-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
San’at. San’atshunoslik
-
Sotsiologiya fani predmeti, obhekti va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rnи
Sotsiologiya fanini o’rganishga kirishgan har bir kishi bu fanning o’ziga xos so’zlari bilan atamalari, rivojlanish yo’nalishlari, bugungi ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Sotsiologiya fanini mukammal o’rgangan kishi ijtimoiy jarayon va ijtimoiy jamoalar mohiyatini, ularda yuz berayotgan zoxiriy va botiniy o’zgarishlarni, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot qonunlari mohiyatini chuqurroq tushunadi, ilmiy amaliyotga nazariy metodologik jihatdan qurollangan holda kirisha oladi, keng jamoatchilik fikrini shakllantirish va istiqlol yo’liga to’la safarbar etish amaliyoti sirlaridan voqif bo’ladi.
-
M A ' R U Z A L A R M A T N I
“Sotsiologiya” fani mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyotida mustaqillik sharofati munosabati bilan vujudga kelgan yangi fan hisoblanadi. Aslida “Sotsiologiya” fani fan sifatida tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida XIX asrning boshlarida G’arbiy Yevropada mustaqil fan bo’lib shakllanadi. Sotsial qarashlar esa g’oyaviy ta’limotlar tarzida bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lib, dastlab Antik dunyoda Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq, Misr va Markaziy Osiyoda ilgari surilib ijtimoiy-siyosiy g’oyalar bilan uzviy bog’liqlikda shakllanib vujudga kelgan, rivojlanib taraqqiy etgan, Antik dunyo, G’arb va Sharqning buyuk allomalari - Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel, Konfutsiy (Kun-Fu-Szi), S.Guatama, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Xaldun, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab buyuk sotsial ta’limot namoyondalarining bu sohada xizmatlari cheksiz bo’lgan. Ayniqsa Xitoyda “O’n uch kitob”, Hindistonda “Veda” va “Upanishod”lar, Markaziy Osiyoda “Avesto” va ko’plab qadimiy tarixiy manbalarda sotsial-g’oyaviy ta’limotlarning shakllanib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli manbalar hisoblanadi. Mustaqil fan sifatida shakllanishida esa frantsuz olimi Ogyust Kontning xizmati kattadir.
-
Kasbiy psixologiya
Mazkur ma'ruzalar kursi ta'lim standartlari hamda «Kasbiy psixologiya» fanining o'quv dasturi asosida davlat tilida tayyorlangan dastlabki ishlardan biri bo'lib, unda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, ma'ruzalar kursida berilgan savol va topshiriqlar hamda psixologik testlar_oʻquvchilarning bu sohadagi bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu ma'ruzalar kursi yurispudensiya va yuridik psixologiya sohalarida ichki ishlar xodimlari faoliyati psixologiyasini o'rganayotgan tinglovchi va talabalar, uni tadqiq etish bilan shug'ullanayotgan adyunktlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda professor-o'qituvchilarga, shuningdek, ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlariga mo'ljallangan.
-
Болалар касалликлари пропедевтикаси
Ўрта Осиё худудида 9 асрга келиб (874 йиллар) Хоразмшохлар йирик қудратли сомонийлар давлати ташкил топди. Шу даврда Бухоро, Самарқанд шаҳарлари йирик савдо ва сиёсий марказларга айланди. Ўрта Осиёда фаннинг ёрқин юлдузлари дунёга келдилар. Шулар жумласидан IX асрда яшаб ижод этган «Астраномиянинг бошланиши» асарини яратган математик астроном геогрф Аҳмад Ибн Мухаммад Фарғоний, Муҳаммад Ибн Мусо Хоразмий, шарқ Афлотуни (Аристотел) номини олган Абу-Носир Фаробийларни тилга олиш лозим. Ўз вақтида Ибн Сино Фаробийнинг «Назарий ва амалий табобат ҳақида китоб» ини ўқигач ҳаким бўлишга қарор қилган деган фикр ҳам бор. Бу олимлар жумласига Мухаммад ибн Аҳмад ал- Хоразмий (973 1048), ёхуд Абу Райхон Беруний, Нажибуддин Самаркандий ва бошқалар киради.
-
Kattalarda hamshiralik parvarishi
Kattalarning salomatligiga bog’liq muommolar murakkab harakterga ega va uning zamirida ko’p omillar yotadi. Katta yoshdagi insonlarni salomatligini saqlab turish va yaxshilash uchun uning shaxsi orqasidan yashirinib turgan turli omillarni to’g’ri tushinish zarur va bemor hayotini hisobga olgan holda samarali yordam ko’rsatish kerak. Shuning uchun muommolarni muntazam yechish jarayonida asosan bemor salomatligini yetarlicha tekshirish va samarali yordam ko’rsatish kerak.
-
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida yuqumli kasalliklar. Virusli kasalliklar. Vensan yarali-nekrotik stomatiti. Sil. Zahm. Kandidoz. OITS.
CHaqiruvchi virus - oddiy gerpes. Inkubatsion davri 3-4 kun. O‘tkir yukumli kasallikni boshlanishida tana xarorati oshadi, umumiy xolsizlanish kuzatiladi, toshmalar toshadi, pufakchalar tez orada yorilib, eroziya paydo bo‘ladi. Oqiz bo‘shlig‘i shillik qavatida tarqalgan qizarish, shish, eroziya, afta va yaralar bo‘lishi kuzatiladi, ular bir biri bilan qo‘shilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Joylashishi notekis, tanglayda, labda, og‘iz atrofi va burun terisida, jinsiy a’zolar shilliq qavatida afta-eroziya-yara ajralib turadi va ular oq-sariq rangli fibrin karash bilan qoplangan bo‘lib, paxta tampon bilan qiyin olinadi.
-
П С И Х О Л О Г И Я Т А Р И Х И
Психология фани узо³ ´тмишга эга б´либ асрлар давомида ривожланиб келмо³да. Ушбу маъруза матнида антик давр психологларининг, Шар³ мутафаккирлари ва µозирги замон психологларини фикрлари ѐритиб берилган. Ушбу ³´лланма амалий психологлар ва психология мутахассислиги б´йича таълим олаѐтган талабаларга м´лжалланган.
-
Yog’och va plastmassa konstruksiyalari
YOg‘och – qurilishbop tabiiy material bo‘lgani sababli, qadimdan insonlar uni turli bino va inshootlar, turar joylar (masjid, maqbara, tug‘on, kuprik va x.k.) qurilishida ishlatib kelishgan. YOg‘ochning qurilishda keng qo‘llanishiga sabab, birinchidan, tabiatda uning zaxirasi ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchidan, ijobiy xususiyatlaridir (ishlovi berishg osonligi engilligi, olovbardoshligi, kimyoviy agressiv muxitga chidamliligi va boshkalar). SHu bilan birga, yog‘ochni binokorlikda ishlatilish jarayonida uning salbiy xususiyatlarini xam (anizatropligi, yonishi, chirishi, mikroorganizmlar ta’sirida buzilishi va boshqalar) xisobga olish zarur.
-
Sabzavotchilik (Ma’ruza matnlari)
Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda – sabzazorlarda o’stirilgan. Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda - polizlarda yetishtirilgan. Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom anna shundan kelib chiqqan bo’lib, sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi. Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, ya’ni bizda qovun eramizdan ilgari ham yetishtirilgan.
-
Жаҳон санъати тарихи
Санъат жуда қадим замонларда, меҳнат жараѐнининг тараққиѐти натижасида пайдо бўлди. Меҳнат жараѐнида инсон тафаккури камол топди, гўзаллик ҳисси ортди, воқеликдаги гўзаллик, қулайлик ва фойдалилик тушунчалари кенгайди. Қулдорлик жамияти вужудга келиши билан эса ижтимоий тараққиѐтда катта ўзгаришлар содир бўлди; ақлий меҳнат жисмоний меҳнатдан ажралиб чиқа бошлади. Бу эса фан ва санъат ривожида муҳим аҳамият касб этди. Профессионал санъат ва санъаткорлар шу даврда пайдо бўлди. Санъат эса ўзининг ўзига хос хусусиятини, қулдорлигини намоѐн этиб, қулдорликнинг идеологияси тарғиб этувчи кучли ғоявий қуролга айланди. Лекин шунга қарамай, омма орасидан етишиб чиққан истеъдодли ижодкорлар меҳнаткаш халқ оммасининг орзу истакларини, уларнинг гўзаллик ва худбинлик, олийжаноблик ва инсонпарварлик ҳақидаги тушунчаларини ифода этувчи асарлар яратдилар.
-
П С И Х О Л О Г И Я Т А Р И Х И
Психология фани узо³ ´тмишга эга б´либ асрлар давомида ривожланиб келмо³да. Ушбу маъруза матнида антик давр психологларининг, Шар³ мутафаккирлари ва µозирги замон психологларини фикрлари ѐритиб берилган. Ушбу ³´лланма амалий психологлар ва психология мутахассислиги б´йича таълим олаѐтган талабаларга м´лжалланган.
-
НАЧЕРТАТЕЛЬНАЯ ГЕОМЕТРИЯ
Настоящее издание предназначено для студентов дневного и заочного отделения изучающих дисциплину «Начертательная геометрия». Курс лекций имеет своей целью помочь студенту в освоении теоретических основ начертательной геометрии. Изложение разделов курса построено по принципу «от простого к сложному». Все разделы иллюстрированы чертежами и наглядными рисунками, что призвано облегчить восприятие студентами приведенного материала. С помощью настоящего пособия студент сможет получить необходимый минимум знаний по указанному курсу, достаточный для использования при решении практических задач.
-
САНЪАТ ВА МАДАНИЯТ ТАРИХИ
Қадимги Миср кишилик маданиятининг энг қадимги марказларидан бири ҳисобланади. Қадимги мисирликлар бундан 6-7 минг йиллар муқаддам жаҳонда биринчилардан бўлиб юксак маданият яратганлар. Дунёдаги дастлабки ёзув ҳам Мисрда кашф этилган. Илмий-амалий билимларнинг куртакли ҳам шу мамлакатда тўпланиб борган. Меъморчилик санъат халқ оғзаки ижодиёти ва ёзма адабиёт соҳасида ҳам мисрликлар катта ютуқларга эришганлар. Қадимги Миср маданияти қадимги шарқ халқлари ва жаҳон маданиятига ўзининг баракали таъсирини ўтказган.
-
TASVIRIY SAN’AT TARIXI
San'at juda qadim zamonlarda, mеhnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo`ldi, Mеhnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik xissi ortdi, voqеlikdagi go`zallik qulaylik va foydalilik tushunchalari kеngaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kеlishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi aqliy mehnat jismoniy mеhnatdan ajralib chiqa boshladi, Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Profеssional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo`ldi. San'at esa o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning idеologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. Lеkin shunga qaramay, omma orasidan yеtishib chiqqan istе'dodli ijodkorlar mеhnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar
-
BIRINCHI TIBBIY YORDAM ASOSLARI VA VALEOLOGIYA
Ushbu ma'ruzalar kursi davlat ta'lim standartlari hamda «Birinchi yordam asoslari va valeologiya» fani o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda valeologiya fanining maqsadi va vazifalari, sog'lom turmush tarzini qaror toptirishda gigiyenaning o'rni, turli yuqumli kasalliklar va ularni profilaktika qilish, reproduktiv salomatlik, favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko'rsatish asoslari batafsil yoritilgan. IIV Akademiyasida ta'lim olayotgan tinglovchi-kursantlar, ilmiy tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun mo'ljallangan
-
ЎЗБЕК ХАЛҚ ЧОЛҒУЛАРИДА ИЖРОЧИЛИК САНЪАТИ ТАРИХИ
Мустақиллик шарофати билан республикада узоқ тарихга эга бўлган бадиий анъаналар ва миллий қадриятлар қайта тиклана бошлади. “Наврўз”, “Мустақиллик куни” ва бошқа бир қатор байрамларни нишонлаш эса янги анъанага айланиб қолди. Жамиятимиз кишиларининг дунёқараши ҳам тубдан ўзгарди, эндиликда улар мустақил фикрлашга ва ўз фикр-мулоҳазаларини матбуотда, телевидение ва радио орқали эркин баён қилиш ҳуқуқига эга бўлдилар. Айни пайтда, ўтмишга теран назар солиш, ўз тарихимизни атрофлича ўрганишга интилиш, ижтимоий фикр янада кенг тус олмоқда. Шу жумладан, мусиқа соҳасида ҳам анча ўзгаришлар юз бера бошлади