-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Yayalov melioratsiyasi
Mazkur darslik «Davlat ta'lim standarti»ga binoan «Yaylovlar melioralsiyasi, fani bo'yicha qabul qilingan namunaviy dastur asosida tayyorlangan bo'lib. 600000 - Qishloq va suv xo'jaligi bilim sohasini, 5620200 - Agronomiya bakalavr yo'nalishi, magistraturaning umumiy dehqonchilik. agroximiya (dalachilik) mutaxassisligi talabalari va chorvachilik bo'yicha ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari rahbarlari hamda mutaxassislari uchun mo'lJallangan.
-
Tuproq kimyosi
Ushbu darslikda tuproq kimyosining tarixi va rivojlanish bosqichlari, tuproq qattiq qismi va kimyoviy jarayonlar, tuproqdagi elementlaming guruhlari va bazi xususiyatlari, tuproq kesimi kimyoviy tarkibining o'zgarishi, tuproqda ishqoriy metallar, Tuproq eritmasining muhiti, tarkibi va konsentratsiyasi, Tuproq kolloid zarrachasinmg tarkibi, tuzilishi, zaryadi, Tuproq muhitini shakllantiruvchi omilar, Tuproqlarning asoslar bilan to'yinganlik darajasi, Tuproqda III-guruh elementlari va tuproq muhiti, Tuproqning organik moddalari, Gumin kislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari, Tuproqdagi asosiy oziqa elementlari, Tuproqlarda oksidlanish va qaytarilish hodisasi va tenglamasi, Temir va marganesning elementlar davriy sistemasidagi o‘mi va ayrim xususiyatlari, Xalkofil elementlar va boshqa metallaming biogeokimyoviy xossalari, Galioidlarning geokimyoviy va biogeokimyoviy xossalari, Tuproq qoplamining radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi to‘g‘risida ma’lumotlari berilgan, ulaming mohiyati ochib berligan. Talabalar tuproq kimyosi bo‘yicha o'zlarimng bilimlarini oshirishlari mumkin.
-
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
Darslik ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, birinchi qismi tuproq bonitirovkasiga oid bo‘lib, Davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqning sifati, unumdorlik darajasi, uning o‘ziga xos tabiiy-iqtisodiy mintaqada joyLashganligi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar keltirilgau Tuproqni bonitirovkalashniug uslublari, bajarish bosqichlari yoritilgan. Sug‘oriladigan hamda laimikor yerlarni bazali bonitirovka shkalasi berilgangan.
-
Табиий рессурслардан оқилона фойдаланиш
Ушбу дарслик дастурга мос равишда ёзилган булиб, бунда фаннинг умумий масалалари, табиий ресурслардан фойдаланишнинг хозирги замон муаммолари, илмий назарий ва методологик асослари, ер, сув, ҳаво, ўсимлик, ҳайвонот олами, ер ости қазилма бойликлари ва ландшафтларни мухофаза кушишнинг ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий жихатлари ҳақида маълумотлар беради.
-
Umumiy psixologiya
Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyc va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ulaming nerv-filiologi mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchi va talabalariga mo'ljallangan.
-
Agrokimyo
Ushbu darslikda Agrokim yo fanining predm eti, vazifalari, tarixi, tekshirish uslublari, qonuniyatlari, o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, o'simliklar oziqlanish nuqtayi nazaridan tuproqlarning xossalari, o‘g‘itlar, ularning turlari, olinishi, qo'llanishi, o‘g‘it qo'llash tizimini ishlab chiqish va asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlash. Agrokimvoning ekologik niuammolari bayon etilgan.
-
Seysmologiya va seysmometriya
Mazkur darslikda seysmologik ma’lumotlar bo‘yicha yerning ichki tuzilishi, tektonik zilzilalarni keltirib chiqaruvchi plitalar tektonikasi nazariyasi, okean osti tog‘Iari, Benyof zonasi, seysmik belbog'lar, yer po‘stining strukturalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Zilzila tasniflari, kelib chiqish sabablari, seysmik to‘lqinlar tarqalishining o'ziga xos xususiyatlari, zilzilalar jadalligi, seysmik moment, seysmik shovqin, to‘lqin energiyasi, zilzilani qayd qiluvchi asboblar, zilzilalar katalogi, seysmotektonika va seysmik rayonlashtirish, O‘zbekiston hududining seysmikligi, hududimizda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar va ulaming sabablari yoritilgan. Zilzilani prognozlash, zilzila o‘chog‘ining tayyorlanish modellari, zilzilaning tog‘ jinslari va inshootlarga ko‘rsatadigan ta’siri hamda unga qarshi chora-tedbirlar ta’riflangan.
-
Sanoat ekalogiyasi
Ushbu darslik amaldagi davlat ta`lim talablari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan dastur asosida yozildi. U VI bobdan tashkil topgan bo`lib, zamonaviy ekologiyaning barcha asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan. Darslikda biosfera, inson ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, barqaror rivojlanish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish haqidagi ta’limning asoslari ko‘rib chiqilgan.
-
Агрокимё
Дарсликда ўсимликларнинг кимёвий таркиби ва озиқпаниши,республикамиз тупроқларининг агрокимёвий хоссалари, ўгитлар, уларнинг турлари, олиниши, қўлланилиши, асосий қиш лоқ хўжалик экинларига ўғит қўллаш тизимини ишлаб чиқиш, агрокимёвий тадқиқот усуллари ва агрокимёнинг экологик муаммолари баён этилган
-
Gidrologiya va gidrometriya
Mazkur darslik «qishloq xo'jaligi» ta’lim sohasi bakalavriyat yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun tuzilgan dasturga asoslanib tayyorlangan. Uuda tabiiy suvlarning hosil bo'lish qonuniyatlari, ularni hisobga olish va samarali foydalanish hamda muhofazalash masalalari yoritilgan. Shu bilan birga daryo va boshqa suv manbalarini, gidrologik ko'rsatkichlarini aniqlash usullari, tuproqda suv rejimining paydo bo`lishi, namlikni boshqarish va suvni o ‘lchash ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e ’tibor qaratilgan. Darslikdan soha yo'nalishiga yaqin magistratura, kollej va litseylarda ta’lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Jismoniy tarbiya
Mazkur darslik kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda kollej o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sportga oid o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va amaliy mashqlar o‘rin olgan.
-
Korporativ moliya strategiyasi
Darslik iqtisodiy mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim oluvchi magistrantlar uchun mo'ljallangan.
-
Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti
Darslikda jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimining o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan.
-
Тупроқ Мелиорацияси
Сизга тавсия_ этилган «Тупроқ мелиорациясияси» фани бўйича дарслик тасдикланган намунавий дастур асосида ёзилган. Фанни чуқур ва мукаммал ўрганиш учун кўрсатилган адабиётлардан фойдаланишни тавсия этамиз.
-
Investitsiya
Ushbu darslikda "investitsiya" fanining muhim masalalari bayon etilgan. darslik davlat ta'lim standartlari talablariga mos keladi va mazkur o'quv kursining barcha bo'limlarini qamrab oladi.
-
Amaliy mexanika
"Amaliy mexanika" mashinasozlikdan boshqa yo'nalishdagi bakalavrlarni umumtexnik tayyorgarlik asosini tashkil etuvchi fandir.Ushbu darslik "Amaliy mexanika" kursi bo'yicha tuzilgan 180-200 soatli namunaviy dastur asosida yozilgan.Kitob maxsus muhandislik fanlarini o'rganish uchun,shuningdek bevosita ishlab chiqarishdagi faoliyati uchun kerak bo'ladigan bilimlarni beradi.