-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
-
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
-
-
QONUN USTUVORLIGI VA INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH - YURT TARAQQIYOTI VA XALQ FAROVONLIGINING GAROVI
Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug' Yo'l- boshchimiz, muhtaram Islom Abdug'aniyevich Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o'zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdug'aniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo'ldi.
-
АРХИВШУНОСЛИК
Архив ҳужжатларидан фойдаланиш тартиб-қоидаси, одатда бир қанча амаллардан иборатки, буларнинг энг асосийлари сирасига ҳужжатларни қидириб топиш, муаллифи, санаси ва яратилиш шарт-шароитларини аниқлаш ҳамда уларни тарихшунослик нуқтаи назардан баҳолаш, қолаверса, ҳужжатлар билан бевосита ишлаш, яъни уларни тадқиқ қилиш, улардан фойдаланиш кабилар киради. Ушбу вазифаларни муваффақиятли амалга ошириш тадқиқотчидан ўз тадқиқот соҳаси бўйича орттирган билимларидан ташқари махсус архившунослик илмидан хабардорликни, архив ҳужжатлари билан методикасини эгаллаган бўлишни тақозо этади.
-
ARXEOLOGIYA ASOSLARI
O'quv soatlari hajmi doirasida tarixning muhim qismi hisoblangan O'rta Osiyo hamda jahon arxeologiyasiga bag'ishlangan. Mazkur ma'ruza matnida berilgan mavzular uzviylik va tarixiy davriylik ketma-ketligini o'zida mukammal aks ettirib, arxeologiya fani tarixning ajralmas qismi ekanligini, vatan tarixining qadimgi davridan o'rta asrlargacha bo'lgan moddiy va ma'naviy yodgorliklar haqidagi bilimlarni qamrab olgan. Talabalarga arxeologiya fanining tadqiqot usullari, tarixiylik, ilmiylik va xolislik tamoyillari haqida ma'lumot beradi. Ma'ruza matni bakalavriat ta'lim yo'nalishining o'quv hajmi soatlariga mos keladi va me'yoriy hujjatlarga muvofiq tayyorlangan.
-
QALAMTASVIR FANIDAN MUSTAQIL ISHLAR TO‘PLAMI
Ushbu metodik tavsiya 5150900- Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni, Landshaft dizayni) yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘llanmada “Qalamtasvir” fanidan talabalar bajaradigan individual mustaqil ishlash uchun namunalar keltirilgan. Har bir bajariladigan mustaqil ish uchun metodik ketma-ketlik taqdim etilgan.
-
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK
Muzey ishi- jamoatchilik faoliyatining fan, tarbiya va madaniyati bilan alokada bulib turadigan uziga xos bir kismi sifatida jamiyat tarakkiyotining umumiy tendentsiyalardan chetta kolmagan. Insonning xar tomonlama rivojlantirish ishida muxim axamiyatga ega bulgan muzey ishi darajasini ustirishda tuplagan tajribani nazariy tushunmasdan, xarakteristikasini, koidalarni urganmasdan turib erishib bulmaydi. Muzey ishini muammolarini umumlashtiruvchi, muzey amaliyotida foydalanadigan va maxsus adabiyotlarda uz aksini topgan bilimlar majmuasi – muzeologiya yoki muzeyshunoslik deyiladi. Bu termin XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bulganligi karamasdan juda kuplab jaxon kishilarga urnashib kolgan. Ilgari mavjud bulgan «Muzeografiya» termini muzeylarga tegishli bulgan barcha asarlarga XX – asrning urtalarida boshlab esa muzeylar tavsifiga nisbatan ishlatila boshlagan. Muzeyshunoslikning nazariy sistemasi tushuncha va metodlari XVI- asrdan boshlab shakllana boshlagan. Lekin fan sifatida sungi un yilliklarda shakllandi. Muzeyshunoslik – ijtimoiy axborotni saklash vositasiga anglash va etkazish jaraynini urganuvchi ijtimoiy fandir
-
Тарихий манбашунослик муаммолари Республика илмий-амалий анжумани материаллари (2003 йил 25 апрел)
Ушбу китобда Тарихий манбашунослик муаммолари Республика илмий-амалий анжумани материаллари жой олган.
-
Tarixiy tadqiqot metodlari va metodologiyasi
O’zbekiston Respublikasi eng qadimgi dinniy madaniy va ilmiy markazlardan biri xisoblanadi va shu sababli o’znek xalqi boy tarixga egadir. O’zbekiston Mavoraunnaxr Osiyo bilan Yevropani birlashtirib turgan ko’prik vazifasini o’tagan. Ikki daryo oralig’i orqali olib borilgan Osiyo – Yevropa iqtisodiy va madaniy aloqalari O’rta Osiyo umuman jaxon xalqlari taraqqiyotida katta rol uynagan. Bugunchi kunda Yevropa va Osiyo xalqlariga xizmat qilgan Buyuk ipak yo’li tarixini chuqur o’rganishga fuqarolarda katta qiziqish uyg’otmoqda. 1991 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlatchilikni ko’lga kiritganligi jumxuriyatimizni bugungi kuninigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir.
-
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK
Ushbu kitob aynan shu muloxazadan kelib chiqqan holda yaratilgan. Ota-bobolarimiz, ajdodlarimizning aql-zakovati, oltin qo`li ila IX-XII asrlardayoq kishi aqli bovar qila olmaydigan darajada nafis va nozik qilib ishlangan naqshlar qadimiy va navqiron Samarqand, Buxoro va Xiva devorlarida o`zini ko`z-ko`z qilib turibdi. O`sha davr uslubi bilan yuksak mahorat ko`rsatib qurilgan muhtasham binolar va bu binolardagi SHarq uslubiga xos o`ymakorlik naqshlari o`z taraqqiyotining cho`qqisiga ko`tarilganligidan guvohlik beradi. Bunday o`ymakorlik naqshlari bilan bir qatorda islomiy uslubda ishlangan naqshlar, ya`ni gul va novdalarning murakkab uslubdagi naqshlari va hozirgi kungacha yaxshi saqlanib kelayotgan tillada qorilib o`yilgan boshqa bezaklar ajdodlarimiz yuksak san`atining timsoli sifatida bugun ham hammani lol qoldirib turibdi. Qadimgi va o`rta asrlar me`morchilik obidalarini saqlash, o`rganish va muhofaza qilish hozirgi zamon yosh avlodni, mehnatkashlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, xalqlarning baynalmilal do`stligini mustahkamlashda katta rol o`ynaydi. SHuning uchun ham o`tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o`rganish, muhofaza qilishning rolini oshirish muammolarini hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
-
Тарих ўқитиш методикаси
Тарих ўқитиш усуллари илмий педагогик фан бўлиб, у талабалар онги ва калбига миллий истиқлол мафкурасини сингдириш уларга утмиш тарихимиз умумбашарий кадриятларимиз авлод-аждодларимиз хакида пухта билим бериш, мустақил Ватанга садокат руҳида тайёрлаш, тарбиялаш ва камол топтиришни кўзда тутади. Жамият ва унинг ижтимоий тараққиёти тарих фани асосини ташкил этиб, шу фаннинг объектидир. Тарих фанининг предмети эса утмишда руй берган вокеа-ходисалар булиб, улар Ўзининг бетакрорлиги билан алохида хусусиятга эга. Тарихий вокеахoдисаларни илмий, холис ўрганишнинг аниқ йулини Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримов 1998 йил 26 июнда мамлакатимиз тарихчи олимлари, шоир ва журналистлар билан бўлган учрашувда кўрсатиб берди.
-
Музейлар замонавий Узбекистон маданияти тизимида
Улкан тарихий ўзгаришлар юз бераётган Ўзбекистонимиз халқаро миқёсда тобора мустаҳкам нуфузга эга бўлиб бораётир. Мамлакатда иқтисодий жиҳатдан бақувват, ҳуқуқий демократик давлат барпо этиш билан бир қаторда, таълим тарбия, маданият ва маънавиятимизни юксалтириш борасида ҳам ислоҳотлар олиб борилмоқда. Шунингдек, музейлар фаолияти ни янада яхшилаш, музей иши ва тарихини чуқур ўрганишга ҳам катта эътибор берилмоқда. Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш бўйича давлат томонидан чи- қарилган Фармон ва қарорлар бунинг яққол далилидир.
-
Tarix o’qitish metodikasi
Mustaqillik sharofati bilan milliy merosimiz va tengi yuq tariximizni yanada kengroq o'rganish uchun katta imkoniyatlar bo'ldi. Besh avlodlarni vatanparvarlik, o'z ona yurtiga cheksiz muhabbat ruhida tabiyalash, jonajon o'lkamiz go'zalligi, ananalarga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish, ularda ijtimoiy faollik, milliy g’urur ezgu tuyg’ularni o’stirish kabi talablar ayni zamonga eng muhim vazifalardandir. Bu olijonob ishlarni amalga oshirish maktablarda “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitish jarayonini to'g’ri tashkil etishiga ham bog’liqdir. Hech kimga sir emaski, O’zbekiston Respublikasi o’z istiqloliga erishguniga qadar tariximiz deyarli hamma o’quv tizimlarida nomigagina o’tilar edi. Yana achinarlisi shundaki, ushbu kurs ham mazmunan ham tuzilishi jihatidan ikkinchi darajali hisoblanardi. Unda ko’xna tariximizning haqiqiy asoslari eritilmagan edi. Bugungi kunda esa yangi yo’nalishlari, tadqiqot qilinishi zarur bo’lgan birinchi darajali masalalari aniq belgilanadi va belgilanmoqda.
-
O`ZBEKISTON TARIXI
Tarix fani turli xalqlar qanday yashashganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bulganligini o`rgansa, O`zbekiston tarixi esa shu ona zaminimizda o`tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo`lgan o`zgarishlar, voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu qabilalarni to`lashchiga o`rganadigan hudud, ya`ni bizning Vatanimiz-deb ta`kidlagan edi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov,-nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bulganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulomolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo`qotmagan osoriatiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehkonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va shaharsozlik san`ati yuksak bo`lganidan dalolat beradi. O`zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarizidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to`planib kelgan o`zaro ichki qonunyatlar bilan chambarchas bog`langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u o`zining o`rganish ob`ekti va predmetiga ega bo`lgan mustaqil fandir.
-
Коллоид кимё
Тошкент кимё-технология институти “Аналитик, физикавий ва коллоид кимё” кафедраси томонидан ёзилган ушбу “Дисперс системалар ва сирт ходисалар” фанининг маърузалар матни кимё-технология ва озиқ-овқат технологияси йўналиши бўйича бакалаврлар тайёрлаш учун мўлжалланган. Умумий курсдаги 36 соатли маърузалар матнига дисперс системаларни олиш ва уларнинг хоссалари, сирт ходисалар, дисперс системаларнинг барқарорлиги ва коагуляцияси, гидрофил дисперс системалар ва юқори молекуляр бирикмалар эритмаларнинг хоссалари бўлимлари киритилган.
-
Органик кимё
Органик кимё углеводородлар ва уларнинг ҳосилалари кимёсини ўрганади. Ҳозирги вақтда органик бирикмалар таркибига углерод ва водороддан ташқари даврий системанинг деярли барча элементлари киради.
-
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРИХИ
Тарих фани турли халқлар қандай яшаганлиги, уларнинг ҳаѐтида қандай воқеалар бўлганлиги, одамлар ҳаѐти ва нима учун ўзгариб ҳозиргидай бўлиб қолганлигини ўрганса, Қорақалпоғистон тарихи эса шу она заминимизда ўтмишда яшаган халқларнинг ҳаѐти ва уларнинг ривожланиш жараенида содир бўлган ўзгаришлар, воқеаларни тўлалигича ўрганадиган фандир. Юртбошимизнинг бу ҳақидаги фикрлари катта аҳамиятга эгадир. «Ҳозир, Ўзбекистон деб аталувчи ҳудуд, яъни бизнинг Ватанимиз, нафақат Шарқ, балки умумжаҳон цивилизацияси бешикларидан бири бўлганлигини бутун жаҳон тан олмоқда. Бу қадимий ва табаррук тупроқдан алломалар, фозилуфузалолар, олиму-уламолар, сиесатчилар, саркардалар етишиб чиққан. Диний ва дуневий илмларнинг асослари ана шу заминда яратилган. Эрамизгача ва ундан кейин қурилган мураккаб сув иншоотлари шу кунгача файзини, маҳобатини йўқотмаган, осори атиқаларимиз қадим-қадимдан юртимизда деҳқончилик, ҳунармандчилик маданияти, меъморчилик ва шаҳарсозлик санъати юксак бўлганлигидан далолат беради». 1997 йили Қорақалпоғистон Республикаси Жўқарги Кенгеси сессиясида Президент шундай деган эди: «Қорақалпоқ халқи жаҳонга ўзининг миллий маданияти, ўзгача санъати,классик адабияти, руўхий баҳолиликлари, дастури ва ўрп-адатлари билан маълумдур».
-
«Mashina detallari»
Mashina detallari fani barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal (bolt, gayka, tishli g‘ildirak va boshqalar) va uzellarni hisoblash va loyihalash asoslarini o‘rgatuvchi fandir. Detal - mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismi. Masalan, bo‘lt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar. Uzel — bir necha detallaming yig'indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`jallangan. Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi, masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to‘qimachilik mashinalarda ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinalarida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyihalash va hisoblash mahsus kurslarda o ‘rganiladi