-
-
-
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tizimli tahlil asoslari
Ushbu darslikda tizimli tahlil asoslari bayon etilgan. Tizimli yondashuv metodologiyasi, matematik modellashtirish asoslari, alternativ to'plamlardan tanlab olish masalalarini yechish uchun, optimallashtirish masalalarini dinamik dasturlash usuli yordamida yechish uchun misollar ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari tizimli g'oyalarning yuzaga kelish tarixi ko'rib chiqiladi hamda tizimlar nazariyasining asosiy tushunchalari aniqlanadi va tizimli tahlilning mohiyati, uning texnologiyasi ko'rib chiqiladi. Ushbu darslikning maqsadi tizimli tahlil texnologiyalarining amaliy va nazariy asoslarini ifodalashga qaratilgan.
-
TILSHUNOSLIKKA KIRISH
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining filologiya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tilshunoslik fanining nazariy asoslari, tilning tuzilishi, uning jamiyat va tafakkur bilan bog'liqligi, shuningdek, mikrolingvistika va makrolingvistika sohalarining asosiy tushunchalarini qamrab oladi. Kitobda zamonaviy tilshunoslikdagi yondashuvlar, sotsiolingvistika va matn tilshunosligi masalalari yoritilgan bo'lib, talabalarning mustaqil ta'lim olishi va tilga oid ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Tilshunoslik nazariyasi
Mazkur darslik oliy o‘quv yurti filologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Tilshunoslik nazariyasi” fanining asosiy masalalarini yoritishga qaratilgan. Darslikda tilning mohiyati, tilshunoslikning nazariy masalalari, tilning belgilar tizimi sifatidagi mazmuni, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur munosabati, dunyo tillari tavsifi va tasnifi, tilshunoslik fani bo‘limlari, lingvistik tahlil metodlari haqida umumiy ma’lumot berish, til ilmi haqidagi bilim ko‘nikmalarini shakllantirish, tilshunoslikning asosiy tushunchalarini yoritish maqsadi qo‘yilgan. Darslik fanning zamonaviy yutuqlari va xorijiy manbalar asosida tayyorlangan bo‘lib, undan tilning ijtimoiy, fiziologik, psixik tabiatini hamda tilshunoslikka doir masalalarni tadqiq qiluvchi izlanuvchilar, magistrantlar va mustaqil tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.
-
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH
Darslikda paxta sanoati korxonalarining loyihalash asoslari, chigitli paxtani saqlash, quritish, tozalash, tolasi va momig'ini ajratish hamda tolali mahsulotlarni toylash bo‘limlarining ishlab chiqarish texnologiyasi variantlarini tanlashda kerakli hisoblash usullari, shuningdek, asosiy ishlab chiqarish sexlarining texnologik jarayonlarini tahlil qilish, texnologik uskunalarning ish unumdorligini hisoblash, zamonaviy texnologik jarayonlar va ilmiy izlanish ishlari yutuqlaridan foydalanish yo‘llari yoritilgan.
-
Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
Ushbu darslik matbaachilik yo'nalishidagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda turli matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishda, yangi korxonalarni loyihalash va amaldagi korxonalarni rekonstruksiya qilishda eng qulay texnologik jarayonlarni hamda uskunalarni tanlash, ularning samaradorligini hisoblash uslublari bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, bosma nashrlarni tayyorlashning majmuaviy ishlab chiqarish jarayoni, bosma qolip tayyorlash, bosish va broshyuralash-muqovalash jarayonlarining texnologik va ishlab chiqarish aloqalari ko'rib chiqiladi.
-
TELEVIDENIYE ASOSLARI
Mazkur darslikda XX asr mo‘jizalaridan biri bo‘lgan televideniyening paydo bo‘lishi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, televideniye ko‘rsatuvlarini yaratishdagi ijodiy jarayonlar, teleko‘rsatuvlarni tashkil etish masalalari, teledasturlar janrlari kabi nazariy mavzular, shuningdek, O‘zbekiston televideniyesining taraqqiyot bosqichlari, badiiy televideniye tajribalari va muammolari, televideniyening jamiyat oldidagi vazifalari va boshqa mavzulari atroflicha yoritilgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Ushbu darslik bakalavriatning "Jismoniy madaniyat", "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi", "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim", "Musiqa", "Maktabgacha ta'lim", "Pedagogika-psixologiya", "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlarining "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, bunda zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta'minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi mavzular yoritilgan.
-
Tayyor dori turlari texnologiyasi
Darslikda korxona sharoitida dorilar tayyorlashning zamonaviy usullari, shuningdek, GMP standartlari asosida dorilarni ishlab chiqarish jarayonlari, ularni takomillashtirishga oid amaliy masalalar batafsil bayon etilgan.
-
Tasviriy san'at o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda tasviriy san'at o'qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari, boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at ta'lim mazmuni va uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san'at asoslari, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak grafikasi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslari kabi masalalar o'z aksini topgan. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktabining tasviriy san'at dasturini o'rganish va uni rejalashtirish, har bir mashg'ulot turlariga dars bayonini va ishlanmasini tayyorlash hamda ularning har biriga ko'rgazmali qurollar tayyorlash, namunaviy darslarni tashkil etish va o'tkazish, keyim ularni tahlil qilish, pedagogik tasvirlar ishlash uslublari, tasviriy san'at asarlarini badiiy tahlil qilish haqida metodik tavsiyalar bayon etilgan.
-
Tarixiy geografiya
Darslikda tarixiy geografiya va tarixiy kartografiya fanlarining shakllanishi va taraqqiyoti masalalari, shuningdek, O‘rta Osiyoning qadimgi davrdan hozirgi kunga qadar bo‘lgan tarixiy geografiyasi mavjud tarixiy, geografik manbalar va ilmiy adabiyotlar doirasida yoritilgan.
-
TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining ijtimoiy gumanitar, huquq, islomshunoslik, madaniyat, iqtisod va buxgalteriya fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda tabiatshunoslik fanining kelib chiqishi, kelib chiqish markazlari, antik davr olimlari, Markaziy Osiyolik allomalarning tabiiy fanlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bayon etilgan. Darslikda shuningdek, tabiatshunoslik fanining hozirgi davrdagi muammolari, yerda xayotning paydo bo‘lishi, xozirgi zamon antropologiyasi, koinot va yer haqida, tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi kibernetika va sinergetika, hozirgi zamon biologiyasi, genetika, odam genetikasi, hujayra, o‘simliklarning kelib chiqish markazlari, fotosintez, biosfera, noosfera haqidagi ta’limot, iqlim va demografik jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyalarini yoritib beradi. Unda tabiat qonuniyatlari, biologiya, fizika, kimyo, geologiya va ekologiya fanlarining integratsiyasi, inson faoliyatining tabiatga ta'siri, global ekologik muammolar, yer kurrasidagi demografik o'zgarishlar va energetika resurslari bilan bog'liq dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilingan. Kitob bugungi kundagi ilmiy-texnik taraqqiyotning tabiat bilan o'zaro bog'liqligini va barqaror rivojlanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslarni o'z ichiga oladi.
-
Suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish
Ushbu darslikda suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va uni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy asoslar bayon etilgan. Asarda suv xo‘jaligi sohasidagi qurilish obyektlari, ularni loyihalash va boshqaruv tizimlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, respublikamizdagi suv xo‘jaligi obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari, qurilish ishlarini tashkil etishning optimal variantlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish strategiyalari keltirilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlarining irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishidagi talabalari, gidrotexnika qurilishi mutaxassislari hamda soha rahbarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, suv xo‘jaligini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.
-
STATISTIKA
Ushbu darslik statistika fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: statistika nazariyasi va iqtisodiy statistika. Unda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, o‘rtacha miqdorlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, korrelyatsion va regression tahlil, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar, milliy hisoblar tizimi, aholi va mehnat bozori statistikasi hamda makroiqtisodiy faoliyat natijalari batafsil yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan amaliyotchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
STATISTIKA
Darslikda statistikani tarixi, rivojlanish bosqichlari, tashkil etilishi, predmeti va vazifalari, statistik kuzatish ma’lumotlariga ishlov berish metodlari, statistik ko‘rsatkichlar, o‘rtacha miqdorlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, tanlab kuzatish, dinamika qatorlari, statistik indekslar, o‘zaro bog‘liqlanishlarni statistik o‘rganish, aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyati va ularning o‘zaro bog‘liqligi, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining statistik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlari va moliyaviy natijalar statistikasi, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy statistik tahlili metodologiyasi keng yoritilgan.
-
Sport tibbiyoti
Darslik sport tibbiyotini o‘rganishning yangi dasturiga mos holda tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy tibbiyotning yutuqlarini inobatga olgan holda sport tibbiyotining vazifalari va mazmuni, umumiy va mahalliy patologiyalarning sport tibbiyoti nuqtai nazardan asoslari, kishi tanasiga muntazam ravishdagi sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning ta’siri, shifokor nazoratining uslubi, turli sport mutaxassisligi bo‘yicha vakillari ustidan o‘z vaqtida, joriy va bosqichli shifokor-pedagogik nazoratning asosiy tamoyillari, musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash hamda sportcha patologiya va o‘tkir holatlar, sportchilar tanasining yosh va jinsga ko‘ra faol imkoniyatlari, ularning chiniqqanlik darajasi kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.