-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Plastik anatomiya (amaliy mashg'ulotlari)
Tasviriy san’atning asoslaridan biri bo’lgan plastik anatomiyadan amaiiy mashg’ulotlar pedagogika oliy o’quv yurt lari 5140700 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 5140900 - Kasbiy ta’lim (5211200- Amaliy san’at) bakalavr talabalari uchun yozilgan. Mazkur uslubiy qo’llanma bo’lajak rassomo’qituvchilarni kasbiy tayyorlashda plastik anatomiya fan id an olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg’ulotlar orqali mustahkamlashni ko’zda tutadi. Kitobda inson tayanch a’zo tizimining plastik anatomiyadagi ahamiyati, suyak va bo’g’imlarning birlashuvi, insonning muskullar tizimi, yuzning ayrim bo’laklari, inson tanasi qismlarining sathi va tana qismlarining nisbatlari grafik tasvirlarda to’la namoyon etilgan. Qo’llanmada skeletning biriktiruvchi roli, uning harakatlanishi, muskullarning harakat vaqtida gavdaning turli qismlardagi o’zgarishlar va uning plastikasi, hayvon va qushlar tanasining plastik xususiyatlari, hamda insonning dinamik va statik holatlardagi ko’rinishlari qalamtasvirda batafsil namoyish etilgan. Kitobdan oliy o’quv yurtlari talabalari bilan bir qatorda tasviriy san’at sohasiga qiziquvchi barcha ixlosmandlar foydalanishlari mumkin.
-
Бурение газовых и газоконденсатных скважин
Книга посвящена основным вопросам техники и технологии бурения газовых и газоконденсатных скважин в различных геолого-климатических условиях.
-
Авесто - маънавиятимиз сарчашмаси
Марказий Осиё халқларининг энг қадимги зардуштийлик дини ва муқаддас китоби “Авесто”нинг ижод қилинган жойи ҳақида олимлар турлича фикрлар баён қилиб келдилар. Баъзи олимлар бу муқаддас китобнинг дастлабки нусхаси қадимги Бақтрия ёки Мидия ҳудудида ёзилган, десалар, иккинчи гуруҳ олимлар, қадимги Хоразмда яратилган дейишади. Учинчи гуруҳ олимлар эса оташпарастлар пайғамбари Сипийтмон Зардушт қаерда туғилган бўлса, "Авесто" шу ерда дунёга келган, деб фикр билдирадилар. Ушбу рисолада муаллифлар “Авесто”нинг инсоният тараққиётидаги ўрни, унинг бутун жаҳон аҳли муштарак маънавий мероси эканлиги ҳақида, ундаги маънавий-ҳуқуқий ва таълим-тарбия масалалари, унинг тарихий-маърифий, фалсафий ва адабий қиммати ҳамда “Авесто” тили тўғрисида ўз фикр-мулоҳазаларини баён этишган.
-
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi
Ushbu kitobda uzluksiz ta'lim tizimini insonparvarlashtirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning roli, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining tashkil etilishi va faoliyati, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish kabi mavzular keng yoritib berilgan.
-
Burun va burun yondosh bo'shliqlarining klinik anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullari
«Burun va burun yondosh bo’shliqlarining klinik anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullari» mavzusidagi o’quv-uslubiy qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari, “Otorinolaringologiya” yo’nalishi magistrlari, klinik ordinatorlari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo’ljallangan.
-
Фрактальная геометрия природы
Классическая книга основателя теории фракталов, известного американского математика Б. Мандельброта, которая выдержала за рубежом несколько изданий и была переведена на многие языки. Перевод на русский язык выходит с большим опозданием (первое английское издание вышло в 1977 г.). За прошедший период книга совсем не устарела и остается лучшим и основным введением в теорию фракталов и фрактальную геометрию.
-
MatLab муҳитида маълумотларни ташкил этиш ва улар устида амаллар бажариш
Услубий қўлланма “Технологик жараёнлар ва ишлаб чиқаришни автоматлаштириш ва бошқариш” йўналиши талабалари “Автоматлаштиришда қўлланиладиган пакетлар” фани бўйича лаборатория ишларини бажаришда фойдаланишлари учун мўлжалланган. Ундан барча йўналиш талабалари “Информатика ва ахборот технология” фани бўйича амалий ва лаборатория машғулотларида ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan amaliy mashg'ulot
o'quv qo‘llanma universitetlarning 5140500 – kimyo ta’limiyo‘nalishi III – kurs talabalari uchun yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fan dasturi asosida ozilgan bo‘lib, unda amaliy mashg’ulotning o’tkazish uslubiyoti berilgan.Qo‘llanmada yuqori molekulyar birikmalarga tegishli bo‘lganmasalalarni fan asturida berilgan mavzular asosida masalalar tanlangan va namunaviy yechish usullari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda talabalarning yuqori lekulyar birikmalarga tegishli bo‘lganmasalalarni mustaqil yechilari uchun masalalar ham kiritilgan.Ushbu metodik qo‘llanma nafaqat niversitetlarning 5140500 –kimyo ta’limi yo‘nalishi III – kurs talabalariuchun balki barchaakademik lisey va tayyorlov bo‘limlarining kimyo yo‘nalishi bilanshug‘ullanadiganbiturientlar ham foydalanishi mumkin.Qo‘llanma haqida fikr-mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi va bu o‘rtoqlarcha samimiy minnatdorchilik bildiriladi
-
Yengil atletika
Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma hozirgi zamon talablariga muvofiq ilg`or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda tayyorlangan . Unda asosiy e`tibor , yengil atletikada usullarni bajarish, ularni texnik-taktik tomondan ilg`or qo`llay olishga qaratilgan bo`lib, undagi rasmlar shug`ullanuvchilar uchun samarali o`zlashtirishda asos bo`lib xizmat qiladi.
-
Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari
Uslubiy qo‘llanmada bo‘lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar hamda bo‘lajak tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy-pedagogik asoslari, kreativ kompetentlikning muhim jihatlari, zaruriyati, oliy ta'lim muassasasida bo‘lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishning asosiy tamoyillari, kreativ qobilyatlarni rivojlantirishda axborot kompyuter texnologiyalarining o‘rni, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda interfaol metodlar va texnologiyalar haqida yoritilgan. Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga integrativ yondashuvga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Авесто. Тарихий адабий ёдгорлик
Ҳақиқат - олий шарофатдир, дейилади Авестода. Зотан, ҳақиқат буюк мўъжиза. У асрлар мобайнида инсониятнинг олий мақсади, инсон қадру-қимматининг мислсиз ўлчови бўлиб келди. Одамлар ҳар дақиқада ҳақиқатга интиладилар, ундан нажот излайдилар. Айни ҳақиқат адолатга, шарофатга элтадиган буюк қудрат. Ана шу қудрат, Авестода ўзининг бутун моҳияти билан ўз ифодасини топган.
-
Иқтисодиёт назарияси
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури ва таълим тўғрисидаги қонуни асосида бакалаврлар тайёрлаш учун давлат стандартлари талабларига биноан ҳар бир бўлимни ёритишда Республика Президенти, Ўзбекистон Фанлар академиясининг академиги, таниқли иқтисодчи олим И.А.Каримов асарларидан, Республика Олий Мажлиси томонидан қабул қилинган бозор иқтисодиётининг ҳуқуқий асосларини белгиловчи қонунлар, таълим соҳасидаги меъёрий ҳужжатлардан етарли даражада фойдаланилган
-
Ma'muriy huquq
Ushbu kitobda ma'muriy huquq normalar va ma'muriy huquq munosabatlar, davlat boshqaruvi tushunchasi funktsiyasi va asosiy printsiplari, davlat boshqaruv aktlari, ma'muriy huquq sube'ktlari, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom, ma'muriy jarayon va ma'muriy ish yuritish, ichki ishlar sohasini boshqarish kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Analitik geometriya va chiziqli algebra
Mazkur uslubiy qo’llanma matritsa va determinantlarni o’rganishga bag’ishlangan. Qo’llanmada matritsalar va ular ustida amallar, determinantlar, teskari matritsalar, matritsa satrlarining chiziqli bog’liqligi va erkliligi haqidagi mavzular nazariy jihatdan yoritilgan. Berilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida misollar yechib ko’rsatilgan. So’ngra berilgan mavzuga oid mustaqil yechish uchun misollar keltirilgan. Qo’lanmaning oxirida esa dastur tuzishga doir topshiriqlar ham berilgan.
-
Parazitologiyadan amaliy mashg'ulotlar
Parazitologiya fanining namunaviy o’quv dasturi evolyusiya jarayonida shakllangan obyekti «parazit-xo’jayin» tizimidagi organizmlarning o’zaro munosabatlari tahlil qilinar ekan ushbu bog’lanishda ikkala zvenolarning bir-biriga ta’sir etish darajasi hamda oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkinligini o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
-
Геометрические методы нелинейного анализа
В книге дано систематическое изложение современных методов исследования нелинейных операторных уравнений основанных на топологических и геометрических идеях. Книга охватывает следующие вопросы методы доказательства разрешимости уравнений условия единственности решений и оценки числа решений изучение структуры множества решений исследование приближенных методов решения уравнений методы исследований уравнений с параметрами изучение бифуркации решений исследование задач с континуумами решений и др.