги раислари учун мўлжалланган. Қўлланмада қишлоқ хўжалик экинлари зараркунандалари ва касалликларининг тарқалиши, ривожланиши ҳамда уларни ҳисоблаш ва башорат қилиш усуллари батафсил ёритилган.
-
Yer tuzish asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer tuzishning maqsadi va vazifalari, uning turlari, amalga oshirilish usullari hamda yer islohoti masalalari yoritilgan.
-
Tuproqni xaritaga tushirish
Mazkur o’quv qo’llanmada yer yuzida tuproqlar joylashishining asosiy qonuniyatlari, dala sharoitida tuproqlarni o’rganib xaritaga tushirishga tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish yoritilgan. Shuningdek, tuproq haritalari va kartagrammalarini tuzishning nazariy qonuniyatlari, mexanizmlari hamda qishloq xo'jaligida ulardan foydalanish yo'llari bayon etilgan.
-
«Tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish» fanidan o’quv - qo’llanma
O'quv qo'llanma 5141000 - Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida talim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda tuproqni dalada tekshirish va xaritaga tushirish fani predmeti va metodlari, tuproqni dalada tekshirishga tayyorgarlik, dala ishlarini bajarish, tuproq haritalari va kartogrammalarini tuzish, hamda kameral ishlarni bajarishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
-
Tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish
Mazkur o'quv qo'llanma qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining agrokimyo va agrotuproqshunoslik mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish masalalarini yoritadi.