-
Tarix. Tarix fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
Qo'qon xonligi tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi
O'zbekiston mustaqillikga erishishgandan so'ng Vatan tarixining barcha davrlari, xususan o'zbek davlatchiligi an'analarini chuqur idrok etish, bu yerda mavjud bo'lgan qadimgi va o'rta asr davlatlari tarixini o'rganish muhim ilmiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida bakalaviriyatning "Tarix" yo'nalishida "O'zbek davlatchiligi tarixi", "Amir Temur davlati tarixi" singari maxsus kurslar joriy etildi. Mintaqaviy hususiyatlardan kelib chiqib, shuningdek, muammoni yaxshi o'rganilmaganligini etiborga olib, Farg'ona davlat universiteti tarix yo'nalishida tanlov fani sifatida "Qo'qon xonligi tarixi" maxsus kursi joriy qilingan edi. Maxsus kurs talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ularga Vatanimiz tarixini chuqur o'rganishda yaqindan yordam bermoqda.
-
Иқтисодий таълимотлар тарихи фанидан
Иқтисодий таълимотлар тарихи турли даврларда иқтисодий қарашлар тизимининг вужудга келиши, ривожланиши, алмашиниши жараёнини ўргатадиган фандир. Бу фаннинг асосий объектлари замонлар, кишилар, гоялардир. Иктисодчи олимлар ғояларини маъносига тушиниш учун уларнинг хаёти, мехнат фаолияти урганилади. Бу олим яшаган замон ва макон билан чамбарчас боглик. Шунинг учун хам ғояни яратган шахс, у яшаган замон ва макон биргаликда ўрганилади. Хар бир замонга мос ва хос ғоя туғилиши мумкин.
-
IBTIDOIY JAMOA TARIXI
Ibtidoiy jamoa tarixini o'rganish ahamiyati shundaki, uning yordamida shaxsiy egalikning paydo bo'lishini, ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatini vujudga kelishini tushunishga yordam beradi. Ibtidoiy jamoa tarixini bilish xalqlar va elatlar paydo bo'lish jarayonlarini o'rganishga, taraqqiyoti jihatidan orqada qolib ketgan qabilalarni o'rganishda, ibtidoiy jamoa ukladlarini namoyon etuvchi qabilalar hayotini, turmush tarzini o'rganishda yordam beradi. Er yuzida shunday qabila va xalqlar borki, ularda hanuz ham ibtidoiy jamoa qoldiqlari yoki ibtidoiy jamoaning parchalanish bosqichida turgan ko'rinishlari mavjud. Ularni o'rganish, etnografik jihatdan tahlil etish ularni turmush tarzlari va ijtimoiy tuzumlarini tushunish ham ko'pincha ibtidoiy jamoa tarixini bilish bilan bog'liqdir.
-
Hindiy tili tarixi
Hindistonda tilshunoslik an'analari eramizdan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmidan to shu kunga qadar shakllanib kelmoqda. Bu an'ana avvalo, avloddan avlodga og'zaki yetkazib kelinayotgan sanskritda yozilgan matnlarni turli g'alizlikdan saqlash ehtiyoji orqasida paydo bo'lgan. Tilshunoslikning eng birinchi bosqichi pratishakxyalar fonetik traktatlar bilan xarakterlanadi. Ular tarqoq holdagi grammatik kuzatishlarni o'z ichiga olgan boʻlib, nutqni tovushlar klassifikatsiyasi bilan ahamiyatlidir.
-
QADIMGI DUNYO TARIXI
Mustaqillikka erishganimizdan ta`lim tizimini tubdan isloh qilinishi tarix fanini o`qitishgi sifat jihatdan yangi sifat darajasiga ko`tarish vazifasini qo`ydi. Ushbu ma’ruza matni NAMDU tarix fakultetida o`qilgan ma`ruzalar kursi tajribasi hisobga olingan holda tayyorlangan. Ma’ruza matnida qadimgi dunyo tarixini eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning V asrigacha bo`lgan davri yoritiladi. Qadimgi Sharq svilizatsilari, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, ular yaratgan madaniy yutuqlarning asosiy jihatlari ochib beriladi. Qadimgi dunyo tarixining Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim tarixi bo’yicha ushbu ma’ruza matni tarix fakulteti I kurs talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Билиш назарияси
Билишнинг объекти ва субъекти, босқичлари ва ҳиссий , мантиқий билиш ва ҳақиқат тушунчаси ва объективлиги, нисбий ва мутлоқ ҳақиқат, ҳақиқатнинг мезони ёритиб берилган.
-
“XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK
O'zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish milliy musiqiy cholg'ularimiz o'zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o'rin tutadi. Musiqiy cholg'ular azal-azaldan o'zbek xalqining ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, cholg'u ijrochiligi san'ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Uning barcha o'ziga xos xususiyatlari va qirralarini o'rganish esa cholg'u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi.
-
Фалсафа фани ва унинг хусусиятлари
Фалсафа мавжуд нарса ва ҳодисаларнинг энг умумий алоқадорлиги ва ривожланиш қонуниятларини , уларнинг туб моҳиятини билишга қаратилган фандир.
-
Ветеринария асослари
Ушбу маъруза матнлари ва амалий лаборатория ишланмалари "Яйлов чорвачилиги ва ҳайвонларни озиқлантириш технологияси" кафедрасининг йиғилишида кўриб чиқилган ҳамда 5610100 - Фермер хўжалигини бошқариш таълим йўналиши учун тавсия қилинган.
-
Фалсафа тарихи
Фалсафа фани турли давир ва шароитларда яшаган , яшаб келаётган барча халқларнинг бутун инсониятининг маънавий бойлиги ,умумий ютуғи, башариятининг асрлар жараёнида шуғулланган , ривожланиб , сайқал топиб келган ақл- идрок ва тафаккурлари маҳсулидир.
-
Fan va texnika tarixi
Yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar (epos gryekcha so'z bo'lib, doston, rivoyat, afsona asarlarini anglatadi) tarixni o'rganish uchun yagona manba edi. Yozuvlar ixtiro qilingundan so'ng esa toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O'sha davrdagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta ko'chirilgan yoki og'izdan-og'izga ko'chib, bizgacha yetib kelgan manbalar qadimiy manbalar hisoblanadi.
-
Осиѐ ва Африка мамлакатларининг ўрта асрлар тарихи
Осиѐ ва Африка мамлакатларининг ўрта асрлар тарихи жахон-тарихий жараѐнинг ажаралмас қисмидир. Инсоният ўрта асрлар босқичидан анча узоқлашиб кетган бўлсада уни ўрганиш ахамияти сусайгани йўқ. Осиѐ ва Африкада феодал тузум Европага нисбатан анча мустахкамроқ бўлган ва узоқ давом этган. Лекин шунга қарамай ўрта аср хронологияси жахон миқѐсида олинган. Ўрта асрлар рамкаси шартли равишда олинган ва бу масалада ханузгача медисвистлар ўртасида бахслар давом этмоқда. Айниқса ўрта асрлар ва янги давр чегараси кескин тортишувларга сабаб бўлмоқда. Баъзи фикрларга биноан Шарқда ўрта асрлар Буюк француз революцияси даврида (1789) тамом бўлган. Бу фикр 1970 йилга ЛДУ да чиккан «История стран зарубежной Азии в средних века» дарслигида уз ифодасини топган.
-
Фалсафа ва фанлар методологияси
Ушбу китоб асосан табиатшунослик фанининг фалсафий методологияси муаммоларига багишланган
-
ЎРТА ОСИЁ СУЛОЛАЛАРИ ТАРИХИ
Ушбу маърузалар матнида “Ўрта Осиё сулолалари тарихи”талаба танлови фани бўйича бугунга қадар тўпланган маълумотлар, фан соҳасида юзага келган янги ғоя, инновациялар, Ўрта Осиёда ва чунончи ҳозирги Ўзбекистон ҳудудида ҳукмронлик қилган сулолалар билан боғлиқ муаммоларнинг бугунги кундаги ечими ҳамда уларнинг талабаларга етказиш усуллари ёритиб берилган. Ушбу маърузалар матни олий ўқув юртларининг мутахассис йўналиш талабалари, илмий тадқиқотчилар ва шу соҳа билан қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
"GEOMETRIK VA PROYEKTSION CHIZMACHILIK"
Mazkur ma’ruzalar matni оliy o’quv yurtlari bakalaviriat yo’nalishi 5140700-Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi mutaxasisligi bo’yicha kunduzgi bo’lim uchun yozilgan bo’lib, bunda chizmachilik xaqida umumiy tushunchalar, standartlar shriftlar, chizma geometrik yasashlar, ko’rinishlar, qirqim va kesimlar, aksonametrik proyeksiyalarga oid materiallar yoritilgan
-
ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ
Мазкур маърузалар матни "Ўзбекистон тарихи" фанидан бакалавриат йўналишлари талабаларининг зарурий тайёргарлик даражаси ва билимлари мазмунига қўйиладиган талаблар асосида тайёрланган. Малакавий талаблар талабаларнинг фан бўйича қандай билимга эга бўлиши, қандай кўникмалар ҳосил қилиши лозимлигини ўз ичига олади.