-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Qurilish. Arxitektura
-
WEITBLICK B1+ Das große Panorama
WEITBLICK B1+ ist ein modernes Kurs- und Übungsbuch für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf die Niveaustufen B1+ und B2 sowie auf die Prüfungen Goethe-Zertifikat B2, telc Deutsch B2 und ÖSD Zertifikat B2 vorbereitet. Das Lehrwerk bietet einen modularen Aufbau, der Flexibilität ermöglicht und verschiedene Perspektiven auf die deutsche Sprache und Kultur eröffnet. Durch handlungsorientierte Aufgaben, die Einbindung digitaler Materialien via PagePlayer-App und eine klare didaktische Struktur unterstützt das Buch Lernende dabei, ihre sprachliche Kompetenz in authentischen Kontexten zu festigen. Es fördert sowohl die individuelle Spracharbeit durch Übungen als auch das kooperative Lernen und bereitet Lernende sicher auf berufliche sowie akademische Anforderungen vor.
-
Uy-joy huquqi
Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turarjoylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turarjoylaridan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turarjoylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi, turarjoy ijarasi masalalari ifodalangan.
-
URDU TILI
Ushbu darslik urdu tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kirish, asosiy qism, glossariy va lug‘at o‘rin olgan. Darslikning fonetika qismiga ilova qilib mashq daftari va tinglab tushunish uchun MP 3 diski ilova qilinadi. Darslikning bunday tarkibi urdu tilini mukammal o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Grammatik mavzular mashqlar yordamida mustahkamlanadi, darslik so‘nggida lug‘at, glossariy va ilovalar keltirilgan.
-
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Umumiy psixologiya darsligi inson shaxsidagi psixologik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan. Darslikda psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari, ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong, shaxsning shakllanishi, shaxs faoliyati va ijtimoiy xulq motivlari, shaxsning individual xususiyatlari, shaxsning bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodoviy sohasi, muloqot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi hamda mehnat psixologiyasi bo'limlari yoritilgan.
-
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanish qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Darslik oliy o‘quv yurti talabalari va shu sohaga qiziqishi bo‘lgan barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
-
Umumiy pedagogika
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Umumiy pedagogika o'quv kursining asosiy mazmuni, uslubiy asoslari, ta'lim va tarbiya qonuniyatlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda pedagogik menejment masalalari yoritilgan. Darslik talabalarda pedagogik dunyoqarashni shakllantirish, o'quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va kelgusidagi kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
-
UMUMIY PEDAGOGIKA
Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni, ijtimoiy tarbiya turlari, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika va maktabshunoslik xususida so‘z yuritiladi.
-
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
Mazkur darslik pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, u o'z ichiga pedagogikaning uchta - pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat kurslarini qamrab olgan. Darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida yozilgan.
-
Umumiy pedagogika (2-qism)
Mazkur darslik 60111800-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan bo‘lib, to‘rt moduldan iborat. Birinchi modulda pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari va ta’lim innovatsiyalari tahlil qilingan. Ikkinchi modul shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, muammoli ta’lim, interfaol metodlar va o‘yin texnologiyalariga bag‘ishlangan. Uchinchi modul kreativ fikrlash pedagogikasi, tanqidiy fikrlash, o‘quv-loyihaviy ta’lim va pedagogik muloqotga oid masalalarni qamrab olgan. To‘rtinchi modulda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari va XXI asr pedagogikasidagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari yoritilgan. Darslik professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Umumiy pedagogika (2-qism)
Ushbu darslik 60111800-Xorijiy til va adabiyoti ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, to‘rt moduldan iborat. Birinchi modulda pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari va ta‘lim innovatsiyalari tahlil qilinadi. Ikkinchi modulda shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari, interfaol metodlar hamda keys-texnologiyalar o‘rganiladi. Uchinchi modulda kreativ fikrlash pedagogikasi, tanqidiy fikrlash texnologiyalari, o‘quv-loyihaviy ta‘lim va pedagogik muloqot masalalari yoritilgan. To‘rtinchi modulda esa zamonaviy ta‘limdagi ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari hamda XXI asr pedagogik konsepsiyalari bayon etilgan.
-
Umumiy pedagogika (1-qism)
Ushbu darslik pedagogikaning ilmiy asoslari, O‘zbekiston ta’lim tizimini boshqarish, ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim nazariyasining maqsad va vazifalari, ta’lim jarayonining tamoyillari va metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari va baholash mezonlari, tarbiya jarayonining tamoyillari va metodlari, barkamol shaxsni tarbiyalashga doir yo‘llar va vositalar, pedagogik mahoratning tavsifi, o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni, pedagogik qobiliyati, pedagogik muloqot, nutq texnikasi va talabalarni pedagogik faoliyatini tashkil etishga ijodiy yondashish hamda pedagogik tajriba to‘plash, shuningdek, ta’lim texnologiyalari va rivojlanishiga oid tarixiy asoslarni qamrab oladi.
-
Umumiy KIMYO
Ushbu darslikda universitetlarning fakultetlarida o‘qitiladigan umumiy kimyo ya’ni noorganik, analitik, organik, va fizikaviy va kolloid kimyo fani bo‘yicha tushunchalar ochib berilgan bo‘lib, 5140100-Biologiya, 5141000-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishlari uchun tavsiya etiladi.
-
UMUMIY ASTRONOMIYA
«Umumiy astronomiya» darsligi pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika va astronomiya» ixtisosliklari uchun mo‘ljallangan kurs bo‘lib, u «Sferik astronomiya», «Osmon mexanikasi va nazariy astronomiya asoslari», «Astrofizika metodlari va kuzatish asboblari», «Quyosh sistemasi jismlarining fizik tabiati», «Yulduzlar», «Bizning Galaktikamiz tuzilishi va tarkibi», «Tashqi galaktikalar», «Kosmogoniya va kosmologiya elementlari» bo‘limlarini o'z ichiga olgan va talabalarga Koinotning tuzilishi, evolyutsiyasi hamda osmon jismlarining fizik tabiatlari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllantirishni maqsad qiladi.
-
Turkiy xalqlar adabiyoti
Ushbu darslik turkiy xalqlarning (turkiya turki, o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tatar, iroq-turkman) adabiyoti, ularning ijodiy bosqichlari hamda taniqli adabiyot namoyondalarining hayoti va ijodini chuqur tahlil qiladi. Kitob turkiy xalqlar madaniyati va adabiyotini o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib qilish maqsadida, professor Elman Quliyevning ko‘p yillik tadqiqotlari asosida yaratilgan va filologiya fakulteti talabalari hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
Turizmni rejalashtirish
Ushbu darslikda turizm sohasini rejalashtirishning umumjahon hamjamiyati tomonidan tan olingan uslubiy va amaliy asoslari ochib berilgan, milliy iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarida turizmni rejalashtirishning tashkiliy mexanizmlari, shakllari va o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan. Shuningdek, darslikda turistlik mahsulotni ishlab chiqishni rejalashtirish tamoyillari, turizm korxonalarida strategik rejalashtirish va turizm industriyasida boshqaruvli rejalashtirishning turlari va usullari keltirilgan. Darslik o'quv yurtlarining iqtisodiyot, turizmda operatorlik xizmatini tashkillashtirish, turizm va mehmonxona xo'jaligi servisi, turizm menejmenti hamda turizm marketingi bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga va magistr, aspirantlarga mo'ljallangan.
-
TOPOGRAFIK CHIZMACHILIK
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Topografik chizmachilik» fani namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda son belgili proyeksiyalar usulining nazariy asoslari, ya’ni nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik va sirtlarni tasvirlash, tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechish hamda ularni amaliyotga tatbiq qilish bayon etilgan. Shuningdek, topografik xaritalar tuzish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar, gorizontal proyeksiyalash usullari va inshootlar rejalarini chizish tartiblari yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, loyihalash instituti xodimlari va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.