-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
ЧЕТ ЭЛ АДАБИЁТИ ТАРИХИ
Европа феодализмининг тақдири XVIII асрда Францияда юз берган буржуа революцияси натижасида узил-кесил ҳал этилади. Европанинг бошқа мамлакатларида, жумладан Германияда ҳам феодализмга қарши қаратилган ҳаракат буржуа революциясига олиб борган бўлмаса-да, кишилик жамияти тарихида бошланаётган янги давр таъсиридан дарак берар эди.
-
Аналитик кимё
Дарслик уч кисмдан иборат булиб, биринчи кисмида аналитик кимёнинг назарий масалалари ёритилган. Иккинчи қисм сифат анализига доир булиб, катион ва анионларнинг хусусий реакциялари тавсифи келтирилган. Учинчи кисмда миадорий анализ методларининг моҳияти ва лаборатория ишларининг мазмуни баён килинган. Хар бир боб охирида саволлар ҳамда масалалар тартиби тест шаклида келтирилган. Ушбу дарслик педагогика олий укув юртларининг кимё ихтисослиги талабалари учун мулжалланган булиб, ундан ‘"биология”, “агрономпедагог” ихтисослиги талабалари *ам фойдаланишлари мумкин.
-
ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR TARIXI
Insoniyat XXI asrga kelib yirik shaharlar va shahar aholisi soni keskin ortib borayotganiga guvoh bo'lmoqda. Yer sharida aholisi bir milliondan ortgan yirik shaharlar uch yuztadan oshib ketdi. Zamin aholisining 80 foizi esa shaharlarda yashamoqda. Bu raqamlar ortida murakkab progressiv jarayon - insonlarning estetik munosabatlarini qayta qurish masalasi yotibdi. Zamonning shiddatli rivojlanishi, fan va texnikadagi yangiliklar, aloqa vositalarining uzluksiz takomillashuvi, informatsiya oqimiga g'arq bo'lib borayotgan muhit, kompyuter bilan muloqot insonning ruhiy charchog'iga, asabi tarangligiga sabab bo'lmoqda.
-
-
Аналитик кимё
Дарсликнинг биринчи кисмида гравиметрик ва титриметрик анализ усуллари баён этилган. Кислота — асосли узаро таъсирлашув, чуктириш, комплекс хосил булиш ва эритмада борадиган оксидланиш-кайтарилиш реакциялари хамда бу реакциялар асосида килинадиган анализ усуллари берилган. Бу усулларни амалиётга куллаш, уларнинг ютуклари, камчиликлари курсатилган. Хар бир бобнинг охирида саволлар, масалалар хамда типавий масалаларнинг ечимлари келтирилган.
-
-
-
Учебник Полифонии
Настоящий учебник полифонии предназначается для теоретико- композиторских факультетов
-
O'zbekiston tarixi
Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o'tgan bir necha ming yillik tarixi oliy o'quv yurtlari uchun tavsiya etilgan «O'zbekiston tarixi» o'quv dasturi talablari doirasida yoritilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining barcha bakalavr yoʻnalishlarida tahsil olayotgan (tarix yo'nalishidan tashqari) talabalar uchun «Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo'yicha Respublika ekspert guruhining 14.11.2006-yildagi 1451/1-2-538-sonli xulosasi bilan nashrga tavsiya etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarini qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Hukumat komissiyasi majlisining 2006-yil 27-yanvardagi majlis bayoni hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazining 2015-yil 2-oktabrdagi 226-sonli xulosasiga ko'ra nashr etilgan. Mazkur darslik Vatanimiz tarixini o'rganishga qiziquvchi kitobxonlarga ham ko'maklashadi.
-
Сварочно-монтажные работы при строительстве трубопроводов.
Основу трубопроводного строительства составляют сварочно-монтажные работы, в значительной степени определяюшие надежность сооружаемых объектов.
-
Astronomiya
Aziz o'quvchi, tabiiy fanlarning eng qadimiysi hisoblanmish astronomiya fani miloddan avvalgi bir necha ming yillar kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi sa’y-harakatlari oqibatida vujudga kelgan bo'lib, Sizlarni Koinotning ming yillik sirlaridan ogoh qiladi.
-
Astrofizika. I qism
Ushbu darslik universitetlar va pedagogika institutlari «fizikaastronomiya» bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Astrofizika» kursining birinchi qismi bo‘lib, u yettita bobga bo`lingan va ularda hozirgi zamon astrofizik teleskoplaiining turlari va ulami qo'llashdan maqsad, shuningdek, astrofizik tekshirish usullari bayon etilgan. Birinchi bobda astrofizikada qo`llaniladigan fizik fotometrik va spektral tahlil tushunchalari, ular bilan shunday astronomik tushunchalar orasidagi bog‘lanishlar keltirilgan. Ikkinchi va ucliinchi boblar teleskoplarga va ularga o‘rnatiladigan yordamchi astrofizik tekshirish vositalariga bagcishlangan. Tocrtinchi bobda astrofizikada qo'llaniladigan nurlanish priyomniklarining (qayd qiluvchilaming) asosiy ko‘rsatkichlari va ishlash prinsiplari bayon etilgan. Beshinchi va oltinchi boblar astrofizik tekshirish turlari va osmon yoritqichlarining fizik ko‘rsatkichlarini o‘lchash va aniqlash masalalariga bagcishlangan. Yettinchi bobda yulduz atmosferasidan nuriy energiyani chiqishi masalalari va yulduz atmosferasining kimyoviy tarkibi hamda fizik kofirsatkichlarini aniqlash usullarining nazariy asoslari keltirilgan.
-
O'zbekiston tarixi 3-kitob
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo'lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo'lgan barcha hodisalarni o'zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo'lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo'lga kiritish yo'llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy omillarini o'rganish va milliy g'oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.
-
Atrof-muhit sifat analizi va monitoringi
Ushbu darslik havo, suv, tuproq va atrof-muhitning boshqa obyektlarini ifloslovchi moddalarni tahlil qilish uchun analitik usullarning asosini va amaliy qo`llanilishini bayon qilishga bag`ishlangan.
-
O'zbekiston tarixi
XX asr insoniyat tarixiga ikkita bir-biridan dahshatli jahon urushi, evolyusion taraqqiyotni izidan chiqarib yuzlab xalqlar taqdirini larzaga solgan qonli inqiloblar, yadroviy va boshqa ommaviy qirg'in qurollarining yaratilishi, texnik-texnologik o'sishning shiddatli ko'rinishlari singari alomatlari bilan o'ziga xos sahifa bo'lib qo'shiladi. Bu asrda dunyoning kichik davlatlari katta saltanatlar tomonidan bir necha bor bosib olindi va o'zaro qayta taqsimlandi. Natijada, odamzod dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarida ulkan kashfiyotlar bilan birga jiddiy yo'qotishlar ham yuzaga keldi. Qanchadan-qancha millatlar bu talato'plarga bardosh bera olmay, yo'qolib ketgan bo'lsa, boshqalarining milliy-ruhiy qiyofasida jiddiy o'zgarishlar yuzaga keldi.
-
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Ushbu darslikda «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fanining «tasodifiy hodisalar», «tasodifiy miqdorlar va ularning funksiyalari» va «matematik statistika» qismlari o‘z aksini topgan. Darslikda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kursining amaliy mashg‘ulotlarida zamonaviy kompyuterlardan foydalanish maqsadida EXCEL sistemasining ayrim standart funksiyalari imkoniyatlari yoritilgan. Mavzu va unga oid masalalami tanlash borasida iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi masalalmi yoritishga harakat qilingan