-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Polifaniya
Mazkur darslikda o‘quv rejasi va fan dasturga tayangan holda polifoniyaning asosiy mavzulari izchil va batafsil bayon etilgan.
-
Raqs
Mazkur darslikda yoritilgan mavzular va janrlami o‘zlashtirayotgan boshqa kurslar talabalari ham undan foydalanishlari mumkin.
-
Prodyuserlik mahorati asoslari
Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Epidemiologiya
Ushbu kitobda odamlar orasida har qanday patologik holatlarning (kasalliklarning) paydo bo'lishi va tarqalishi qonuniyatlarini o'rganadigan va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fan sifatidagi epidemiologiyaning hozirgi zamondagi bayoni taqdim etilgan. Umumiy epidemiologiya qismida epidemik jarayon to'g'risidagi ta'limotga, epidemiologik tekshiruv usullariga, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning mavjud vositalari va usullaridan foydalanishga, epidemiologik nazorat tizimiga alohida e'tibor qaratilgan.Epidemiologiyaning eng so'nggi tekshiruv usullari, (epidemiologik tashxisot) shu jumladan, ularni amalga oshirish mufassal bayon etilgan. Xususiy epidemiologiya qismida antroponoz, zoonoz va sapronoz kasalliklarning har birining epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati izchillik bilan to 'la-to'kis bayon qilingan. Birinchi marta epidemiologiya darsligida gospital epidemiologiyaning ta'rifi, nazariy jihatlari, kasalxona ichi infeksiyalari bilan kurash tizimi va vositalari batafsil yoritilgan.
-
Эпидемиология
Ушбу китобда одамлар орасида ҳар қандай патологик ҳолатларнинг (касалликларнинг) пайдо бўлиши ва тарқалиши қонуниятларини ўрганадиган ва уларга қарши кураш чора-тадбирларини ишлаб чиқадиган фан сифатидаги эпидемиологиянинг ҳозирги замондаги баёни тақдим этилган. Умумий эпидемиология қисмида эпидемик жараён тўгрисидаги таълимотга, эпидемиологик текширув усулларига, юқумли касалликларга қарши курашишнинг мавмсуд воситалари ва усулларидан фойдаланишга, эпидемиологик назорат тизимига алоҳида эътибор қаратилган.
-
Oila tibbiyotida hamshiralik ishi
Ushbu darslik bilim sohasi — Oliy hamshiralik ishi - 2-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, isbotlangan tibbiyot asosida katta yoshdagi bemorlar va bolalar orasida uchraydigan turli kasalliklami oila sharoitida davolash,profilaktika qilish hamda bemorlami parvarish qilish standartlari va usullarini o‘z ichiga olgan. Darslik 288 betdan iborat bo‘lib, quyidagi boblarni o‘z ichiga olgan oila tibbiyotida hamshiralik ishi fani, sog‘liqni saqlash tizimida sanitar oqartiruv ishlarini tashkil qilish va olib borishda hamshiralik yondashuvi, o‘smirlarga tibbiy-ijtimoiy va ruhiy yondashuvda oila hamshirasining vazifalari, nogironlikda hamshiralik parvarishi, sog‘lom turmush tarzini asosiy yo‘nalishlari, xavf omillari va ularga qarshi kurashish, oila tibbiyoti hamshirasining oilada ayollar bilan ishlash tartibi, uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish va parvarishlashning prinsiplari, birlamchi tibbiyot tizimida patronaj xizmati va boshqa mavzular.
-
Hamshiralik ishida pedagogika
Darslik birinchi chaqiriq O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sesiyasida qabul qilingan "Ta’lim to’g’risida" qonun va "kadrlar tayyorlash milliy dasturi" tamoyillaridan ham da jahon pedagogika fani tajribasi va Sharq mutafakkirlarining ta ’lim -tarbiya to ’g ’risidagi fikrlaridan kelib chiqib yaratildi. Kitob oliy ma’lumotli hamshiralar kasbiga tayyorlashda qo’yilgan davlat standartlari talablari asosida tayyorlangan.
-
Hamshiralik ishi jarayonida bemorlarni tekshirish usullari
Mazkur o‘quv qoilanm a mualliflari “Hamshiralik ishi nazariyasi” hamda “Terapiya va harbiy dala terapiyasida hamshiralik ishi” fanlarini o ‘rganish jarayoni davomida bemorlar bilan boiadigan muloqotning diagnostik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Shuningdek, ichki kasalliklar klinikasida qoilaniladigan asosiy fizikal tekshirish usullarining mohiyatini keng yoritish hamda talabalarga amaliy ko‘nikmalami o‘zlashtirishlari uchun yaqindan ko‘mak berishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Ushbu qoilanm adan zukko va talabchan kitobxon foydalanishini mualliflar yaxshi his etgan holda, turli fíkr va mulohazalami samimiy qabul qilishga tayyordirlar. Chunki bildirilgan qarashlar mazkur qoilanmaning keyingi nashrlarini tayyorlashda yordam beradi deb umid qiladilar.
-
Jamoada hamshiralik ishi
Ushbu darslik Respubiikamiz sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholi salomatligini yaxshilash, aholi orasida kasalliklarni, o'limni kamaytirish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish va aholi orasida sanitariya-statistik tadqiqot usullarini qo‘llash orqali tahlil qilish va olingan natijalarni hayotga tatbiq etish haqida ma’lumotlar beradi. Shu o'rinda barcha belgilangan vazifalani shifokorlar bilan birgalikda hamshiralar ham bajarishini esdan chiqarmasligimiz lozim. Darslikni tayyorlashdan asosiy maqsad bo‘lgusi hamshiralarga aholi salomatligini o‘rganishda unga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi muhit, mehnat va turmush sharoitlari bilan bog‘lagan holda o'rgatishdir.
-
Asab kasalliklarida hamshiralik ishi
Ushbu darslikda umumiy nevrologiyaning asoslari shuningdek asab tizimining klinik-anatomik tuzilishi, tekshiruv usullari va turli patologik jarayonlardagi semiotikasi hamda topik diagnostikasi to'liq bayon etilgan. Darslikni yaratishda ilmiy,metodik va ilmiy-tibbiy adabiyotlarning zamonaviy ma'lumotlari, oliy tibbiy ta'lim tizimidagi amaldagi namunaviy va ishchi dasturlardan foydalanilgan.
-
Harbiy epidemiologiya
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan harbiy epidemiologiya fani dasturiga va respublikamizda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida o‘qitilayotgan umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash dasturiga binoan yozilgan. Darslikni tayorlashda Oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, yetakchi xorijiy ta ’lim m uassasalari bilan hamkorlikda yangi avlod o ‘quv adabiyotlarini yaratish kabi hozirgi zamonning dolzarb muammolari ham inobatga olingan.
-
Вирусли инфекциялар
Вирусли юқумли касалликлар хозирда хам тиббиётнинг долзарб муаммоларидан биридир. Ер юзида хозирги вақтда миллиардлаб одамлар у ёки бу турдаги вирусли юқумли касалликлар билан касалланадилар. Тиббист ходимларининг самарали харакатлари натижасида баъзи касалликлар амарали (полиомиелит) бутунлай бартараф килинган бўлсада, айрим касалликлар билан касалланиш даражаси юқорилигича қолмокда. Эбол иситмасининг катта эпидемияси Шарқий Африка мамлакатлари (Гвинея, Сьерра-Леоне ва Либерия) да 2014 йил феврал ойидан 2015 феврал ойи охиригача давом этиб 23,5 мингдан кўп олам зарарланди ва 9,5 минг нафардан ортиқ ўлим кузатилди.
-
Yuqumli kasalliklar
Mazkur darslik o'quv dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda bugungi kunda ko‘proq uchrab turadigan yuqumli kasalliklar, xususan, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, virusli gepatitlar, havo-tomchi infeksiyalari va boshqa infeksiyalar hamda ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Shu bilan birga kasallik ta’rifi va boshqa materiallar oddiy va ravon tilda bayon qilingan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari magistrlariga mo'ljallangan. Shuningdek, ushbu o'quv adabiyotidan yuqumli kasalliklar shifokorlari va boshqa tor mutaxassislar ham foydalanishlari ham mumkin.
-
Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
XXI-asr boshidan parranda grippi epidemiyasi Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Laos) hududida qayd qilingan bo‘lsa, 2005-yilga kelib Rossiya va Yevropa mamlakatlarida (Ruminiya, Italiya) tarqaldi. 2006-yilda esa kasallik Turkiya va Ozarbayjonda ro‘yxatga olingan, Turkiyada odamlar orasida kasallanish kuzatilib, o‘lim holatlari qayd qilindi. Yuqumli kasalliklar muammosi tibbiyot xodimlari (vrachlar, hamshiralar) oldida qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalariga yuqumli kasalliklarni o'qitish muhim masalalardan biridir. Talabalarga bilim berish va o ‘qitishda zamonaviy adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan keng foydalanilmoqda, ammo oliy malakali hamshiralar uchun mo'ljallangan adabiyotlar juda kam
-
Bolalarda havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi yuqumli kasalliklar
Ma'lumki, bolalarda havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi kasalliklarning turlari ko'p bo'lib ular keng tarqalgan hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan emlash jadvaliga asosan bo'g'ma, qizamiq infeksiyalari tugatilish arafasida. Qisman havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi poliomielit O'zbekiston hududida butunlay tugatiladi. Ushbu kasalliklar bo'yicha barqarorlikni ta'minlash uchun faol immunizatsiya doimo o'tkazilib turilishi shart. Faol immunizatsiya o'tkaziladigan ko'k yo'tal, parotit infeksiyasi ancha kamayganligiga qaramay baribir uchrab turibdi. Ular ichida koʻkyo'tal kasalligi bir yoshgacha bo'lgan bolalarda og'ir o'tib, ayrim hollarda o'lim bilan tugashi mumkin. Parotit infeksiyasi o'g'il bolalada orxit keltirib chiqarib, bepushtlikka sabab bo'lishi mumkin. Virusli gripp kasalligi ham bolalarda ko'p uchrab, og'ir kehishi, keng tarqalishi bilan izohlanadi.
-
Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
Darslikda Yuqumli kasalliklar haqida umumiy ma’lumot, uning tarixi, tasnifi, yuqumli kasalliklaming tashxisot usullari va uslublari. Yuqumli kasalliklaming tashxisot usullari va uslublari, Yuqumli kasalliklaming davolash tamoyillari va usullari, Yuqumli kasalliklaming profilaktikasi, Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar parvarishining umumiy qoidalari, kasaxona ichi infeksiyalarining epidemiologik xususiyatlarini aniq va ravshan bayon qilingan. Shu bilan bir qatorda parazitar (bakterial, virusli va parazitoz) kasalliklarining etiologiyasi epidemiologiyasi, patogenezi.klinikasi, tashxisoti, davosi va profilaktikasi sodda til bilan zikr qilingan.