-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Korporativ moliya
Darslik iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Jismoniy shaxslami soliqqa tortish
Mazkur o'quv qo'llanmada “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish’’ fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va unga tenglashtirilgan to'lovlar tarkibi, jismoniy shaxslar to'laydigan har bir soliq turini hisoblash, hisob kitoblarini taqdim etish va to‘lash tartibi, davlat soliq xizmati organlarining vakolatlari va vazifalari kabi masalalar keng yoritib berilgan.
-
Jihozlash va loyihalash asoslari
Ushbu darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, unda kimyo sanoati asbob-uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar, noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan konstruksion materiallar, aralashtirgichli qurilmalar, kristall va suspenziyali aralashtirgichlar, termo va elektrotexnologik materiallar, tegishli korxonalarning transport vositalari, omborxona jihozlari kabi mavzular o‘z aksini topgan. Qo'llanmada kimyoviy mashinasozlikda ishlatiladigan konstruksion materiallarning xossalari, apparat va texnologik liniyalarning ishonchli ishlashi haqida ham to'xtalib o'tilgan.
-
Avtomobillarning tuzilishi,texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
Ushbu o'quv qo''lanmada yengil va yuk avtomobillarining tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash masalalari nazariy tarzda hamda chizma va kompanovkalar bilan to'liq yoritib bcrilgan. Bunda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tashkil qilish asoslari hamda avtomobil, agregat, mcxanizm va tizimlarda sodir bo'ladigan nosozliklar, ularni aniqlash yo'l-yo'riqlari va bartaraf etish usullari bayon qilingan. Shuningdek, ish o'mini tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi va yong'in xavfsizligi yechimlari ko'rsatilgan.
-
Informatika va hisoblash texnika asoslari
Darslikda informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni, axborot tizimlarini tuzish va undan foydalanish, model va modellashtirish, taqribiy hisoblash usullari, iqtisodiy-matematik usullar, algoritmlar va ularni dasturlash, O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari va ularning istiqbollari mavzulari yoritilgan. Mavzuga oid ko‘plab misollar tahlili bilan keltirilgan, mashq qilish uchun topshiriqlar berilgan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
O‘quv qo'llanmada «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining nazariy asoslari, axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti keltirilgan. O‘quv qo‘llanma «Qishloq va suv xo‘jaligi» bilim sohasining barcha ta’lim yo‘nalishlan talabalari uchun mo'jallangan. Bugungi kunda barcha yo‘nalishlarning zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik darajasi bilan o'lchanmoqda. Shu bois informatika va yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lsa, informatika fanini o‘zlashtirish - davr talabidir.
-
Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar
Darslik texnika oily o'quv yurtlarining qurilish yo’nalishlariga oid yangi o’quv dasturlari asosida yozilgan. U ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida gruntlar va ularning turlari, gruntning fizik-mexanik hossalari, gruntning tashqi yuk ta’sirida zo’riqish holatlari, deformatsiyalanishi, o’zidan suv sizdirish qobiliyati, shuningdek uning reoligik va seysmik mustahkamligiga oid masalalar yoritilgan. Kitobning ikkinchi qismi bino va inshootlarning zamini va poydevorlarini loyihalash, hamda hisoblash usullariga bag’ishlangan. Materiallar Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston sharoitiga moslab bayon etilgan.
-
Gruntlar mexanikasi
Gruntlar mexanikasi fanidan laborotoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma me'yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo'lib,gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash bo'yicha qator tajribalarning moxiyati to'grisida tasavvur hosil qiladi.Uslubiy ko'rsatma "qurilish konstruksiyalari,ko'priklar va inshootlar" majlisida maqullangan va qurilish fakultetining o'quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan.
-
Gidrotexnika inshootlarining filtratsiya hisobi. (2-qism)
O'quv qo'llanmada "Gidrotexnika inshootlarining loyihalashda va qurishda gidravlik va filtratsiya hisoblari" fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda gruntli to'g'onlardagi noturg'un filtratsiya, yuvma to'g'onlardagi filtratsiya va uni hisoblash usullari, gruntlarning filtratsiyaga qarshi mustahkamligi, inshoot qirg'og'idagi filtratsiya, kanallar tubidan uning zaminiga yuz beradigan filtratsiya, filtratsiyani laborotoriyada va inshootni haqiqiy holatida tekshirish masalalari bayon etilgan.
-
Gidrotexnika inshootlari
Mazkur o‘quv qo'llanma suv dimlovchi va suv o'tkazuvchi inshootlar, gidrotexnika inshootlarining zatvorlari, mexanik jihozlari, to'g'onlar, suv omborlari va gidrouzellarda inshootlaming joylashuvi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qo'llanmada tegishli mavzular bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga doir misol va masalalar ham keltirilgan. Qo'llanma amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, kasb-hunar kollejlarining «Suv xo'jaligi va melioratsiya, «Gidrotexnika qurilishi» yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan mazkur sohaga qiziquvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
O‘quv qo‘llanmada «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining asoslari bayon qilingan. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Geologiya qidiruv ishlari» bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja va dastur asosida yozilgan.Yer osti suvlari, tog‘ jinslari, ularni o‘rganishning gidrogeologik, injenergeologik usullari berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma geologiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining shu sohadagi bakalavrlari, magistrlari hamda ilmiy tekshirish institut xodimlari, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Foydalanishdagi transport inshootlarining ishonchliligi
O'quv qo'llanmada bino va inshootlar konstruksiyalari ishonchlilik nazariyasining asosiy qoidalari,elementlarni ishonchlilikka amaliy hisoblashda foydalanilgan asosiy terminologik tushuncha va ta'riflar berilgan.Qo'llanmaning hamma bo'limlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan,murakkabligi har xil darajadagi masalalarni yechish misollari keltirilgan.
-
Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi
Darslikda zamonaviy avtotransport korxonalaridagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnologik jihozlar, ularning turlari va tavsifi, foydalanish texnologiyasi va texnik ekspluatatsiyasi hamda nostandart jihozlarni avtotransport korxonalari sharoitida loyihalash va yasash kabi bo’limlar yoritilgan.Undan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari pedagoglari hamda avtotransport tarmog’i korxonalarining muxandis-texnik xodimlari ham foydalanishi mumkin.
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari
O'quv qo'llanmaning ushbu birinchi kitobida elektrotexnikaning nazariy asoslariga tegishli bo'gan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash usullari haqida tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, unda elektrotexnika tarixiga. uning rivojlanish bosqichlariga va boshqa texnik fanlarni o'zlashtirishdagi o'rniga alohida e’tibor berilgan. Har bir bob tegishli masalalar, referat mavzulari va o‘z- o‘zini sinash savollari bilan to'ldirilgan.
-
Elektr transportining elektr va elektron uskunalari
Darslikda elektr transporti elektr jihozlari va uning asosiy qonunlari, yarim o'tkazuvchi asboblar, diod, tiristorlar, elektr transportida ishlatiladigan to'g'rilagich sxemalari va elektr apparatlari, elektron qurilma elementlari va apparatlari hamda raqamli sxemotexnika kabi mavzular keltirilgan.
-
Elektr texnikaning nazariy asoslari. (1-qism)
«Elektr texnikanig nazariy asoslari» darsligining 1-qismida elektr zanjirlarining elementlari va asosiy tushunchalari, o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarini tahlil qilishdagi asosiy qonunlar va hisoblash usullari hamda rezonans hodisalari, o‘zaro induktivlik, uch fazali zanjirlar mavzulari batafsil yoritilgan. Darslik texnika oliv o‘quv yurtlarlning bakalavriatura, magistratura talabalari hamda katta ilmiy xodim va izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan, bundan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, ilmiy texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.