-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Ижтимоий – иқтисодий ривожланишнинг инновацион моделлари
Ўқув қўлланмада ижтимоий-иқтисодий ривожланишнинг инновацион моделлари фани дастурига мувофиқ унинг назарий асослари, иқтисодиётнинг инновацион типи, билимларга асосланган иқтисодиёт, инновацион инфратузилма ва иқтисодий ўсишга таъсири мазмун-моҳияти ёритилган. Шунингдек, инсон ривожланиш концепцияси, инсон капитали ва инновацияларнинг ўзаро боғлиқлиги масалаларига алоҳида эътибор қаратилган.
-
MULTILEVEL MASTER LISTENING
Multilevel imtihonining Listening bo'limiga tayyorlanish uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, turli mashqlar va testlarni o'z ichiga oladi.
-
Multilevel Master Mock Tests
Ushbu o'quv qo'llanma ingliz tilidan Multilevel imtihoniga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, haqiqiy imtihon formatidagi 10 ta to'liq test, tinglab tushunish, o'qish, yozish va gapirish bo'limlari uchun namunalar hamda tavsiyalarni o'z ichiga oladi.
-
Математическая статистика
Ushbu o'quv qo'llanma matematika statistikasi bo'yicha to'liq ma'ruza kursini o'z ichiga oladi. Unda to'qsoninchi yillardan buyon o'qitib kelinayotgan an'anaviy materiallar, jumladan, parametrlarni nuqtaviy baholash, gipotezalarni tekshirish hamda regressiya va dispersion tahlil elementlari yoritilgan. Qo'llanma iqtisodiy mutaxassisliklar talabalari va OTM talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy-matematik modellar va usullar
O'quv qo'llanma bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy-matematik modellar va usullarni amalda qo'llash, korxonalarning iqtisodiy-matematik modelini tuzish, ularni optimallashtirish usullarini o'rganish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Asar oliy o'quv yurtlarining iqtisod, menejment, marketing yo'nalishlari talabalari hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Hisoblash usullari: mexaniklar uchun amaliy mashg‘ulotlar. 1-qism
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika, matematika hamda amaliy matematika va informatika bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, hisoblash usullari fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish va fanni chuqurroq o'zlashtirishga qaratilgan. Kitobda hisoblash xatoligini baholash usullari, nochiziqli tenglamalar va ularning sistemasini yechishning sonli usullari batafsil o'rganilgan.
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
O'quv qo'llanmada fanning maqsadi, vazifalari, asosiy bo'limlari va ularda o'rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fanning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yong'in xavfsizligi asoslari hamda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalari va usullari bayon etilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Ushbu o'quv qo'llanmada iqtisodiy xavfsizlik shakllari, asosiy ko'rsatkichlari, tahdidlari, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash mexanizmi, shaxs, korxona, sanoat tarmoqlari, mamlakat va mintaqa iqtisodiy xavfsizligi muammolari, axborot xavfsizligi, xufyona iqtisodiyot va unga qarshi kurashning huquqiy asoslari kabi masalalar yoritilgan.
-
KORPORATIV BOSHQARUVNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanma 5231900 - korporativ boshqaruv bakalavriat ta‘lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, korporativ boshqaruvning institutsional asoslari, nazariyalari, tamoyillari va huquqiy jihatlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada ma'ruza mavzulari, tayanch konspektlar, mustaqil ta'lim topshiriqlari, nazorat materiallari va glossariylar keltirilgan.
-
Ontogenez psixologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanma ontogenez psixologiyasi muammosiga bag'ishlangan bo'lib, psixologiya fanida olib borilgan nazariy-eksperimental tadqiqot natijalari tahlil qilingan va umumlashtirilgan. Unda ontogenez psixologiyasining rivojlanish bosqichlari, yosh xususiyatlari, shaxs kamoloti va psixologik qonuniyatlar atroflicha yoritilgan.
-
Математик анализ курсидан мисол ва масалалар тўплами 3 (Комплекс анализ)
Ушбу китоб комплекс ўзгарувчили функцияларнинг анализи бўйича мисол ва масалаларни ўз ичига олади. Қўлланма университетлар ва педагогика институтлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда комплекс сонлар, комплекс аргументли функциялар, элементар функциялар ва конформ акслантиришлар, интеграллар, қаторлар ҳамда чегирмалар назарияси баён этилган.
-
КОМПЛЕКС АНАЛИЗ (Маърузалар)
Mazkur o'quv qo'llanma universitetlarning matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydigan fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi bayon etilgan.
-
RIVOJLANISH VA YOSH PSIXOLOGIYASI
O'quv qo'llanma oliy ta’lim jarayonida rivojlanish va yosh psixologiyasi fanini har tomonlama tushunishga, rivojlanish va yosh psixologiyasining terminologik, nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishishga imkon beradi. Ushbu materiallar "Rivojlanish psixologiyasi" o'quv dasturining barcha mavzularini qamrab olgan.
-
Matematik fizika va analizning zamonaviy usullari va nokorrekt masalalari
O'quv qo'llanmada matematik fizika va analizning zamonaviy usullari, korrekt va shartli korrekt masalalar, Karleman hamda Shauder baholashlari va ularning tatbiqlari yoritilgan. Kitob matematika va fizika yo'nalishidagi talabalar hamda magistrlarga mo'ljallangan.
-
DIFFERENSIAL OPERATORLAR SPEKTRAL NAZARIYASINING TESKARI MASALALARI
Mazkur kitob differensial operatorlar spektral nazariyasining teskari masalalariga bagʻishlangan boʻlib, kirish qismi va 2 ta bobdan iborat. 1-bobda Shturm-Liuvill operatori uchun teskari spektral masalalar bayon qilingan boʻlib, asosiy yagonalik teoremalari va ularning tatbiqlari keltirilgan. 2-bobda izospektral Shturm-Liuvill operatorlari va ularning geometriyasi oʻrganilgan.
-
Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash
Mazkur metodik qo‘llanma Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkaziladigan PISA tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzib chiqilgan. U o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot hamda ushbu tadqiqotning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matematik savodxonlikni baholashga oid asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining