-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Цифровая экономика и электронная коммерция
В учебном методологическом пособии раскрыты теоретико- методологические основы цифровой экономики. В пособие дается ряд слайдов по цифровой экономике и электронной коммерции.
-
Avtomobillar ekologik xavfsizligi
O’quv qo’llаnmаdа trаnspоrt vоsitаlаrining tехnik hоlаti, ishlаsh qоbiliyati, qism vа birikmаlаrning hаr хil оmillаr tа’siridа eskirishi, yеyilishi hаqidа tushunchа bеrilgаn bo’lib, ulаrning ekologik xavsizligi bаyon etilgаn hаmdа Biоsfеrаning hаqiqiy hоlаti to’g’risidаgi mа’lumоtlаrgaz аsоslаnib insоnlаrning hаyoti vа fаоliyatigaz jiddiy tа’sir ko’rsаtuvchi sаnоаt vа trаnspоrt оb’еktlаri tоmоnidаn аjrаlib chiqаyotgan zararli chiqindilаridаn ulаrning himоya qilishning usullаri yoritilgаn.
-
Texnologik yondashuv asosida pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish
Mazkur o'quv qo'llanmada pedagogika kollejlari o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish dolzarb muammo ekanligi, pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish mazmuni, texnologik yondashuv asosida pedagogika kollejlari o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari hamda pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi yoritib berilgan.
-
Kasbiy pedagogika
Mazkur o'quv qo'llanmada oliy ta'limning "Kasb ta'limi" yo'nalishlarida dars beruvchi professor-o'qituvchilar va tahsil olayotgan talabalarga "Kasbiy pedagogika" fanidan mustaqil ravishda bilim olishlari uchun dastlabki tasavvurni beruvchu materiallar, fan bo'yicha o'quv mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyalari, jumladan, ma'ruza mashg'ulotlarini qisqacha bayoni va amaliy mashg'ulot jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
-
Nazariy mexanika misol va masalalarda 1-qism statistika
O‘quv qo‘llanmada “Nazariy mexanika” fani “Statika” bo‘limining kesishuvchi kuchlar, kuchning momenti va juft kuchlar nazariyasi, tekislikda va fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar tizimi, parallel kuchlar tizimi, og‘irlik markazi mavzulari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar, masalalar yechish tartibi, masalalar yechish namunalari va mustaqil yechish uchun keyslar, muammolar, ko‘p variantli masalalar taqdim etilgan.
-
Avtomobil yo’llari arxitekturasi
Mazkur o’quv qo’llanmada ― yo’l inshootlarining arxitekturasi, arxitektura rivojlanishining asosiy davrlari, turli xil uslublari, hamda shahar yo’llarining asosiy konstruktiv elementlarini loyihalashni o’zida qamragan bo’lib, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda asosiy ma’lumotlar bazasi bo’lib xizmat qiladi Bajariladigan ishlar ―Arxitektura sohasidagi talabalarga mo’ljallangan.
-
Qurilishda axborot texnologiyalari
Ushbu o’quv qo’llanma oliy ta`limning 5340500-Qurilish buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish, 5340200- Bino inshoatlari va qurilishi, 5320100–Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish), 5341800-Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi yo’nalishilari uchun mo’ljallangan. o’quv qo’llanma o’z ichiga axborot kommunikasion texnologiyalarining qurilish sahosidagi o’rni, axborot texnologiyalarida kompyuter grafikasini rivojlanishi natijasida qurilish sohasiga qo’llash, natijada “Qurilishda axborot texnologiyalari” faniga oid masalalariga C++ dasturlash tilida dasturlar yaratish kabi mavzularni o’z ichiga olgan. Bulardan tashqari fanning asоsiy vazifasi – qurilishda axborot tехnоlоgik jarayonlarni tashkil qilish va bоshqarish masalalarini hal qilishda infоrmatika fanining yutuqlaridan, ya’ni qurilishda matеmatik mоdеllashtirish jarayoniga algоritmlar tuzish, aхbоrоt ta’minоtini tayyorlash, dasturlardan fоydalanishdan ibоrat.
-
Avtomobil yo‘llari va shaharsozlik me’yoriy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarining elementlarini, undagi sun’iy inshootlarni, yo‘l poyi va yo‘l to‘shamalarini loyihalashni hamda yo‘llarni rekonstruksiya qilishda qo’llaniladigan zamonafiy me’yoriy hujjatlardan foydalanilgan holda loyihalash, qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarida keng qo’llash to’g’risida ma’lumotlar yoritilgan. Ushbu Avtomobil yo‘llari va shaharsozlik me’yoriy hujjatlar fanidan tayyorlangan o’quv qo’llanmadan 5340600 - Yo‘l muhandisligi (Transport inshootlarining ekspluatasiyasi) hamda 5340800- (Avtomobil yollaridagi suniy inshootlar) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Ўзбекистон халқаро олимпия ҳаракати йулида
Ўзбекистонда Олимпия ҳаракати ва унинг ғоялари чуқурланиб бормоқда. Ўзбекистон спортчиларнинг ҳалқаро спорт майдонлари, Олимпия ўйинларидаги иштироки жаҳон миқёсига кенг таралмоқда. Ўзбек кураши Жаҳон спорти майдонига дадил чиқиб олди. Миллий қадриятлар, маънавий-маърифий маданиятимиз олимпия ўйинлраи ғоялари билан ҳамоҳанг равишда бойиб бормоқда.
-
O'zbek tili
Ushbu qo'llanma kollejlarning ta'lim rus tilida olib boriladigan guruhlari talabalarining o'zbek tilidan og'zaki va yozma nutqlarini boyitish maqsadida tayyorlangan. Asosiy e'tibor talabalarning mustaqil ravishda o'zbekcha matn ustida ishlashlari, topshiriqlarni ijodiy bajarishlariga, grammatik bilimlarni amaliy egallashlariga qaratilgan. Shunga ko'ra turli mazmundagi adabiy-badiiy matnlar bilan ishlashga oid topshiriqlar, yozma nutqni o'stirish bo'yicha mashqlar, izohlangan qoidalarga keng o'rin berilgan.
-
Ўзбек тили тарихий фонетикаси
Фонетик система тилнинг қурилиш (структур) бирликлари орасида ўзининг ўзгарувчанлиги билан лексикадан кейин иккинчи ўринда туради. Бунинг сабаби шундаки, тилнинг ички ривожланиш қонуниятлари, ташқи мухит қўшни тиллар, жамият ва фан-техниканинг ривожи, янги-янги сўзларнинг кириб келиши тилнинг фанетик қурилишига тез таъсир қилади. Кейинги 40-50 йил ичидагина ўзбек тили фонетик қурилишида кескин ўзгариш юз берганлигини тилшунос махсус тадқиқотсиз хам сеза олади. Товушлгр орасидаги фонетик ва фонологик фарқни аниқлаб олиш тарихий фонетикани ўрганишда жуда муҳимдир, чунки тарихий тараққиёт натижасида мустақил фонемалар орасидаги фонолигик фарқлар йуқолиб, улар бир фонеманинг кўринишларига айланиши ёки аксинча, фонетик фарқ фонологик фарқ даражаоига кўтарилиши, тарихий фонетик кўринишлар мустақил фонемаларга айланиши мумкин.
-
Ўзбек тили
Ўзбек тили курсининг илмий назарий ҳамда амалий масаслаларни ҳар томонлама чуқур ва пухта эгаллашда амалий машғулотларнинг аҳамияти бениҳоя каттадир. Шу сабабли нофилологик олий ўқув юртларининг ўқув юртларининг ўқув режасида мазкур курсга ажратилган соатларининг деярли ҳаммаси амалий машғулотлар учун режалаштирилган.
-
Дин ва ихлос
Халқимизни миллий истиқлол мафкураси руҳида тарбиялашда умуминсоний қадриятлар қатори ислом ахлоқи асосларини замон талаблари асосида ўрганиш, динга бўлган чуқур эътиқоди ва ихлосини тадқиқ этиш бугунги куннинг муҳим вазифаси бўлиб турибди. Рисола Олий ва Ўрта махсус ўқув юртлари талабаларига, исломий қадриятлари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Спортивная метрология
В учебном пособии изложены метрологические основы современной теории педагогического контроля в физическом воспитании и спорте, математико-статистические методы и их применение для обработки и анализа результатов контроля и планирования учебно-тренировочного процесса. Книга предназначена для студентов, преподавателей, организаторов и менеджеров спорта.
-
Atrof muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish
Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 5630100 – “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Tabiiyki, ekologik fanlar, shu jumladan “Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” atrof-muhitni muhofaza qilish vazifalarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Darslik muallif tomonidan 5630100 – “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat standart o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda “Atrof-muhit va iqtisodiy barqaror rivojlanish” fanining nazariy va amaliy masalalari mavjud. Dunyo mikyosida globallashuv jarayoni tez sur’atlar bilan ilgarilayotgan bir pallada insoniyat uchun ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalari tobora dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin ekologik muammolar mavjud. Ularni o‘z vaqtida, oqilona bartaraf etishesa jahon jamoatchiligi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
-
Qurilish konstruksiyalari
Ushbu qo`llanmani yozishdan asosiy maqsad talabalar bo`lajak arxitektor mutaxassis sifatida loyihasi qilinayotgan bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari bilan yaqindan tanishishlari, ularni bino va inshootlarning kerakli joylariga ishlata bilishlarini o`rgatish va shu "predmetni" yaxshi o`zlashtirishga yordam berishdir. O`quv qo`llanma qurilishda ishlatiladigan barcha konstruksiyalarni qamrab olishga harakat qilingan.