-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Водоснабжение на железнодорожном транспорте.
Устройство водоснабжения на железнодорожном обеспечивают бесперебойное снабжение водой надлежащего качества и в необходимых количествах населенные места, станции, локомотивы , поезда и предприятия железнодорожного транспорта.
-
Новая история стран Азии и Африки
Авторы учебника в свете новейшие достижений историчёскойяауки рассматривают важнейшие события и проблемы истории стран Азии и Африки в Новое время, предлагают оригинальную хронологию Нового времени, анализируют основные тенденции общественного развития стран Азии и Африки в указанный период.
-
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta'minot huquqi
Ijtimoiy ta’minot huquqi fuqarolar qarigan, nogiron bo'lib qolgan, boquvchisidan judo bo'lgan hollarda va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga taalluqli fanlar sirasiga kiradi va shu sababli, bu sohada ishlovchi mutaxassislarning bilimli, yuqori insoniy fazilat sohibi bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. «Ijtimoiy ta’minot huquqi» fani bolg‘usi yurist mutaxassis kadrlarga huquqiy bilimlar berish bilan birga, ana shunday yuksak insoniy xislatlarni singdirishga ham qaratilgandir.
-
Жили-были...12 уроков русского языка
Пособие продолжает интенсивный коммуникативный курс русского языка для взрослых. Оно рассчитано на 100-120 учебных часов. Рекомендуется для работы с преподавателем на курсах в России и за рубежом, для преподавателей отделений российских вузов (группы позднего заезда), для кружков при культурных центрах и народных университетов.
-
Deutsch für technische hochschulen
"Hozirgi kunda fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikning kun sayin rivojlanib borayotgani hamda ta’lim sohasida, jumladan, oliy o’quv yurtlari talabalaridan xorijiy tilni amaliy bilishlari, chet tilidagi mutaxassislikka oid adabiyotni erkin o’qiy olishi va undan zarur axborotni ola bilishi talab etiladi. Yuqoridagi talablar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6- noyabrdagi PQ-4884-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”da ham aniq belgilab berilgan. Shuningdek, nofilologik yo’nalishlarda Xorijiy tilni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tilning og‘zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o‘rgatish, turli kontekstlardagi muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tili ko‘nikmalari to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir."
-
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari
Ushbu darslikda maktabgacha ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish kabi muammolar atroflicha yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan.
-
Materillar qarshiligi
Muhandislik fanlarining asosi hisoblanmish materiallar qarshiligi fani vazifalari va muammolarini yoritishga, ulaming yechimini bayon etishga bag‘ishlangan ushbu darslikda predmctning asosiy mavzulari ham klassik, hamda zamonaviy uslublarda yoritilgan. Mazkur darslik orqali talaba mashina va inshoot qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash usullari bilan tanishadi. Mashina va mcxanizmlar, qurilish konstruksiyalarini hisoblash uchun o‘ziga poydevor yaratadi
-
Binolarning injenerlik kommunikatsiyalari
"Mazkur darslikda binoni isitish tizimining asoslari, binoni ventilyatsiya tizimining sovutish va ventilyatsiya asoslari, markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimining tuzilishi, binoni gaz bilan ta’minlash asoslari hamda binoning sovuq va issiq suv ta’minoti, Binoning oqova suv tizimlari haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Darslik 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo’yicha) -mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan magistrlar hamda shu sohada tadqiqot ishalrini olib boruvchi izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomnidan tasdiqlangan “Binolarning injenerlik kommunikatsiyalari” fan dasturiga to‘liq mos keladi."
-
Texnologiya va dizayn yog'ochlarga ishlov berish dastgohlari
Ushbu darslik kasb ta’limining yog'ochlarga ishlov berish texnologiya yo'nalishi bo'yicha kasb hunar kollejlariga muljallangandir. Yog‘ochsozlikda va unga asoslangan xalq hunarmandchiligi texnologiyalarida ishlatiladigan dastgohlarga tegishli kengaytirilgan holdagi manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.
-
IT-loyihalarni boshqarish
Darslikda bir necha jihatdagi loyihalarni boshqarishning xozirgi zamon metodologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan: loyihalarni boshqarishning xozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazardan; loyihalarni boshqarish sohasida standartlarni ishlatish jihatdan; loyihalarni boshqarish bo‘yicha mavjud bo‘lgan vositalar nuqtai nazardan. Darslik talaba yoki magistrantlarda kasbiy kompetentlikni shakllantiradi. Natijada talaba yoki magistrant loyihalarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan komandalar ishida ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘ladi, ushbu sohada mavjud bo‘lgan standartlarni ishlata oladi, turli kasbiy manbalardan axborotni to‘play oladi, loyihalarni boshqarish bo‘yicha xozirgi zamon vositalarini qo‘llay oladi.
-
Bino va inshootlarni texnik holatini baholash
"Darslikda turli qurilish materiallaridan iborat konstruksiyalarning texnik holatiga baho berish, baholash bo‘yicha texnik xulosalar tayyorlash, bundan tashqari konstruksiyani ishonchliligini baholash, kuchaytirish usullari hamda qurilish ishlarini nazorat qilishga doir ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek, bino va inshoot konstruksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ularda uchraydigan defekt, shikastlanish va deformatsiya holatlarining kelib chiqishi, yemirilish sabablari, xizmat davri va ularni aniqlashda kuzatuv-tekshiruv ishlarini olib borish tartiblari va qurilish materiallaridan iborat konstruksiyalarning texnik holatiga baho berish, baholash bo‘yicha texnik xulosalar tayyorlash, bundan tashqari konstruksiyani ishonchliligini baholash, kuchaytirish usullari hamda qurilish ishlarini nazorat qilishga doir ma’lumotlar keltirilgan. Darslik qurilish sohasida ta’lim olayotgan, ishlaydigan, bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish tashkilotlari mutaxassislari hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim oluvchi bakalavr va magistrlar hamda malaka oshirish tinglovchilari uchun mo‘ljallangan."
-
Техническая механика: Теоретическая механика и сопротивление материалов
В учебнике изложены"Теоретическая механика" и "Сопротивление материалов" - первые два раздела курса "Техническая механика" - в соответствии с программой для машиностроительных специальностей техникумов.
-
Kadrlarni innovatsion boshqarish
Ushbu darslikda «kadrlarni innovatsion boshqarish»ning predmeti, maqsadi va vazifalari, tashkilot innovatsiyalari, innovatsion jarayonlari (faoliyatlari) subyektlari va tashkiliy tuzilmalari, inson resurslarida innovatsiyalarni rivojlantirish va ishlab chiqarish, korxonalar va tashkilotlardagi innovatsiya jarayonlarni boshqarish, innovatsiya faoliyatni huquqiy tartibga solish, xodimlarning kompetensiyasi hamda tashkilotlarning strategik innovatsion rivojlanishi, innovatsiya tashkilotlarida personalning ijodiy faoliyati, innovatsiyalarning dasturlari va loyihalarini rivojlantirish, Innovatsiya jarayonida ilmiy tashkilotlar ishtirokchilari, innovatsion siyosat kontseptsiyasining asosiy printsiplari va yo‘nalishi, innovatsion biznesning inkubatsiyasi, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, venchur-biznesni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari kabi masalalar keng yoritilgan.
-
Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
Tuproq biologiyasi, biologiya va tuproqshunoslik fanlari tarkibida vujudga kelgan yangi fan hisoblanadi. Bu fan mikrobiologiya, biokimyo, algologiya, mikologiya, tuproq zoologiyasi va protistologiya fanlarining predmetlarini o‘rganish bilan bir qatorda, genetik tuproqshunoslik fani shug‘ullanadigan: tuproqning kelib chiqishi, tuproq profilining hosil bo‘lishi. Tuproq fizikasi va kimyosi o‘rganadigan, suvga chidamli agregatlarning hosil bo‘lishida mikroorganizmlarning roli, elementlarning tabiatda aylanishi va tuproq profilida akkumilyasiyalanish, agrokimyo va dehqonchilik fanlari bilan bog‘liq holda tuproq unumdorligi va o‘simliklarning oziqlanishi kabi muammolarni ham o‘rganadi. Ushbu darslikda tuproq biologiyasi fani paydo bo‘lishi, rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, tuproq biotasi haqida tushuncha, tirik shoxliklar va ularning bo‘linishi, haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Sport mahoratini oshirish (Yengil atletika)
Ushbu darslik Oliy o ‘quv yurtlarining jismoniy madaniyat fakultetlari, sport maktablari, kasb-hunar kollej murabbiy va talabalari uchun mo'ljallangan.
-
История древнего мира
В учебнике на большом фактическом материале — древних этнических памятников, сочинения греческих и римских авторов просматривается отражение в свете преемственности традиции истории народов, их обряды и обычаи, патриотические сражения против захватчиков.