-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Manbashunoslik
Ushbu darslik manbashunoslik fanidan oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan Davlat standartlari va namunaviy dasturiga muvofiq yaratilgan bo'lib, u ikki bobdan iborat. Kitobda mutaxassislarning manbalardan foydalanishi, ularni o'qitish metodikasi ham imkon darajasida yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurti bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan tarix fani muallimlari va boshqa tarix bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Лицей информационных технологий
В книге рассказывается о среднем учебном заведении нового типа - Лицее информационных технологий . Работа по экспериментальным учебным планам с применением современной компьютерной технике позволяет выполнить сложные дипломные проекты всего лишь после двух лет обучения.
-
Кичик ёшдаги ўқувчилар маънавиятини ҳадислар воситасида шакллантиришнинг илмий педагогик асослари
Ушбу ўқув-услубий кўлланмада кичик ёшдаги ўқувчи ёшлар маънавиятини ҳадислар воситасида шакллантириш,ҳозирги таълим тизимида ва маънавиятида ҳадис илмини қўллашнинг илмий-назарий ҳамда амалий - педагогик асослари қўллашининг илмий-назарий ҳамда амалий - педагогик асослари ёритилган.
-
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 2-qism
Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining 5111700–Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikda harakatli o‘yinlarning qisqacha tarixi, turkumlari va pedagogik ahamiyati, badmintonning paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishi, o‘yin texnikasi va taktikasi, stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, futbol o‘yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, basketbol o‘yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, voleybol o‘yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, qo‘l to‘pi o‘yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi, o‘yin texnikasi va taktikasi, gimnastikaning tarixi va umumiy tavsifi, maktabda gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish, yengil atletikaning paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari, maktabda yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilishning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
-
O'zbek nutqi madaniyati asoslari
Hozirgi o'zbek adabiy tilining madaniylik darajasi ancha yuksak, nutqiy odob doirasi ancha kengdir. Hamma gap ushbu madaniy tilning boy va keng imkoniyatlaridan kundalik so'zlashuv jarayonida to'g'ri, maqsadga muvofiq hamda samarali, foydalana olishdadir.bu adabiyot talaba va o`qituvchilarga moljallangan
-
Дончилик
Дарсликда донли ва дуккакли экинларнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти, келиб чиқиши, экин майдонлари, ҳосилдорлиги, умумий хусусиятлари, морфологик белгилари, ўсиш ва ривожланиш даврлари, кузги дон экинларининг биологик хусусиятлари, ботаник таърифи, навларининг тавсифи ҳамда ушбу экинларни етиштириш технологиялари ёритилган.
-
Ўзбек кураши-миллий ва умуминсоний қадриятлар дурдонаси
Бугунги кун жисмоний тарбияси ва спортига тарихий ёндашув орқали ўзбек курашининг миллий ва умуминсоний қадрият эканлиги мазкур кўлланмада ўз ифодасини топган. Китоб оммабоп бўлиб, ундан курашга қизиқувчилар, илмий тадкиқотчилар, жисмоний тарбия ўқитувчилари, талабалар ва педагоглар шунингдек, ўқувчи-ёшлар унумли фойдаланишлари назарда тутилган.
-
Zamonaviy lingvistika
Mazkur o‘quv qo'llanmada lingvomadaniyatshunoslikning fan sifatida shakllanishi, bu yo‘nalish haqidagi dastlabki ilmiy g‘oya va fikrlar, til-madaniyat- etnos triadasining talqini, moddiy va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlar, lingvomadaniyatshimoslik va etnolingvistikaning bir-biri bilan kesishgan nuqtalari, lisoniy shaxs tushunchasi va uning tuzilishi hamda til va madaniyat olam manzarasini ifodalovchi vosita ekanligi yoritilgan. Shuningdek, lingvomadaniyatshunoslikning eng muhim tushunchalari lingvokulturema va logoepistema, lingvokulturema va konsept, so‘z va lingvokulturema haqida fikr yuritilgan hamda leksik va frazeologik birliklaming va badiiy matnining milliy-madaniy aspektlari kabi mavzular o‘rin olgan.
-
O'zbek tilini o'qitish metodikasi
Insoniyat tarixida ta'lim olishga ehtiyoj tug'ilgan kundan boshlab kun tartibiga chiqqan “O'quvchiga nimani o'rgatish zarur?”, “O'quvchini qancha o'qitish kerak?”, “Nima uchun o'qitish shart?”, “Qanday usullar bilan o'qitish lozim?” kabi qadimiy savollar hamisha dolzarb va yechimtalabdir. Bugun ona tili ta‟limi oldida ham shu savollar ko'ndalang turibdi. Sababi, insоn shахsidа ruh, tаfаkkur vа til chаmbаrchаs bоg'liq. O'rta umumta'lim maktablarida ona tili ta'limidan ko'zlangan maqsad – jamiyatga ijоdiy vа mustаqil fikrli shахsni tаrbiyalab berish – аmаlgа оshishi uchun quyidagilarni chuqur anglashimiz lozim.
-
Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi
Мазкур ўқув қўлланма орқали талабалар янги алифбодаги ҳарфларнинг босма ва ёзма шакллари, уларнинг ўқилиши, кирилл алифбосидаги ҳарфларга ўхшаш ва улардан фарқли томонлари, янги имло қоидалари билан танишадилар, тегишли машқлар орқали олган билимларини мустаҳкамлайдилар. Китоб сўнгтда берилган матнлар талабаларнинг халқимиз тарихи, маданияти, адабиёти, илм-фани бўйича билимларини янада бойитиш учун хизмат қилади.
-
Avtomatik boshqarish nazariyasi asoslaridan laboratoriya ishlari
O'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarida bakalavr darajasini olish uchun ta'lim olayotgan talabalarga avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari ustidan nazariy va amaliy tadqiqotlarni laboratoriya sharoitlarida olib borish yo'l-yo'riqlarni o'rgatish uchun tayyorlangan bo'lib, unda o'qituvchilarga ishni tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar, har bir ishning vazifasi, dasturi, eksperimentlar o'tkazish tartibi va uni tahlil qilish uchun tavsiyalar hamda ish bo'yicha hisobotlar tayyorlash, nazorat savollari berilgan laboratoriya ishlarining bayonlari o'rin olgan.
-
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 1-qism
Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Шарқ Уйгониш даври ва фалсафий тафаккур ривожи (XIV-XV асрлар)
Ушбу китоб миллий фалсафамиз тарихининг муҳум босқичи булган XIV-XV асрлар ижтимоий-фалсафий тафаккур ривожи таҳлилига бағишланган. Муаллиф Ўрта Осиё Уйгониш даври ва Fap6 Ренессанси ўхшашликлари ва тафовутлари, уларнинг ўзаро маданий алоқалари муаммосига махсус тўхталган.
-
Gistologiya
Mazkur darslik (birinchi nashri 1982 -yili chiqarilgan) gistologiya va em briologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblari o‘z ichiga olgan umumiy va xususiy gistologiya bo'limlaridan iborat. Unda hujayra tuzilmalari, to `qimalar va a ’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. B undan tashqari, sitologiyaning hujayra oiganellalari, hazm sistem asining endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi ma ’lumotlar bilan to'ldirilgan . Shuningdek , darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga ko'maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan. Darslik O ’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan mazkur darslik tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari va shu soha mutaxassislari uchun mo’ljallangan.
-
Қадимги Уструшона чорвадорлари маданияти
Ушбу монографияда қадимги Уструшона худудида ўрганилган мозоркургонлар ва бошқа дафн иншоатлари материаллари асосида, чорвадор аҳолининг моддий ва маънавий маданияти тахлил килинган. Бунда мозоркургонларнинг шаклланиши, кабр иншоотининг конструкцияси, мархумни кўмиш жараёнини ўзида акс эттирувчи ҳолатлар (жасадни дафн этиш жараёни, қабрдаги моддий манбалар, уларнинг жойлаштирилиши ва б...) тадкикотда кўтарилган масалаларни очиб бериш учун бош манба килиб олинган.
-
Amaliy ingliz tili
Mazkur o’quv qo’llanma chet tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan “Amaliy xorijiy til” fan dasturi asosida tuzilgan bo’lib, bo’lajak mutaxassislarni 5A320901- To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, ingliz tilida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi.