-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Автомобиль двигателлари
Ушбу дарсликда техникавий термодинамика асослари автомобилларнинг ички ёнув двигателларида содир бўладиган иш процессларининг назарияси ҳамда двигателлари иш цикли қуввати ва тежамлилигига таъсир қилувчи факторларининг анализи берилган.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan laboratoriya mashg`ulotlari
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining «Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish» yo'nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlariat talabalari uchun mo'jallangan. «Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish metodikasi» fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanishga tavsiya etiladi.
-
Gazni yer ostida saqlash
Tabiiy gazning tarkibi, fizik va termodinamik xossalari hamda gaz iste'moli notekisliklari va ularni me'yorlash to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Yer osti gaz omborlarining geografik joylashuvi va sharoitlari, ularni barpo etish va ishlatishda texnologik loyihalash va ruhsat etilgan maksimal bosim haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
Darslik ikki qismdan tashkil topgan bo`lib, birinchi qismi tuproq bonitirovkasiga oid bo‟lib Davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqni sifati, unumdorlik darajasi, uni o'ziga xos tabiiy-iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo'yicha ilmiy ma`lumotlar keltirilgan.Tuproqni bonitirovkalashning uslublari, bajarish bosqichlari yoritilgan. Sug'oriladigan hamda lalmikor yerlarni bazali bonitirovka shkalasi berilgan. Ushbu qismda shuningdek, sug'oriladigan, lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlariga ko`ra pasaytirish omillari yoritilgan. Qishloq xo'jaligiga mo`ljallangan yerlarning qiymat bahosini, me`yoriy narxini aniqlash, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini rejalashtirish kabi ma‟lumotlar berilgan. Darslikning ikkinchi qismi tuproqni xaritalashga oid bo'lib, tuproqni xaritalash fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Tuproqni xaritalash usullari, tuproq xaritasining turlari, xarita tuzishning tayyorgarlik, dala va kameral analitik bosqichlari batafsil yoritilgan. Darslikning oxirida ushbu fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlami bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.
-
Биокимё
Дарслик Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт институти ҳамда педагогик олий ўқув юртларининг жисмоний тарбия факултетлари талабалари магистрантлари илмий изланувчилари учун мўлжалланган. Мазкур дарсликдан академик лицей ва касб-ҳунар коллежларининг ўқувчилари ҳам фойдаланиши мумкин. Дарслик жисмоний тарбия институти қошидаги олий ўқув юртлариаро илмий-услубий кенгаш томонидан нашр этиш учун тавсия этилган.
-
Ички касалликлар ташхиси ва клиникаси
Маълумки, тиббиёт институтлари стоматология, санитария куллиётларида ва болалар тиббиёт институтларида даволаш куллиётига Караганда ички касалликларни урганишга кам вакт ажратилган. Шу вакт ичида талабалар ички касалликларни чуқур урганишлари, керакли асбоб-ускуналардан окилона фойдаланишлари зарур.
-
Онкология
В учебнике представлена современная информация об этиологии, патогенезе, клинической картине, диагностике, лечении, профилактике и прогнозе онкологических заболеваний. В самостоятельных разделах приводятся сведения по общим вопросам онкологии, а также по особенностям онкологических заболеваний у детей. Учебник включает приложение на компакт-диске, содержащее тестовый экзамен, дополнительные иллюстрации и разнообразные справочные материалы.
-
Aruz va mumtoz poetikaga kirish
Sharq mumtoz poetikasining asosini ilmlar uchligi tashkil qiladi. Bular ilmi aruz, ilmi badi,' va ilmi qofiyadir. Ushbu darslikning birinchi qismi aruz vazni qoidalariga, ikkinchi qismi mumtoz poetikaning adabiy turlar, she'r nav'lari, ilmi badi' va ilmi qofiya bilan bog'liq masalalar tahlil qilindi.
-
Ayollar ust kiyimini konstruksiyalash
Ushbu kitobda ayollar kiyimi, kiyimlar tasnifi va assortimenti haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Ayollar figurasining tipaviy tana tuzilishi va gavdasini tutishining qisqacha tavsifi berilgan. Ayollar ust kiyimi asosiy detallarini konstruksiyalash metodlari bayon etilgan. Kiyimni modellash va badiiy bezashga oid ayrim masalalar ko'rib chiqilgan.
-
O'zbekiston tarixi II-jild
Ushbu "o'zbekiston tarixi"darsligi tariximizning XIX asr II yarmidan 1991-yilgacha bo'lgan davrini o'z ichiga qamrab olgan.Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume'tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan.
-
Практический курс немецкого языка
Настоящий учебник предназначается для изучающих немецкий язык на II курсе институтов, факультетов и курсов иностранных языков. В силу своих особенностей и практической направленности он также может быть использован для слушателей курсов немецкого языка, а также для лиц, самостоятельно изучающих немецкий язык. Учебник имеет целью развитие умений и навыков устной речи (говорения и аудирования) в пределах предусмотренной программой тематики на основе отобранного языкового материала. Он служит дальнейшему развитию навыков произношения, а также чтения и понимания незначительно адаптированной художественной литературы. Кроме того, учебник должен заложить основы для чтения и понимания текстов общественно-политического характера.
-
Me'morchilik 2 qism. Fuqarolik binolari
Kitobning ushbu 2 qismi (Fuqarolik binolari) to‘rtta bo‘limni o'z ichiga olgan. Uning 1-bolimida binolarni loyihalash asoslari, 2-bo'limida turar-joy binolari, 3-bo'limida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4-bo'limida o'ziga xos jamoat binolarining loyiha va konstruktiv masalalari o'rganilgan.
-
Halokatlar tibbiyoti
“Halokat tibbiyoti” darslikning (Bilim soxasi: “Ijtimoiy ta’minot va sog’lik saqlash” - 500000; ta`lim yunalishlar “Kasb ta’lmi”-5111000,“Davolash ishi - 5510100, “Pediatriya ishi” - 5510200, “Ixtisoslik fanlari” o‘quv fanlari bloki) birinchi qismi o‘z ichiga halokatlar tibbiyotiga taluqli bolgan umumiy savollarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunda favqulotda vaziyatlar sharoitida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish prinsiplan tizimlashtirilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasida Favqulotda Vaziyatlar Davlat Xizmatining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga oid savollar darslikda o ‘z yechimini topgan Shuningdek darslikda halokatlaming tibbiy-sanitar oqibatlarini bartaraf etisl), aholini, jabrlanganlarni, xodimlarni halokatlar oqibatlaridan himoya qilish, halokat o'chog'ida va yordam korsatishning keyingi bosqichlarida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilish masalalari batafsil yoritib o'tilgan va bu boradagi erishilgan yutuqlarga alohida urg‘u berilgan.
-
Bino va inshootlarni ta'mirlash materialshunosligi
Ushbu darslikda bino va inshootlarni, xususan arxitektura yodgorliklarini ta'mirlashda ishlatiladigan tabiiy toshlar,keramika,yog'och, metall,mineral bo'g'lovchi moddalar,qurilish qorishmalari,lak-bo'yoqlar,polimerlar,bitum va qatronlar,betonlar,shisha,issiqlik izolatsiyasi,akustik materiallar va buyumlar strukturasi,asosiy xossalari, an'anaviy va zamonaviy usullarda ishlov berish texnologiyasi,ishlatish sohalari to'g'risida chuqur tahliliy ma'lumotlar berilgan.
-
Issiqlik va atom elektrstansiyalari
Mazkur darslik oliy o’quv yurtlarining Issiqlik elektr stansiyalari, sanoat Issiqlik elktr stansiyalari, kasbiy ta’lim va boshqa yo’nalishlarida o’qiydigan talabalarga mo’ljallangan.
-
Arxitektura ashyoshunosligi
O`zbekiston Respublikasi Davlat standartlariga talablariga ko`ra arxitektura yo`nalishida o`qiyotgan oliy o`quv yurti talabalari uchun ilk bor yaratilgan ushbu darslikda qurilish ashyolarning arxitektura, dizayn sohasida ishlatilishi va tarixiy yodgorliklarni ta`mirlashdagi o`rni hamda ahamiyatli to`g`risida o`quv dasturi doirasida ma`lumotlar yoritilgan.