-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qurilish. Arxitektura
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Analitik geometriyadan masalalar to`plami
Ushbu tarjima qilingan o`quv qo`llanma analitik geometriya fanidan mashq va masalalar to`plamlari ichida mukammal va ko`p yillar davomida sinovdan o`tgan bo`lib, u bir necha marta rus tilida nashr etilgan. Har bir bobning boshida shu bobning boshida shu bobning mashq va masalalarini yechish uchun keltirilgan nazariy ma`lumotlar, hamda javoblardagi ko`rsatmalar talabalarga ancha qulaylik tug`diradi. Ushbu o`quv qo`llanmadan davlat universitetlari va pedagogika o`quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin.
-
Қаттиқ жисм физикаси
Ушбу ўқув қўлланмада қаттиқ жисмлар физикасининг асосий бўлимлари ҳақида маълумотлар келтирилган. Қаттиқ жисмларнинг айрим хоссалари бўйича турлари, ҳозирги замон қаттиқ жисм квант физикаси асосий тасаввурлари заминида металлар, ярим ўтказгичлар, диэлектрикларнинг иссиқлик. механик, электрик, магнитик хоссалари баён қилинган.
-
Amaliy matematika unsurlari
Mazkur o`quv qo`llanmasining 1-6-boblarida hisoblash matematikasining xatoliklar nazariyasi, algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, chiziqli va chiziqsiz tenglamalar tizimini yechish usullari, interpolyasion formulalar, differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari, aniq integrallarni taqribiy hisoblash formulalari keltmladi.
-
Тадбиркорлар учун он-лайн интерактив хизматлар
Ушбу қўлланма фойдаланувчиларга тез вақт ичида Интернетнинг он-лайн технологияларидан, иш юритишда, унумли мулоқот усулларидан, электрон ҳукумат, хусусан, ягона интерактив давлат хизматларидан фойдаланиш кўникмаларини эгаллаб олишга, унинг имкониятларидан кундалик фаолиятда унумли фойдаланиш йўлларини ўрганишига ёрдам беради.
-
Matematik statistika kursi
Mazkur qo`llanma tibbiyot va farmatsevtika oliy o`quv yurtlari uchun "Oliy matematika" fani dasturidan o`rin olgan "Matematik statistika kursi" dasturi bo`yicha ham nazariy, ham amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish bo`yicha mavzularni o`z ichiga oladi. Shu bilan birga qo`llanmada amaliy hisoblash dasturlari ham keltirilgan bo`lib, bu esa talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishga yordam beradi.
-
Яримўтказгичлар ва яримўтказгичли асбоблар технологияси
Ўқув қўлланмада яримўтказгичлар ҳақида умумий маълумотлар, яримўтказгичли моддалар олиш ва яримўтказгичли асбоблар тайёрлаш технологиялари баён қилинган. Бундан ташқари, мавзуларни чуқурроқ ўзлаштиришга ёрдам берувчи расмлар, жадваллар илова қилинган. Қўлланма университетларнинг "Яримўтказгичлар ва диэлектриклар физикаси" ва техникаолий ўқув юртларининг "Яримўтказгичли асбоблар" ва "Микроэлектроника" йўналишлари бўйича таълим олаётган бакалавр ва магистрлари учун мўлжалланган.
-
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINI LOYIHALASH
Mazkur o'quv qo'lianmada gidrotexnika inshootlarini loyihalash, gidrotexnika inshootlarining zaminlarida filtratsiya, suv o'tkazuvchi inshootlar, gidromeliorativ tizimlardagi rostlovchi inshootlar, tutashtiruvchi inshootlar, grunlli ko'tarma lo'g'onlar, gruntli to'g'onlarda suv o'tkazuvchi inshootlar, qoyali zaminlarda gravilalsion to'g'onlar, qoyamas zarninlarda gravitatsion to'g'onlar. gidrolexnika inshootlarining zatvorlari, suv olish inshootlari. o'zanlarni rosllash, lindirgichlar mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, ulaming hisoblari haqida batafsil ma'lul1\otlar, legishli misol va masalalar atroflicha yoritilgan.
-
Физикадан масалалар тўплами
Мазкур масалалар тўплами Олий техника ўқув юртлари талабалари учун физика курси бўйича амалдаги дастур асосида тузилган. Ҳар бир бўлимга мураккаблиги тартиб рақамига мос равишда ортиб борувчи етарли миқдордаги масалалар киритилган. Ҳар бир параграфнинг бошида асосий қонун қоидалар ва формулалар келтирилган, типик масалаларни ечишга доир мисоллар берилган.
-
Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari (qishloq xo`jlaik korxonalarida)
Ushbu o`quv qo`llanmada qishloq xo`jaligi korxonalarida buxgaltriya hisobining tashkil qilishning asoslari, asosiy vositalar va ishlab chiqarish zahiralari xisobining xususiyatlari, dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari xisobi va mahsulot tannarhini kalkulyatsiya qilish soliqlar, moliyaviy hisobot shakllarini to`lg`azish xususiyatlari masalalari yoritib berilgan.
-
Физика курси I-қисм (Механика статистик физика термодинамика)
Китоб икки бўлимдан иборат бўлиб, биринчи бўлимда классик механиканинг физик асослари ва релятивистик механиканинг элементлари баён қилинган.Иккинчи бўлимига статистик физика ҳамда термодинамикага оид материаллар киритилган.
-
Evidence-based therapy in vascular surgery
The book is aimed at a broad readership, including residents and junior doctors, as well as experienced practitioners looking to stay informed about the latest developments in our field—which can also have practical and possibly justiciable
-
GIDROELEKTROSTANSIYALAR
O'quv ko'llanma «Gidroelektrostansiyalar» fan dasturiga mos bo'lib, unda suv energiyasidan foydalanishning asosiy usullari, suv energetik hisoblash prinsipi, gidroelektrostansiyaning asosiy gidrokuch jixozlari va ularni tanlash usullari bo'yicha ma'lumotlar berilgan, to’g’on oldi va derivatsion gidroelektrostansiyalar inshootlarining turini va konstruksiyasini tanlash masalalari, ularni hisoblash usullari va komponovkasi to'g’risida nazariy va amaliy ma'lumotlar berilgan. O'quv ko'llanma TIMI «Irrigatsiya gidrotehnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish» fakulteti bakalavriat yo'nalashlari talabalari uchun tayyorlangan va bu qo'llanmadan magistratura mutaxassisliklari talabalari hamda gidrotehnika qurilishi sohasidagi mutaxassislar foydalanishi mumkin.
-
Funksiyalar va grafiklar
Ma`lumotlar to`plamida matematik analizining asosiy bo`limlaridan biri bo`lgan funksiyalar va ularning grafiklarini chizish bo`yicha zarur materiallar to`liq keltirilgan.
-
Атом ядроси ва зарралар физикаси
Мазкур китобда атом ядросининг хусусиятлари, ядро реакциялари, парчаланиш, нурланиш, мермоядро синтези ҳозирги замон назарияларининг асосий тушунчалари, атом энергиясини олиш усуллари, янги элементларни ҳосил қилиш, атом ядроларининг ўзаро айланиши, "шарпа" зарра - нейтринонинг олам тараққиётидаги катта роли, элементар зарраларнинг хиллари, табиати, ҳозирги замон физикасида тутган ўрни, бу соҳадаги билимларнинг фан ва техникадаги ютуқлари ёритилган.
-
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma Ekologiya va atrof-muhit huhofazasi (sanoat korxonalari) ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Informatika oʻqitish metodikasi fanidan laboratoriya ishlari
Ushbu oʻquv metodik qoʻllanmada Informatika yunalishidagi fanlarini oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalar, ular yordamida interfaol, bilimlarni nazorat qiluvchi vositalar yaratish, zaonaviy interfaol texnologiyalar, ular bilan ishlash va h. k. o'rganiladi.