-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
UMUMIY XIRURGIYA
Xirurgiya klinik tibbiyotning yetakchi sohalaridan biri bo‘lib, bunda kasallik asosan jarrohlik usuli bilan davolanadi. Shu bilan birga xirurgiyada diagnostika hamda terapiya, pediatriya, shuningdek, tibbiyotning boshqa sohalarida qo'llaniladigan davolashning barcha ma’lum uslublaridan keng foydalaniladi. Qo'lingizdagi mazkur kitob «Umumiy xirurgiya» darsligining to'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri bo‘lib, unda xirurgik kasalliklarning kelib chiqishi, uni davolash usullari xususida batafsil ma’lumot beriladi.
-
-
TIBBIYOT GENETIKASI
Ushbu darslik tibbiyot kollejlarining talabalari uchun tavsiya etilgan bo'lib, tibbiyot genetikasi dasturi asosida yozilgan. Kitobda turli irsiy kasalliklarning kelib chiqishi sabablari va davolash, qon-qarindosh nikohlarning oqibatlari haqida ma'lumot berilgan.
-
Oftalmologiya
Oftalmologiya-ko'z anatomiyasi, fiziologiyasi, kasalliklarini davolash va profilaktikasini o'rganadigan fan. Ko'z nafaqat inson organizmi va ruhiy holatining oynasi - ko'zgusi, balki umumiy organizmning 80%-kasalliklarini o'zida namoyish qiladigan beqiyos olloh in' om etgan organ ham hisoblanadi. Darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus kasbiy ta'lim vazirligi. Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv dastur asosida tayyorlangan bo'lib, ko'z anatomiyasi, fiziologiyasi, eski va hozirgi zamon tekshiruv usullari, qovoq, konyunktiva, sklera, shishasimon tana, gavhar, to'r parda, ko'ruv nervi, glaukoma, travmalari, oftalmoonkologik kasalliklarning kelib chiqishi, zamonaviy diagnostika va davolash usullariga bag'ishlangan.
-
ODAM ANOTOMIYASI
Tibbiyot inistitutlariga hozirgi zamon talablariga to'la javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash maqsadida Respublikamizdagi Tibbiyot institularining oliy malakali xamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun o'zbek tilida odam anatomiyasi darsligi tayyorlandi. Odam anatomiyasi dasligini yozishda tibbiyot institutlarining fakultetlari o'ziga xos xususiyatlari, odam anatomiyasi faniga ajratilgan mashg'ulot soatlari va dastur talablari e'tiborga olindi. Unda O'zbekiston tibbiyot olimlarining odam anatomiyasini oʻzlashtirishga yordam beradigan rangli rasmlaridan foydalanildi. Ushbu odam anatomiyasi darsligida keltirilgan lotincha terminlar IFAA Xalqaro atamalar komitetining 1996 yil taqdim etgan anatomik terminologiyasiga mos holda yozildi va bunda 2007 yil Toshkentda chop etilgan Xalqaro anatomik terminologiya lug'atidagi atamalar asos qilib olindi. Odam anatomiyasi darsligi tibbiyot institutlari oliy malakali xamshiralik ishi fakultet bakalavrlari uchun mo'ljallangan.
-
Funksional analiz va integral tenglamalar
Ushbu darslik universitetlarning "Mexanika" ta'lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib unda "Funksional analiz va integral tenglamalar" kursi to`la qamrab olingan. Undan shuningdek universitetlarning "Matematika" ta'lim yo`nalishi talabalari ham foydalanishlari mumkin. Darslikni yozishda mualliar mazkur fanni bir necha yillar davomida o`qitib orttirgan tajribalaridan foydalanganlar.
-
ODAM ANATOMIYASI
Ushbu darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan bo'lib, unda talabalar tibbiyotning eng muhim fani hisoblangan anatomiya va morfologiyaga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishadilar. Muallif ushbu darslikda har bir a'zoning, qolaversa anatomik sistemalarning tuzilishini, embrional o'sishning yosh va jinsga qarab o'zgarib turishini tushunarli va qiziqarli qilib bayon etishga uringan. Kitobda ichki a'zolarning anatomik tuzilishi, ularning qon tomirlar va nervlar bilan qanday qilib ta'minlanganligi yaqqol tasvirlab berilgan.
-
НОРМАЛ ФИЗИОЛОГИЯ
Ҳозирги замон фанларининг, хусусан биология ва тиббиётнинг тезлик билан ривожланиши физиология фанида жуда кўп янги кашфиётларга сабаб бўлмоқда. Бу эса талабалар учун замонавий усулда ёзилган, янги маълумотлар билан тўлдирилган дарслик яратишни тақозо этди. Юқоридагиларни ва кадрлар тайёрлаш миллий дастури талабларини ҳисобга олган ҳолда ушбу дарслик яратилди. Дарсликда физиология фанининг классик маълумотларидан тортиб, то замонавий текшириш усуллари қўлланилиб олинган маълумотларгача келтирилган. Шубҳасиз, бундай маълумотлар талабаларнинг билимини бойитиш, назарий билимларини яқин келажакда амалиётда қўллаш имкониятини яратади. Дарслик тиббиёт институтлари талабалари учун ёзилган бўлиб, ундан университет биология ва спорт-согломлаштириш факултетлари талабалари шунингдек, шифокорлар, аспирантлар, клиник ординаторлар, магистрлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Валеология (Валеология асослари)
Мазкур дарсликда ахоли орасида соғлом ҳаёт тарзини шакиллантиришнинг валеологик тамойилларига асосланган замонавий ёндашувлари ва услублари баён этилган.
-
MAXSUS CHOLG'U (chang sinfi)
Darslikda chang cholg'usining tarixi, cholg'uning qismlari, ularning vazifalari, cholg'uda o'tirish holati, shuningdek, unda foydalaniladiga ijro usullari va shtrixlar to'liq holda nazariy ma'lumot shaklida berilgan. Darslikning keyingi boblarida ijro texnikasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, gamma va etyudlar, kuylar berilgan.
-
Ginekologik kasalliklar
Darslikda keng uchraydigan va asosiy ginekologik kasalliklari keltirilgan. Kasalliklarning sabablari, klinikasi, diagnostikasi, davolash va oldini olish yo'llari ko'rsatilgan. Talabalarni yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun ular zamonaviy bilimlarga ega bo'lishilari kerak. Hozirgi zamonda davolash va profilaktika usullari xalqaro standartlar va isbotlangan tibbiyotga asoslangan. Darslikda oxirgi ma'lumotlar keltirilgan va bakalavr talabalariga, magistr, klinik ordinator, ginekolog va umumiy shifokorlar uchun mo'ljallangan.
-
JAHON TARIXI Yunoniston, Qadimgi Sharq, Rim
O'quv darsligi Jahon tarixi fanining yangi dasturi asosida yozilgan. U uch bo'limdan iborat: Sharq, Yunoniston va Rim. Darslikda qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim tarixiga oid asosiy voqea-hodisalar, sharq va g'arbda ilk davlat va jamiyatning paydo bo'lishidan to ularning gullab-yashnashi va soʻnish davri - milodiy V asrgacha yoritilgan. Qadimgi sivilizatsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalari, siyosiy davlat tashkilotlari, madaniyatlarining asosiy sohalari tahlil qilinadi.
-
Bioximiya va sport bioximiyasi
Ushbu darslik jismoniy tarbiya institutlari va boshqa barcha Oliy o'quv yurtlari jismoniy tarbiya bakalavriyat yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan biologiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
JAHON TARIXI 1-QISM
Ushbu darslikda jahon tarixining qadimgi dunyo hamda o'rta asrlar davri tarixiga oid eng muhim mavzular qamrab olingan. O'rganilayotgan davrda jahon mamlakatlari rivojlanishining alohida va umumiy xususiyatlari, jumladan, shakllanishi, taraqqiyoti, inqirozga yuz tutishi kabilar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tarixiy jarayonlardagi eng muhim voqealar, xususan urushlar va qo'zg'alonlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi o'zgarishlar yoritib berilgan. Darslikda keltirilgan materiallar o'zlashtirilishi oson bo'lishi uchun glossariy, bibliografiya hamda illyustrativ materiallar bilan boyitilgan.
-
MIKROBIOLOGIYA IMMUNOLOGIYA VIRUSOLOGIYA
Ushbu darslik О'zbekiston Respublikasida sog ‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturida qayd qilingan tibbiyot oliy о ‘quv yurtlarini о‘zbek tilidagi darsliklar bilan ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda yozildi. Darslikda mikrobiologiya, immunologiya va virusologiyaga oid umumiy va xususiy tushunchalar, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida so'nggi yillarda ко‘proq uchraydigan yuqumli kasalliklaming bakteriologik, immunologik va serologik diagnostikasi yoritildi. Unda 100 dan ortiq rasm, jadval va sxemalar berildi. Darslik tibbiyot institutlarining talabalari, shu sohada ilmiy va amaliy ish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘Ijallangan.
-
УМУМИЙ НЕВРОЛОГИЯ
Атрофимизни ўраб турган бутуң борлик майда зарралардан тортиб улкан, осмонўпар тоғлару, замину-замон, бутун жонли ва жонсиз мавжудотларнинг ҳаммаси она табиатимиз • маҳсулидир. Инсоннинг асаб системаси, айниқса бош мияси шу табиат маҳсули бўлиб, ўзининг тутган ўрни, вазифаси, тузилиши жиҳатидан энг олий даражадаги материя ҳисобланади. Инсон мияси шундай бир галактикаки, таркиби миллиард сайёралар каби сон-саноқсиз нейронлардан иборат бўлиб, табиатнинг энг улуғ сирларини ўзида сақлайди. Унда кандай ходисалар рўй бермокда, фаолияти, ишлаш тартиби қандай? Бу саволлар неча асрлар давомида инсониятни қизиқтириб келмокда. Асрлар давомида олимларимиз табиатнинг тенгсиз ва ниҳоятда мукаммал такомиллашган мўъжизаси ҳисобланмиш одамзод бош миясининг хусусиятларини ўрганиб келмокдалар. Инсон улуғ. Инсоннинг улуғворлиги эса унинг бош миясининг маҳсули бўлмиш онгидадир. Шу боисдан одамзод қолган бутун тирик мавжудотдан фарқ қилади.