-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Муқаддас
Муқаддас» қиссаси олтмишинчи йиллар ёшларининг севимли асарларидан бири эди. Қисса — муҳаббат ҳақида, тўғрироғи, фожеий севги ҳақида. Чин муҳаббат, поклик ва ҳалолликнинг рамзи. Қисса қаҳрамони Шарифжон севгилиси Муқаддасга эришиш орзусида худбинликка йўл қўяди ва... суюклисидан айрилади. Чунки худбинлик ва ноҳалоллик ҳукм сурган жойда муҳаббат сўнади, ҳатто ўлади. Шу боисдан «Муқаддас» қиссаси бугунги кун учун ҳам, эҳтимол келажак учун ҳам ибратли бўлиб қолаверади.
-
DEVONI HIKMAT (Yangi topilgan namunalar)
Olamni kitobday o‘qish va bilish uchun, albatta, kitob o‘qish kerak. Olam sir-asrorini anglashdan huzurlanish kitobsiz amalga oshmaydi. Kitobga ko‘chgan dunyo - o‘zining biri biridan chigal, biri ikkinchisidan ziddiyatli muammolarini tanigan, tan olgan dunyo. Ayni paytda mutlaq tarzda insoniylashgan, odamiylik mohiyatidan chetlay olmaydigan dunyodir. Har bir buyuk badiiy kitob - olam va odamning birligini ko‘rsatishga, shu birlik buzilsa yoki rishtalari susaysa olam va odam taqdirida qiyinchiliklar ortishi, muvozanat buzilishi talqin etilgan kitob hisoblanadi. Bunday kitobni yaratish hamma ijodkorning qo‘lidan kelmaganidek, hamma asar ham odamiylik mohiyatining tub asoslarini ochish orqali u yoki bu xalqning dunyodagi madaniy, ma’naviy va axloqiy mavqeini yoritishga xizmat qilolmaydi.
-
-
Devona
U xurjunini yelkasiga olib, uzoq yurdi. Ko‘chki bosgan yerga yetib kelgunicha oyoqlari qaqshab ketdi. U hali ko‘chki nima ekanini bilmasdi. Belga qadar qorga botgan kezlari iziga qaytganidan pushaymon bo‘lar, chiqib olganda esa: «Ota yurtdan uzilgandan ko‘ra muzlab o‘lganim afzal», deb qo‘yardi.
-
Абу Али Ибн Сино қиссаси
Ўрта Осиёнинг минг йил муқаддам яшаган жахоншумул олими-улуғ хакими, риёзиюни, мунажжими, файласуфи, шоири ва бастакори
-
Davron
Ularning chorbog‘lari bir-biriga tutash, devor o‘rniga qator olcha ekilgandi. Chiroyda tengi yo‘q bo‘lib yetishib borayotgan sarvqad qiz ham, pahlavon kelbatli yigit ham qosh qorayib, uydagilari uyquga ketgach, shu olchalar poyiga oshiqar edilar. Bu tun nechundir yigit hayalladi. Qiz barglarning sirli shivirlashiga quloq tutib uzoq o‘tirdi. Barglar shabadada shunchaki titrayaptimikin yoki o‘zlarining tilida suhbat quryaptimikin? «Suhbat... Hamma o‘zicha gaplashadi. Hayvonlar ham o‘zicha tillashadi. Odamlar ularning so‘zlariga tushunmaydilar. Bu xudoning irodasi. Ammo... bir xil tilda so‘zlashuvchi odam zoti ham ba’zan bir-birini tushunmay qoladi-ku? Bu ham Tangrining irodasimikin yo odam zotining aqli qosirligimi? Ajab... Belga urib qolgan o‘t-o‘lanlar ham so‘zlashayotganga o‘xshaydi.
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiyalar
Ushbu qo'llanma oliy o'quv yurtlarining kimyo ixtisosligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun
-
-
-
ДАФТАР ҲОШИЯСИДАГИ БИТИКЛАР
Азиз ўқувчим! Бу китобчани қарийб қирқ йил ёздим. Булар менинг Кузатувларим. Ўйларим… бир қадар армонли, бир қадар истеҳзоли, бир қадар табассумли. Хулосаларим... аслида, уларнинг ҳар бирини алоҳида асар қилса ҳам бўларди-ку... майли... Мен буларни узоқ ўйлаб ёзганман. Илтимос, Сиз ҳам китобни шошилмасдан, ўйлаб ўқисангиз...
-
Жиноятнинг узун йўли.
Ўзбек детективининг қизиқарли намунаси бўлган "Алвидо болалик" қиссаси хар қандай ёш ва касбдаги китобхонни бефарқ қолдирмайди.
-
Жиноят такрорланмайди.
Онанинг юзи, лоқайд айтилган мана шу сўзларда хам шу қадар адоват бор эдики, йигитчанинг боши қуйи эгилиб, қалби хасратга тўлди.