-
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Manbashunoslik
Ushbu darslik manbashunoslik fanidan oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan Davlat standartlari va namunaviy dasturiga muvofiq yaratilgan bo'lib, u ikki bobdan iborat. Kitobda mutaxassislarning manbalardan foydalanishi, ularni o'qitish metodikasi ham imkon darajasida yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurti bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan tarix fani muallimlari va boshqa tarix bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Дончилик
Дарсликда донли ва дуккакли экинларнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти, келиб чиқиши, экин майдонлари, ҳосилдорлиги, умумий хусусиятлари, морфологик белгилари, ўсиш ва ривожланиш даврлари, кузги дон экинларининг биологик хусусиятлари, ботаник таърифи, навларининг тавсифи ҳамда ушбу экинларни етиштириш технологиялари ёритилган.
-
O'zbek tilini o'qitish metodikasi
Insoniyat tarixida ta'lim olishga ehtiyoj tug'ilgan kundan boshlab kun tartibiga chiqqan “O'quvchiga nimani o'rgatish zarur?”, “O'quvchini qancha o'qitish kerak?”, “Nima uchun o'qitish shart?”, “Qanday usullar bilan o'qitish lozim?” kabi qadimiy savollar hamisha dolzarb va yechimtalabdir. Bugun ona tili ta‟limi oldida ham shu savollar ko'ndalang turibdi. Sababi, insоn shахsidа ruh, tаfаkkur vа til chаmbаrchаs bоg'liq. O'rta umumta'lim maktablarida ona tili ta'limidan ko'zlangan maqsad – jamiyatga ijоdiy vа mustаqil fikrli shахsni tаrbiyalab berish – аmаlgа оshishi uchun quyidagilarni chuqur anglashimiz lozim.
-
Gistologiya
Mazkur darslik (birinchi nashri 1982 -yili chiqarilgan) gistologiya va em briologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblari o‘z ichiga olgan umumiy va xususiy gistologiya bo'limlaridan iborat. Unda hujayra tuzilmalari, to `qimalar va a ’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. B undan tashqari, sitologiyaning hujayra oiganellalari, hazm sistem asining endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi ma ’lumotlar bilan to'ldirilgan . Shuningdek , darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga ko'maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan. Darslik O ’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan mazkur darslik tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari va shu soha mutaxassislari uchun mo’ljallangan.
-
Alternativ energiya manbalari
Ushbu darslikda energetika sohasining eng dolzarb va rivojlanayotgan bo‘limi bo‘lgan alternativ energiya manbalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, darslik Davlat ta’lim standarti asosida 5310800-Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari asosida yaratilgan. Darslik 5310800- Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli na’munaviy dastur va o‘quv rejalar asosida bakalavrlar uchun ishlab chiqilgan. Darslikda energetikaning an’anaviy va noan’anaviy manbalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha yoritib berilgan va bu ma’lumotlar energetika muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun foydali manba bo‘lib hisoblanadi.
-
Texnologiya va dizayn chilangarlik va modellashtïrish ishlari metalga ishlov berish bo‘yicha kasb-hunar kollejlari uchun darslik
Ushbu darslik kasb ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha kasb hunar kollejlariga muljallangandir. Metalga asoslangan sanoan ishlab chiqarishida va metallarga ishlov berish asosidagi xalq hunarmandchiligi texnologiyalariga tegishli kengaytirilgan holdagi manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.
-
Ипак қурти наслчилиги ва уруғчилиги
Ушбу дарсликда зот ва линиялар, клласификацияси, селекция ишлари янги зот яратиш, уларнинг ичида танлаш ишларини олиб бориш, танлов ва ишлаб чиқаришда синаш ишларини ўтказиш ҳамда ипак қурти наслчилик станцияларида суперэлита, элита уруғларини тайёрлаш ишлари атрофлича ёритилган.
-
Tolali materiallarni pardozlash kimyoviy texnologiyasi
Darslikda tolali materiallarni pardozlash nazariyasi va kimyoviy texnologiyasi asoslari bayon etilgan. To'qimachilik mgiteriallarini bo‘yashga va gul bosishga tayyorlashning jadallashtirilgan texnologiyalari, bo'yash va gul bosishning zamonaviy usullari, mahsulot sifatini oshirib, unga yangi xususiyatlar bag'ishlovchi yakuniy pardozlash texnologiyalari kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Ayniqsa, yangi texnologiya va jihozlar hamda xonatlas, shuningdek, aralash tolali matolarni pardozlash texnologiyasiga alohida e’tibor berilgan.
-
Hujayra biologiyasi
“Hujayra biologiyasi” fanini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad talabalarga organizmning asosiy tarkibiy qismi - hujayra to‘g‘risida har tomonlama va chuqur bilim berishdan iborat. Ushbu fan talabalami prokariot va eukariot hujayralaming tuzilishi asoslari, hujayralaming tuzilishi va xususiyatlari, hujayra evolyutsiyasi bilan tanishtiradi. Bulardan tashqari eukariot hujayralaming kompartmentaliz jarayonlari, ularning yuzaga kelishi va o‘zaro bog‘liq!igi, hujayralaming turli -tumanligi, tuzilishi bilan faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik singari bilim lami umumlashtirishni ko‘zda tutadi.Ushbu darslik Biologiya yo'nalishi bo‘yicha 5141000- Biologiya ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bu darslikda Genetika mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistr va tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Бетон ишлари технологияси
Китоб қурилиш ташкилотларининг инженер-техник ходимлари учун мўлжалланган, қурилиш ишлаб чикариши технологияси курсини ўрганувчи студентлар учун ҳам фойдали бўлиши мумкин.
-
Tadbirkorlik moliyasi
Darslikda tadbirkorlik va kichik biznesning yuzaga kelishi va rivojlanishi, uning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlikni davlat tomonidan himoya qilinishi, kichik biznes va uning taraqqiyot istiqbollari yoritilgan. Unda asosiy e'tibor biznes-reja mazmuni, mohiyati, tuzishning zarurligi, uning uslubiy asoslari, tuzish texnologiyasi, bo'limlari va har bir bo'limni tuzib chiqishning xususiyatli tomonlariga qaratilgan.
-
O'zbek dialektologiyasi
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat yo‘nalishi ta'lim dasturida talabalarga o‘zbek shevalari to‘g‘risida ilmiy va amaliy bilimlarni berish ko‘zda tutilgan. Ushbu darslikda o‘zbek dialektologiyasining nazariy asoslari aks ettirilgan. Darslik ma’ruza matnlari, amaliy mashg'ulot materiallari, mustaqil ishlar mazmuni, ushbu fandan malakaviy (o‘quv) amaliyoti dasturi materiallari hamda talabalar bilimini nazorat qilish bo‘yicha testlarni o‘z ichiga olgan. Unda asosiy tushunchalar o‘zbek va ingliz tillarida berilgan. Darslikdan magistrantlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ортопедик стоматология
Мазкур дарсликда тиш-жағ тизими аъзоларининг анатомияси, фаолияти ва ҳозирги кунда турли хил тиш протезларини тайёрлаш технологиялари, ҳамда имплантология асослари ҳақида маълумотлар ёритилган.
-
Suv kimyosi
Unda sayyoramizning suv muhiti, uni hosil bo’lish asoslari,suvli eritmalar, suv mikrobiologiyasi, ichimlik suvining me’yoriy ko’rsatkichlari, oqava suvlar va ulami tozalash usullari to’g ’risida batafsil ma'lumotlar bayon etilgan. Darslik 8 bobdan iborat bo'lib, unda Respublikamizdagi mavjud suv resurslari, ishlab chiqarish oqavasuvlari, suvlami tozalash usullari, shuningdek, mualliflar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yoritilgan.
-
Тиш жаррохлиги стоматологияси ва юз-жаг травмотологияси
Ушбу дарслик тиббиёт коллежларида “Стоматология йуналишида таълим олаётган талабалар учун мулжалланган булиб, унда булажак тиш врачлари учун зарур булган масалалар ёритилган. Дарслик булажак тиш врачига унинг касбий-ам алий фаолияти асосларини ўрганиш ва билим даражасини оширишда ёрдам берадидеган умиддамиз.
-
Gruntshunoslik
Darslikdan qurilish sohasida tegishli tashkilot xodimlari? oliy o`quv yurtlarining professor o`qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilari, bakalavriyat va magisrtatura talabalari, shuningdek ilmiy tadqiqot instituti olimlari va muhandislari qo`llanma sifatida foydalanishlari mumkin.