-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Diyetologiya asoslari
Darslik diyetologiyadan ta`lim berishning rivojlangan davlatlar tajribasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yuqumli bo`lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4063-sonli Qarori, 2015 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi aholisining 2015-2020 yillarda to`g`ri ovqatlanishini ta`minlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to`g`risida”gi 215-sonli Qarori asosida qabul qilingan zamonaviy o`quv dasturlariga muvofiq tuzilgan. Darslik tibbiyot OTM bakalavriatning davolash, kasbiy ta`lim, pediatriya, stomatologiya va tibbiy profilaktika fakultetlari talabalari, tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazlari, diyetologiya va nutritsiologiya sohasidagi magistratura, ovqatlanishning tibbiy muammolarini o`rganuvchi mutaxassislar, diyetologlar, bemor va sog`lom insonlar, shuningdek, parhez sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
О ‘zbek tili о ‘qitish metodikasi kursi uchun bakalavriat yo ‘nalishi bo ‘ yicha yaratilgan mazkur о ‘quv qo ‘llanmada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ona tili ta’limi Konsepsiyasi”, “Ona tilidan davlat ta’lim standard ” talablariga muvofiq talabalar va о ‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, ona tili mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etish, til darslari samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasiga olib chiqish va dars jarayoniga tatbiq etishning usul hamda vositalari haqida baholi qudrat tavsiyalar berildi. Unda zamonaviy yo‘nalishlar bo‘ yicha yaratilgan qo'llanmalar, darsliklar, maqola va mа ’ruza matnlariga tayanildi.
-
Kimyo
Mazkur o`quv qo`llanma 650 00 - Harbiy bo`lim (Yong`in havfsizligi, texnosfera xavfsizligi) mutaxasislari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda organik kimyoning rivojlanishga katta hissa qo`shgan jahon hamda O`zbekiston kimyogarlarining ishlari aks ettirilgan va organik birikmalarning O`zbekistondagi asosiy tabiiy manbalari, ularni qayta ishlash hamda moddalarni yonish va fizik hossalari bayon qilingan.
-
Острый панкреатит
Изложены основы патофизиологии острого панкреатита, современные взгляды на механизмы развития и роль синдрома системного воспалительного ответа и полиорганной недостаточности в патогенезе заболевания. Представлены классификация острого панкреатита и его осложнений, принципы диагностики и дифференциальной диагностики заболевания. Большое внимание уделено проблемным вопросам оценки тяжести и прогнозирования течения заболевания, патогенетическому обоснованию интенсивной терапии тяжелого острого панкреатита, определению показаний и выбору рациональной тактики оперативного лечения некротического панкреатита и его гнойных осложнений.
-
Innovatsion menejment
Ushbu darslik "Menejment" ta`lim yo`nalish talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda innovatsion menejmentning nazariy asoslari ko`rib chiqilgan, yangi ko`rinishishidagi tashkilotlarda integrasiya va innovatsiya jarayonlari, korxonada innovatsion menejmentni tashkil etish, ishlab chiqarish korxonasining innovatsion strategiyasini shakillantirish hamda yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakillantirish kabi masalalar ko`rib chiqilgan.
-
O'zbekiston tarixi
Ushbu o‘quv-uslubiy mаjmuа O‘zbеkistоn tаriхi fаni bo‘yichа yarаtilgаnbo‘lib, undа mаzkur fаnning o‘quv dаsturi, ishchi dаsturi, mа‘ruzа mаshg‘ulоtlаrining tа‘lim tехnоlоgiyasi vа sеminаr mаshg‘ulоtlаrining tа‘lim tехnоlоgiyasi jаmlаngаn. Mаzkur o‘quv-uslubiy mаjmuа оliy o‘quv yurtlаrining bаkаlаvr tа‘lim yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun mo‘ljаllаngаn.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish boqsqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik, struktur-grammatik xusussiyatlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan.Qo'llanma o'zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo'lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
Amaliy suyuqlik mexanikasi
O'quv qo'llanmada suyuqlikning fizik hossalari, gidrostatik bosimini aniqlash va ixtiyoriy sirtga ta'sir etuvchi kuchini topish, uzluksiz va D.Bemulli tenglamalari, yo'qoIgan damlar, qo'ndirg'ichlardan suyuqlikning oqib chiqishi, oddiy va murakkab bo'lgan quvurlarni gidravlik hisoblash gidravlik zarba, o'zan va kanallarda suvning tekis va notekis harakatlari, suv oqib tushirgichlardagi suvning harakatlari, yer osti suvlarining sizilish harakatlari ko'rib chiqilgan.
-
Методы защиты от коррозии подвижного состава и металлоконструкций железнодорожного транспорта
Изложены вопросы организации контроля технического состояния и учета потерь от коррозии металлов на железнодорожном транспорте, влияния коррозии на несущую способность, надежность и долговечность подвижного состава и транспортных металлоконструкций. Приведены способы эффективной зашиты от коррозии: применение коррозионно-стойких конструкционных материалов, металлических и органических защитных покрытий, ингибиторов коррозии, пленкообразующих ингибированных нефтяных составов, ингибированных консервированных смазок, ограничение блуждающих токов. Описана технология подготовки поверхности к окраске с использованием модификаторов ржавчины.
-
Fizikaviy kimyo
Darslikda texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va o`tkazilishida har bir mutaxassisni bilishi zarur bo`lgan fizikaviy kimyoning asosiy bo`limlarii mole- kulalarning tuzilishi, termodinamika va termokimyo qonunlari va boshqa qonuniyatlar bayon etilgan.
-
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
Darslik ikki qismdan tashkil topgan bolib, birinchi qismi tuproq bonitirovkasiga oid bo'lib, davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqning sifati, unumdorlik darajasi, uning o'ziga xos tabiiy-iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo'yicha ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Tuproqni bonitirovkalashning uslublari, bajarish bosqichlari yoritilgan. Sug'oriladigan hamda lalmikor yerlarni bazali bonitirovka shkalasi berilgan.
-
Axborot xavsizligi
Kompyuter tarmoqlari va tizimlariga tahdid xillari hamda lokal va korparativ tarmoqlarini Internet hujumlardan himoyalash usullari va vositalari muhokama etiladi. Elektron biznes va elektron tijoratda axborot xavsizligini ta'minlash muammosiga alohida e'tibor beriladi. Axborot xavsizligi konsepsiyasi ta'riflanadi va tarmoqlarda xavsizlik siyosati aniqlanadi.
-
Острый панкреатит
В учебном пособии рассматриваются основные вопросы этиологии, патогенеза, классификации, клиники, диагностики и лечения острого панкреатита с учетом современных позиций. Учебное пособие предназначено для студентов медицинских вузов, врачей-интернов, клинических ординаторов хирургического профиля, начинающим хирургам, а также может быть полезно опытным коллегам.
-
Sport psixologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Sport psixologiyasi”fanidan yaratilgan bo‘lib, sport psixologiyasi fanining nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib fanning predmeti, rivojlanish tarixi, sportchilarda milliy mafkuraviy bilim va malakalarni shakllantirish uslublari, sportchi shaxsini bilish jarayonlari, irodaviy emotsional holatlari, individual xususiyatlari, emotsional zo‘riqishlari, emotsiyalarni boshqarish uslublari, sportchining imkoniyatlari, sport faoliyatining psixologik xususiyatlari, sport musobaqalarining psixologik tahlili kabi dolzarb mavzular haqida fikr yuritiladi. O‘quv materiallarida jadvallar, o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi nazorat qilishlari uchun savollar, psixodiagnostik metodlar, psixokorreksion ko‘rsatmalar berilgan. Mazkur qo‘llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzulaming mazmuni sport psixologiyasi fanining amaldagi dasturiga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada mavzu bo‘yicha nazorat savollari ham keltirilgan. Ushbu qo‘llanma universitetning 5210203–Psixologiya (amaliy psixologiya)bakalavr yo`nalishidagi talabalari, sport maktablari murabbiy va talabalari uchun tavsiya etilgan.
-
O'zbek davlatchiligi tarixi
Mazkur o'quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti 5220200-tarix yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun ''O'zbek davlatchiligi tarixi" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda ishchi dastur,reyting ishlanmasi, auditoriyada o'tiladigan o'quv mashg'ulotlari, mustaqil ravishda o'rganishga tavsiya qilingan mavzular, ulardagi ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan savollar va bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar o'rin olgan hamda tegishli adabiyotlar royxatlari ham keltirilgan.
-
Тижорат банкларининг ресурсларини бошқариш
Ушбу ўқув қўлланмада тижорат банкларининг актив ва пассивларини бошқариш фанининг предмети, методи, банк ресурсларининг ташкил топиш манбалари, актив ва пассивларни самарали бошқариш усулларига оид масалалар батафсил ёритилган. Ўқув қўлланма намунавий ўқув дастури асосида тайёрланган бўлиб, олий ўқув юртлари талабалари ва ўқитувчилари, илмий ходимлар, раҳбар ва мутахассислар батафсил ёритилган.