-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Veterinariya va chorvachilik
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Texnik ekinlar biologiyasi va zamonaviy yetishtirish texnologiyasi
“Texnik ekinlar biologiyasi va zamonaviy yetishtirish texnologiyasi” fanidan tuzilgan ushbu o’quv-uslubiy majmua ta’lim jarayonida zarur bo’ladigan barcha o’quv-uslubiy va didaktik materiallar hamda fan yuzasidan tuzilgan namunaviy me’yoriy hujjatlar majmuini o’z ichiga olgan. Jumladan, unda asosiy va qo’shimcha adabiyotlar, ma’ruza matnlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shuningdek mashqlar mavjud. Majmuaga talabalarning bilimini baholashning turli usullari uchun (test, og’zaki, yozma) savollar to’plami kiritilgan. Majmua “Texnik ekinlar biologiyasi va zamonaviy yetishtirish texnologiyasi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boruvchi o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ta’lim jarayonini olib borishda u asosiy o’quv-uslubiy tayanch hisoblanadi.
-
УМУМИЙ АСТРОНОМИЯ
Мазкур ўқув услубий қўлланма физика-астрономия таълим йўналиши талабалари учун мўлжалланган бўлиб, А.Қодирий номли Жиззах давлат педагогика институти физика-математика факультети Умумий физика кафедрасида муҳокама қилинган ва тавсия этилган. Ўқув услубий қўлланма 2008 йил тавсия этилган ДТС асосида ёзилган. Унда умумий астрономиянинг сферик ва амалий астрономия асослари, планеталар тузилиши ва ундаги физикавий жараёнлар, юлдузлар ва галактикалар тўғрисидаги асосий маълумотлар ёритилган.
-
Nokning zararli organizmlarini uyg`unlashgan usulda boshqarish
Ushbu-Nokni zararli organizmlariga qarshi uyg`unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM) nok o`simligini etishtirish, turli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning eng dolzarb masalasi – uyg`unlashgan kurash tizimi (IPM) tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tayyorlangan. Ilmiy-amaliy qo`llanma O`simliklar karantini va himoyasi agentligining viloyatlar, tumanlar inspektorlari, agronom mutaxassislari, dehqon va fermer xo`jaliklari, agroklasterlar, aholi tomorqa er egalari, agrar ta‘lim tizimidagi ilmiy va oliy ta‘lim ilmiy xodimlari, professor-o`qituvchilari, magistratura, bakalavriatura talabalari, o`quv kurslari tinglovchilari kabilarni foydalanishlari uchun mo`ljallangan.
-
Mutaxassislikka kirish
Mutaxassislikka kirish fanining maqsadi – ipakchilikni kelib chiqish tarixi va rivojlanishini asosiy tarmoqlari Mutaxassislik fanlar, ularning maqsad va vazifalari to’g’risida boshlang’ich malumot beradi. Mutaxassislikka oid mazkur OTM fakultet va kafedralar to’g’risida umumiy ma'lumotlar yoritiladi.
-
Mikrobiologiya va virusologiya
Mikrobiologiya – mikroorganizmlar haqidagi fan. Mikroblarning o’lchamlari 0,1 mm dan kichik bo’lib, ularni faqatgina qurollangan ko’z bilangina ko’rish mumkin. Mikroblarga ba’zi soddalilar, bir hujayrali suv o’tlari, mikroskopik zamburug’-lar, bakteriyalar, viruslar va hokazolar kiradi.
-
Mikrobiologiya va mikologiya
Xalq xo’jaligining rivojlanishi, hayvon, odamlar va o’simliklar patologiyasida, infeksion kasalliklarning oldini olish va qarshi kurashish vositalarini yaratish, hatto tabiatning doimiyligini tutib turishida mikrobiologiya fanini ahamiyati nihoyatda katta. Mikrobiologiya – mikroorganizmlar haqidagi fan. Mikroblarning o’lchamlari 0,1 mm dan kichik bo’lib, ularni faqatgina qurollangan ko’z bilangina ko’rish mumkin.
-
Kungaboqar (helianthus)ning zararli organizmlarini uyg`unlashgan usulda boshqarish (IPM)
Ushbu ―Kungaboqarni zararli organizmlariga qarshi uyg`unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM)‖ kungaboqar o`simligini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning eng dolzarb masalasi – uyg`unlashgan kurash tizimi (IPM) boshqarishni amalga oshirish maqsadida tayyorlangaI lmiy-amaliy qo`llanma O`simliklar karantini va himoyasi agentligining viloyatlar, tumanlar inspektorlari, agronom mutaxassislari, dehqon va fermer xo`jaliklari, agroklasterlar, aholi tomorqa yer egalari, agrar ta‘lim tizimidagi ilmiy va oliy ta‘lim ilmiy xodimlari, professor-o`qituvchilari, magistratura, bakalavriat talabalari, o`quv kurslari tinglovchilari kabilarni foydalanishlari uchun mo`ljallangan.
-
Задачи и Упражнения по Общей Астрономии
Курс "Общая Астрономия", читаемый студентам первого курса специальностей "Астрономия" и "Астрономогеодезия", является вводным, и знакомит будущих специалистов с основами классической астрономии. Для лучшего освоения материала данный курс подкрепляется практическими занятиями, в основном, связанными с решением разного рода задач. Предлагаемое пособие предназначено для использования при проведении этих занятий.
-
Ixtiopotologiya va ixtiotoksikologiya
Ixtiopatologiya – grechka “ixtio” – baliq “patos” – kasallik, “logos” – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ixtiopatologiya – bu baliq kasalliklari haqidagi fan. Ixtiopatologiya – bu baliqlarda uchraydigan kasalliklarni, ularning qo‘zg‘atuvchilarini, kasallikni tarqalishi, keladigan iqtisodiy zararini, qo‘zg‘atuvchilarni biologik rivojlanishini, epizootologiyasini, klinik bel-gilari, patanatomik o‘zgarishlari, tashhis qo‘yish, davolash, oldini olish va boshqa kasalliklardan farqli tashxisi, o‘rgatuv-chi fan hisoblanadi.
-
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi
Ipakchilik qadimdan taraqqiy etgan sohalardan hisoblanib, toʻqimachilik sanoati va xalq xoʻjaligini tabiiy ipak xomash-yosi bilan ta’minlaydi. Tabiiy ipak pishiqligi, choʻziluvchanligi, chidamliligi, koʻrkamligi, yengil va nafisligi, havo oʻtkazuv-chanligi bilan boshqa gazlamalardan va sun’iy tolalardan ustun turadi. Shuning uchun ham tabiiy ipakdan xalq xoʻjaligini turli sohalarida, jumladan: radio-texnika, tabobat, kosmonavtika, aviatsiya, aloqa, toʻqimachilik va boshqalarda keng foydalaniladi.
-
Gulkaram (Brassica oleracea L. var botrytis L.)ning zararli organizmlariga qarshi kurash tizimi (IPM) bo`yicha ilmiy-amaliy qo`llanma
Gulkaramning zararli organizmlariga qarshi integratsiyalashgan kurash choralari (Integrated Pest Menagement) zararkunandalar populyatsiyasini boshqarishning barcha mavjud usullaridan foydalanishni o`z ichiga oladi, bunda pestitsidlardan foydalanishni kamaytirish, shu bilan birga rentabellikni va hosil sifatini saqlab qolish dolzarb vazifa bo`lib hisoblanadi.
-
G`o`za biologiyasi va zamonaviy yetishtirish texnalogiyasi
Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlash jarayonida chigitdan paxta tolasi, ya’ni uzunligi asosan 20 mm dan oshadi-gan tola, tolasining uzunligi 20 mmdan qisqa – momiq (lint) va tolasining uzunligi 5 mm dan kam-delint ajratiladi. Pax-ta tolasi yengil sanoatning toʻqimachilik, trikotaj va boshqa tarmoqlari uchun qimmatli xom-ashyodir.
-
Asalarichilik fanidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu uslubiy qo`llanmada kirish, asalarilarning tashqi va ichki tuzilishi, asalarichilikda ishlatiladigan uyalarni tiplari va klassifikasiyasi, asalarichilik fermalaridagi bahorgi, yozgi va kuzgi ishlar,yangi oila olish va ona asalari chiqarish, asalarilarni ko’chirib o’tkazishga tayyorlash, asalarilarni asosiy asal yig'ishga tayyorlash, asosiy asal beruvchi o’simliklar va ozuqa ratsionini tuzish, asalari kasalliklari va ularni davolash kabi mavzulardan iborat bo‘lib, talaba uchun bilim olishga qulay holatda yoritilgan.
-
Anjir o`simligining zararli organizmlariga qarshi uyg`unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM)
Ushbu qo`llanma Anjir o`simligini zararkunanda, kasalliklar va begona o`tlardan himoya qilishning eng dolzarb masalasi – uyg`unlashgan kurash tizimi (IPM) amalga oshirish maqsadida tayorlangan. Qo`llanma O`simliklar karantini va himoyasi agentligining viloyatlar, tumanlar inspektorlari, agronom mutaxassislari, dehqon va fermer xo`jaliklari, agroklasterlar, aholi tomorqa yer egalari, oliy ta`lim professor-o`qituvchilari, magistratura, bakalavriat talabalari, o`quv kurslari tinglovchilari foydalanishlari uchun mo`ljallangan.
-
БОЛЕЗНИ ПЛОТОЯДНЫХ И ПУШНЫХ ЗВЕРЕЙ
Практическое пособие содержит результаты исследований авторов и литературный обзор по вопросам бактериальных, вирусных и паразитарных болезней плотоядных и пушных зверей.
-
Аҳоли томорқаларида боғдорчилик ва узумчиликни етиштириш
Аҳоли томорқаларида боғдорчилик ва узумчиликни ташкил этиш бўёича услубий қўлланма академик М.Мирзаев номидаги Боғдорчилик, узумчилик ва виночилик илмий тадқиқот институти Илмий-техник кенгаши йиғилишининг 2023 йил 16 февралдаги 3-сонли баённома қарорига биноан нашрга тавсия этилган.