-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Navshunoslik
Nav va duragay urug‘larni urug‘chilikdagi o‘rni. Ko‘payish usuli va changlanish xillarini urug‘larning navdorlik sifatini saqlab turishdagi ahamiyati. Urug‘chilik jarayonida navlarning yaxshilanishi. Navlarning yomonlashib qolish sabablari, mutatsion va biologik aynishi. Urug‘larning ekish sifati va hosildorlik xususiyatini ta’rifi. Urug‘larning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘llari.
-
Seleksiya va urug'chilikda tajriba uslublari va statistik taxlili
Zamonaviy qishloq xo’jaligi selektsiya fanlarining keng qo’llanishini talab qiladi. SHuning uchun Oliy ta’lim Davlat standartida “Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi” ta’lim sohasida “Selektsiya va urug’chilikda tajriba uslublari va statistik tahlili” faniga keng o’rin ajratilgan. Selektsiya va urug’chilikda ilmiy tadqiqot uslubi va tadqiqot natijalarining statistik tahlili fani dasturi qishloq xo’jalik uchun zarur bo’lgan: tajriba natijalarini va miqdoriy ma’lumotlarni guruhlash, ishlov berish, statistik usullarini tanlash, tahlil natijalariga xulosalar berish, statistik tahlil asosida ishlab chiqarishga tavsiyanomalar yaratishni o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan.
-
O`simliklar immuniteti
Respublikamizning qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish dasturida ko`rsatilgandek, qishloq xo`jaligidagi barcha agrotexnika, agrokimyo chora-tadbirlarlarini ilm va fan tavsiyanomalariga, ilg`or tajribalarga muvofiq o`tkazish, begona o`tlarga qarshi kurash choralarini joriy etishda kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdagi muammolarni yechishda mutlaqo yangicha munosabat bo`lishini taqozo qiladi.
-
Алфавитно-цифровые дисплеи ЕС-7920 в диалоговых системах
В книге описываются функциональные возможности одной из наиболее распространенных дисплейных станций ЕС - 7920 локального типа, на базе которых функционируют и разрабатываются различные диалоговые системы.
-
Qishloq xo`jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash
Qishloq xo`jalik ekinlarini zararkunanlari, kasallik qo`zg`atuvchilari va begona o`tlarning tarqalishi, rivojlanishi hamda zararlilik darajasi ob-havo, tuproq sharoitlari va ularni etishtirish agrotexnikasiga hamda etishtirilayotgan ekin naviga bog`liqdir. Shu sababli ham ishlab chiqarishga zararkunanda,kasalliklarga chidamli, serhosil ekin navlarini, almashlab ekish tizimini, zararli organizmlardan himoya qilishning ilg`or usullarini joriy etish zarur.Qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalari, kasallik qo`zg`atuvchilari va begona o`tlarga qarshi kurashda muntazam ravishda to`g`ri o`tkazilgan har bir nazorat ishlari o`ta muhimdir. Bunday nazorat ishlari zararli organizmlar paydo bo`lishi va tarqalishini oldindan aniqlash omilidir.
-
Donli ekinlar genetikasi
Urug’ning navdorlik sifati deganda eng avvalo uning nav tozaligi yoki ifloslanish darajasi va tipikligiga aytiladi. Navdor hamda sof urug’largina navning barcha belgi va xususiyatlarini bo’g’indan-bo’g’inga o’tkazadi, ya’ni hosil olishni ta’minlaydi. Donli ekinlar ichida bug’doy ekilish maydoni tomonidan jahonda va O’zbekistonda birinchi o’rinni egallaydi (227 va 1,3 mln.ga). Bug’doy hosildorligi tegishli holda 26,9 va 26 ts/ga. Bug’doyga bo’lgan talab jahon bo’yicha qariyib 100 mln.tonna kam bo’lib, 1999 yili 90 % ni ta’minlaydi (Respublikani o’zida yetishtirilgan bug’doy hisobiga).
-
Biologiya
Biologiya fanining maqsadi va vazifalari. Rivojlanish bosqichlari. O‘rganish usullari. Tabiiy fanlarning shakllanishida o‘rta asrda yashab ijod etgan O‘rta Osiyo allomalarining qo‘shgan xissalari. Hujayra nazariyasining yaratilishi. Tur to‘g‘risida tushunchalarning shakllanishi. Tiriklikning molekulyar, subhujayraviy, hujayraviy, to‘qima va a’zo, organism, populyatsiya va tur, biogeosenotik va biosfera darajalari shakllanishi. Hozirgi zamon biologiyasidagi umumlashtirishlar, erishilgan yutuqlar va fan muammolari.
-
G’oza va texnik ekinlar selektsiyasi va urug'chiligi
Selektsiya va urug’chilik bo’yicha hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar va farmoyishlar. G’o’za selektsiyasi va urug’chiligi fanining maqsad va vazifalari. G’o’za selektsiyasining Respublika qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. G’o’za selektsiyasi sohasida faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy markazlar va selektsionerlar hamda ular tomonidan erishilgan yutuqlar.
-
Qishloq xo`jalik fitopatologiyasi
G’o’za kasalliklari birinchi marta Shimoliy Amerikada, so’ngra Misrda, Koreyada, Hindistonda, Jazoirda topilgan. Rossiyada g’o’za kasalliklari to’g’risida ma’lumot juda ham kam bo’lgan.G’o’za kasalliklari to’g’risida birinchi ma’lumot 1903 yilda A. A. YAchevskiy tomonidan yozilgan edi. 1918 yilda professor N. G. Zaprometov Turkistonda g’o’za kasalliklari to’g’risida maqola yozgan. G’o’za kasalliklarini Markaziy Osiyoda rejali ravishda o’rganish 1926 yilda va ayniqsa 1929 yilda Toshkentda G’o’za kasalliklarini va zararkunandalarini o’rganish tajriba stantsiyasi tashkil etilgandan keyin boshlandi.
-
Дала экинлари селекцияси ва уруғчилиги
Селекциянинг вазифалари. Бозор иқтисодиётига ўтишнинг И.А.Каримов ишлаб чиққан асосий 5 тамойили, уни селекция ва уруғчилик ишларини янада такомиллаштиришдаги аҳамияти. Селекция фанининг назарий фанлар билан алоқаси. Ушбу фаннинг бошқа фанлар орасида тутган ўрни. Халқ хўжалигидаги аҳамияти ва тарқалиши. Писум авлодининг келиб чиқиши ва систематикаси. Писум сативум генетика маркази. Асосий эколого-географик гуруҳлар ва уларни тавсифлари. Селекциянинг асосий йўналишлари ва вазифалари.
-
Fitopatologiya
Fitopatologiya yunon tilida phyton–o‘simlik, pathos–kasallik, logos–ta’limot degan so‘zlardan olingan bo‘lib – o‘simlik kasalliklari to‘g‘risida ta’limot degan ma’noni anglatadi. Fitopatologiya fani kasallangan o‘simlikni har tomonlama o‘rganib, patologik jarayon natijasida unda vujudga keladigan tashqi va ichki belgilarni, kasallikning kelib chiqish sabablarini, tarqalishini, ekologik holatga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishini, kasallikning keltiradigan iqtisodiy zararini, kasallikka o‘simlikning immunitet xususiyatlarini, kasallikning kelib chiqishini oldindan aniqlash va unga qarshi kurash choralarini belgilab, kasallangan o‘simliklarni sog‘lomlashtirish yo‘llarini o‘rgatish asosida ulardan mo‘l hosil olishni o‘rgatadi.
-
O`rmon fitopatologiyasi
O’rmon fitopatologiyasi (yunonchadan phyton – o’simlik, pathos – kasallik, logos – ilm) – o’simlik kasalliklari haqidagi fan bo’lib, uning asosiy vazifasi – qishloq xo’jaligiga fitopatogen organizmlar keltiradigan zararni kamaytirishdan iboratdir. O’rmon fitopatologiyasi kasallangan o’simlikni, kasallik paydo bo’lishining sabablarini va atrof-muhit sharoitlarining kasallik rivojlanishiga ta’sirini o’rganadi.
-
Сабзавот ва полиз экинлари селекцияси ва уруғчилиги
Мева-сабзавот экинлари селекцияси, уруғчилиги фанини қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришнинг илмий тармоғи сифатида ўзлаштириш; мева-резавор, сабзавот ва полиз экинлари турлари ҳамда нав ва дурагайларининг тавсифи ва морфологик белгиларни ўрганиш; гулларнинг тузилиши, гулларнинг чангланиш биологиясини ва чатиштириш техникасини мукаммал ўрганиш; янги нав яратиш учун дастлабки материалларни излаб топиш, селекция жараёнларини ташкил этиш ва элита уруғларини етиштириш технологиясининг хусусиятларини ўрганиш.
-
Qishloq xo'jalik ekinlari urug'shunosligi
O’simlikshunoslik qishloq xo’jaligining asosiy tarmokla-ridan biri bo’lib, aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, chorva-chilik uchun yem-xashak va yengil sanoatning ko’pgina tarmoqlari uchun xom-ashyo yetishtirish maqsadida ekib o’stirish va tabiatda yovvoyi xrlda o’sadigan o’simliklardan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir
-
Agrobiotexnologiya
Ma’lumki, biologiyaga boshqa tabiiy fanlar – fizika, ximiya, matematika kabi fanlarning tatbiq qilinishi natijasida zamonaviy biologiya rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida bioximiya, molekulyar genetika va molekulyar biologiya sohalarida erishilgan fundamental tadqiqotlarning yutuqlari hujayra faoliyatini turli mexanizmlar yordamida boshqarish imkonini berdi. Biotexnologiya – ilmiy-texnikaviy progressning predmetlararo sohasi bo’lib, u biologik, kimyoviy va texnik bilimlar to’qnashuvida vujudga kelgan bo’lib, u yangi biotexnologik jarayonlarni yaratishga qaratilgandir. Bu jarayonlar aksariyat hollarda past temperaturada amalga oshadi, kam miqdorda energiya sarflanadi va boshlang’ich xomashyo sifatida arzon substratlar ishlatiladi.
-
Ishchi kasbini egallash
Ushbu dastur ekinlarning navdorlik va ekinboplik hususiyatlariga baho berish, boshlang‘ich manba, qishloq ho‘jalik ekinlari ginofondi, uni yaratish va qo‘llash usullarini bevosita bajarish har bir ekinlar bo‘yicha dala va ombor aprobatsiyasini o‘tkazish, ekinlarda chatishtirishni vegetatsiya davrida bevosita bajarish, vegetatsiya davrida dala kuzatuvlari olib borish, laboratoriya tahlillarini bajarish, tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish va Davlat standartlari masalalarini qamraydi.