-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Ingliz tili grammatikasidan universal qo`llanma
Mazkur qo`llanma O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarining chet tillar fakultetlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari talabalariga mo`ljallangan. U amaldagi o`quv dasturlaridagi mavzularni o`z ichiga olgan, shuning bilan birga, u hozirgi zamon tilshunosligidagi til o`rganish bilan bevosita bog`liq bo`lgan til va nutq hodisalari haqidagi yangi fikrlarni ham aks ettirgan.
-
Заикание у детей
Содержание книги составляют преимущественно сведения о проявлениях, преодолении и предупреждении заикания у детей. Но в ней для более полного освещения вопроса использован частично материал и о заикании у лиц старшего возраста.
-
English
Ushbu kitobda o`quvchiga ma`qul va manzur bo`larli foydali ma'lumotlar keng o`rin olgan. Ma`lumki, til orqali umuminsoniy qadriyatlar, jumladan, fan va texnika yutuqlari o`zlashtiriladi, pirovardida barkamol inson shakllanadi.
-
Oliy geodeziya asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanmada yerning rasmi va gravitatsiya maydoni, davlat geodezik tarmoqlari va ularni qurishning nazariy masalalari bayon etilgan.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
O`quv qo`llanma o`qvchini Ilmiy tadqiqot metodologiyasi bilan tanishtiradi. Mavzuni shakllantirish, ilmiy tadqiqotni maqsad va vazifalari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi tadqiqotlarni tahlil qilish va xulosa va takliflarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ishlanmalar ko'rib chiqiladi.
-
Qiziqarli geografiya
Muallif ushbu asari orqali kitobxonlarni sayyoramizda va uning tevarak-atrofida ro`y bergan ajoyib hamda g`aroyib geografik hodisalar bilan oshno etadi. Asar o`rta va oliy o'quv yurtlari o`quvchilari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
-
Sahna nutqi
Ushbu qo`llаnmа tаlаffuz tехnikаsi ustidа ishlаb, nutqni o`stirish vаzifаsini o`z оldigа qo`yadi. Undа nutqni o`stirishning o`sib bоruvchi tizimi nаzаrdа tutilgаn. Hаr bir tоvushlаr аlоhidа, bоshqа tоvushlаr bilаn birgаlikdа tаlаffuz qilinаdi, shu аsnоdа kichik grаmmаtik shаkldаn kаttа grаmmаtik shаklgа tоmоn tаlаffuzni o`stirib bоrish tizimi tа’minlаngаn.
-
Адабиёт ўқитиш методикаси
Адабиёт ўқитиш методикаси (амалий машғулотлар) олий таълимнинг бакалавриат босқичи талабаларига мўлжалланган. Унда дастурда кўзда тутилган мавзулар бўйича амалий машғулотлар мазмуни қамраб олинган. Қўлланмада талабаларгина эмас, умумий ўрта таълим мактаблари, академик лицейлар ва касб-ҳунар коллежларининг ўқитувчилари, шунингдек, аспирант ва тадқиқотчилар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш
Ушбу ўқув қўлланмани "Мактабгача тарбия ёшдаги болаларда математик тасаввурларни таркиб топтириш" курси дастурининг асосий назарий ва услубий масалаларини қамраб олган бўлиб, болалар боғчалари тарбияланувчиларига миқдор ва саноқ, катталик, геометрик фигуралар, фазо ва вақт каби тушунчаларни ўргатишга оид ишларни режалаштириш, ташкил этиш ва ўтказишга оид тавсиялар берилган.
-
Tikuvchilik texnologiyasi asoslari
Ushbu o'quv qo'llanmada ayollar va bolalar yengil kiyimlarini yakka buyurtma asosida va ommaviy tarzda ishlab chiqarishda qo'llaniladigan tikuvchilik texnoloigyasi asoslari bayon etilgan. Tikuv buyumlari turlari, qo'lda va mashinada bajariladigan ishlar, tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash va tikuv buyumlari detallariga ishlov berish xaqida umumiy mа’lumotlar berilgan.
-
Оliy mаtematika
Ushbu oquv qo`llanma oliy mаtematika kursining asosiy bo`limlarini o`z ichiga olgan.
-
Педагогика
Китоб нопедагогик олий ўқув юртлари учун педагогикадан дарслик сифатида тайёрланган, айни маҳалда амалиётчи педагогларга ҳамда педагогикага ихтисослашган олий ва ўрта махсус ўқув юртларига ўқув қўлланма сифатида ҳам тавсия этилади.
-
Педагогика
Педагогика фани фақат таълим-тарбия жараёнини назарий, методик-амалий таъминловчи фан эмас, балки ёшларда комиллик сифатларини шакиллантириш, ривожлантиришни ва етук мутахассис тайёрлаш билан уйғун олиб бориш каби таъминлаш каби кенг соҳаларни ўз ичига олади. Шунинг учун кадрлар тайёрлаш миллий дастуридаги миллий таълим моделида шахсга кадрлар тайёрлаш тизимининг бош субъекти ва объекти сифатида қаралади.
-
O‘zbek xalq musiqa ijodi
«O‘zbek xalq musiqa ijodi» o‘quv qo‘llanmasi nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, unda o‘zbek xalqining uzoq o‘tmishidan saqlanib kelinayotgan urf-odatlar, marosimlar va ularda ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar bayon etilgan.
-
Педагогика назарияси ва тарихи
Мазкур ўқув қўлланма Марказий Осиёда ибтидоий даврдан ХХ асрга қадар таълим ва тарбия, педагогика тарихи ривожи ҳамда Шарқ мамлакатларидаги педагогик фикр тарихи ва назарий қарашлар билан узвийликда баён этилади.
-
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga oid masalalar ochib berilgan bo‘lib, bunda jismoniy tarbiyaning tashkil etish shakllari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va chiniqtirish masalalari keng yoritilgan.