-
-
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Маънавият ва шахс тарбияси
Ушбу услубий қўлланмада маънавият ва шахс тарбияси, шахс камолотида маънавиятнинг ўрни, ҳамда жадидчиларнинг ватанпарварлик ва халқпарварлик қарашлари, бўш вақтдан унумли фойдаланиш, диний фундаментализм, экстремизм ва терроризмнинг мохияти, салбий оқибатлари ҳусусида фикр мулохазалар илгари сурилган.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish
O‘quv qo‘llanmada Sport pedagogik mahoratini oshirish (voleybol, basketbol, gandbol) dan sportchilarning texnik – taktik mahorati va jismoniy tayyorgarligini mukammallashtirish masalalari, sportchilarning nazariy va ruhiy tayyorgarlik masalalari, shuningdek tayyorgarlik jarayonida umumiy mukammallikka erishish masalalari ko‘rsatilgan va sodda tilda bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasi talabalari, mintaqaviy malaka oshirish markazi tinglovchilari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport o‘yinlari bo‘yicha jamoalar murabbiylari uchun mo‘ljallangan.
-
Назарий механика
Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтларн учун назарий механика бўйича белгиланган дастур асосида ёзилган. Қўлланмада бутун курс статика, кинематика ва динамика қисмларига ажратилган ҳолда баён этилди. Кўпгина мавзулардан сўнг масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда мустақил ечиш учун масалалар берилган
-
Teatr, kino va musiqa san'ati
Mazkur o`quv qo`llanmada teatr, kino va musiqa san'ati tarixi va bu san'at turlarining xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. O`quv qo`llanma bu san’at turlarining paydo bo`lgan davrdan to XX asr oxiriga qadar bo`lgan barcha asosiy bosqichlarni bir kitob doirasida qamrab olishga va tahlil etishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada talabalar yaratilgan asarlar tarixi; teatr, kino, televidenie, musiqa, san’ati ijodkorlari, asosiy turlari va ularning o`zaro bir biriga ta’siri; janrlar to`g`risidagi to`la-to`kis ma’lumot topishlari mumkin. U talabalarning mustaqil ma’ruzalar tayyorlashlarida, ilmiy izlanishlarida alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
-
Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari
"Darslik "Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari" Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos bo'lib, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari tarixi va rivojlanish tendensiyalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari to'g'risida umumiy ma’lumotlar, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarining asosiy elementlari, vazifasi, konstruktsiyalari, turlari, markirovkasi, ularni hisoblash va loyihalash asoslari, parametrlarini hisoblash, ularning xarakteristikalarini qurish tartibi va qoidalari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan."
-
Amaliy tarjima (fransuz tili)
Mazkur o‘quv qo'llanma fransuz tili bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlab, yanada chuqurlashtirmoqchi bo'lganlarga hamda taijimonlik fakultetlari o'quv dasturiga binoan 3 - 4 - bosqich talabalariga mo'ljallangan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarda fransuz tilidan o'zbek va rus tillariga, o'zbek va rus tillaridan fransuz tiliga og'zaki taijima qilish bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir.
-
Антрополо-гические и биомеханические основы конструирования изделий из кожи
Приведены основы анатомии физиологии верхних и нижних конечностей: строение и функции скелета, мышц, сосудистой и нервной системы конечностей . Рассмотрены методы массовых антропологических измерений, применение ЭВМ для обработки движений человека.
-
Нанотехнологии в строительстве и архитектуре ХХI века
В учебном пособии излагается история открытия нанотехнологи приводятся методы получения наночастиц и наноматериалов раскрыты области применения в настоящее время и возможные перспективы развития данного направления в промышленности строительных материалов и стройиндустрии и архитектуре.
-
Amaliy mexanika
Laboratoriya praktikumi talabalarni mexanika sohasida eksperimental tatbiq qilish usullarini qo‘llashga undaydi. Bunda talabalar asosiy gipotezalar va farazlarni hisoblash modellari va formulalarining tatbiq etish chegaralarini baholash, konstruksiya materiallarining mexanik xarakteristikalarini tekshirish va tasvirlash yo‘li bilan bunga ishonch hosil qiladilar.Ushbu darslik oliy o ‘quv yurtlarining bakalavr darajasiga tayyorlanadigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Neft va gaz kimyo sanoati katalizi
“Neft va gaz kimyo sanoati katalizi” darsligida katalizning maqsadi va vazifasi, neftni neft mahsulotlarini qayta ishlashda katalizatorlarni qo’llashning nazariy asoslari, katalizator tayyorlashda ishlatiladigan yozuvchilar hamda ularning barqarorligini oshirish, aktivligini qayta tiklash va tayyorlash usullari kiritilgan.
-
Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya mashg'ulotlari
Ushbu o'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi ta'lim yo'nalishlarida o'qiyotgan talabalar Agrobiotexnologiya fanini o'zlashtirish jarayonida gen muhandisligining moddiy asoslari, gen va hujayra muhandisligi usularidan foydalanib transgen o'simliklarni olish, o'simliklarni o'sishi va rivojlanishini boshqarish,tuproq unumdorligini oshirishda insonlar hayoti uchun xavfsiz biopreparatlar yaratish kabi muhim muammolarni hal etish bo'yicha bilimlarga ega bo'ladi.
-
Qog`oz tehnologiyasi asoslari
Ushbu darslikda qog`oz olish texnologiyasining asoslari yoritilgan: xomashyo, qog`oz massasini tayyorlash, qog`z polotnosini shakillash, uni quritish, ishlov berish, olingan mahsulotlarning sifat ko`rsatgichlari hamda qog`oz olishda qo`llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamaytirish usullari, oqava suvlarni tozalash yo`llari keltirilgan.
-
Ўзбек тили ва адабиёти
Ушбу дарсликда алифбо,имло,талаффуз,тиниш белгиларини тўғри қўллаш билан боғлиқ бўлган тил қоида ва қонунлар изоҳлаб ўтилган.
-
Ташкилий хулқ
Дарслик "Ташкилий хулқ" фани ўқув режаларини хорижий университетлар билан қиёсий таққослаш асосида тузилиб, 2016/2017 ўқув йилидан амалга киритилаётган бакалаврият ўқув режасига киритилган. Ушбу фанга жами 120 соат, шу жумладан аудитория машғулотларига 72 соат ажратилган. Шунга мос равишда дарслик 10 та мавзудан иборат бўлиб, фаннинг барча масалаларини қамраб олган. Мавзулар режаларида қўйилган саволлар кенг ёритиб берилган.
-
Муҳандислик геодезия
Мазкур дарслик Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тамонидан олий ўқув юртлари учун тасдиқланган ўқув дастури асосида тайѐрланган бўлиб, бунда талабалар фанни мустақил ўрганишлари ва ушбу фандан бериладиган топшириқларни, ҳисоблаш график ишларини мустақил бажаришлари учун қоида ва кўрсатмалар келтирилган.
-
Gidrogeologiya
Ushbu o’quv qo’llanmada “Gidrogeologiya” fani, shnungdek, yerning qobiq va qatlamlari, harorati to’g’risida umumiy ma’lumotlar, tabiatda suv, uni paydo bo’lishi va aylanishi, yer osti suvlari, aeratsiya zonasi va grunt suvlari, qatlamlararo bosimsiz va bosimli artezian yer osti suvlari, yoriq va karst suvlari. abadiy muzlagan jinslardagi yer osti suvlari, yer osti suvlari dinamikasi, yer osti suvlarini balansi, rejimi va zaxirasi, gidrogeologik tadqiqot uslublari ularni asosiy turlari, strukturasi, olib borish prinsiplari va bosqichlari, gidrogeologik va injener geologik tadqiqot ishlari to’g’risida hisobotlar tuzish, gidrogeologik s’yomka haqida ma’lumotlar keltirilgan.