-
O'zbekiston vatanim manim
Oripov A.,Ushbu to'plamda Abdulla Oripovning ijodining dastlabki yillarida yozilgan she'rlari o'rin olgan.
-
Boburnoma
Bobur Z. M.,Ushbu asarda O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tqrixi, jug'rofiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan.
-
Jimjitlik. Qayta ishlangan nashr
Ahmad S.,Ushbu roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag'ishlanadi.
-
Mehrobdan chayon
Qodiriy A.,Ushbu asarda muallif asar qahramonlari Anvar va Ra'noning badiiy bo'yoqlarda tarannum etilgan sof muhabbati ko'rsatib berilgan.
-
O'zbegim
Vohidov E.,Ushbi kitob shoirning eng sara she'r va muxammaslardan tarkib topgan bo'lib, bu juda katta ijodiy meros hisoblanadi.
-
Kecha va kunduz
Cho'lpon A.,Mazkur asar ikki qismdan iborat bo'lib, o'zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik, xudbinlik va mol-mulk orttirishyo'lidagi illatlar o'z in'ikosini topgan.
-
Shum bola
G'ulom G'.,Adibimiz G'. G'ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
-
Yolg'izlikning yuz yili
Markes G. G.,Muallifning ushbu asarida insoniyatni muqarrar yolg'izlikka giriftor qilgqn baxtsizlik sabablari hali adabiyotning bosh mavzusiga aylanmagan edi.
-
Boburiynoma. 3-nashr
Sulton X.,Bobur Mirzo va uning shonli zurriyotlari hayotining ma'rifiy tahliliga bag'ishlangan ushbu kitob dunyoning turli burchaklarida sochilib yotgan ajdodlarimizga taalluqli bemisl ma'naviy meros, ularning zafar va fojealari, kechmish-iztiroblari, umr saboqlaridan hikoya qiladi.
-
Alkimyogar
Koelo P.,Ushbu roman zamiridagi hikmatlar kimningdir hayotiga taalluqli emas, balki sizu-biz, bizdan keyingi avlod uchun ham o'tilajak yo'ldir.
-
Avlodlar dovoni
Qodirov P.,Ushbu asarda ulug' ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda asos solgan ulkan saltanantning Humoyun va Akbar hukumronligi davrlari qalamga olingan.
-
O'n sakkizga kirmagan kim bor
Xolmirzayev Sh.,Ushbu qissa adabiyot olamida muhabbatning butunlay boshqacha havosini ufurib kirdi.Yozuvchi sevishni emas, balki sevgiga javob qaytara bilishni, inson muhabbatini o'z qo'li bilan paymol qilishi mumkinligini ko'rsatib berdi.
-
-
Qora quyun
Norqobilov N.,Adibning ushbu asarida tog'lik yigitning tutqunlikka tushib qolishi, ozod bo'lgach esa, uni qullik chohiga uloqtirgan kimsadan qasos olish niyatida bir jonivorni "jonli o'q" sifatida qafas, ya'ni g'ulda tarbiyalash aks ettirilgan.
-
Faust
Gyote Y. V.,Buyuk olmon shoiri Gyotening ushbi tragediyasi jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri hisoblanadi. Unda millatlararo bag'rikenglik, Sharq va G'arb sivilizatsiyasi, umuminsoniyat maqsadlarining uyg'unlashtirilgan namunasi, deyish mumkin.
-
Ikki eshik orasi
Hoshimov O'.,Kitobda adib qarayib qirq yillik davrni o'z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida, o' xalqini urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
-
Dunyoning ishlari
Hoshimov O'.,Kitobxon ushbu asarni o'qir ekan, ushbu asar onalarga qo'yilgan xaykal. desak mubolag'a bo'lmaydi. Qissani o'qib har birimizundan o'z onamizni siymosini topamiz.
-
-
Yulduzlar mangu yonadi
Murod T.,Ushbu kitobda yozuvchi Bo'ri polvon obrazi orqali asarining yillar sinovidan o'tganligini, asarining umrini uzoqligini aytganday bo'ladi.
-
Otamdan qolgan dalalar
Murod T.,Muallif o'z romanida sjbiq sho'rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barokat yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.