-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Rangshunoslik
Darslikda rangshunoslik fanining nazariy va amaliy mashqlar tizimi berilgan bo`lib, unda rangshunoslik muammolari, tarixi, rang nomlari, ramziy ma`nolari, bo`yoqlar, asbob-uskunalar, rangshunoslikdan amaliy mashqlar, xalq ustalari ishlaridan nusxalar olish, komputerda naqsh kompozitsiyalar tuzish va bo`yash hamda buyumlarni badiiy bezash texnologiyasi yoritilgan. Mazkur darslik pedagogika universitetlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan maktab, kasb-hunar kollejlari o`quvchilari va to`garak a`zolari ham foydalanishlari mumkin.
-
ОСНОВЫ СОЦИОЛОГИИ
В настоящем учебнике, подготовленном в соответствии с Государственным образовательным стандартом для сельскохозяйственных вузов, учтены особенности преподавания социологии студентам высших сельскохозяйственных учебных заведений. В нем в достаточно сжатой и вместе с тем в предельно доступной форме прояснены содержание основных разделов социологии. Учебник снабжен практическим материалом, включающим основные темы лекционных курсов, список литературы, примерные темы рефератов и глоссарий.
-
RADIOESHITTIRISH
Mazkur darslik radioeshittirishni tashkillashtirish, eshittirish dasturlarini shakllantirish va hududiy keng tarqalgan tinglovchilarga yuqori sifatli eshittirishlarni yetkazish masalalariga bag‘ishlangan. Darslikda tovush eshittirish tarmoqlari va tizimlarining tuzilishi, raqamli ovoz yozish va eshittirish, tovush signallariga raqamli ishlov berish, stereofonik radioeshittirish, tovush eshittirishda o‘lchash va texnik nazorat masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda yer usti raqamli televizion va ovoz eshittirishining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari hamda Respublika ovoz yozish va eshittirish uyi apparatxonalarining zamonaviy raqamli uskunalar va jihozlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Qog'oz texnologiyasining asoslari
Ushbu darslikda qog'oz olish texnologiyasining asoslari yoritilgan: xomashyo, qog'oz massasini tayyorlash, qog'oz polotnosini shakllash, uni quritish, ishlov berish, olingan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlari hamda qog'oz olishda qo'llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamaytirish usullari, oqova suvlarni tozalash yo'llari keltirilgan.
-
Qiyosiy adabiyotshunoslik
Ushbu darslikda qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tushunchalar, jahon xalqlariga xos tarixiy, madaniy, falsafiy, estetik, adabiy hodisalar o‘rtasidagi tipologik xususiyatlar, adabiy aloqalar, tarjimashunoslik masalalari, komparativist olimlar va qiyosiy adabiyotshunoslik markazlari yoritilgan bo‘lib, u talaba-yoshlarda milliy o‘zlik tushunchasini shakllantirish, ularning adabiy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda jahon badiiy-falsafiy tafakkuri haqidagi tasavvurlarini mukammallashtirishga qaratilgan.
-
Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi
Ushbu darslik qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining o‘simliklar himoyasi va karantini, seleksiya, agrokimyo, tuproqshunoslik va boshqa yo‘nalishlar talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda gen va hujayra muhandisligi asoslari, biotexnologiya usullari, o‘simliklar genetikasini o‘zgartirish, fitogormonlar hamda qishloq xo‘jaligida biotexnologiyaning ahamiyati kabi muhim masalalar yoritilgan.
-
Psixologiya nazariyasi va tarixi
Mazkur darslik 5110900-Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta'lim yo'nalishining o'quv rejasidagi «Psixologiya nazariyasi va tarixi» nomli fan dasturi asosida yaratilgan bo'lib, mutaxassislikka kirish, psixologiya tarixi, psixologiyaning zamonaviy tadqiqot metodlari, shaxs, faoliyat, motivatsiya, nutq, shaxsning individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy sifatlari to'g'risidagi materiallarni o'zida mujassamlashtirgan.
-
Psixolingvistika
O‘zbek tilshunosligida ilk bor tayyorlangan mazkur darslik “Psixolingvistika” fanining vujudga kelishi, uning psixologik va lingvistik manbalari, asosiy ta’limotlari va maktablari, nutqiy faoliyat va uning turlari, nutqning yaratilishi va idrok qilinishi, nutq ontogenezi, matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish, psixolingvistik eksperiment turlari, amaliy psixolingvistika, ijtimoiy psixolingvistika, patopsixolingvistika hamda etnopsixolingvistika masalalarini qamrab oladi va filologiya fakultetlari talabalari, magistrantlar hamda tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Psixiatriya va narkologiyada hamshiralik ishi
Mazkur darslikda ruhiyat qonuniyatlari haqidagi bilim va hamshiralik ishining asosiy tamoyillari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish yo'nalish va usullari bayon etilgan. Har bir mavzuda fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olinib, psixiatriyadagi davolash-tashxislash jarayonining barcha yo’nalishlari bo’yicha oliy ma’lumotli hamshiraning professional va yuqori malakali faoliyatiga erishish uchun zaruriy nazariy va amaliy bilimlar tizimli tarzda keltirilgan.
-
Professional etika va etiket
Ushbu darslikda professional etika va etiketning axloqiy-estetik mohiyati, vujudga kelishi, insoniy munosabatlardagi o‘rni, marosimlar etiketi, hamda oila etiketi, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar etiketi, oiladagi muomala madaniyati, biznesmen etiketi, taqdimot marosimi etiketi, telefondan to‘g‘ri foydalanish etiketi va global tarmoqdagi etiket normalari tahlil qilingan.
-
PERSPEKTIVA
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining Amaliy san'at ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, perspektiva fani bo'yicha asosiy o'quv adabiyoti sifatida qabul qilinadi. Darslikda geometrik yasashlar, perspektivaning geometrik apparati, geometrik shakllarning perspektivalarini qurish, masalalar yechish usullari, perspektiv tasvir yasash usullari, soyalar yasashning nazariy asoslari, aks tasvir perspektivasini qurish, perspektiv tasvirlarni rekonstruksiya qilish va kuzatish perspektivasi yordamida rasm chizish qoidalari atroflicha yoritilgan.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
Mazkur darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining davlat ta’lim standartlari va “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” kursining namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda yaratildi. Unda pedagogik texnologiya asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan. Darslikdan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikasi bo‘yicha shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Pedagogik texnologiya
Darslikda Pedagogik texnologiya kursining nazariy-metodologik asoslari, uning loyihalash asoslari yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining nazariyasi va loyihalash tartibi keltirilgan holda masofaviy o‘qitish texnologiyasi o‘z aksini topgan. Ushbu darslik Kasb ta‘limi yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ham qo‘llash maqsadga muvofiq.
-
Pedagogik diagnostika va korreksiya
Mazkur darslikda pedagogik diagnostikaning nazariy va amaliy asoslari, rivojlanish tarixi, metodlari, korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari, bosqichlari hamda metodlarining kognitiv tavsifi xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonini tashxislashning o‘ziga xos jihatlari, o‘quvchilarning aqliy rivojlanganlik, axloqiy tarbiyalanganlik hamda kasbga yo‘naltirilganlik darajasini tashxislash, tashxislash yordamida sinf (guruh) jamoasi va oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini baholash, shuningdek, tashxislash orqali uzluksiz ta’limda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning empirik asoslari ko‘rsatib berilgan.
-
PANORAMA Deutsch als Fremdsprache B 1.1
Das Lehrwerk PANORAMA richtet sich an erwachsene Lernende ohne Vorkenntnisse, die im In- und Ausland Deutsch lernen. Es führt in drei Gesamt- bzw. in sechs Teilbänden zu den Niveaustufen A1, A2 und B1 des Gemeinsamen europäischen Referenzrahmens. Das Kursbuch umfasst 16 abwechslungsreiche, klar strukturierte Einheiten. Die ersten vier Seiten vermitteln kleinschrittig neue Redemittel und Strukturen anhand von authentischen Dialogen, Lese- und Hörtexten. Interaktionsorientierte Aufgaben und Übungen sprechen unterschiedliche Lernertypen an. Der Wortschatz wird systematisch vermittelt, ein Schwerpunkt liegt dabei auf dem Wortverbindungen. Die fünfte Seite bietet authentische Lesetexte, die Einblicke in die deutschsprachige Lebenswelt ermöglichen und zum interkulturellen Vergleich anregen. Die letzte Seite fasst die wichtigsten Redemittel und Strukturen übersichtlich zusammen. Das Buch bietet zudem Augmented-Reality-Materialien, die mit einer App abgerufen werden können.
-
PANORAMA Deutsch als Fremdsprache B1
Das Lehrwerk Panorama richtet sich an erwachsene Lernende ohne Vorkenntnisse und führt in verschiedenen Teilbänden zum Sprachniveau B1. Es zeichnet sich durch einen integrierten Ansatz aus, bei dem alle Fertigkeiten wie Hörverstehen, Textarbeit und Sprechen durch authentische Materialien, Video-Clips und interaktive Übungen trainiert werden. Der Wortschatz wird systematisch vermittelt, wobei der Fokus auf Wortverbindungen liegt. Das Buch bietet zudem durch die Panorama-Seiten Einblicke in die deutschsprachige Lebenswelt sowie landeskundliche Informationen und unterstützt individuelles Lernen durch ein ergänzendes Augmented-Reality-Angebot.