-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Geodeziya. Kartografiya
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Algoritmlash va dasturlash tillari fanidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha metodik kо'rsatma
Ushbu metodik ko'rsatmada “Informatika o’qitish metodikasi” ixtisosligi talabalariga «Algoritmlash va dasturlash tillari» fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashlari uchun asosiy tushunchalar keltirilgan.
-
Илмий ижодиёт методологияси
Мазкур монографияда илмий ижодиёт унинг мазмун моҳияти, билиш жараёни ва унда тадкиқотчинииг шахсий ижодий хислатлари, ҳам фан ва уларнинг жамият тараққиётидаги ўрин, педагогик илмий тадқиқотлар ишлари амалга ошади.
-
Makroiqtisodiy tahlil
O`quv qo`llanmada makroiqtisodiy tahlilida foydalaniladigan asosiy iqtisodiy tushunchalar va kategoriyalarni mohiyati, ular orasidan o`zaro bog`liqliklar, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni tahlil qilish usullari va ularni hisoblash uslubiyati yoritilgan.
-
San'at asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi 1-qism
Mazkur o‘quv qo'ilanmada fizik-kimyoviy ekspertiza tushunchasi va uning mohiyati, art-kriminalistikaning maqsad va vazifalari, texnologik ekspertiza jarayonida qo‘llaniladigan uslublar haqida batafsil to'xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari o'quv qo'llanma san’at asarlarining turiari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda rangtasvir, haykaltaroshlik, zargarlik, gazlama va gilam, buyumlar ekspertizasiga oid boblarni o`z ichiga qamrab oladi.
-
Bolalar adabiyoti antologiyasi
Mazkur boshlang'ich sinf o'quvchilariga tavsiya etiladigan she'rlar to'plami umumta’lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda o'quvchilar yod olishi lozim bo'lgan she’rlar va ularni o'rgatish usullari amaliy ishlanma sifatida ko'rsatib berilgan. Shuningdek, she’r g'oyasi va mazmunining bolalar saviyasiga mos bo 'lishiga ham alohida e’tibor berildi. Ushbu uslubiy qollanma boshlang'ich sinf o'qituvchilari va talabalarga, shuningdek, barcha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma jahon adiblari haqida adabiy ocherklar, sharhlardan iborat bo'lib, unda adiblarni guruhlashda ularning qaysi adabiy metodga mansubligiga tayanildi, ulkan jahon adabiyoti ummonining eng muhim bosqichlari to'g'risida umumiy tasavvur berishga va uning yirik namoyondalari hayoti hamda ijodi bilan muxtasar tanishtirishga harakat qilindi. Mazkur o'quv qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Ushbu darslik 5A111701 ˗ Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi magistrantlari uchun moʻljallangan boʻlib, unda axborot texnologiyalari, uning tarixi, axborot texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, turlari, boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, turlari, ta’limda foydalaniladigan multimedialar mazmuni, Power Pointda turli animatsion taqdimotlar tayyorlash strukturasi, masofaviy ta’lim mazmuni, ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga olib kirishning didaktik mohiyati, metodi va usullarini tashxis etish masalalari yoritilgan. Qolaversa, har bir mavzu bo’yicha ijodiy topshiriq, test, muammoli savol va keyslar ishlab chiqilgan.
-
Umumiy entomologiya va zoologiya
Mazkur darslikda Respublikamizda hasharotlar va hayvonot olami- ning sohaga tegishli ayrim vakillarining morfologiyasi, anatomiya va fiziolgiyasi, biologiyasi,ekologiyasi hamda sistematikasi sodda tilda bayon qilingan. Darslik asosan qishloq xo‘jalik institutlarining (5410300 - o‘sim- liklar himoyasi va karantini bakalavr yo‘nalishi) talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan.
-
Ekonometrika asoslari
O`quv qo`llanma o`quv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrik modellashtirish asoslari,ekonometrik modellarninga axborot ta`minoti, juft va ko`p omili ekonometrik tahlil,ekonometrik modellarni baholash,vaqtli qatorlar,tenglamalar tizimi ko`rinishidagi ekonometrik model,amaliy ekonometrik modellar,iqtisodiy ko`rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish mazmun mohiyati yoritilgan.
-
Социология
Қўлингиздаги ўқув қўлланма давлат ва жамият қурилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий ўзгариши тенденцияларини илмий тадқиқ этиш йўллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуғ мутафаккирларимизнинг социологик қарашлари ҳамда шу масалаларнинг бугунги ҳолати ва ривожланиш хусусиятлари ҳақидаги билимларни ўзида ифодалаган.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Ushbu qo‘llanmada “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” faniga taalluqli bo‘lgan ma’ruza mashg‘ulotlari yoritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, mazkur qo‘llanma 14 ta mavzuni o‘zida jamlagan bo‘lib, unda ekologiya fanining maqsad va vazifalari, tarixi, ekologik usullar, ekologik omillar, organizmlarning suv va tuproq muhitiga moslashishlari, atrof-muhitning ifloslaninsh darajalari, o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarish sabablari, “Qizil kitob” va ekologik ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan mavzular aks ettirilgan.
-
Boshlang'ch matematika nazariyasi va metodikasi.
Mazkur uslubiy qo'llanma kollejlarning boshlang'ich ta'lim yo'nalishlarida tahsil alnvchi o'quvchilanga mo'ljallab yozilgan bo'lib, u bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi fanidan kasbiy malukularini egallashlariga yordam bcradi.
-
Kosmik geodeziya va global navigatsiya sun`iy yo`ldoshlar tizimi
Darslikda rossiya va amerika glonass va navstar gps yo`ldoshli radionavigatsiya tizimlari, tizim foydalanuvchilarning apparaturalari, qo`llaniladigan koordinatlar va vaqt tizimlari, harakat nazariyasining asoslari va kosmik apparatlar efemeridalari hisoblash, muhitning signallarining tarqalishiga ta`siri, geodezik kuzatishlarining asoslangan usullari, xatolar tahlili, dala ishlari texnologiyasi, hisoblash ishlari va boshqalar yoritib berilgan.
-
Adabiyotimiz sahifalari
Qo‘llanmada Navoiy adabiy -estetik qarashlari, an’analari va badiiy til mahorati va milliyligi Abdulla Qodiriy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Usmon Nosir va Zulfiya asarlari misolida yoritiladi.
-
Aholi daromadlari va turmush sifati
Ushbu o`quv qo`llanmada aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari, aholi daromadlarining tabaqalashuvi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko'rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag‘allik muammosi va uni cheklash yo`llari yoritilgan.
-
O`simlikshunoslik
Ushbu darslik kasb ta’limining qishloq xo‘jalik, asosalari yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga mo‘ljal lan gandir. Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni yetishtirish asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallagan mavzularga tegishli dars materiallarini milliylik asosida mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va zamonaviy, ilmiy va uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.