-
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Иқтисодий таҳлил. 2-қисм
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги мувофиқлаштирувчи кенгаш томонидан олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма сифатида нашрга тавсия этилган.
-
Diskret matematika va matematik mantiq
Ushbu o'[quv qo'llanma “matematika”, “informatika va axborot texnologiyalari”, “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta`minoti”, “Axborot xavfsizligi” va “Amaliy matematika va informatika” bakalavriyat ta`lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalari uchun mo'ljanlangan bo'lib, “diskret matematika va matematik mantiq” fanining asosiy elementlariga doir mavzulari o'z ichiga oladi. Qo'lanmada nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ta`lim uchun nazorat savollari va test savollari, hamda misollar kiritilgan.
-
Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. O'quv qo'llanma
Mazkur o'quv qo'llanmada arxivshunoslik sohasini oʻrganishda muhim o'rin tutgan "Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti” faniga oid ma'lumotlar keltirilgan. Arxivshunoslik nazariy masalalari qatorida arxiv ishi va arxivlarni tashkil qilish, ulardagi hujjatlarni saqlash, respublika hamda xorijiy mamlakatlarda arxivlar faoliyatini tashkillashtirish, arxiv sohasini boshqarish, arxiv ma'lumotlaridan foydalanish xususida so'z yuritilgan. O'quv qo'llanmada, shuningdek, arxivshunoslik sohasiga oid nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bo'yicha tavsiyalar berilgan.
-
Shaxmat dunyosiga ilk qadam
Ushbu o‘quv qo‘llanma dunyodagi eng ommabop o‘yin-shaxmat haqida. Shaxmat o‘ynashni endi o‘rganayotganlar ham, bu sohada ancha-muncha natijaga erishganlar ham bu kitobdan o‘ziga kerakli ko‘rsatma va maslahatlarni topa oladi. O‘quv qo‘llanmaning aksariyat topshiriqlari maktabdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida amaliy aprobatsiyadan o‘tkazilgan mualliflik masalalaridan tuzilgan. O‘quv qo‘llanma bilan ishlash qulay bo‘lishi uchun oxirida mashq va masalalarning javoblari ham berilgan.
-
Umumiy psixologiya
Umumiy psixologiya bo’yicha dastur, yangi o’quv rejalariga muvofiq DTS asosida ishlab chiqildi. Umumiy psixologiya – o’qituvchi kadrlarni tayyorlash muhim psixologik fanlardan biridir. Bu fan talablarning psixologiyadan umumiy nazariy bilimlar asosini egallashiga yo’naltirilgandir. Bu kursning mаqsаdi – tаlаbаlаrdа psiхоlоgiya fаni, psiхikа, shахs, fаоliyat, mulоqоt, bilish jаrаyonlаri irоdаviy sifаtlаr hissiy hоlаtlаr individuаl хususiyatlаrgа dоir bilim ko’nikmа vа mаlаkаlаrni shаkllаntirishdir. Fаnning vаzifаsi – tаlаbаlаrgа psiхоlоgiyaning mоhiyati psiхikа vа оng tushunchаlаri, psiхik jаrаyonlаr, хususiyatlаr hаqidаgi bilimlаr bilаn qurоllаntirishdаn ibоrаt. «Umumiy psiхоlоgiya» o’quv fаnini o’zlаshtirish jаrаyonidа аmаlgа оshirаdigаn mаsаlаlаr dоirаsidа bаkаlаvr: - psiхоlоgiya fаnining mаzmuni, mоhiyati, psiхikа vа оngni tаrаqqiyoti, bilish jаrаyonlаri, psiхik hоlаtlаr, shахsning hissiy irоdаviy sохаsi, individuаl psiхоlоgik хususiyatlаrini bilishi kеrаk; - tаlаbа, shахs, mulоqоt, fаоliyat, individuаl хususiyatlаr yuzаsidаn tushunchа, tаsаvvurgа egа bo’lish bilаn birgа аmаliy fаоliyatgа tаdbiq etish bo’yichа ko’nikmаlаrigа egа bo’lishlаri kеrаk. - tаlаbа shахsdаgi psiхоlоgik jаrаyon, hоlаtlаrni yuzаgа kеlish mехаnizmlаri, qоnuniyatlаri tuzilishi, tаshqi оmillаr tа’sirigа bеrilish jiхаtlаrigа dоir mаlаkаlаrigа egа bo’lishi kеrаk.
-
Матрица аргументли голоморф функциялар
“Матрица аргументли голоморф функциялар“ ўкув қўлланмаси Университетларнинг магистратура мутахассислиги “Математика“ йў- налишига мос келади ва университетларнинг магистратура босқичи 2- курси учун мўлжалланган. Қўлланма 3 бобдан иборат бўлиб, у матрица аргументли функциялар ва даражали қаторлар, матрица аргументли функциялар ва Коши формуласи, кўп матрица Вўзгарувчили функциялар мавзуларини ўз ичига олади.
-
Milliy g‘oya: O‘zbekistonoi rivojlantirish strategiyasi
Mazkur о ‘quv qo 'llanma barcha oliy ta ’lim muassasalarining nomutaxassis yo ‘nalishida о 'qiyotgan talabalar uchun mo ‘Ijallangan. Unda “Milliy g ‘oya:0‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi"ning mazmun-mohiyati, milliy g'oyaning nazariy-konseptual asoslari, jamiyat mafkurasi sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, g'oyalar xilma-xilligi, globallashuv davrida uning jamiyat taraqqiyotiga ta 'siri oqibatlari о ‘rganilgan. Shuningdek, konstruktiv va destruktiv g'oya ko'rinishlari, korrupsiyaga qarshi kurashda milliy g'oyani muhim omil ekanligi, milliy g'oya targ'ibotida samaradorlikka erishishning texnologiyalari О ‘zbekistonning harakatlar strategiyasi bilan bog ‘liq holda yoritilgan. О‘quv qo'llanmada ilgari surilgan ijodiy fikr-mulohazalardan talabalar, mnstaqil tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar va soha mutaxassislari o ‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
-
Tarix falsafasiva uslubiyati
«Тарих фалсафаси тушунчасини Вольтер тадбиљ этган бўлса-да, амалда у антик даврга бориб таљалади», - дейилади «Философский энциклопедический словарь» китобида (Москва, инфо-М, 1997, 483-бет). Тарихни илмий жиҳатдан таҳлил љилиш, уни идрок этиш, юз берган ижтимоий-сиёсий жараёнлар орқали муайян даврнинг сиёсий ва маънавий муҳитини баҳолаш, ҳар бир давр кишилари руҳияти, маънавий-ахлољий мезонлари, воқеа-ҳодисаларга муносабатини ўрганиш, уни фалсафий идрок этиш тарих фалсафаси тушунчасининг мазмунини белгилайди.
-
Тарих фалсафаси: Тушунча, моҳият ва сиёсат.
"Мозийга қайтиб иш кўришилик хайрли, дейдилар”. Улут адиб- нинг бу сўзлари токи инсоният бор экан, ўзини таниган шахслар учун ҳам, ўзлигини англаган миллатлар учун ҳам ўзгармас қоида булиб колаверади. Зеро, тарих улут мураббий, бугунги ва келажак авлодларнинг донишманд устози. Таниқли сиёсатшунос, жамиятшунос олим Нарзулла Жўраев қаламига мансуб қўлингиздаги китоб миллатимизнинг қадимий ва янги тарихини, буюк истиклол туфайли мамлакатимизда юз бераёт- ган ижтимоий, сиёсий ва маънавий ўзгаришларни теран таҳлил этиши билан қимматлидир. Асардан чуқур фалсафий умумлашмалар, халқ руҳиятини зийрак кузатув, мустақилликни қўлга киритиш жараёнида мамлакатимиз халқи ва унинг Йўлбошчиси курсат- ган қатъийлик ва донолик зикри алоҳида ўрин олган. Ушбу китоб миллий ўзликни таниш ва танитиш йўлидаги яна бир дадил уриниш эканлиги шубҳасиздир.
-
Геометрия 2
Ушбу ц^лланма Н. Додажонов ва М. Жураеванинг «Уцитувчи» нашриёти томонидан 1982 йилда нашр цилинган «Геометрия, I» китобининг давоми ^исобланади. Унда геометрия курсининг геометрия асослари, проектив геометрия ва дифференциал геометрия булимлари баён цилинади. Геометрия асослари булими Гильберт аксиомалари асосида ёзилган булиб, А. В. Погорелов ва Вейль аксиомалари обзор тарицасида ёритилган.
-
Тафаккур эркинлиги
Ушбу китоб тафаккур эркинлиги масаласига бағишланган. Унда тафаккур эркинлиги нима, унга қандай эришилади, деган саволларга жавоб изланади, тафаккурнинг тарихий шакллари ва тадрижи, тафаккурга таъсир кўрсатувчи омиллар ҳақида сўз юритилади. Тафаккур эркинлиги мустақилликни мустаҳ- камлаш, ижтимоий тараққиётни таъминлаш ҳамда тарбия масалалари билан боғлаб тадқиқ этилади. Китоб олий ўқув юрти талабалари, академик лицей ва касб- хунар коллежлари ўқувчилари, тафаккур, онг масалалари би- лан кизикувчиларга мўлжалланган. Муаллиф ўз фикрларини мантиқий далиллаш баробарида турли қизиқарли мисолларни келтиради.
-
Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar” fanidan ma’ruzalar kursi bo‘lib, ushbu nomdagi o‘quv fani dasturi asosida yozilgan. Bunda ushbu fan doirasida talabalarga servis va turizm sohasida mavjud axborot texnologiyalarini qo‘llashda va joriy etishda bilimlar berish bilan bir qatorda ularda tizimli yondashuvni shakllantirishdir. O‘quv qo‘llanma ” 5610200 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
-
Geologiya minerologiya va geodeziya
Mazkur o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining Tuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan o'quv dasturi asosida o'zbek tilida ilk bor yozilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan iborat. Birinchi qismi geologiya va mineralogiya asoslarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, o'quv qo'llanmaning uchbu qismida Yer haqida umumiy ma'lumotlar, endogen va ekzogn geologik jarayonlar, tektonik harakatlar va strukturalar, tog' jinslar va minerallar haqida ma'lumotlar keltirilgan, ularning hossalari tavsiflab berilgan. Ikkinchi qism geodeziyaga bag'ishlangan bo'lib unda geodeziya asoslari fanining vazifalari, Yerning shakli va oʻlchamlari, geodezik oʻlchashlar, koordinata va balandliklar sistemalari, topografik xaritalar va ularning masshtablari, shartli belgilari, geodezik asboblar tuzilishi, ular yordamida o'lchashlar va s'yomkalarni bajarish, o'lchash natijalarini matematik ishlab chiqib plan, karta va profillarni tuzish masalalari muayyan misollar asosida atroflicha bayon etilgan.
-
Социология. Ўқув қўлланма
Истикдол туфайли мамлакатимизда социология фани шаклланди ва баравж такомиллашмокда. Кулингиздаги укув кулланма давлат ва жамият курилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий узгариши тенденцияларини илмий тадкик, этиш йуллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуг мугафаккирларимизнинг социологик карашлари хамда шу масалаларнинг бугунги ^олати ва ривожланиш хусусиятлари хакдцаги билимларни узида ифодалаган. Укув кулланма мамлакатимиз олий укув юртларида та^сил олаётган талабалар, урта махсус укув муассасалари укувчилари хамда социология фани билан кизикувчи кенг китобхонлар оммасига мулжалланган.
-
Umumiy pedagogika
Mazkur o'quv qo'llanma bugungi kunning talablari asosida pedagogika fanining asosiy qismini tashkil etuvchi ta‘lim-tarbiya nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda ta‘lim-tarbiya jarayonining mazmun–mohiyati, ta‘lim metodlari va vositalari, ta‘limni tashkil etish turlari va shakllari, ta‘lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika, tarbiya nazariyasi haqidagi ma‘lumotlar o'rin olgan. O'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarining psixologiya (amaliy, oila va yoshlar psixologiyasi) ta‘lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Фалсафа тарихи
Фалсафа тарихининг ушбу нашри олтинчи норвегча нашрининг (1996 йил) қайта ишланган варианти бўлиб, бошқа ўзгаришлардан ташқари қадимги ҳинд, қадимги хитой ва араб фалсафий таълимотларига, шунингдек, замонавий фалсафага бағишланган бобларни ҳам ўз ичига олади. Бу китобда фалсафа тарихи табиий ва гуманитар фанлар, шунингдек, сиёсий тафаккурнинг ривожланиши контекстида берилади. Ана шундай ёндашув туфайли ушбу фалсафа тарихи, шунингдек, умуман тарихий тараққиётнинг марказий жиҳатларини ҳам очиб беради.