-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Biokimyo
Ushbu darslikda biokimyo va molekulyar biologiyaning asosiy tamoyillari bayon qilingan. Shuningdek, fundamental biokimyo tamoyillaridan tashqari, ba'zi patologik holatlarning biokimyoviy asoslari ham berilgan bo'lib, bu tibbiyot instituti talabalarini kasalliklarning klinik ko'rinishlari bilan tanishtirish imkonini beradi. Mazkur darslik tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Biokimyo I qism
Ushbu darslikda biokimyo va molekulyar biologiyaning asosiy tamoyillari bayon qilingan bo'lib, fundamental biokimyo tamoyillaridan tashqari, ba'zi patologik holatlarning biokimyoviy asoslari ham berilgan. Mazkur darslik tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Biokimyo
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu darslikda biologik kimyo fani, jumladan, fermentlar biokimyosi, vitaminlar, energiya almashinuvi, katabolizmning umumiy yo'llari, uglevodlar, lipidlar, oqsillar, nukleotidlar almashinuvi, molekulyar biologiya asoslari, gormonlar, qon va jigar biokimyosi batafsil yoritilgan.
-
MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Mazkur darslikda genlarni manipulyatsiya qilish, o'zgartirish va izolyatsiya qilish imkonini bergan molekulyar biologiyaning asosiy usullari yoritilgan. Molekulyar biologiya organizmlar hayotining asoslarini makromolekulalar darajasida o'rganib, ularning tuzilishi va xossalarini bilish asosida roli va funksional mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan.
-
Tibbiy biologiya va genetika
Darslik biologik tizimlarni molekulyar, hujayra va organizm darajasida tashkil etish masalalarini qamrab oladi. Tibbiy biologiya va genetika sohasidagi zamonaviy yutuqlarning tibbiyot rivojidagi ahamiyati hamda tibbiy parazitologiya va tibbiy araxnoentomologiyaga katta e'tibor qaratilgan.
-
Pediatriya. Gastroenterologiya
O'quv qo'llanmada tibbiyotga oid so'nggi nashrlar asosida pediatriyaning dolzarb masalalalaridan biri bo`lgan gastroenterologiyaga bag`ishlangan. Mualliflar tomonidan tayyorlangan ushbu o'quv qo'llanmada ovqat hazm qilish sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari, ovqat hazm qilish a'zolarining Junktsional buzilishlari, o'tkir va surunkali kasalliklarining davolash va oldini olish chora tadbirlari keng yoritilgan.
-
Katta yoshdagi bolalar kasalliklari
Ushbu darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining pediatriya kafedralarida tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari uchun mo'ljallangan bo'lib, bolalar kasalliklari, ularning tasnifi, kelib chiqish sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullarini o'z ichiga oladi.
-
Bolalar kasalliklari
Ushbu darslik davolash fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, universitet tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan. Darslikda bolalar orasida ko'p tarqalgan kasalliklar haqida zamonaviy ma'lumotlar an'anaviy ketma-ketlikda, kasallikni aniqlash, uning tarqalishi va etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishi, tashxis, qiyosiy tashxis, davolash, prognoz va stasionardan keyingi dispanser kuzatuvi berilgan.
-
BOLALAR GASTROENTEROLOGIYASI
Darslik bolalarda ovqat hazm qilish tizimining eng keng tarqalgan kasalliklari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bolalikdagi gastroenterologik patologiyaning etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishi, diagnostikasi va davolash bo'yicha dolzarb ma'lumotlar umumlashtiriladi. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining klinik ordinatorlari va 'Pediatriya' mutaxassisligi bo'yicha yosh mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
English Information Technology
English Information Technology Vocational English Course Book is a specialized textbook designed for learning technical English in the IT industry. It covers essential topics such as computer hardware and software, networking, websites, databases, e-commerce, and IT support. The book helps learners develop practical language skills for professional communication, job descriptions, schedules, and technical tasks.
-
Суд тиббиёти. Врач фаолиятининг ҳуқуқий асослари
Мазкур дарслик тиббиёт олий ўқув юртларининг стоматология таълим йўналиши студентлари учун мўлжалланган бўлиб, судга оид тиббий экспертизанинг қонунчилик асослари, ташкилий масалалари ва турли патологик ҳолатлар билан боғлиқ экспертизаларни ўтказиш тартиiblarini ўргатади. Шунингдек, тиббиёт ҳуқуқи соҳасидаги назарий билимлар, тиббий фаолиятнинг ҳуқуқий-норматив асослари ҳамда тиббий ёрдам нуқсонларининг олдини олиш масалалари ёритилган.
-
Sud tibbiyoti
Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarida sud tibbiyoti fani bo'yicha namunaviy o'quv dasturiga mos tarzda yozilgan bo'lib, unda fanning qisqacha tarixi, O'zbekistonda sud-tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari, turli yo'nalishdagi murda, tirik shaxs va ashyoviy dalillarning sud-tibbiy ekspertizasiga oid ma'lumotlar keltirilgan.
-
SUD TIBBIYOTI
Ushbu darslikda sud tibbiyoti faniga doir barcha ma’lumotlar, sud tibbiyoti ekspertizasining nazariy asoslari, ob’yektlari, uning barcha turlari haqidagi bilimlar to‘lig‘icha mujassamlashtirilgan bo‘lib, talabalar ushbu soha bo'yicha to‘liq va aniq tushunchaga ega bo'ladilar.
-
Umumiy va tibbiy radiobiologiya
Bu oʻquv qoʻllanma tibbiy-biologik fanlar yoʻnalishi boʻyicha ta'lim olayotgan talabalar va radiobiologiya boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma radiobiologiya fanini muvaffaqiyatli oʻzlashtirish uchun zaruriy eng koʻlamdagi masalalarni qamrab olgan va tinglovchilarni radiobiologiyaning fan sifatida kelib chiqishi, radiobiologik tadqiqot uslublarining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtiradi.
-
РАДИОЦИОННАЯ БИОФИЗИКА
Kurs leksiy biologiya va ekologiya mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, radioaktiv parchalanish turlari, ionlashtiruvchi nurlanishning modda bilan o'zaro ta'siri, dozimetriya va radioaktivlik birliklarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, nurlanishning biologik hujjatlar, to'qimalar hamda organizmlarga ta'siri va CHAES avariyasining tibbiy-ekologik oqibatlari yoritilgan.
-
Umumiy nevrologiya
"Umumiy nevrologiya" darsligi tibbiyot institutlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun DTS asosida tayyorlangan bo'lib, nerv sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari, zararlanish sindromlari, nevrologik statusni tekshirish va funksional diagnostika metodlarini yoritadi. Darslik turli xil jadval, sxema va izohli rasmlarga boy bo'lib, klinik ordinatorlar, amaliyotchi nevrolog va neyroxirurglar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ham mo'ljallangan.