-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
Меросий рақс дурдоналари
Ушбу ўқув қўлланма республикамиздаги барча маданият касб-ҳунар коллежлари, миллий рақс ва хореография олий мактаби ҳамда санъат билим юртлари учун мўлжалланган. Асоий мақсад - "олтин хазина"мизга кирган ўзбек миллий рақс намуналарини ўргатиш, уларни асл ҳолида сақлашдир. Қўлланмага Мукаррама Турғунбоева саҳналаштирган рақслар асос қилиб олинган.
-
Xorijiy musiqa adabiyoti
O`quv qo`llanma pedagogika kollejlari talabalari uchun "Musiqa adabiyoti" dasturi asosida tayyorlangan. Unda G`arbiy Evropa musiqa adabiyoti opera janrining vujudga kelgan davridan to E. Grig ijodigacha yoritiladi. G`arbiy Evropaning yirik kompozitorlari (Bax, Gaydn, Motsart, Betxoven, Shubert, Shopen, List, Verdi, Bize, Grig)ga bag`ishlangan barcha mavzular ularning tarjimai holi, ijodining umumiy tavsifi va ayrim musiqa asarlarining tahlilidan tashkil topgan.
-
Mashinalarning ishonchililik asoslari
mashinalarning ishonchililik asoslari o'quv qo'llanmasi mashinalarning ishonchililigi to'g'risida tushunchalar sifati to'risida tusunchalar ko'rsatggichlarning fizik asoslari mashinalarning tuzilishi eskirish detallarining ishqalanishi ishqalannish nazariyasi mashina detallariningg taqsimlash qonuniyatlari turlari .
-
Zamonaviy armiyani rivojlantirish nazariyasi
Ushbu o'quv qo’llanmada ba’zi jahon urushlari va harbiy to’qnashuvlaming paydo bo'lishi muammosi o'rganilib, har asrda harbiy to'qnashuvlarning ko'lami va oqibatlari qanday o'sib borishi ko'rsatilgan, Ikkinchi Jahon urushining qaytarib bo'lmaydigan demografik oqibatlari qisman ochib berilgan, davlatlarning yo'qotishlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan, askarlar va ofitserlarning harbiy xizmatdagi ishtiroki to'g'risida nizolar, ba'zi "qaynoq nuqtalar" paydo bo'lishining sabablari va oqibatlari berilgan.
-
Мусиқий педагогик маҳорат асослари
Ушбу ўқув қўлланма янги педагогик технологиялар ва уларни мусиқа маданияти дарсларида қўллаш, мусиқа маданияти ўқитувчисининг мусиқий педагогик маҳорати, дарсларни ўтказишга тайёргарлик кўриш, мусиқа қабул қилиш, ижодий жараённи ташкил этиш, балоғат ёшидаги хусусиятларни эътиборга олиш, умумтаълим мактабларини мусиқа дарси ишланмалари ва дарсдан ташқари мусиқий машғулотлар сценарияларидан ташкил топган.
-
Ёш хонанданинг камолоти
Қўлланма тўрт бўлимдан ташкил топган: I услубий бўлим, II бўлим- машқлар, III бўлим-вокализлар, IV бўлим бадиий асарлардан намуналар. Ҳар бир қисмнинг мазмун-моҳиятини баён этишдан аввал, вокал санъатига илк қадам қўйган талабаларнинг овозларини ривожлантириш услублари ҳамда машғулотларга тегишли умумий кўрсатмалар хусусидаги фикр-мулоҳазаларни айтиб ўтилган.
-
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар
Ушбу китоб "Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар" фани бўйича ўтиладиган маърузаларда фойдаланиш учун мўлжалланган ёрдамчи қўлланма сифатида тайёрланди. Унда "ғоя" ва "мафкура"нинг моҳияти ва мазмуни, уларнинг тарихий шакллари, халқлар ва давлатлар тақдирига таъсири, бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси, Ўзбекистонда эркин, демократик жамият барпо этиш ва тараққиётнинг ўзбек моделини амалга ошириш жараёнида янгича эътиқод ва дунёқараш ҳамда ғоявий иммунитет асосларини шакллантириш билан боғлиқ масалалар ҳақида фикр-мулоҳаза юритилади.
-
Kimyo
Organik moddalar kishilarga qadimdan ma’lum, ular organik bo‘yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg‘itib sirka hosil qilishni, o‘simliklardan shakar hamda moy olishni, yog'larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan.
-
Mineralogiya va geokimyo
mazkur o'quv qo'llanma mineraloggiya va geokimyo o'quv dasturi asosida mineraloggiya va geokimyo fanidan geofizika ta'lim yo'nalashida tahsil oluvchhi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib geologgiya va geografiya fakultitinig professierr o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan
-
Musiqa va uni o`qitish metodikasi
"Musiqa va uni o`qitish metodikasi" o`quv qo`llanmasi bo`lajak o`qituvchilarni bugungi kun talablari asosida aqliy, axloqiy, madaniy va ma`naviy jihatdan tarbiyalaydi, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtiradi hamda metodik ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Unda musiqa madaniyati darslarini o`tishga doir metodik tavsiyalar berilgan.
-
Методика преподавания изобразительного искусства в школе.
Второе издание пособия для студентов-заочников существенно переработано и дополнено в соответствии с новой программой по методике преподавания изобразительного искусства для художественно-графических факультетов пединститутов.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu o’quv qo’llanma oily ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari va o’qituvchilariga o’quv jarayonida foydalanishlari uchun tavsiya qilinadi. Unda Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo’limlariga oid asosiy ma’lumotlar keltirilgan.
-
Dirijyorlik
Mazkur kitobning vazifasi musiqa kollejlari o`qituvchilariga uslubiy yordam berish, chunki risolada dirijyorlik san`ati va uning tarixi haqida qisqacha ma`lumotlar berilgan. Ishning asosiy qismida dirijyorlik uslublari, musiqa asarlari ustida ishlash, mashg`ulotlarni qay yo`sinda o`tkazish va dirijyorlik darsida ma`lum o`lchamlarni o`zlashtirish masalalari o`rin olgan. Kitobning misollari va ularning tahlili, o`lcham chizmalari va musiqiy lug`ati izohlar bilan ta`minlangan.
-
Maktabgacha ta`lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi
O`quv qo`llanmada berilgan metodik tavsiyalar va musiqiy material maktabgacha ta`lim muassasalari - bolalar bog`chalarida bo`lajak musiqa rahbarlarining zamon talablari asosida musiqiy mashg`ulotlarni olib borishga qaratilgan. Qo`llanma o`quvchilarni ilmiy, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtirib, ularda uslubiy ko`nikma hamda malakalarni tarkib toptirishda yaqindan yordam beradi.
-
Cholg`u ijrochiligi
Bugunda san`atga chin dildan ishqiboz yoshlarimiz ko`p. Ular o`qishga, soz sirlarini o`rganishga, ijro mahoratlarini o`stirishga intiladilar. Mazkur o`quv qo`llanma ana shu talablarga mo`ljallanib yozilgan. Unga xalq kuylari, mumtoz kuylar, maqomlardan namunalar, o`zbek, chet el kompozitorlarining rubob sozida ijro etishga qulay bo`lgan turfa, rang-barang asarlari kiritilgan.
-
Dutor
Dutor nafaqat O`zbekistonda, O`rta Osiyo xalqlari, xususan tojik, uyg`ur, qoraqalpoq, turkmanlar yashaydigan vohalarda ham keng tarqalgan. Bu cholg`u asbobida milliy kuylar bilan bir qatorda, barcha chet-el bastakorlari tomonidan bastalangan har jihatdan murakkab asarlarni ham mohirona ijro etish mumkin. Dutorda asarlarni mustaqil o`rganish va ularni ongli ravishda o`zlashtirish, kuy chalish uchun sozanda tanlagan kasbini sevishi, tinimsiz mehnat qilishi zarur. Ushbu o`quv qo`llanma talaba yoshlarning badiiy repertuarlarini yanada boyitadi va ijrochilik mahoratini o`stirishda yordam beradi.