-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi
Qo‘llanm a pedagogika oliy o‘quv yurtlarining badiiy grafika va kasb ta’limi fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. U nda chizmachilikning butun kursi bo‘yicha talabalar tom onidan mustaqil bajariladigan o‘quv-grafik ishlarning to ‘liq tizimi, mazm uni, hajmi va ulam i chizish tartibi batafsil bayon qilingan. Har bir grafik ishni chizish uchun qisqacha nazariy bilim va amaliy mashg'ulotlar, takrorlash uchun savol, grafik ishlar uchun variantlar, mashq hamda test savollari bcrilgan.
-
Bolalar gastroenterologiyasi
Ushbu oquv qo`llanma “Pediatriya ishi” – 5510200 yo`nalishi bo`yicha Oliy-kasb hunar ta`limi Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tayyorlangan. O`quv qo`llanmada bolalar gastroenterologiyasining keng tarqalgan kasalliklari haqidagi boblar mavjud bo`lib, ushbu kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik manzarasi, tekshirish usullari, differentsial diagnostikasi, davolash prinsiplari, asoratlari va profilaktikasi batafsil bayon etilgan. O`quv qo`llanma pediatriya ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan
-
Амалий электрокардиография
Ҳозирги кунда эхокардиография ва коронарографиятекширишларисиз замонавий кардиологияни тасаввур қилиб бўлмайди. Улар билан бир қаторда, юрак қон томиир касалликларини ташхислаш учун сцинтиграфия, вентрикулография, магнит резонанс томографияси каби бошқа қатор текшириш усуллари қўлланилади.
-
Veterinariya parazitalogiyasi
Mazkur qo'llanmadan qishloq xo'jalik institutlarining talabalari veteriyanerya mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Дифференциал геометрия курси
Бу китоб университетларга педагогика институтларининг дифференциал геометрия программалари асосида ёзилди. Бироқ, кўп эҳтиёжлар назарда тутилиб, айрим пунктларда программадан четга чиқилди. Бу пунктлар ва параграфлар (*) ишораси билан кўрсатилди ёки майда шрифт билан терилди. Ушбу дифференциал геометрия курсининг чизиқлар назариясига доир( 1 —X) бобларини авторлар биргаликда тузди. Сиртлар назариясига бағишланган (XI—XIII) бобларни М.А.Собиров ёзди.
-
Амалий иқтисод
"Junior Achivement Inc" --100 000 дан ортиқ тадбиркор фирмалар ва хусусий шачслар томонидан маблағ билан таъминланувчифойда олмай ишлайдиган ташкилотдир.Страсмор қоғоз компаниясининг президенти Гораций А.Мозей томонидан 1919 йилда ташкил этилганидан бери"Junior Achievement" билан ҳамкорлик қилишга ва дастурларни синовдан ўтказишга вақтини аямаётир.
-
Amaliy suyuqlik mexanikasi
O'quv qo'llanmada suyuqlikning fizik xossalari, gidrostatik bosimni aniqlash va ixtiyoriy sirtga ta'sir etuvchi kuchini topish, uzluksiz va D.Bernulli tenglamalari, suyuqlikning oqib chiqishi, oddiy va murakkab bo'lgan quvurlarni gidravlik hisoblash, gidravlik zarba, o'zan va kanallarda suvning tekis va notekis harakatlari, suv oqib tushirgichlardagi suvning harakatlari, yer osti suvlarining sizilish harakatlarini ko'rib chiqish.
-
Nazariy mexanika
Qo'llanmadagi ko'p masalalar oliy o'quv yurtlarining qator ixtisosliklari uchun mo'jallangan bo‘lib, amaliy masalalarni hal etishda egallangan nazariy bilimlardan foydalanish yo'llari va natijalarni tahlil qilish ham ko‘rsatib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o‘quv yurtlarining qurilishi, muhandislik, suv xo‘jaligi, transport va kasbiy ta’lim sohasi bo‘yicha bilim oluvchi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Molekulyar fizika
Fizika fanining molekular fizika boiimini o'rganishda hodisalarning mohiyatini yoritishda imkoni boricha soddaroq qilib bayon qilishga harakat qilingan. Har bir ma'ruza boshida tizimli asosda bayoni va oxirida esa tayanch tushunchalar, sinov savollari keltirilgan. Talabalarning tayanch tushunchalar mohiyatini o‘zlashtirishi va sinov savollariga to'la javob topishi esa qo'lIanmaning asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Bunday yo'l tutish fizika va astronomiya ixtisosligi talabalarining molekular fizika kursini o'rganishga qiziqishini oshiradi.
-
Fizika (Optika, atom va yadro fizikasi) 3-kitob
Mazkur o'quv qo'llanma fizika chuqurlashtirilgan fan sifatida o'rganiladigan aniq va tabiiy fanlar yo'nalishidagi akademik litseylar uchun mo'ljallangan dastur asosida yozilgan. Qo'llanma fizikaning elektromagnit to'lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi bo'limlari, olamning yagona fizik manzarasi bayoni bilan yoritilgan hamda fizika masalalarining izohli yechimlari namunalari bilan yoritilgan.
-
Fizikaviy tadqiqot usullari
Ushbu o ‘quv qo‘llanma atomlarning chiqarish, molekulalarning elektron, infraqizil, yadro magnit rezonansi spektrlarini o'rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bayonini, shu usulning asosini tashkil etuvchi fizikaviy hodisaning qisqacha nazariyasini hamda bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan spektr asboblarining tuzilishi, ishlash prinsipi va o'lchash tartibi kabi mavzularni o 'z ichiga oladi. Qo‘llanmada, tegishli spektrlarni olish, ularni ishlash hamda ulardan sifat, miqdor va molekula tuzilishini o ‘rganishda hamda boshqa kimyoviy masalalarni yechishda foydalanish yoritilgan. Ushbu qo'llanma universitetlarning kimyo fakultetlari yuqori kurs talabalariga mo'ljallangan bolib, undan fizika fakultetlarining talabalari, oliy o ‘quv yurtining o'qituvchilari, akademik litsey va koliejlarning o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlari hamda zavod-fabrika laboratoriyalarining xodimlari foydalanishi mumkin.
-
Bolalar diyetologiyasi
Qo’llanmada diyetologiyaning maqsadlari, vazifalari, sog’lom va bemor bolalarni ovqatlantirish masalalari yoritilgan. Ko’krak yoshidagi va chaqaloq yoshidagi bolalarni ovqatlantirish, bolalarning sog’lom o’sish va rivojlanishiga yordam beradigan muhim omildir. Bolalarni dastlabki ikki yoshigacha to’g’ri ovqatlanishni olib boorish, bolalarni o’tkir kasalliklarga, surunkali kasalliklarning asoratlarini kamaytirish, bolalar o’limini kamayishida va umumiy rivojlanishning yaxshilashda muhim ahamiyatlidir. Bolalarni to’g’ri ovqatlantirishda masalalari turli xil sohadagi, ayniqsa umumiy amaliyot va bolalar shifokorlari uchun dolzarbdir. Qo’llanma tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo’yicha davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan bo’lib, zamonaviy sharoitda va turli kasalliklarga chalingan aholini ratsional ovqatlanish masalalarini o’z ichiga oladi.
-
Болаларда суяк синиқларини даволаш
Ўқув қўлланмада суяк-бўғим тизимининг болаларга хос анатомик-физиологик хусусиятлари, болалар травматизми, суяк синиқлари, чиқишларининг сабаблари, клиникаси, диагностикаси, замонавий даволаш услублари, уларда суяк синиқлари асоратлари, уларнинг профилактикаси, даволаш каби саволлар кенг, атрофлича ёритилган. Суяк синиқларини консерватив, оператив даволашга кўрсатмалар, силжиган синиқ бўлакларини репозиция қилиш, операция техникаси, услубларига алоҳида эътибор берилган. Ўсиш зонаси фаолияти бузилиши сабабли калталик, қийшиқлик, бўғим деформацияларини аниқлаш ва уларни хирургик услублари билан даволаш масалалари ёритилган. Ўқув қўлланма тиббиёт олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Bolalarda anesteziya va intensiv terapiya
Anesteziologiya va reanimatologiyaning asosiy ko’rsatmalarini o’rganish kelajakdagi yetuk “Oilaviy shifokor” vrachlarini tayyorlashda muhim ahamiyatni kasb etadi. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi umumiy anesteziologiya va reanimatologiyaning ajralmas bir qismi bo’lib, favqulotdagi sharoitlarda organizmning himoya usullarini o’rganadi. Fanning maqsadi va vazifalari yagona bo’lib, pediatriya anesteziologiya va reanimatologiyasi faqatgina bolalar organizmi anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ganib boradi.
-
Matematik analizdan misol va masalalar
Ushbu qo'llanma matematik analizning aniqmas integrallar, aniq integrallar va ularning tadbiqlari hamda ko‘p o'zgaruvchili funksiyalar mavzulari bo'yicha talabalarda misol va masalalarni mustaqil yechish ko‘nikmasini hosil qilishga mo'ljallangan.
-
Бачадон миомаси. Эндометриоз. Тухумдонларнинг хавфсиз ва хавфли ўсмалари
Ушбу ўқув қўлланма, бачадон миомаси, эндометриоз, тухумдонларнинг хафсиз ва хавфли ўсма касалликлари эпидемиологияси, таснифи, этиологияси, патогенези, лаборатор текшириш усуллари, консерватив ва оператив даволаш ҳамда профилактикасига бағишланган. Ушбу рисола талабалар, клиник ординаторлар ва магистрларни ўқитиш, акушер-гинеколог, эндокринолог ва онколог мутахассислар учун мўлжалланган.