-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Механизм ва машиналар назариясидан курсавий лойиҳалаш
Ўқув қулланмасида ҳар ҳил иш бажарувчилар механизмларни лойҳалаш усулларини баён этилади. Қўлланма олий техника ўқув юртларининг машинасизлик ва автомобилсозлик ихтисослигида ўқийдиган талабалар учун мўлжалланган бўлиб ундан ёш ўқитувчилар ва аспирантлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Iplarni to`qishga tayyorlash jarayonlari nazariyasi va texnologiyasi
Darslik iplarni to`qishga tayyorlash jarayonlari nazariyasi va texnologiyasiga bag`ishlangan bo`lib, unda tanda va arqoq iplarini to`quvchilikka tayyorlashning texnologik jarayonlari nazariyasi, texnologiyasi uskunalari to`g`risida so`z yuritilib, unda tanda iplarini qayta o`rash, tandalash, ohorlash, jihozlardan o`tkazish va bog`lash, arqoq iplarini qayta o`rash hamda namlash jarayonlari batafsil yoritilgan.
-
Pedagogik psixologiya
Mazkur o'quv qo'llanmada pedagogik psixologiya fanining predmeti, tadqiqot metodlari, sohaga oid ilmiy bilimlar va qarashlar tarixi, Yosh davrlarining psixologik o'ziga xosligi, o'quvchi shaxsining shakllanishi va unga ta'sir etuvchi omillar, pedagogik boshqaruv va pedagogik mahoratning psixologik xususiyatlari, pedagogik faoliyatdagi psixodiagnostika asoslari bo'yicha batafsil ma'lumot berilgangan
-
Dirijorlik
Mazkur o'quv qo’llanma pedagogika oliy o 'quv yurtlarining “5111100- Musiqa ta'lim i” yo'nalishi o'quv rejasisidagi “Dirijiorlik” fa'nining namunaviy va ishchi dasturi mavzulariga mos ravishda yaratilgan bo'lib , unda dirijiorlik san'atining tarixi, rivojlanish bosqichlari, shu jumladan, oliy pedagogik ta'lim tizimida hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarda “musiqa madaniyati” fa'nini o'qitishda o'quvchilari dirijiorlikka o'rgatish mazmuni muayyan izchillikda yoritilgan.
-
Расстройства аффективного спектра
В книге отражены проблемы современной психиатрии, связанные с меняющимся эпидемиологическим положением и теоретическими расхождениями в понимании одной из наиболее распространенных групп психических расстройств. Объединяющее понятие «аффективный спектр» позволяет соотнести разнообразные виды патологии — от маний и меланхолий до смежных с психосоматической патологией клинических форм. С позиций единства психического и соматического рассматриваются динамические клинико-патогенетические закономерности развития и течения расстройств, возможности их терапии в различных организационных условиях.
-
Servis faoliyati
O'quv qo'llanmada servis faoliyatining o'ziga xos tomonlari ko'rsatilgan. Qo'llanma talabalarga servis faoliyatining chuqurroq anglash imkonini beradi. Tadqiqotchilarga xizmat ko'rsatish sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish uchun ba‘zi bir yo'nalishlar berilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlashda mahalliy va xorijiy mualliflarning turizm sohasida servis xizmatlarini ko'rsatishga oid ilmiy va amaliy ishlaridan foydalanilgan.
-
Amaliy mexanika
Oliy o ‘quv yurtlari talabalari uchun yaratilgan mazkur darslik yuqorida keltirilgan muammoni qisman hal qiladi. Mazkur kitob O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalar Markazi grand asosida yozilgan bo'lib, respublikamizning texnika oliy o ‘quv yurtlari uchun «AmaIiy mexanika» fani bo‘yicha darslik sifatida tavsiya etiladi. «Amaliy mexanika» fani «Materiallar qarshiligi», «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» va «Mashina detallari» fanlaridan tashkil topgandir.
-
Sport diyetologiyasi va farmakologiyasi
Ushbu oquv qollanmada sportchilarning ratsional ovqatlanishi, ovqatlanish tarixi, sportchilar ratsionidagi vitaminlar,biologik faol moddalar,immunitetni oshiruvchi va mikroblarga qarshi vositalar,suv istemol qilish rejimi haqida malumotlar keltirib o`tilgan.
-
Маънавият асослари
Маънавият асослари фани буйича таълим технологияси Тошкент давлат иқтисодиёт университетида ишлаб чиқилган “синов-тажриба” Ўкув-услубий мажмуаларида келтирилган таълим технологиялари асосида, кафедра ўкув соатларига мослаштирилиб, Жиззах давлат педагогика институти “Ижтимоий фанлар"кафедрасида тайёрланди.
-
Termodinamika va statistik fizikadan masalalar to'plami
Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti talabalariga termodinamika va statistik fizika kursidan o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlarida qarab chiqiladigan masalalarni o‘z ichiga olgandir. Uning har bir paragrafida berilgan mavzuda o‘tiladigan darslarda yechiladigan masalalarga doir asosiy ishchi formulalar keltirilgan bo‘lib, bir guruh masalalarning batafsil yechimi berilgandir. Yechilgan masalalar turidagi bir necha masala mustaqil ishlashga qoldirilgan. Qo‘llanmada keltirilgan masalalar berilgan fan bo‘yicha mavjud darslik va qo‘llanmalardan olingan.
-
Экология
Мазкур ўқув қўлланмада экология фани ва унинг мазмуни, вазифалари, тарихи, минтақавий ҳамда маҳаллий экологик муаммолар, уларни ҳал этиш йўллари, тирик организмлар тарқалган асосий ҳаёт муҳитлари, табиий популяцияларнинг хоссалари, республикамиздаги энг муҳим табиий биоценозлар, экотизимлар ҳамда уларнинг тузилмаси, фаоллик кўрсатиши, биосфера ва ундаги ўзгаришлар, шунингдек, уни барқарорлаштириш масалалари, ижтимоий экология ҳақида умумий маълумотлар баён этилган.
-
Қарақалпақ фольклоры 1988, XVIII-том. Меңлиқал, Сәлимжан, Хатам-Тай Гулнәҳәр
Қарақалпақ фольклорынын XVIII томынан Қурбанбай жыраўдан жазып алынған «Меңлиқал», «Салимжан», «Хатам-Тай» дәстанлары орын алып отыр. Бул дәстанлардың идеялық ҳәм көркемлиги жағынан бир-бирине жақын болыўына байланыслы оларды бир томға бириктирип жибериўди мақул корген.
-
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi
Darslik estrada san`ati va ommaviy tomoshalar tarixiga, ularning ilk unsurlariga, rivojlanish bosqichlariga, san`at turi darajasiga ko`tarilishi va kamol topish jarayoniga bag'ishlangan. Shuningdek, adabiyot-so'z san'ati, notiqlikning ommaviy tomoshalarda tutgan o'rniga alohida urg'u berilgan.
-
Suv kimyosi va mikrobiologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma tabiiy suvlarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari, sinflanishi, suvlarni tozalash inshootlaridagi mikroorganizm- larning turlari va fiziologiyasi, tabiiy va oqova suvlarning sifat ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash, suvning sifatini baholash, suvga boshlang’ich va maxsus ishlov berish usullarini o‘rganish kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Mavzularga oid tushunchalar kеltirilgan va ularning mohiyati ochib bеrilgan shuningdеk, suvni zararsizlantirish usullari, oqova suvlarni mexanik tozalash, biologik tozalash, qo‘shimcha tozalash, zararsizlantirish usullari va dezinfeksiya qilish, oqova suvlarni quyqalariga ishlov berish va jarayonni texnologik nazoratini amalga oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir bobning oxirida talabalar bilimini mustahkamlash uchun nazorat savollari va tеstlar bеrib borilgan. O’quv qo‘llanma yakunida fanga doir atamalarning izohi (glossariy) ham taqdim etilgan.
-
Normal anatomiya va fiziologiya
Ushbu o'quv qo'llanmada normal anatomiya va fiziologiyaning qisqacha tarixi, embrionning rivojlanishi, harakat a’zolari sistemasi, muskullar, ovqat hazm qilish, nafas a’zolari, ichki sekretsiya bezlari, qon aylanish sistemasi, eshitish va ko'rish a’zolari anatomiyasi va fiziologiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
-
Algoritmlar
Ushbu o‘quv qo'llanmada algoritm tushunchasi va uning xossalari. algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, algoritmlarni ishlab chiqish metodlari, algoritmlar tahlili, saralash, qidiruv usullari, graflar bilan ishlovchi algoritmlar imkoniyatlari yoritib berilgan.