-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Куйган кўнгил фарёди
Эътиборингизга ҳавола этилаётган китобга ҳам биз адибнинг энг сара асарларини жамладик. Ишончимиз комил, бу асарларни ўқиганингизда қалбингизда авваллари ҳеч қачон туймаган ноаниқ бир туйғу гавдаланади. Бу туйғу одамлар оломони ичида аслида сизнинг ким эканлигингиз, мақомингиз қандай – шу каби саволларга воқеалар силсиласи, қаҳрамонлар ички олами билан танишиш асносида ечим топасиз.
-
Мужоҳидлар изидан
Қўлингиздаги мазкур детектив саргузашт қиссанинг 1-қисми бўлган "Зира ҳиди" 2003 йил Ташкент шаҳар ИИББ "ОГОҲ" газетасида эълон қилиниб, шу йили «Наврўз» нашриёти томонидан нашр этилганди. Лекин айрим маълумотларнинг етарли бўлмагани туфайли муаллиф унинг 2- қисми, яъни Мужоҳидлар изидан 2006 йили ёзиб тугатди ва бу ҳам "ОГОҲ" газетасида 2007 йили тўлиқ эълон қилиниб кўп сонли муҳлислар қалбида катта таассурот қолдирди.
-
OQ SO‘YLOQ
Mashhur amerikalik yozuvchi Jek London asarlarida inson va tabiat muammolari o'ziga xos yosinda qiziqarli tasvirlanadi. «Oq So‘yloq» qissasi ona tilimizda ilk bor nashr etilmoqda. Dunyoga mashhur bu asar, o'ylaymizki, didi nozik kitobxonlar e’tiborini o'ziga jalb eta oladi.
-
TOSHKENTNOMA
Ushbu kitobda tarixiy va toponimik ma'lumotlar asosida hozirgi Toshkent hududida yashagan ajdodlarimizning kimligi, daxa va mahallari, toponimikasi va u yerdagi utmish obidalari orqali shaxrimiz tarixini yanada yoritish maqsad qilib qo'yilgan. Shaxrimizda shakllangan dastlabki daxa va maxallalar, shaxar darvozalari, bozorlari va suv tarmoqlarining atamalari talqin qilinadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ustaning muhabbati
Samarqand kuzining o‘ziga xos ajib tarovati bor: shahar atrofidagi bog‘larning muattar bo‘ylariga to‘yingan qurch havoda erinchoq mezonlar uchib yuradi; bog‘-maydonlarda, hovlilarda o‘rik, olma, behi, nashvati yaproqlari anvoyi ranglarda ko‘zni qamashtiradi; ishkomlarda navvotrang husayni, toifi, har bir donasi moshdan xiyol chog‘roq oq kishmish uzum boshlari oltindek tovlanib turadi. Bir qarashda xuddi shunday. Aslida bu qadimiy makonning kuzini inson umrining shodlik va tashvishlariga qiyos kilgudek alomatlari ham bor. Sumbula kirishi bilan havoning tafti keskin o‘zgaradi, kunduz kunlari yozdagidek isib ketadiyu avvali oqshomlar birdaniga salqin tushib, bilinar-bilinmas shabada esadi — keksalar ham, yosh-yalanglar ham yaktagu choponga o‘ranib oladilar. Samarqandni qoq ikkiga bo‘lib oqadigan Qorasuvning, shaharni atrofdan kamardek o‘rab olgan Siyohob, Panjob ariqlarining ta’sirimi, har qalay, havo namxush hamda vazmin tuyuladi kishiga. Sumbula tunlarining salqiniga beparvolik qilib yupun kiyinganlaru o‘zlarining bardamliklariga ishonib, havoning zahrini nazar-pisand etmaganlar goho dog‘da qoladilar — nogahon tumov-puchmoqqa chalinib, «uho‘-uho‘»lab yuradilar. Sumbulada shahar ichkarisidan o‘tadigan katta-kichik anhorlardagi obihayot muzdek soviydi, tiniqlashadi, moviy tusga kiradi; ariqlar tubida qalashib yotgan toshlar, yoz davomi suv ichida o‘sgan, kuzgi salqinlar ta’sirida rangi unniqib o‘cha boshlagan turli-tuman o‘tlar bamisoli ochiq yerda turgandek aniq ko‘rinadi; anhoru ariqlarning to‘lib oqayotganini, oqimning yo‘nalishini zilol suv ostidagi o‘tlarning u yon-bu yon tebranishidan bilib olsa bo‘ladi...
-
-
So'qqabosh bevagina
Elimizning ardoqli va atoqli adibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Bahor qaytmaydi", "Nur borki,soya bor", "Dunyoning ishlari" kabi jiddiy , salmoqli asarlari, o'nlab hikoyalari xalqning ma'naviy mulkiga aylangan. Shu bilan birga adibning ko'pkina hajviy hikoya va qissalari, komediyalari ham borki, ular kitobxonga xushchaqchaq kayfiyat bag'ishlaydi. Ushbu kitobga yozuvchining eng sara hajviy hikoyalari jamlangan.
-
Davlat va jamiyat demokratlashtirish yo'lida
Mazkur kitobda siyosiy fanlar doktori, professor Rustam Jumayevning turli yillarda matbuot sifatlarida chop etilgan ilmiy maqolalari va ma'ruzalari o'rin olgan bo'lib, unda mustaqillikka erishganimizdan so'ng Prezident Islom Karimovning jamiyatni rivojlantirishning istiqbol rejalari asosida davlat va jamiyat hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar-qonunchilik asoslarining paydo bo'lishi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy davlat tuzilmalarining shakllanish jaroyonlari, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar o'z ifodasini topgan. Shuningdek mamlakatimizda davlat, jamiyat va shaxs o'rtasidagi demokratik munosabatlar, davlatga qarashli bo'lmagan tuzilmalarning vakolatlari, ularning ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda , jamiyatni boshqarishda tutgan o'rni ko'rsatib o'tilgan.
-
-
Дайди қизнинг дафтари: 1 - КИСМ
Арабларда шундай ҳикмат бор: «Дунѐдаги жамийки нарса вақтдан, вақт эса эҳромлардан қўрқади». Вақтдан қудратлироқ, вақтдан даҳшатлироқ, вақтдан шафқатсизроқ ҳукмдор йўқ. Бу ѐруғ оламда мавжуд неки бўлмасин, вақт уни аста-секин кемириб, қўпориб, тугатиб боради. Унинг ниҳоясини, пировард- натижасини барибир Вақт белгилайди.
-
Дайди қизнинг дафтари:
Арабларда шундай ҳикмат бор: «Дунѐдаги жамийки нарса вақтдан, вақт эса эҳромлардан қўрқади». Вақтдан қудратлироқ, вақтдан даҳшатлироқ, вақтдан шафқатсизроқ ҳукмдор йўқ. Бу ѐруғ оламда мавжуд неки бўлмасин, вақт уни аста-секин кемириб, қўпориб, тугатиб боради. Унинг ниҳоясини, пировард натижасини барибир Вақт белгилайди.
-
-
БОКИЙ ДАРБАДАР
«Бокий дарбадар» романида Муборак Зот тимсолида намоён булган мутлак, хакикатга кул кутаргани учун абадий тириклик жазосига хукм этилган киши тимсоли оркали инсоният тарихидан то бугунги кунимизга кадар яшаб утган ва хаёт аро маъносиз дайдиб, килар ишлари хеч нарса ва факат хеч нарса» булиб крлган кишиларнинг такдиридан хикоя килинади. Оламдаги хамма нарса кун келиб совурилиб, йук булиб кетар экан, факат иймон, инсо- нийлик, меэфу мухаббат ва юрт мухим ахамиятга эга экани, имоннинг ватансиз мавжуд була олмаслиги бадиий йусинда каламга олинади.
-
Sohibjamol cho'chqaboqar
Martti Larni fin adabiyotining klassik yozuvchisi hisoblanasi. Uning "Sohiylar qishlog'i" , "Ikki dil olami" , "Gunohga bir qadam" singari o'nlab fel'yeton va hikoyalar to'plamlari e'lon qilingan. 1957-yilda chop etilgan " Zo'raki muttaham yoki to'rtinchi umurtqa " nomli satirik romani unga xalqaro miqyosda obro' keltiradi. Bu asarni Sami Abduqahhor o'zbek tiliga o'girgan. Hukmingizga havola etilayotgan usgbu asar ham katta qiziqish bilan o'qilishiga shubha yo'q.
-
Сардобa
Азиз ўқувчи, мана сизнинг қўлингизда истеъдодли адиб Жумақул Қурбоновнинг уч жилддан иборат «Сардоба» романининг биринчи жилди турибди. Бу асар якин ўтмишимизнинг конли воқеаларини ўз ичига олган ўтган асрнинг 20-йиллари ҳақида. Амир Бухорони тарк этган. Фрунзе бошчилигидаги қизил аскарлар амирликни қон қакшатган пайтлар. Эл беэга қолган. Ўғрию қарокчининг куни туққан. Эртанги кунга умид йўқ. Элда турли ваҳимали миш-мишлар тарқалган бир пайтда тарих саҳнасига Мулла Жумабек деган ёш, иқтидорли бир йигит чиқиб келади ва Қашқадарёнинг қуйи оқимидаги ҳозирги Муборак тумани чегараларидаги беш-олтита қишлокни бирлаштириб, мустакил беклик тузади ва уни идора қила бошлайди. Романнинг биринчи қисми ана шу воқеалар билан бошланади.
-