-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
O'zbek nutqi madaniyati asoslari
Hozirgi o'zbek adabiy tilining madaniylik darajasi ancha yuksak, nutqiy odob doirasi ancha kengdir. Hamma gap ushbu madaniy tilning boy va keng imkoniyatlaridan kundalik so'zlashuv jarayonida to'g'ri, maqsadga muvofiq hamda samarali, foydalana olishdadir.bu adabiyot talaba va o`qituvchilarga moljallangan
-
Дончилик
Дарсликда донли ва дуккакли экинларнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти, келиб чиқиши, экин майдонлари, ҳосилдорлиги, умумий хусусиятлари, морфологик белгилари, ўсиш ва ривожланиш даврлари, кузги дон экинларининг биологик хусусиятлари, ботаник таърифи, навларининг тавсифи ҳамда ушбу экинларни етиштириш технологиялари ёритилган.
-
Ўзбек кураши-миллий ва умуминсоний қадриятлар дурдонаси
Бугунги кун жисмоний тарбияси ва спортига тарихий ёндашув орқали ўзбек курашининг миллий ва умуминсоний қадрият эканлиги мазкур кўлланмада ўз ифодасини топган. Китоб оммабоп бўлиб, ундан курашга қизиқувчилар, илмий тадкиқотчилар, жисмоний тарбия ўқитувчилари, талабалар ва педагоглар шунингдек, ўқувчи-ёшлар унумли фойдаланишлари назарда тутилган.
-
Zamonaviy lingvistika
Mazkur o‘quv qo'llanmada lingvomadaniyatshunoslikning fan sifatida shakllanishi, bu yo‘nalish haqidagi dastlabki ilmiy g‘oya va fikrlar, til-madaniyat- etnos triadasining talqini, moddiy va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlar, lingvomadaniyatshimoslik va etnolingvistikaning bir-biri bilan kesishgan nuqtalari, lisoniy shaxs tushunchasi va uning tuzilishi hamda til va madaniyat olam manzarasini ifodalovchi vosita ekanligi yoritilgan. Shuningdek, lingvomadaniyatshunoslikning eng muhim tushunchalari lingvokulturema va logoepistema, lingvokulturema va konsept, so‘z va lingvokulturema haqida fikr yuritilgan hamda leksik va frazeologik birliklaming va badiiy matnining milliy-madaniy aspektlari kabi mavzular o‘rin olgan.
-
O'zbek tilini o'qitish metodikasi
Insoniyat tarixida ta'lim olishga ehtiyoj tug'ilgan kundan boshlab kun tartibiga chiqqan “O'quvchiga nimani o'rgatish zarur?”, “O'quvchini qancha o'qitish kerak?”, “Nima uchun o'qitish shart?”, “Qanday usullar bilan o'qitish lozim?” kabi qadimiy savollar hamisha dolzarb va yechimtalabdir. Bugun ona tili ta‟limi oldida ham shu savollar ko'ndalang turibdi. Sababi, insоn shахsidа ruh, tаfаkkur vа til chаmbаrchаs bоg'liq. O'rta umumta'lim maktablarida ona tili ta'limidan ko'zlangan maqsad – jamiyatga ijоdiy vа mustаqil fikrli shахsni tаrbiyalab berish – аmаlgа оshishi uchun quyidagilarni chuqur anglashimiz lozim.
-
Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi
Мазкур ўқув қўлланма орқали талабалар янги алифбодаги ҳарфларнинг босма ва ёзма шакллари, уларнинг ўқилиши, кирилл алифбосидаги ҳарфларга ўхшаш ва улардан фарқли томонлари, янги имло қоидалари билан танишадилар, тегишли машқлар орқали олган билимларини мустаҳкамлайдилар. Китоб сўнгтда берилган матнлар талабаларнинг халқимиз тарихи, маданияти, адабиёти, илм-фани бўйича билимларини янада бойитиш учун хизмат қилади.
-
Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslaridan laboratoriya ishlari
O'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarida bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan talabalarga avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari ustidan nazariy va amaliy tadqiqotlarni laboratoriya sharoitlarida olib borish yo'l-yo'riqlarni o'rgatish uchun tayyorlangan bo'lib, unda o'qituvchilarga ishni tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar, har bir ishning vazifasi, dasturi, eksperimentlar o'tkazish tartibi va uni tahlil qilish uchun tavsiyalar hamda ish bo'yicha hisobotlar tayyorlash, nazorat savollari berilgan laboratoriya ishlarining bayonlari o'rin olgan.
-
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 1-qism
Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Шарқ Уйгониш даври ва фалсафий тафаккур ривожи (XIV-XV асрлар)
Ушбу китоб миллий фалсафамиз тарихининг муҳум босқичи булган XIV-XV асрлар ижтимоий-фалсафий тафаккур ривожи таҳлилига бағишланган. Муаллиф Ўрта Осиё Уйгониш даври ва Fap6 Ренессанси ўхшашликлари ва тафовутлари, уларнинг ўзаро маданий алоқалари муаммосига махсус тўхталган.
-
Gistologiya
Mazkur darslik (birinchi nashri 1982 -yili chiqarilgan) gistologiya va em briologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblari o‘z ichiga olgan umumiy va xususiy gistologiya bo'limlaridan iborat. Unda hujayra tuzilmalari, to `qimalar va a ’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. B undan tashqari, sitologiyaning hujayra oiganellalari, hazm sistem asining endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi ma ’lumotlar bilan to'ldirilgan . Shuningdek , darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga ko'maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan. Darslik O ’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan mazkur darslik tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari va shu soha mutaxassislari uchun mo’ljallangan.
-
Қадимги Уструшона чорвадорлари маданияти
Ушбу монографияда қадимги Уструшона худудида ўрганилган мозоркургонлар ва бошқа дафн иншоатлари материаллари асосида, чорвадор аҳолининг моддий ва маънавий маданияти тахлил килинган. Бунда мозоркургонларнинг шаклланиши, кабр иншоотининг конструкцияси, мархумни кўмиш жараёнини ўзида акс эттирувчи ҳолатлар (жасадни дафн этиш жараёни, қабрдаги моддий манбалар, уларнинг жойлаштирилиши ва б...) тадкикотда кўтарилган масалаларни очиб бериш учун бош манба килиб олинган.
-
Amaliy ingliz tili
Mazkur o’quv qo’llanma chet tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan “Amaliy xorijiy til” fan dasturi asosida tuzilgan bo’lib, bo’lajak mutaxassislarni 5A320901- To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, ingliz tilida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi.
-
Иқтисодиёт назарияси
"Иқтисодиёт назарияси" фани бўйича тайёрланган мазкур дарслик 2005 йилда чоп этилган дарсликнинг қайта ишланган нашри ҳисобланади. Дарслик бир бири билан мантиқан боғланган тўрт бўлимдан иборат бўлиб, улардан иқтисодиётнинг умумий асослари, бозор иқтисодиёти, макроиқтисодиёт ва жаҳон хўжалигига оид мавзулар ўрин олган.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlab o‘quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk ma’lumotlar berib boriladi. Maktabda adabiyot o‘qitish dasturlari o‘quvchilarga bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalami o‘rgatib borishni ko‘zda tutadi. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktabda olingan adabiy-nazariy bilimlami muayyan bir tizimga keltirgan holda mustaqkamlashdan iboratdir. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi filologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ulami adabiyot tarixi kursidan ma’ruzalar tinglashga tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
-
Adabiyot I qism
Ko‘p kitob o‘qigan odam tez fikrlashi, xotirasining kuchliligi, muhim bilan nomuhimni ajrata olishi, voqelikka ijodiy yondashishi, tashabbuskorligi, hodisalarga tanqidiy nuqtayi nazardan fikr bildira olishi, fikr-mulohazalarini aniq ifodalashi, ayniqsa, og‘zaki va yozma nutqining ravonligi bilan ajralib turadi. Mustaqil kitob o‘qishda tushunib, anglab o‘qish, o‘qiganlarni o'qish, matndagi muhim o‘rinlarni ajrata olish va ayrim zarur gaplarni maxsus daftarchaga ko‘chirib olish o‘quvchiga katta foyda beradi. Shuningdek ushbu darslik ham o'quvchilarning bilim darajasini boyitishga yordam beradi degan umiddamiz.
-
Mehnat ta'limining qishliq xo'jalik asoslari yo'nalishi
Ushbu darslik mehnat ta’limining qishloq xo'jalik asosalari yo'nalishi bo‘yicha 5-sinfga mojallangandir. Qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi mehnatiga mo'jallagan mavzularga tegishli kengaytirilgan holdagi dars materiallarini milliylik asosida manbalardan foydalanib keltirishga harakat mavjuddarsliklardanensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy mavjuddarsliklardanensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy