-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
GEOMETRIYA I qism
Ushbu darslik Geometriya fanidan akademik litseylar uchun amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, unda tekislikdagi geometriya" bo'yicha umumta'lim maktablarida amalda bo'lgan o'quv dasturlaridagi materiallarga qo'shimcha juda ko'p ma'lumotlar berilgan. Shu sababli, darslikdan umumta'lim maktablari o'qituvchilari hamda matematika chuqur o'qitiladigan maxsus maktab o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin
-
-
GEODEZIK OʻLCHASHLARNI MATEMATIK ISHLASH NAZARIYASI
Darslikda ehtimollik nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan xatoliklar nazariyasining asosi yoritilgan. Xatoliklarning kelib chiqishi, topish usullari, xossasi va ularning ta'sirini kamaytirish usullari bayon qilingan. Ko'p xil o'lchashlarni birgalikda tenglashtirish nazariyasi: parametrik va korrelat tenglashtirish usullarining mohiyati, algoritmi va ularni EHM da hisoblash usullari yoritilgan.
-
CHIZMACHILIK
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda gumanitar va politexnik, ijodiy va umummadaniy yo‘nalishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Chizmachilik fani o‘quvchilarda politexnik ta’limni amalga oshirishda eng asosiy vosita hisoblanadi. Shuningdek, grafik faoliyat bilan ish ko‘radigan turli xil soha vakillari: turli yo‘nalishdagi konstruktorlar, arxitektorlar, me’morlar, hunarmandlar, muhandislar va dizaynerlarning chizmalar bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganishga xizmat qiladi.
-
-
-
-
"Informatika"
Darslik informatika va hisoblash texnikasi fanining mazmuni, hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi, IBM PC turidagi kompyuterlar va uning dasturiy ta’minoti, xususan MS DOS operatsion tizimi, NC qobiq dasturi, Windows operatsion tizimi, Microsoft Word va Excel dasturlari, Paint grafik muharriri, Microsoft Access dasturi, Internet Explorer va elektron pochta xizmatidan foydalanishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, darslikda algoritmlash asoslari va Paskal algoritmik tili bayon qilingan. Barcha mavzular bo’yicha nazorat uchun savol va mashqlar to’plami keltirilgan. Darslik oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan kollej, litsey o’quvchilari va faoliyati zamonaviy kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan keng omma hamda ilmiy hodimlar foydalanishlari mumkin.
-
ЕР ТУЗИШ ИҚТИСОДИ
«Ер тузиш иқтисоди» дарслиги ушбу номдаги фаннинг дастурига мос тарзда тайёрланди. Унда ер тузиш иқтисодининг назарий масалалари, унинг Ўзбекистонда ва чет давлатларда ер ислоҳотларини амалга оширишдаги роли кўриб чиқилган. Хўжаликлараро ва хўжаликда ички ер тузиш лойиҳаларини, айрим энг аҳамиятли ер тузиш тадбирларини иқтисодий асослаш усуллари тўла баён этилган.
-
Теория и практика массовой информации
Мазкур китоб журналистика соҳасидагилар ва кенг китобхонлар учун мўлжалланган.
-
ИКТИСОДИЙ ТАХДИЛ НАЗАРИЯСИ
Мамлакатимизда Иктисодий тахдил фанининг ривожланиши асосан мустакиллик йилларига тугри келади.Шуйилларда унинг назарий ваметодологика сосиярагилди хамда бухгалтерия хисобининг миллий стандартларига асосланган шаклватурлари вужудга келди.Энг мухими ,мамлакатимизда Узбекистоннинг узига хос иктисодийт араккиёт йулига, моебулган"Иктисодий тахдил"фани шакллантирилди ва мамлакатни ривожлантириш-нинг 2017-2021йилларга мулжалланган"Харакатларстратеги-яси'тахосхолда боскичма-боскич такомиллашмокда. Хаи зирги кунда мамлакатимизда иктисодий тахпил фанидан турлимактаблар шаклланди.
-
INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI
Siz tanishadigan va bundan keyin foydalanadigan ushbu darslik Sizni informatika olamiga olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb umid qilamiz. Hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Shu maqsadda bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida» 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni, 2003-yil 11-de kabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Elek tron raqamli imzo haqida”gi hamda 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron hujjat yuritish haqida”gi Qonunlar fikrimiz ning dalilidir.
-
ИНФОРМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
Мазкур дарсликда ахборотлашган жамиятнинг шаклланиб бориш тенден циялари, ахборот-коммуникация технологияларининг бош арув тизимида қ қ тутган ўрни, миллий и тисодиётдаги ахборот жараёнлари кўриб чи илган. қ Информатика индустриясининг техник воситалари ва дастурий ма сулотлари ҳ ҳ нинг таркибий жи атлари очиб берилган. Амалий дастурлар пакетларидан қ и тисодий-ижтимоий масалаларни ечишда фойдаланиш технологиялари таклиф қ қ илинган. И тисодий жараёнларни алгоритмлаштириш асослари ва улар негизида дастурлар яратиш технологиялари келтирилган. Миллий и тисодиёт қ ҳ қ тармо ва со аларида ахборот-коммуникация технологияларидан самарали фойдаланиш йўллари кўрсатиб берилган.
-
Информатика ўқитиш методикаси
Дарслик педагогика олий ўқув юртларининг бакалавриат йўналишида ўқитиладиган «Информатика ўқитиш методикаси» ўқув фанига бағишланган. Дарслик педагогик университет ва институтларнинг информатика мутахассислиги талабаларига мўлжалланган бўлса-да, ундан академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ўқитувчилари, умумўрта таълим мактабларининг ўқитувчилари, малака ошириш факультетлари тингловчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
EKOLOGIYA, BIOSFERA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH
Darslik atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga bag'ishlangan bo'lib, unda shu yo'nalishning maqsadi, tarixi, vazifalari ochiladi va tabiatning asosiy tarkibiy qismlari: tabiiy zaxiralarning xillari, biosferaning ifloslanish manbalari, atmosfera, radiatsion ifloslanish, gidrosfera, Orolning ekologik holati, litosfera (yer boyliklari), tabiiy xom ashyolar va energiya manbalari, biologik zaxiralar, ularning xillari, ahamiyati, muhofaza qilish chora-tadbirlari va tabiiy boyliklardan samarali foydalanish, iqtisodiy baholash, boshqarishning ekologik huquqiy asoslari har tomonlama bayon etilgan.
-
АХБОРОТ ТИЗИМЛАРИ ВА ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ.
Мазкур дарсликда замонавий автоматлаштирилган ахборот ти зимлари ва технологияларининг иқтисодиётда тутган ўрни ҳамда қўлланилиши кенг кўламда кўриб чиқилган. Шу жумладан, иқтисо дий кибернетиканинг бошқарувда тутган ўрни, иқтисодиётдаги ах борот жараёнлари, автоматлаштирилган ахборот тизимларининг иш- лаб чиқилиши, қўлланилиши ва уларнинг ахборот ҳамда технологик жиҳатдан таъминланиши, автоматлаштирилган ахборот тизимлари ва технологияларининг статистика, бухгалтерия ҳисоби, банк ва маркетинг фаолиятларида кенг амалий ёндашган ҳолда қўлланили ши масалалари илмий асосда батафсил ёритиб берилган.