-
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Amaliy mexanika
Taqdim etilayotgan darslik oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Amaliy mexanika» fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, oliy texnik o'quv yurtlarini talablari uchun darslik sifatida tavsiya qilingan.Darslikni yozishda muallifning Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutidagi ko‘p yillik faoliyatlari hamda qator OTM larda to‘plangan tajribalardan, uslubiy materiallardan foydalanilgan.
-
Биохимия
Дарсликни ёзишда муаллиф биохимия предметининг барча бўлимларини замонамиз талабига жавоб берадиган тартибда баён килган. Шунинг билан бирга, муаллиф биохимиянинг барча соҳаларида сўнгги ўн йилликлар ичида тўпланган маълумотларни, ривожланган янги ғоялар ва таълимотларни етарли даражада беришни лозим кўрди. Шунингдек, уларни кенгрок ёритиш учун, дарсликка бир нечта айрим боб ва бўлимлар, жумладан, оксидловчи фосфорланиш, уч карбон кислоталар цикли, аллостерик регуляция, простагландинлар, ген инженерлиги, молекуляр касалликлар ва бошкалар киритилди
-
Болалар адабиёти
Ижтимоий онг шакллари, мафкуравий ишнинг барча соҳалари каби, болалар адабиёти ҳам воқелик билан, ҳаётдаги турли ижтимоий ҳодисалар ҳамда инсоният тур- муши билан узвий боғлиқ бўлиб, уларни ўзига хос восита- ларда бадиий акс эттиради.
-
UMUMIY PSIXOLOGIYА ( 2- KITOB) ( Yosh davrlari va pedagogik psixologiya)
Darslikda yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, katta va kichik guruxlar, ta’lim, tarbiya va o‘qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi.Unda chaqaloqlik davridan to qarilik davrigacha bo‘lgan psixologik rivojlanishning xususiyatlari aks ettirilgan. Darslikning katta, kichik guruxlar boblarida shaxsning ijtimoiylashuviga bog‘liq masalalar yoritilgan. Ta’lim psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda o‘quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarish masalalari bayon etiladi.Tarbiya psixologiyasi bobida tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, o‘qituvchi psixologiyasi bobida, pedagogik qobiliyatlar, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Darslik pedagogik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan
-
ЖИНОЯТ-ИЖРОИЯ ҲУҚУҚИ
Дарсликда жиноят-ижроия ҳуқуқи фанининг предмети, вазифалари, принциплари, тизими, жазони ижро этиш асослари, маҳкумни ахлоқан тузатишнинг асосий воситалари, маҳкумларнинг ҳуқуқий ҳолати, жамиятдан ажратиш билан боғлиқ бўлмаган жазоларни ва ҳарбий хизматчиларга нисбатан қўлланиладиган жазоларни ижро этиш этиш, қамоқ, озодликдан маҳрум қилиш ва умрбод озодликдан маҳрум қилиш жазоларини ижро этиш тартиби ва шартлари, бошқа жиноят-ҳуқуқий таъсир чораларини ижро этиш ҳамда жазони ўташдан озод қилишнинг тартиби, мазмун-моҳияти ёритилган. Қолаверса, ушбу дарсликда муаллифлар жамоаси томонидан юртимизда амалга оширилган суд-ҳуқуқ ислоҳотларини босқичма-босқич такомиллаштириш ҳамда либераллаштириш, ушбу ислоҳотлар билан боғлиқ бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга киритилган ўзгартиш ва қўшимчалар, ички ишлар органларининг жазоларни ва бошқа жиноят-ҳуқуқий таъсир чораларини ижро этиш билан боғлиқ бўлган фаолиятига ҳам эътибор қаратилган.
-
“Bolalar adabiyoti”
Ushbu darslikda bolalar adabiyoti fanining yetakchi tamoyillalari, uning o’ziga xos xususiyatlari, unda bolalar folklori va bolalar kitobxonligi muammolari, bolalar adabiyoti sohibkorlarining hayoti va ijodiy faoliyoti, jahon va qardosh xalqlar bolalar adabiyotining asosiy tamoyillari, ulardagi ijodiy ta’sir masalalariga e’tibor qаrаtilаdi.
-
Termoodinamika va statistik fizika
Mazkur darslik statistik fizika, termodinamika va kinetika fanining asoslarini o‘z ichiga olgan. Mavzularni tanlash va ularni bayon qilishda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti nazariy fizika kafedrasida ishlab chiqilgan nam unaviy o‘quv dasturga amal qilindi. Darslikda asosiy e’tibor statistik fizika, termodinamika va kinetika asoslarini ko'rsatishga, ularning mohiyatini ochishga va muhim effektlarni yoritishga qaratilgan. Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalari fizika, astronomiya va texnika yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljaliangan.
-
Tarix o`qitish metodikasi
Ushbu darslikda tarix o'qitish metodikasi predmeti, maqsad va vazifalari shuningdek, tarix darslarining turlari, tuzilishi va ularga bo'lgan zamonaviy talablar, dars jarayonida tarix darslari samaradorligini oshirish yo'llari, ilmiy-uslubiy, didaktik negizlari, tarixiy bilimlami shakllantirish jarayonlari, tarix darsliklari va ularga qo'yiladigan zamonaviy talabalar, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning o‘rni va ahamiyati xususida ma'lumotlar berilgan.
-
O‘ZBEKISTON TARIXI (1917—1991-yillar)
Mustabid tuzumning zulmiga qaramasdan, o'lkamizda ijobiy, bunyodkorlik ishlari ham bo'ldi. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan koʻplab shaharlar bunyod etildi, zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. Maktablar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari ochildi, madaniy- ma'naviy muassasalar barpo qilindi, ilm-fan, adabiyot va san'at sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
-
Теория и производство путеукладочных работ
Рельсовый путь, состоящий из рельсов, шпал и скреплений, однообразно укладывается на всем протяжении линии по определенному порядку, повторяемому на каждом звене рельсов на перегонах. Укладка же пути на станциях и разъездах вызывает усложнение, так как здесь укладываются стрелочные переводы, а на больших мостах уравнительные приборы
-
Ижтимоий педагогика
Мазкур дарслик олий таълим муассаса/ш рининг педагогика ва психология йўналишида таълим олувчи талабалар учун мўлжалланган бўлиб, китобда ижтимоий педагогика фанининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари, ижтимоий педагогика фанининг назарий асослари ва бошқа маълумотлар берилган.
-
Umumiy va anorganik kimyo
Mazkur darslik oliy texnika o`qiuv yurtlarining kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi va turdosh yo`nalishlar bo`yicha bilim oladigan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, unda umumiy va anorganik kimyo fanidan nazariy qonun-qoidalari, ma`ruzalarda beriladigan materiallarga oid savollar, testlar, masala-misollar va mustaqil o`rganish uchun ma`lumotlar keltirilgan. Darslikda keltirilgan ma`lumotlar oliy texnika o`quv yurtlarining talabalari va magistrlar foydalanishlari mumkin.
-
Ijtimoiy mehnat munosabatlari
Darslikda inson faoliyatining negizi bo`lgan mehnat to`g`risidagi tasvvurlar bilan bog`liq ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori, mehnat resurslari, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat unumdorligi, aholining turmush darajasi va daromadlar saiyosati, ish haqi va uni tashkil etish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnatni boshqarish kabi mavzularga o`rin berilgan.
-
Bolalar adabiyoti
Yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish, ularni mamlakatimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek ulug‘ maqsadni ko‘zlab yozilgan „Bolalar ada- biyoti“ (darslik-majmua) kitobimiz 2001- yilda chop etilgan edi. Kitob o‘quvchi-yu mutaxassislarda yaxshi taassurot qol- dirdi va u 2002- yilda Respublika darsliklar tanlovida birinchi o‘rinni olib, 1-darajali diplomga ega bo‘ldi.
-
MARKETING ASOSLARI
Mazkur darslikda marketingning an’anaviy va zamonaviy konsepsiyalari, marketing axborotlari, ularni yig’ish va tahlil qilish, bozorni segmentlash, marketing tizimida tovar, narx, sotish va siljitish siyosati, marketing strategiyalari va marketing faoliyatini rejalashtirish ko‘rib chiqilgan.
-
Ўн саккизга кирмаган ким бор
Ўн саккизга кирмаган ким бор асари барча учун севимли асарлардан бири хисобланади.