-
-
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Биотехнология усулларини қўллаб, пахта толаси ва чигити хусусиятларини яхшилаш истиқболлари
Ушбу китоб сифатли пахта толаси ва чигити етиштириш муаммоларига бағишланган .Чигитли пахтага дастлабки ишлов бериш корхоналарида ишлаб турган техника технологияларни республикамиз ва дунё олимлари томонидан юқори даражага олиб чиқилганлигини эътиборга олинган ушбу китобда.
-
-
ФЕЪЛ ТАРИХИДАН (ҚАДИМГИ ТУРКИЙ ЁДГОРЛИКЛАР ТИЛИДА МАЙЛ ВД ЗАМОН ФОРМАЛАРИ)
Ишда ХI аср тилшуноси Маҳмуд Қошғарийнинг «Девону луғотит турк» асарида айтилган майл ва замон формалари ва уларнинг ясалиш усуллари, маънолари, қўлланишдаги маҳаллий диалектал хусусиятлари ҳақидаги фикрлардан тўла фойдаланилди. Зарур ўринларда бу фикрларга шарҳ ва изоҳлар берилди.
-
Андижонда истиқлолчилик ҳаракати
Ушбу рисолада Андижондаги истиқлолчилик харакати тарихи теран ёритилган. Андижонликларнинг бутун ўзбек ҳалқи билан биргаликда мустақиллик учун курашининг муҳим даври янгича ёндашув асосида ҳикоя қилинган. Рисола тарихшунослар ва Ватанимизнинг яқин ўтмиши билан қизиққан барча китобхонларга мўлжалланган.
-
Шеър санъатларини биласизми
Қўлингиздаги китобча мумтоз адабиётимизда кенг қўлланиб келган шеърий санъатлар, аруз ва қофия илмидан дастлабки ихчам маълумот бериш мақсадини кўзлайди. Ушбу назарий билимларни пухта ўзлаштиришга ёрдам бериш мақсадида юқори синфларда ўрга ниладиган ўзбек шоирлари ижоди бўйича 220 та тест саволлари ҳамда тўғри жавобларнинг изоҳли калити илова қилинди. Китобча лицейлар, гимназиялар, ўрта махсус ўқув юртлари, Ўрта мактаб ўқувчилари ҳамда олий ўқув юртларига кириш учун тайёрла наётган абитуриентларга мўлжалланган.
-
Туризм Узбекистана
Статистический сборник содержит информацию о развитии туристкой индустрии в Республике Узбекистан.
-
OSIYO XALQLARI CHOLG’ULARI TARIXI
Ritm – musiqada ma’nodorlik, o’tkirlik, aniqlik, ta’sirchanlik asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Etnopsixolog B.Teplovning ta’kidlashicha, ritm hissiyoti musiqada ichki a’zolar bilan yondosh aloqadorlikda bo’lsa ham, u hali musiqaviy usuliy chekinmadan tashkil topmasdan faqatgina uning paydo bo’lishiga muhim sharoit yaratadi, xolos. Yahni, ritm musiqada muayyan his tuyg’u, zavq, hayajon maromini boshqaruvchi hodisa hisoblanadi. Demak, ritm hissiyoti nafaqat harakat, balki tabiiy tuyg’ularning mavjudligi bilan ahamiyatlidir. O.Apraksina ritm hissiyotini biror bir musiqiy faoliyat [xoh u qo’shiq, xoh cholg’ulardagi ijro yoki musiqa bastalash bo’lsin] uning amaliyotisiz bo’lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. A.Nazarovning fikricha, "Ritm - ibtidoiy inson hayotining asosiy qat’iy turkumi bo’lib, jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, unga uyg’unlik bag’ishlovchi yagona vosita hisoblangan. Ritm – nafaqat ijtimoiy jihatdan eng yuqori oliy shakliy vazifa, balki undan ham kengroq ma’naviy vazifalarni bajarib, insonni avlodlar ruhi bilan bog’lovchi muhim omil hisoblanadi».
-
ГЎЗАЛЛИК ФАЛСАФАСИ
Ушбу монографияда маънавиятимиз хазинаси бўлмиш ўзбек халк амалий безак саиъатидаги безаклар, шакл, ралг ва чизикларни ўқишнинг рамэий алифбоси, бу безакларни ўкиш йўллари хамда ранглар оркали мантиқии ва фалсафий фикрлашнинг сир-асрорлари ҳакида кизикарли маълумотлар берилган. Китоб касб-хунар коллежлари ва олий ўқув юртлари талабалари, магистрантларгв мўлжалланган бўлиб, ундан амалий санъат усталари, этнографлар, тарихчилар, манбашунослар, файласуфлар, меъморлар, саёхатчилар хамда шу санъатга кизикувчи китобхонлар фойдаланишлари мумкин.
-
O‘RTA OSIYODA MEHNAT VA KASB TA’LIMINI RIVOJLANISH TARIXI
«Kadrlar tayyorlash milliy dasuri»da ta’lim va tarbiya tizimida, jumladan, mehnat va kasb ta’limida ajlodlarimiz tajribalarida milliy, ma’naviy, ma’rifiy meroslarimizdan keng foydalanish, qadriyatlarni chuqur o‘rganish zarurligi belgilab berilgan. Mehnat va kasb ta’limi tizimida avlodlarimiz hayotiy tajribalaridan foydalanish, urf-odatlar, milliy aqidalar, moddiy va ma’naviy meroslarini o‘rganish va bu soxani butunlay tubdan qayta qurishni taqozo etadi. Bu tizimda avlodlarimiz xalq hunarmandchiligi meroslarini o‘rganish, amalda qo‘llash va o‘rgatish, mehnat va kasb ta’limi sohasi tarixiy, etnik, milliy, mahalliy jihatlardan islox qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
-
O`zbek xalq amaliy bezak sana`tida mis kandakorlik san`atining tutgan or`ni va ahamiyati
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bu yoʼlda amalga oshirilgan asosiy vazifalardan biri mustaqil Oʼzbekistonni rivojlantirishga asos boʼladigan yangi taʼlim tizimining tashkil etilishidir. 1997 yil 29 avgustda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos boʼlib xizmat qilmoqda.
-
O‘RTA OSIYO TABIIY SHAROITINING O‘RGANILISH TARIXI
Antik davrdagi O‘rta Osiyo hududining tabiati (tog‘lari, vodiylari, daryolari va boshqalar) haqidagi umumiy geografik ma’lumotlar yunon olimi Gerodotning (miloddan oldingi V-asr) «Tarix» asarida uchraydi. Unda O‘rta Osiyoning tabiati, xususan relefi, daryo va ko‘llari, aholisi haqida qisqa ma’lumotlar berilgan. Eng qadimgi davrda O‘rta Osiyo geografiyasi haqidagi nisbatan kengroq ma’lumotlarni miloddan oldin yashagan yunon va rim olimlari: Kvint Kursiy Ruf, Arrion, Ptolemeylarning asarlarida uchratish mumkin. Ularning asarlarida Sug‘diyona davlatining sodda bo‘lsa-da, orografik kartalari berilib, unda Amudaryo-(Oks), Sirdaryo-(Yaksart), Zarafshon-(Politimet) deb ko‘rsatilgan. Arrion Zarafshon daryosi sersuv bo‘lishiga qaramay qumlar orasiga singib ketadi, deb yozgan bo‘lsa, Kvint Kursiy Ruf (mil.av. 3 asr) esa, (Politimet)-Zarafshon daryosi tog‘li qismida tor va chuqur o‘zanda oqishi haqida yozib qoldirgan. O‘rta Osiyo hududlaridagi cho‘llar, vohalar, daryolar haqidagi geografik ma’lumotlarni Strabon (mil.av. 1 asr)ning «Geografiya» va boshqa bir qancha asarlarida uchratish mumkin.
-
The C++ Programming Language.
Mani of the designations used by manufacturers and sellers to distinguish their products are claimed as trademarcs. Where those designations appear in this book, Addison-Wesley was avare of a trademark claim.
-
Ўрта Осиё халқларининг этник тарихи ва минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс этиши (XVI- XIX аср биринчи ярми)
Ушбу монография XVI - ХІХ аср биринчи ярмида Ўрта Осиё аҳолисининг этник таркиби, уларнинг жойлашуви, минтақада кечган демографик жараёнларнинг манбаларда акс этишини тадқиқ қилишга қаратилган. Тадқиқот асосан сўнгги ўрта асрларда яратилган бирламчи манбалар, архив хужжатлари ва турли "Сафарнома" характеридаги асарлар асосида амалга оширилди. Шунингдек, унда минтакада содир бўлган демографик жараёнларга сабаб бўлган сиёсий, ижтимоий-иқтисодий, маданий ва табиий омиллар манбалардаги маълумотлар асосида очиб берилди. Китоб ўзбек халки этник тарихи билан қизиқувчи тадқиқотчи олимлар, олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабалари ҳамда кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган.
-
G‘o‘za navlarining sug'orish tartiblariga bog'liq holda defoliantlar samaradorligi
Ushbu monografiya g‘o‘za defoliatsiyasiga bog‘liq agrotadbirlar bo‘yicha olib borilgan ishlarni yanada to‘ldirish maqsadida tayyorlandi. Monografiyada keyingi yillarda olib borilgan ishlar, yaʼni asosan sug‘orish tartiblariga bog‘liq holda defoliatsiyaning samaradorligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalariga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
-
Маҳмудхўжа Беҳбудий ва унинг тарихий тафаккури
Рисола Туркистонда жадидчилик ҳаракати сарчашмасида турган, 1917 йилга келиб мамлакат миллий мустакиллиги учун сиёсий харакат раҳбарига айланган, адабиётшунос, муаррих, маданият арбоби, ХХ асрнинг буюк тараккийпарвари Махмудхўжа Бехбудийга бағишланган. Рисолада М. Бехбудий ҳаёти ва фаолияти хақида қисқача Рисола Туркистонда жадидчилик харакати сарчашмасида турган, 1917 йилга келиб мамлакат миллий мустакиллиги учун сиёсий харакат раҳбарига айланган, адабиётшунос, муаррих, маданият арбоби, ХХ асрнинг буюк тараккийпарвари Мах мудхўжа Бехбудийга бағишланган. Рисолада М. Бехбудий ҳаёти ва фаолияти хақида қисқача биографик маълумотлар келтирилган бўлиб, асосий эътибор унинг тарихий тафаккурининг шаклланишига каратилган ва тарих, география, сиёсатшунослик соҳасидаги асарлари тахлил килинган. Бехбудийнинг февраль революцияси ва октябрь тўнтариши оралигидаги сиесий фаолияти, хамда унинг Туркистоннинг сиёсий ва ижтимоий тузилиши келажаги ҳакидаги тасаввурлари кўриб чикилган.
-
OLTINTEPA-SHAHARMONAND SHAHRI TARIXI
XX asr oxirida xalqimizning asriy orzulari ro'yobga chiqdi, O'zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o'zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O'zbekistonda barpo etilayotgan siyosiy tuzum demokratik, huquqiy davlat bo'lsa, ijtimoiy tuzumni-qonun ustivor bo'lgan fuqarolik jamiyatidir. O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o'tish, xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ko'p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o'rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo'l ochildi. Ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: "....Tarix xotirasi,... milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi". Shuningdek, Prezident I. A. Karimov o'zining bir qator risola va nutqlarida "Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba bu haqqoniy yoritilgan tarixdir" - deb ko'rsatadi.