-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
Bozor iqtisodiyotini belgilovchi faktorlari bo'lib mulkiy munosabat va korporativ boshqaruv xizmat qiladi
-
Солиқлар ва солиққа тортиш
Ўқув қўлланмада Ўзбекистон ҳудудида Солиқ кодексида назарда тутилган солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар амал қилиш тартиби ёритиб берилган. Ўқув қўлланмаси охирида юридик ва жисмоний шахсларга солиқ солишга, солиқларнинг ҳуқуқий асосларини қамраб олишга ҳаракат қилинган тест саволи вариантлари келтирилган. Ушбу тест саволи вариантлари ўқувчиларни ўз устида янада кўпроқ ишлашига, солиқлар ва солиққа тортиш махсус курсини чуқурроқ ўрганишига ёрдам беради, деган умиддамиз.
-
Всемирная история. Новейший период. Европа и США после второй мировой войны
Книга состоит из глав: "Мир в эпоху холодной войны", "США и страны Западной Европы после второй мировой войны", "Страны Восточной Европы и Балканского полуострова после второй мировой войны", "Латинская Америка в XX столетии" , "Африка в XX столетии - трудный путь к свободе", "Революция в Азии", "Эпоха новой демократии".
-
Tashkiliy tarbiya
Ushbu o’quv qo’llanmada tashkiliy tarbiya fanining predmeti, ob’ekti va metodi, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv maqsadi va funktsiyalari, boshqarishning tashkiliy strukturalari, boshqarish usullari, boshqaruv qarorlari va uning mohiyati, menejmentda motivlashtirish, boshqarishda axborot va kommunikatsiya, marketingning nazariy asoslari, marketing tizimida axborot ta'minoti, marketing muhiti, bozorni va iste'molchilarni o’rganish, marketing tizimida tovar, narx siyosati, kommunikatsion siyosatga oid masalalar batafsil yoritilgan.
-
Политология
В учебном пособии в соответствии с типовыми учебными программами освещаются наиболее важные вопросы политологии: политология как наука и учебная дисциплина, основные этапы формирования и развития мировой социально-политической мысли; политика и политические системы; роль политика в обществе; политическая власть и ее структура; политика и политические процессы в мире и Узбекистане; взаимодействие политики с экономикой, идеологией и религией; политическая коммуникация в современном обществе.
-
"Ўзбекистон Республикаси Ғарб мамлакатлари билан иқтисодий, сиёсий, маданий-маърифий алоқалари"
Ушбу қўлланма мустақиллик даврида Ўзбекистоннинг Европа мамлакатлари ва АҚШ билан ташқи иқтисодий, сиёсий, маданий соҳалардаги алоқалари ҳақида муҳим маълумотлар мужассам бўлган. Унда ташқи муносабатларнинг ҳуқуқий асослари яратилиши босқичида Президентимиз Ислом Каримовнинг юксак дипломатик маҳорати, турли мамлакатларг сафарлари, халқаро ташкилотлардаги иштирокилари чоғида амалга оширган ишлари қайд этилган.
-
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti
O`quv qo`llanmada agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish yo`llari, yer fondi va undan samarali foydalanish, yer kadastri, suv va mehnat resurslaridan foydalanish, asosiy va aylanma fondlar va qishloq xo`jaligida menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo`llari yoritib berilgan.
-
Hayotiy faoliyat xavfsizligi [
O`quv qo`llanmada mehnat qonunchiligi, gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, ishlab chiqarish binolarini yoritish, shovqin va titrash, elektr xavfsizligi, og`ir qo`l mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, korxona hududini obodonlashtirish, yong`in xavfsizligini ta`minlash kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, o`quv qo`llanmada ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik texnikasiga rioya etish bosqichlari va bunda qo`llaniladigan anjomlar to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan.
-
Меҳнатни муҳофаза қилиш
Ушбу қўлланма ўқув юрти талабалари, саноат корхоналари ва ташкилотларнинг муҳандис-техник ходимлари учун мўлжалланган бўлиб, меҳнат муҳофазасининг умумий қоидалари, ишлаб чиқариш санитарияси, ускуналар хавфизлиги техникаси, ёнғин хавсизлиги масалалар ҳамда Ўзбекистон Республикасида қабул қилинган меъёрий ҳужжатлар асосида ёритилган.
-
Zamonaviy kompozitsion materiallar
Ushbu O’quv qo’llanmada boshlang‘ich komponentlarning mexanik, issiqlikfizik, hamda kimyoviy chidamlilik, umrboqiylik va x.k. kabi xususiyatlari bilan taqqoslaganda, u yoki bu xususiyatlarni yaxshilash yoki turli chiqindilardan foydalanish hisobiga materiallar tannarxini pasaytirish, xossalarning material strukturasiga bogʻliqligi, ularni ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni ta’minlash boʻyicha koʻnikma va ma’lumotlarni qamraydi. O’quv qo’llanma Arxitektura va qurilish ta’lim sohasining 70730702 – “Bog‘lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi” magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi magistrlar uchun moʻljallangan. Shuningdek, undan kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilari hamda muhandis-texnik xodimlar foydalanishlari ham mumkin.
-
Traktor va transport vositalari
O`quv qo`llanmada O`zbekiston Respublikasi agrar siyosati, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda traktor va qishloq xo`jalik transport vositalarining roli, traktor va transport vositalarining konstruksiyalarini yaratilish hamda rivojlanishi sohasida olimlar va injener xodimlarning ishlari, muhandis kadrlar tayyorlash tizimidagi o`rni, traktor va qishloq xo`jalik transport vositalarining tasnifi va istiqbolli tiraji, traktor va transport vositalarining asosiy qismlari va ularning vazifalari yoritilgan.
-
AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLAShTIRISh USULLARI
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti Kengashi tomonidan 5340600 “Transpotr inshootlarining ekspluatatsiyasi (avtomobil yo‘llari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida tavsiya qilingan. O‘quv qo‘llanmasida avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari, texnologiyalari, zamonaviy va xorijiy tajribalari va texnikalari va ularni qo‘llash to‘liq yoritilgan. O‘quv qo‘llanmasi 5340600 “Transport inshootlarining ekspluatsiyasi (avtomobil yo‘llari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr talabalar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish korxonalari mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
Болалар адабиёти
Ушбу қўлланмада Алишер Навоий, Садриддин Айний, Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий, Ойбек, Уйғун, Ҳамид Олимжон, Қуддус Муҳаммадий, Абдулла Авлоний, Ғафур Ғулом ҳамда бошқа ёзувчилар ижодидан лавҳалар келтирилган.
-
Амалий психология
Ўқувчига тақдим этилаётган ушбу ўқув қўлланма психологлар, психология факультети талабалари, аспирантлар ҳамда амалий психологияни мустақил ўрганувчилар учун мўлжалланган. Рисола шунингдек, психологиядан маъруза ўқиш, амалий машғулотлар ўтиш жараёнида мураккаб психологик вазиятларда ўқитувчи қандай амалий иш тутиш зарурлиги тўғрисида мукаммал, такомиллашган тавсиялар ва маслаҳатлар беришни ўз олдига мақсад қилиб қўяди.
-
Обработка резанием высокопрочных коррозионностойких и жаропрочных сталей
В книге приведены результаты исследований результаты исследований по обрабатываемости высокопрочных, коррозионностойких и жаропрочных сталей. Рассмотрены свойства, особенности структуры и характеристики сталей в зависимости от их термической обработки.
-
Ingliz tili grammatikasi
O`zbekiston Respublikasining xorijiy filologiya, huquqshunoslik, sharq tillari, iqtisod yo`nalishlarida ta`lim beruvchi akademik litseylari o`quvchilariga mo`ljallangan mazkur "Ingliz tili grammatikasi" qo`llanmasi hozirgi zamon Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va O`zbekiston olimlarining tajribalaridan keng foydalanib yaratilgan. Qo`llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilaridan tashqari ingliz tilini mustaqil o`rganuchlilar, oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishiga tayyorgarlik ko`rayotganlar va hatto oliy o`quv yurtlarining talabalari ham unumli foydalanishlari mumkin.