-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Gidrotexnika inshootlari
Mazkur o‘quv qo'llanma suv dimlovchi va suv o'tkazuvchi inshootlar, gidrotexnika inshootlarining zatvorlari, mexanik jihozlari, to'g'onlar, suv omborlari va gidrouzellarda inshootlaming joylashuvi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qo'llanmada tegishli mavzular bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga doir misol va masalalar ham keltirilgan. Qo'llanma amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, kasb-hunar kollejlarining «Suv xo'jaligi va melioratsiya, «Gidrotexnika qurilishi» yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan mazkur sohaga qiziquvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
O‘quv qo‘llanmada «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining asoslari bayon qilingan. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Geologiya qidiruv ishlari» bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja va dastur asosida yozilgan.Yer osti suvlari, tog‘ jinslari, ularni o‘rganishning gidrogeologik, injenergeologik usullari berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma geologiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining shu sohadagi bakalavrlari, magistrlari hamda ilmiy tekshirish institut xodimlari, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Foydalanishdagi transport inshootlarining ishonchliligi
O'quv qo'llanmada bino va inshootlar konstruksiyalari ishonchlilik nazariyasining asosiy qoidalari,elementlarni ishonchlilikka amaliy hisoblashda foydalanilgan asosiy terminologik tushuncha va ta'riflar berilgan.Qo'llanmaning hamma bo'limlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan,murakkabligi har xil darajadagi masalalarni yechish misollari keltirilgan.
-
Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi
Darslikda zamonaviy avtotransport korxonalaridagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnologik jihozlar, ularning turlari va tavsifi, foydalanish texnologiyasi va texnik ekspluatatsiyasi hamda nostandart jihozlarni avtotransport korxonalari sharoitida loyihalash va yasash kabi bo’limlar yoritilgan.Undan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari pedagoglari hamda avtotransport tarmog’i korxonalarining muxandis-texnik xodimlari ham foydalanishi mumkin.
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari
O'quv qo'llanmaning ushbu birinchi kitobida elektrotexnikaning nazariy asoslariga tegishli bo'gan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash usullari haqida tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, unda elektrotexnika tarixiga. uning rivojlanish bosqichlariga va boshqa texnik fanlarni o'zlashtirishdagi o'rniga alohida e’tibor berilgan. Har bir bob tegishli masalalar, referat mavzulari va o‘z- o‘zini sinash savollari bilan to'ldirilgan.
-
Elektr transportining elektr va elektron uskunalari
Darslikda elektr transporti elektr jihozlari va uning asosiy qonunlari, yarim o'tkazuvchi asboblar, diod, tiristorlar, elektr transportida ishlatiladigan to'g'rilagich sxemalari va elektr apparatlari, elektron qurilma elementlari va apparatlari hamda raqamli sxemotexnika kabi mavzular keltirilgan.
-
Elektr texnikaning nazariy asoslari. (1-qism)
«Elektr texnikanig nazariy asoslari» darsligining 1-qismida elektr zanjirlarining elementlari va asosiy tushunchalari, o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarini tahlil qilishdagi asosiy qonunlar va hisoblash usullari hamda rezonans hodisalari, o‘zaro induktivlik, uch fazali zanjirlar mavzulari batafsil yoritilgan. Darslik texnika oliv o‘quv yurtlarlning bakalavriatura, magistratura talabalari hamda katta ilmiy xodim va izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan, bundan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, ilmiy texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Логопедия
Қўлланмада ҳар хил нутқ бузилишлари таърифланади, нутқ бузилишидаги типик ҳолатлар таҳлил қилинади, мактабгача тарбия ва мактаб ёшидаги болалар билан олиб бориладиган логопедик тузатиш ишлари ёритилади.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
Mazkur darslik pedagogika instituti va universitetlarining “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish” yo‘nalishi bo'yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo'ljallangan bo‘lib, “Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish metodikasi” fani bo'yicha foydalanishga tavsiya etiladi.
-
Bolalar adabiyoti va folklor
M. Jumaboyevning mazkur darsligi "Kirish" "Xalq og'zaki ijodi va bolalar kitobxonligi", "0‘zbek bolalar adabiyoti", "Chet el bolalar adabiyoti" deb nomlanuvchi bo‘limlardan iborat.
-
Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi
O'quv qo'llanmada boshlang'ich ta'limni integratsiyalashning vujudga kelishi, uning ilmiy va ijtimoiy jihatlari, integratsiyalashdan ta'lim mundarijasi va yo'nalishlarining asosiy negizi, mohiyati ta'riflanadi.
-
Himoyalangan joy sabzavotchiligi
Ushbu darslikda O'zbekistonda himoyalangan yer sabzavotchiligining ahamiyati va xususiyatlari, rivojlanish tarixi, hozirgi davrdagi holati, uni oldida turgan masalalari va tafsiloti bayon etilgan.
-
Ўсимликлар физиологияси ва микробиология асослари
Ушбу ўқув қўлланмада ўсимликлар ҳужайрасининг физиологияси, ўсимликларнинг сўв режими, карбонат ангидриди ва минерал моддаларни ўзлаштириши, моддалар алмашинуви, ўсимликларнинг ўсиш ва ривожланиш масалалари кўриб чиқилади. Шунингдек, микроорганизмларнинг морфологияси ва физиологиясига оид материаллар ҳам келтирилган.
-
Меҳнат иқтисодиёти
Мазкур дарслик олий ўқув юртларининг иқтисодиёт факультетлари , бакалавр ва магистрлари ҳамда меҳнат иқтисодиёти назарияси ва амалиёти билан шуғулланаётган мутахассислар учун мўлжалланган.
-
O‘simliklar fiziologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida ko'pgina soha mutaxassislarining fikrlari inobatga olindi. Shuning uchun ham fiziologiyaning hozirgi kundagi yutuqlari va rivojlanish tarixi batafsil yoritilib, fanning umumnazariy ahamiyatiga alohida o‘rin berilgan. O‘quv qo‘llanmada qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlarning fiziologiyasi haqida ma’lumotlar va tahlillar berilganligini, uning yutug‘i deb hisoblash mumkin.
-
О ‘simlikshunoslik
Darslikda O`zbekistonda va qisman yer yuzida ekilayotgan dala ekinlari to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan. Bunda dala ekinlari yetishtirishning zaruriyati, ekinni yetishtirish tarixi, sistematikasi, biologiyasida rivojlanish davrlari, tashqi muhitga talablari hamda zamonaviy yetishtirish texnologiyalari bayon etilgan. Ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bo`yicha xorijiy tajribalarga ham e`tibor berilgan.