-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ўсимликларни ҳимоя қилиш
Дарсликда қишлоқ хўжалиги экинлари касалликлари, зараркунандалари,уларнинг биологияси, морфологик ҳусусиятлари,кўпайиш усуллари шунингдек келтирадиган зарари ва уларга қарши уйғинлашган курашиш,қишлоқ хўжалиги экинлари касалликлари ва зараркунандаларига қарши қўлланиладиган замонавий препаратлар, уларни қўллаш усуллари ва меъёрлари ёритилган.
-
Sport tibbiyoti
Darslik sport tibbiyotini o‘rganishning yangi dasturiga mos holda tuzilgan bo'lib, unda zamonaviy tibbiyotning yutuqlarini inobatga olgan holda sport tibbiyotining vazifalari va mazmuni, umumiy va mahalliy patologiyalarning sport tibbiyoti nuqtai nazardan asoslari, kishi tanasiga muntazam ravishdagi soglomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning ta’siri, shifokor nazoratining uslubi, turli sport mutaxassisligi bo‘yicha vakillari ustidan o‘z vaqtida, joriy va bosqichli shifokor-pedagogik nazoratning asosiy tamoyillari, musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash hamda sportcha patologiya va o‘tkir holatlar, sportchilar tanasining yosh va jinsga ko‘ra faol imkoniyatlari, ularning chiniqqanlik darajasi kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
-
Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи
Ушбу дарсликда қадимги бугунги кунда қадар Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи билан боғлиқ бўлган масалалар-илк давлатчилик ва бошқарувнинг пайдо бўлиш омиллари ва сабаблари, илк давлатлар шакллари ва бошкаруви,илк давлатчилик анъаналари, Ўзбекистон тарихи фанидан таълим олаётган барча бакалавр ва магистрлар шунингдек тақиқотчилар ва олимлар,давлатчилик тарихи билан қизиқувчи барча китобхонлар фойдаланишлари мумкин.
-
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
Mazkur darslik ishlab chiqarish infratuzilmasi sohasi bo'yicha o'ziga xos yagona darslik hisoblanib, u O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining o'quv standartlari asosida tayyorlangan. Darslik "lshlab chigarish infratuzilmasi" o'quv kursining namunaviy o'quv dasturiga to'la mos keladigan va uni to'laligicha ifodalaydigan, o'zlashtirish uchun oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Har bir bobning so'ngida talabalarning mustaqil ishlashlari uchun nazorat savollari berilgan.
-
Экономический анализ: учебник для бакалавриата и магистратуры
Учебник рассматривает теоретические основы и методику проведения экономического анализа деятельности организации. Рассматривается широкий спектр проблем, возникающих при анализе материальных и трудовых ресурсов организации. Раскрываются особенности анализа показателей, формирующих финансовый результат деятельности организации. Приводится подробная методика маржинального анализа, анализа финансового состояния организации.
-
Don va don mahsulotlari ekspertizasi
Darslikda don va uni qayta ishlash mahsulotlari bo`lgan yorma, un, makaron mahsulotlari, don asosidagi oziqaviy konsentratlarning tovarshunoslik nuqtai — nazaridan baholash va sifatini ekspertiza qilish muammolari bayon etilgan. Bu mahsulotlarning to`liq tavsifi, ishlab chiqarishda sifatini shakllantiruvchi omillar keltirilgan. Boshoqli, dukkakli, yog`li urug`lar turlari, ularining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, xillari, navlari va sifat ko`rsatkichlari yoritilgan. Darslik 5321000—Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash) yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, soha xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Menejment asoslari
Ushbu o‘quv darsligi mualliflarning "Menejment asoslari" zamirida qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashri bo‘lib, u zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida boshqarish va tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri — menejmentga bag‘ishlanadi. Unda menejmentning fan va faoliyat sohasi sifatida shakllanishi, qonuniyatlari, tamoyillari, turli qarashlari, nazariy asoslari, bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar faoliyatining tuzilishi, tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning madaniy-xulqiy, ruhiy-huquqiy me’yorlariga alohida e’tibor berilgan.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Ushbu daslikning maqsadi-talabalar binolarini loyihalash asoslari va qurish metodikasi hamda zilzilaviy hududlarda turar-joy va jamoat binolarining turli xil turlarini ishlab chiqarishda vujudga keladigan asosiy masalalarning me'yoriy talablari va ularni loyihalash metodlari bilan tanishtirishdan iborat.
-
O'zbekiston tarixi
Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o ‘tgan bir necha ming yillik tarixi oliy o'quv yurtlan uchun tavsiya etilgan "O'zbekiston tarixi” o'quv dasturi talablari doirasida yoritilgan.Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari barcha bakalavr yo'nalishlari (tarix yo’nalishidan tashqari) talabalari uchun «Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo'yicha Respublika ekspert guruhi»ning 14.11.2006 yildagi 1451/1-2-538-sonli xulosasi bilan nashrga tavsiya etilgan. Mazkur darslik Vatanimiz tarixini o'rganishga qiziquvchi kitobxonlarga ham ko'maklashadi.
-
Коллоид химия II нашри
Дарсликда коллоид химия курси-дисперс системалар ва сирт қаватда содир бўладиган ҳодисаларнинг физик-химиясига оид моддалар ҳақида маълумот келтирилган.
-
Boshqaruv hisobi
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan. Darslik Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan ishchi o'quv dasturga muvofiq tayyorlandi.
-
-
Marketing
Mazkur darslikda markeitng faoliyatini tashkil etish va bozorni tahlil qilish va unga ta'sir qilish usullari ko`rib chiqilgan. Marketingda qo`llaniladigan asosiy terminlarning mazmuni, marketing konsepsiyalari va ularning rivojlanish evolyutsiyasi aks ettirilgan. Ushbu darslik korxonalarda marketingni tashkil qilish, tovarlarni va bozorni o`rganish muammolarini keng izohlab berishi bilan ajralib turadi.
-
Biologiya
Ushbu darslikda biologiya fanining zamonaviy asosiy bo‘limlari yoritilgan bo‘lib, tirik mavjudotlarning umumbiologik hayot faoliyatlari, odam biologiyasi va uning biosferadagi o ‘rni, odam ekologiyasining muhim jabhalari o ‘z ifodasini topgan, umumiy genetika va odam genetikasi masalalariga keng o'rin berilgan. Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan bo'lsa-da, u universitetlarning biologiya fakultetlari talabalari uchun ham foydali qo'llanma bo'la oladi.
-
Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari
Kimyoviy texnologik sistemalar, bosqichlarni amalga oshirish yo'llari, fizik, kimyoviy va matematik modellash usullariga hamda sanoat ekologiyasiga alohida ahamiyat berilgan. Darslik oxirida mavzularga monand masalalar, reaktorlarni hisoblash tenglamalari va yechimlari berilgan. Наг bir bob mavzuga oid savollar biIan yakunlangan. Kitobda berilgan ma’lumotlardan magistrlar ham foydalanishi mumkin.
-
Strategik marketing
Mazkur darslikda korxonada marketingni ro'li, marketing va ehtiyojlarni qondirilishi batafsil bayon etilgan. Bozorni segmentlashorqali ehtiyojlarini o'rganish, bozorning jozibadorligi, firmaning raqobatbardoshligini tahlil qilish, yangi tovarlar ishlab chiqarish yo'li bilan rivojlanish strotegiyasi, sotish kanali, narx va kommuniykatsiya bo'yicha strategik qarorlar qabul qilish va strategik marketing rejasini tuzish muammolari batafsil bayon etilgan .