-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Umumiy va noorganik kimyo fanidan masalalar yechish
Кimyo – fizika va biоlоgiya bilan birga tabiatni o’rganuvchi uchta fandan biri. Bu fanlar o’rganish sохasining хarakteri va masshtabi bilan farq qiladi. Тabiatdagi jarayonlarni to’rtta masshtabga (darajaga) bo’lish mumkin: 1) Аstrоnоmik; 2) Makrоskоpik (insоniyat va uni o’rab оlgan muхit); 3) Mikrоskоpik (atоm va mоlekula darajasi); 4) Ul’tramikrоskоpik (elementar zarrachalar tuzilishi darajasi). Fizika – yuqоridagi barcha darajalardagi o’zgarishlar va hоdisalarni o’rganadi. Biоlоgiya – tirik tabiatdagi makrоskоpik jarayonlarni o’rganadi. Кimyo – mоddalarni makrоskоpik darajada o’zgarishlarini atоm-mоlekulyar darajada tahlil qilib o’rganadi.
-
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fani o‘quv qo‘llanmasida o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqish, o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, darsdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish, o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari batafsil yoritib berilgan.
-
JAHON TARIXI
Agar kontinental Shrikshetrda agrar usulda davlatning asosiy daromadi dehqonlardan olinadigan renta solig‘i bo‘lsa, sohilbo‘yi nagarlarida moddiy boylik savdo, qaroqchilik, chet el savdogarlarini soliqqa tortish, ma’lum tovarlarni olib kirish va chiqishdagi monopoliyadan shakllangan edi. Shuning uchun ham monlarning davlat tuzishida asosiy turtki ularni Hind okeanida xalqaro dengiz savdosiga qo‘shilishi bo‘ldi. Nagarlar tepasida hindcha ism va unvonga ega bo‘lgan hukmdor turgan. Qadimgi Hindistonning ijtimoiy normalari, birinchi navbatda varnalarga bo‘linish qabul qilingan bo‘lib, bu hukmron tabaqaga imtiyozli vaziyatni yaratib bergan. Nagarlarda tovar-pul munosabatlari kontinental turdagi davlatlarga nisbatan yuqori darajada rivojlangan bo‘lishiga qaramay ulardagi agrar sektorning torligi inson va moddiy resurslar uchun doimiy ravishda o‘zaro kurashlarni keltirib chiqargan.
-
MA'LUMOTLAR BAZASINI DASTURLASH CHUQURLASHTIRILGAN KURSI
Mazkur o'quv qo'llanma Germaniya texnikaviy hamkorlik tashkiloti (GTZ) hamda Germaniya taraqqiyot banki (KfW) ishtirokidagi «Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta'limini rivojlan- tirishga ko'maklashish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan.
-
Физикавий тадқиқот усуллари
Kimyodagi asosiy masalalardan biri moddaning nima ekanligini va uning molekulasini kimyoviy tuzilishini aniqlashdan iborat. Bu ish ilgarilari kimyoviy usullar bilan hal qilingan bo’lsa, hozirgi vaqtda asosan fizikaviy usullar orqali yechiladi. Kimyogar odatda, moddani o’rganishni uni qaysi elementlardan tashkil topganini aniqlashdan boshlaydi va brutto formulasini topadi. Shundan keyingina uning molekulasini tuzilishini aniqlashga harakat qiladi. Agar, kimyoviy jarayon o’rganilayotgan bo’lsa u holda, shu jarayonni ma’lum bir etapida yoki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng reaksiya natijasida hosil bo’lgan aralashmani tarkibiy qismlarini nimaligini hamda ularni miqdoriy xarakteristikalarini aniqlash masalasi kelib chiqadi.
-
DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR
Bugun go‘zal va betakror yurtimizda buyuk ayyom, katta tantana. Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan o‘z milliy mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramini baland ruh va xursandchilik bilan kutib olmoqda. Haqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan ana shu bayram bilan siz azizlarni, sizning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir. Aziz do‘stlar! Bugun, shu qutlug‘ ayyom arafasida Vatanimiz ozodligiga erishish, hech kimga tobe va qaram bo‘lmasdan, o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, yurtimiz boyliklariga, uning tabiiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatiga ega bo‘lish, bir so‘z bilan aytganda, ham siyosiy, ham iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida xalqimiz qanday og‘ir va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
-
КДДИМГИ УРТА ОСИЁ ТАРИХИ
Кддимги гор-маконлар ва турар жойлардаги маданий кэтламлардан, шунингдек кадимги кабрлардан археологлар турли-туман мехнат куроллари, сопол ва металлдан ясалган буюмларгга топадилар. Уларнинг барчаси кддимги хужаликнинг ривожланиш даражаси, хунармандчилик ва модций маданият хавдда хулосалар чикариш имконини яратади. Модций маданият манбалари ёзма манбаларга нисбатан анча кдцимийрокдир. Энг кадимги тарихий вокеалар купинча ёзма маълумотлар булмаган цаврларга мансубдир. Кишилик жамияти тарихидаги охирги 5000-3000 йил кис мин и ёзма манбалар билан бирга модций манбалар оркали урганиш мумкин, аммо тарихнинг улкан Кисмини факат модций археологик топилмалар оркалигина тиклаш мумкин. Модций манбаларнинг ахамиягани аниклашда укувчилар «моддий мадаггият» тушунчасига эътибор беришлари лозим. Модций маданият - бу инсон яратган уй-жойлар, куроллар ва турли буюмлардан иборатдир. Модций маданиятншгг ривожланиши ижгимоий, иктисодий ва маданий жараёнлар билан бош ик булиб, турли гео график улкаларда узига хос хусусиятлари билан ажралиб турган. Энг кягтимти жамият тарихини Уршниища археология фанини бошкд фанларсиз тасаввур кдлиб булмайди
-
Kompyuter olamiga sayohat
Ushbu kitobda Siz kompyuter bilan tanishasiz. Kompyuterning o'zi Sizga nimadan tashkil topgani, qanday ishlashi, kompyuter viruslari va boshqalar haqida gapirib beradi. U juda sodda va tushunarli tilda rasmlar yordamida tushuntiradi. Bu esa Sizga kompyuter haqida ko'pgina qiziqarli va foydali ma'lumotlarni bilib olishingizga hamda unda ishlashni tezroq o'rganishingizga imkon beradi. Kitob 3 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga mo'ljallangan, lekin kompyuterda ishlashni o'rganmoqchi bo'lgan kattalarga ham foydali bo'ladi.
-
Buyuk ilmiy nazariyalar. Tabiatning nodir asrori.
Mariya Kyuri – Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayoldir. Eri Pyer Kyuri bilan birgalikda u radioaktivlik hodisasini kashf qildi. Ushbu kashfiyot olimaning keyingi yorqin ilmiy faoliyatining ibtidosi bo‘lib xizmat qildi. Kyuri ilmiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, uning izlanishlari evaziga Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalida ikkita yangi element – radiy va poloniy paydo bo‘ldi. Mariya Kyuri tinib-tinchimas, izlanishlardan charchamaydigan va mehnatdan qochmaydigan ayol edi. Hatto eri Pyerning bevaqt o‘limi ham uning ilm-fanga bo‘lgan joʻshqin ishtiyoqini so‘ndira olmadi. U o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘ta kamtarona jihozlangan, moddiy-texnik bazasi nihoyatda g‘arib laboratoriyada olib borgan. U bajargan tajribalarda o‘z tanasiga muayyan nurlanish dozalarini qabul qilar va bu uning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirar edi. Shunga qaramay olima izlanishlarni hech qachon to‘xtatib qo‘ymagan. Birinchi jahon urushi yillarida Mariya Kyuri o‘z ilmiy izlanishlarining amaliy natijalarini, kasal va yaradorlarni davolash maqsadlarida tibbiyot xizmatiga qo‘ya oldi. Olimaning hayoti intihosi ham uning ilm-fanga bo‘lgan beqiyos muhabbati in’ikosi edi. U o‘z hayoti uchun xavfli sharoitlarda ishlab, ilmiy izlanishlar yuritgan bo‘lsa-da, lekin u qilgan kashfiyotlari minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi.
-
Жаҳон тарихи
Ўрта асрлар воқеаларга бой катга тарихий давр - V-XV асрларни ўз ичига олади. Жаҳон тарихининг ушбу даври хронологик чегараларида Европа, Осиё, Африка ва Америка мамлакатлари ижтимоий-иқгисодий ва сиёсий тараққиётининг нотекис ривожланиши кузатилади. Европанинг аксари мамлакатларида илк ўрта асрлар даври XI аср ўрталариг а қадар давом этса, Византияда XII асрга кадар бўлган. Хитойда ер эгалигига асосланган жамиятга ўтиш III асрда, Ҳиндистонда IV асрда, Ғ арбий Европада V асрда бошланади. Ўрта асрларнинг ривожланган даври IX асрга (Араб ҳалифалиги, Ўрта Осиёдаги Сомонийлар давлатлари) туғри келса, Европада XI асрнинг ўрталаридан бошланади. Дарсликнинг ҳажии имконият бермаслиги ва университетлар ўқув дастурларида Европа тарихн алоҳида ўтилиши кўзда тутилганлиги мазкур китобда факат шу қитьанинг V-XV асрлардаги ўтмишини ёритишимизга асос бўлди.
-
Mantiqiy masalalar
Qo’llanmadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda, o’quvchilarni turli matematik musobaqalarga tayyorlash jarayonida foydalanish mumkin. Qo’llanmadan joy olgan mantiqiy fikrlashga undovchi ko’plab masalalar har bir o’quvchida qiziqish uyg’otadi.
-
БИЗ ТАНЛАГАН ЙЎЛ — ДЕМОКРАТИК ТАРАҚҚИЁТ ВА МАЪРИФИЙ ДУНЁ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛИ
Бир неча кундан сўнг мамлакатимиз, бутун халқимиз ўз мустақиллигининг ўн бир йиллигини катта тантана билан байрам қилади. Биз 1991 йилнинг 1 сентябридан тобора узоқлашиб борганимиз сари барчамизнинг тақдиримизда ҳал қилувчи аҳамият касб этган ана шу буюк тарихий сана билан боғлиқ баъзи воқеалар, уларнинг айрим тафсилотлари хотирамиздан кўтарилиши ҳам мумкин. Албатта, бу табиий ҳол ва ҳаммамиз буни тўғри тушунамиз. Шу билан бирга, ҳеч шубҳа йўқки, мана шу улуғ сана билан бугунги кунимиз ўртасидаги масофа қанчалик узайса, босиб ўтган йўлимизни холисона ва атрофлича таҳлил қилиш, тегишли хулоса ва сабоқлар чиқаришнинг аҳамияти тобора кучайиб боради.
-
Производство ремонтно-строительных работ
Капитальный ремонт жилых и общественных зданий предотвращает их преждевременное выбытие, способствует увеличению долговечности, восстанавливает и улучшает потребительские качества, обеспечивает повышение комфортности. Конечный социальный результат ремонта аналогичен результату, достигаемому при новом жилищно-гражданском строительстве, и состоит в улучшении условий жизни и быта советских людей.
-
C++ тилида программалаш асослари
Қўлланмада С++ тилининг синтаксиси, семантикаси ва ундаги программалаш технологиялари келтирилган. Айниқса, С++ тили асосини ташкил этувчи берилганлар ва уларнинг турлари, оператор- лар, функциялар, кўрсаткичлар ва массивлар, ҳамда берилганлар оқимлари билан ишлаш тушунарли равишда баён қилинган ва содда мисолларда намуналар келтирилган.
-
Геодизия
Мазкур ўқув қўлланмада геодезия ер тузиш, кадастри ва бошқа давлат кадастрларини юритиш, инженерлик иншооатлари изланиш, лойихалаш, қуришда бажариладиган геодезик ишлар бўйича назарий ва амалий маълумотлар келтирилган.
-
Avtomobillar konstruksiyasi va hisobi
O'quv qo'llanmada, avtomobillar konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar, transport vositasi kuch uzatmasi, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim oʻqlarni hisoblash usullari, osmalar, rul boshqarmasi va tormoz tizimlarining hisobi hamda avtomobillarning kuch hisobi yo'riqlari mukammal yoritilgan. Talabalarga shu sohadagi ma'ruza va amaliyot darslarini mustahkamlashga imkon beradi.