-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
YULDUZLI TUNLAR
«Yulduzli tunlar» dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atogli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o'rin tutadi. «Yulduzli tunlar» keng hamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti onasi Qutlug' Nigor xonimga chin farzandlik tuyg'usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga otalik mehri, birinchi umr yo'ldoshi Oyshabegim bilan o'tkazgan ko'ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g'aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo'lgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda (u Boburni zaharlashga erishgandan so'ng, ikki raqib ro'para keladi
-
ALVIDO qurol
Asarning yaralish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bir ji-hat e'tiborimizni tortdi. Yozuvchi «Alvido, quroll romanining tugallanish qismini ko'ngli to'lguniga qadar - o'ttiz to'qqiz marta qayta yozgan ekan. Adib xotiralarida qayd etilgan ush-bu ma'lumotdan ko'rinib turibdiki, yozuvchi nafaqat mavzu tanlashda, balki tahrirda ham o'z-o'ziga nihoyatda talabchan bo'lgan. Alvido, qurol romani qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi
-
MENING HAYOTIM Men ona Hindistonimning jonli timsoliman
Hindiston mustaqillikka erishgach, ingliz hukumati milliy ozodlik kurashining otashqalb namoyandasi Mahatma Gandidan Angliyaga tashrif buyurishni iltimos qiladi. Hindistonni asriy mus-tamlakachilik asoratidan xalos qilgan buyuk rahnamoning qiyofa-sini o'zlaricha tasavvur qilgan minglab ingliz fuqarolari uni qarshi olgani temiryo'l vokzaliga keladilar. Vagondan sochi taqir olingan, boshyalang, egniga oq matoni o'rab olgan, oyog'iga shippak ilib, qo'-lida aso tutgan mushtdekkina, ozg'in chol tushganini ko'rib, hamma dong qotib qoladi.
-
MEHROBDAN CHAYON
Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xu-doyorning o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin, rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzui'dir. Xudoyorning bu yo'ldag'i birinchi istinodgohi bo'lg'an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg'ani ham xabosat¹ pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig'dirg'an qadar bayon qilinadir. Bular ro'monning nomarg'ub manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi "tuban" sinf kambag'allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch - ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag'allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmushi va bir-biriga aloqasi, samimiyati
-
IBRAT
1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yogʻildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi.
-
SEMIZ VA ORIQ
Dunyo adabiyotida A.P. Chexov o'z ovozi va o'z so'ziga ega bo'lgan no-yob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sa-bab bo'lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hi-koyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan
-
Quyosh baribir chiqaveradi
Ernest Xemingueyning Birinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda boshidan kechirganlarni, o'zini larzaga solgan tuyg'ularini, kechinmalarini avvalo mana shu roman orqali ifodalaydi. Roman dastlab «Fiyesta, keyinchalik «Quyosh ba-ribir chiqaveradi nomi ostida nashr etiladi. Bu asar jurnalist Xeminguey nomini butun Amerikaga mashhur qilib yuboradi. Fiyesta aslida Lotin Amerikasi va Ispaniyada o'tkazila-digan an'anaviy xalq festivalidir. Asarda shunday tadbirlar-dan biri tasvirlanadi. Tasvirki, jamiyatning turli bo'g'inlari, talato'plari aks ettiriladi. Xemingueyning yozuvchilikdagi qa-rashlari ushbu asarda, aslida, Alvido, qurol dan avvalroq o'z in'ikosini topgan edi. Insonning jamiyatdagi o'rni, tiriklikning qadri, yashash uchun kurash g'oyalari o'quvchini mushoha-daga chorlaydi.
-
-
OʻN SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR
Mazkur kitobga O'zbekiston xalq yozuvchisi, iqtidorli adib Shukur Xolmirzayevning eng sara qissa va hikoyalari kiritildi. Ularda sevgi-muhabbatning o'zgacha talqini, oshiqlik va ojizlik, matonat va razolat, inson ma'naviyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy va axloqiy masalalar bayon etiladi
-
Одам бўлиш қийин
Шундай истеъдод эгалари борки, тенгдошлари ва замондошларининг ҳурмат-эътиборини қозониш бахтига муяссар бўладилар. Бунинг устига ўз замондош устозлари эъзозидан, баҳра топадилар. Ижоддаги бундай ҳолат фақат ўша истеъдоднинг бахтигина бўлиб қолмай, балки у мансуб бўлган адабиётнинг ҳам омади, равнақидан бир далолатдир. Бизнинг адабиётимиз бахтига бундай чинакам истеъдод соҳиблари анчагина. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўлмас Умарбековнинг қўлингиздаги ушбу романи албатта сизга манзур бўлади деб ўйлаймиз.
-
Odamlar ORASIDA
Odamlar orasida" qissasi Saida Zunnunovaning eng yaxshi asarlaridan biridir. Adiba qaysi mavzuga qo'l urmasin o'z qahramonlarini yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi. Bu kishilarning bir-biriga bo'lgan mehr-u oqibatiga havas qilasiz. Ushbu qissada adiba Vasila va Sirojning samimiy muhabbati, beg'ubor sevgisi tufayli chekkan mashaqqatlari qalamga olingan. Shuningdek, ushbu to'plamdan yozuvchining eng yaxshi hikoya-lari ham o'rin olgan
-
Qizlar daftariga
Ushbu kitob o'z davrida qoʻlma-qo'l bo'lib ketgan. Unda buvining nabira-qiziga, shu orqali uning dugonalariga hayot saboqlari muhabbat, vafo, burch va sadoqat, halollik, to'g'rilik xususidagi o'gitlari o'z aksini topgan. Shu bilan birga egrilikning oqibatlari, oiladagi kelinlik vazifalari, farzand tarbiyasidagi nozik jihatlar bayon etiladi. Kitob mutolaasi balog'at yoshidagi har qanday qiz qalbidagi yashirin so'roqlarga, yurak tubida asragan, kimdandir so'rashga iymanayotgan savollariga javob bo'ladi. Mazkur tuhfa turmush qurish arafasida turgan qizlari-mizga, yosh kelinlarimizga mustahkam oila bekasi boʻlish-larida hissa qo'shadi, degan umiddamizивация
-
Kafansiz ko'milganlar
Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to'g'rirog'i, xo'rlikla-rini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining xalq dushmani deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning Kafansiz ko'milganlarida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
-
Özbek XARAKTERI
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir. Yozuvchi hayotiy voqealarni qalamga oladi. Paxtaga chiqqan kursdoshlar bir odamning qo'yini o'g'irlab, so'yib yeydilar. Yana qo'yning egasini ham o'g'irlangan qo'yning go'shti bilan mehmon qiladilar. Bunday hangomalar faqat talabalikda, bizning yurtda bo'lishi mumkin. Ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar har bir o'quvchini o'ylashga, fikrlarshga undaydi
-
SINCHALAK
Abdulla Qahhor ijodi o'zbek adabiyoti uchun mustahkam qoya, ayni damda yo'lchi yulduz vazifasini bajaruvchi mahorat maktabidir. Yozuvchining qay bir asarini olmang, unda dard, iztirob, alam, odamzodning barcha quvonch-u shodligi yangicha bo'y ko'rsatadi. Asarning nihoyasiga yetmaguningizcha uning oxiri nima bilan yakun topishini bashorat qilolmaysiz, kutilmagan voqelik bilan yuzma-yuz kelasiz. Abdulla Qahhor asarlari qahramonlari ham oramizdagi odamlar bo'lsa-da, yozuvchi ularni ko'pchilikka namoyon boʻlmagan xislatlari orqali bizga tanishtiradi. Ularning qalbini tinglashga, ularga hamdard bo'lishga chaqiradi, Aziz kitobxon, Global books nashriyoti adib Abdulla Qahhor asarlarning ana shunday go'zal namunalarini qayta nashrga tayyorladi. Bu ham ko'pchilikning talab va istaklari mahsulidir. O'qing, bahra oling
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. U tahlil va kuzatuvning misli ko'rilmagan ustasi, inson psixologiyasining chuqur bilimdoni ham edi. Gobsek, Deplen, Anso, Burjua ularning hech biri bir-birini takror-lamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko'rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o'z asarla-ridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarish-dan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo'lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki ke-chinmalarini tushunmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu qissa va hikoyalar mutolaasiga shoshiling.